O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati



Download 23,99 Kb.
Sana19.03.2017
Hajmi23,99 Kb.
#4887
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”

«Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro’-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma’noda asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki uni ishlab chiqish va muhokama etishda butun xalq ishtirok etdi. Bir so’z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma’noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir».

Konstitutsiya- davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, davlat hokimiyatini tashkil etishni va hokimiyat, jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlarini tartibga soladi.O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingunga qadar 3 ta Konstitutsiya qabul qilingan.

1-Konstitutsiya 1927-yil 31-mart

2-Konstitutsiya 1937-yil 14-fevral

3-Konstitutsiya 1978-yil 19-aprel (XI bo’lim, 21 - bob va 183 - moddadan iborat



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish zaruriyati.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab bo’ldi:

1.Jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo’li, yangi taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo’nalishlarga muvofiq ravishda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi;

2. O`zbekistonning davlat mustaqilligining e’lon qilinishi;

Respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab-chiqish zururligi to’g’risidagi g’oya XII chaqiriq Oliy Kengashning 1990 yil martida bo’lib o’tgan birinchi sessiyasidayoq yangragan edi. Oliy Kengashning 1990 yil iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasi respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tashkil etdi. Komissiya tarkibiga viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi vakillari, xo`jaliklar, korxonalarning rahbarlari, davlat va jamoat idoralari rahbarlari, olimlar va xalq xo’jaligi mutaxassislari kirdi.

1991 - yil 12-aprelda I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiya komissiyasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik sohasidagi butun ishni markazlashtirib turish maqsadida Konstitutsiya komissiyasi a’zolaridan hamda taniqli olimlar va mutaxissislardan 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. Uning tarkibiga Oliy Kengashning qator qo’mitalarining, vazirliklar, prokuratura, sud organlarining rahbarlari, olimlar, Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengash idorasining mas’ul xodimlari kirdilar.
Konstitutsiya komissisiyasining raisi ishchi guruhi oldiga aniq vazifa qo`ydi:

Jahon tajribasini o’rganish;

Demokratiya va qonunchilik sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlari asosida tushunarli siyosiy va yuridik hujjat yaratish.
Konstitutsiya loyihasi uchun uchta konsepsiya tayyorlandi

1. Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi

2. Siyosatshunoslik instituti konsepsiyasi

3. Prezident devonining yuridik bo’limi tayyorlagan konsepsiyasi


Loyihaning 158 moddadan iborat dastlabki varianti 1991- yil noyabrgacha tayyorlab berildi. I.A.Karimov bu loyiha bilan tanishib chiqib, kam ish qilinganligi to’g’risida gapirdi va yo`llanma berib, bo’lg’usi loyihaning shakl-shamoyillariga oydinlik kiritib berdi.
Loyihaning ikkinchi ishchi varianti 149-moddadan iborat bo`ldi. Respublika Prezidenti yana qo’liga qalam olib, matnni yaxshilab ko`rib chiqdi. Shu tariqa Konstitutsiya komissiya raisining nigohidan o’tgach, loyiha lo’nda va ifodali bo’lib bordi.

Uchinchi qilingan variant 137-moddani tashkil qilar edi. Matbuotda e’lon qilinishi oldidan yana bir bor diqqat bilan o’rganilib, 127-moddadan iborat tartibda, mazmundor qilib tuzildi. Konstitutsiya komissiyasining qarori bilan loyiha 1992 - yil 26 - sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.


Konstitutsiya loyihasi ikki marotaba Umumxalq muhokamasiga qo’yildi.

1992-yil 26-sentabr

1992-yil 21-noyabr

Konstitutsiya komissiyasiga kelgan fikrlar, taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirish uchun 1992- yil 21 - noyabrda yana bir bor matbuotda e’lon qilindi. Respublika fuqarolari loyihaga kiritilgan o’zgartirishlar va aniqliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Loyiha inson huquqlari va davlat mustaqilligi g’oyalariga sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, o’zbek davlatchiligining tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda e’tirof etilgan qoidalarini tan olish, O’zbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar huquqiy jamiyat barpo etish va nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafolatlash kabi olijanob maqsadlarni ko’zladi.

Asosiy qonunimizni baholashda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi kabi nufuzli davlat va xalqaro tashkilotlarning olimlari faol qatnashdilar. Lekin hech kim, hattoki, bizni xush ko’rmaydigan kishilar ham uning demokratik mohiyatini inkor eta olmadi.

"U ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o`tdi, xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi”
Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar solnomasi:

1993 yil 28 dekabr

2003 yil 24 aprel

2007 yil 11 aprel

2008 yil 25 dekabr

2011yil18 aprel

2011 yil 12 dekabr

2014 yil 16 aprel
1) 1993 yil 28 dekabr qabul qilingan qonunga ko’ra quyidagi o‘zgartirish qiritildi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi.

2) 2003 yil 24 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi

3) 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93-moddaning 15-bandiga, 102-moddaning 2-qismiga tuzatishlar kiritilgan.

4) O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 77-moddasi 1-qismiga o‘zgartirish kiritilga.

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda ilgari surilgan konsepsiyaga ko‘ra, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 78- moddasining 15-bandi, 80-moddasining 6-bandi, 93-moddasining 8,12,15, 16–bandlari, 96-modda va 98 moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

6) 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 7 yildan 5 yilga o‘zgartirildi.

7) 2014 yil 16 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)gi” Qonuni asosida
Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur o’zgartirishlar quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
- Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish

- Davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish. hokimiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash;

- Mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini yanada ko‘chaytirish
2014-yil 16- apreldagi yettinchi qo’shimcha hamda o’zgartirishlarning

mazmuni
32-modda ikkinchi jumlasi:

«O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi»;

2) 78-modda birinchi qismining 21- bandi quyudagi tahrirda bayon etildi.

«21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish»;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari


3) 93-modda birinchi qism:

«7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega»;

Bundan tashqari 93-moddaning 8-, 10-, 16-, 24-bandlariga ayrim tuzatish va to‘ldirishlar kiritildi

4) 98-moddasida:

Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan to‘ldirildi.
4) 98-moddasiga bir qator o’zgartirishlar kiritildi:

Vazirlar Mahkamasining yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi tartiboti yanada aniq belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, “Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.”

Undan tashqari Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazirning vakolatlari aniq belgilab berildi

5) 103-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:

«Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi»;

6) 117-modda: quyidagi mazmundagi oltinchi - to’qqizinchi qismlar bilan to’ldirildi:


«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.

6) 117-modda:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi»;

E’TIROF

“O‘zbekistonning Konstitutsiyasi sovetlardan keyingi davlatlar – sobiq ittifoqdosh davlatlar konstitutsiyalari orasida birinchidir. Boshqa barcha Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari va Boltiqbo‘yi davlatlarida konstitutsiyalar keyinroq, ya’ni 1992-1996 yillarda qabul qilingan. Konstitutsiya o‘zbek jamiyati va davlatining barcha eng muhim sohalarini tartibga soladi, qisqaligi va aniq ifodalanganligi, shuningdek, o‘ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi. U dunyodagi eng maqbul tuzilishga ega konstitutsiyalardan biridir”



Amerikalik ekspert Donald S.Karlayl
“Asosiy Qonunda inson huquqlari va davlat mustaqilligi g‘oyalariga sodiqlik, hozirgi va kelajak avlodlar oldida chuqur mas’uliyatni his etish, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribalariga tayanish, demokratiya va qonuniylikka hurmat, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalarini tan olish, O‘zbekistonning munosib hayotini ta’minlash, insonparvar huquqiy davlat yaratish va nihoyat, mustahkam fuqaroviy tinchlik hamda milliy kelishuvni ta’minlash kabi ezgu niyatlar o‘z mujassamini topgan”

Rossiyalik ekspert N.Mishin


“O‘zbekistonda so‘nggi yigirma yilda konstitutsiyaviy qurilish sohasida katta yutuqlarga erishildi. Mamlakatingizning Asosiy Qonuni umume’tirof etilgan barcha jahon standartlariga mos keladi. YAna shunisi muhimki, O‘zbekistonda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Negaki, Konstitutsiyada mustahkamlangan o‘z huquqlarini biladigan, tushunadigan va ulardan foydalanadigan odamlargina mamlakatda demokratik jarayonlarni takomillashtirishda ishtirok etishi mumkin”.

Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi prezidenti Jeyms Xamilton



Download 23,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish