O‘zbekiston respublikasi hukumat qarorlariga asosan yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlar ro‘yxati



Download 108.55 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2017
Hajmi108.55 Kb.
1   2   3   4   5

PQ-748-sonli

«Dehqonobod kaliy

o‘g‘itlari zavodi Qurilishini

jadallashtirish Chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

Qarori


38

Yetkazib beruvchilar va pudratchilar

O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasida erishilgan bitimga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, loyiha doirasidagi investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilardan va pudratchilardan sotib olinadigan uskunalar, transport vositalari va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar) soliqlardan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan va bojxona to‘lovlari (yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Mazkur imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan ulushi hisoblanadi.

investitsiya davri mobaynida

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

26.09.2007 y.

PQ-698-sonli

“Osiyo taraqqiyot banki

ishtirokida "buxoro, navoiy

va qashqadaryo viloyatlaridagi

yerlarning meliorativ holatini

yaxshilash" loyihasini amalga

oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”

Qarori


39

Yuridik shaxslar

investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag‘ va mulk foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, shuningdek investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi

investitsiya davri mobaynida

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

20.07.2007 y.

PQ-672-sonli

2007-2010 yillarda “Xususiylashtirish

jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol

jalb qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” Qarori



40

Mikro firma va kichik

korxonalar uchun




Qonunchilikka muvofiq, kichik biznes subyektlariga xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-son "O‘zbekiston Respublikasida 2006 - 2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan soliq imtiyozlariga amal qilish muddati 2012 yil 1 yanvargacha uzaytirilsin. (O‘zR Prezidentining 29.12.2008 y. PQ-1024-son Qarori tahriridagi xat boshi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-son qarorining 7-bandida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari sanatoriylar, axborot-resurs markazlari, bolalar sog‘lomlashtirish muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlariga ham tatbiq etilsin.


2017 yil 1 yanvargacha

uzaytirilgan




O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

21.05.2007 y.

PQ-640-sonli

«O‘zbekiston respublikasida

2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini

Rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi

Qarori


41

XXR Eksimbanki, mazkur

qarorda ko‘rsatib o‘tilgan

Xitoy sug‘urta agentliklari va kompaniyalari


XXR Eksimbanki, mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tilgan Xitoy sug‘urta agentliklari va kompaniyalari mazkur Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.

Loyihani amalga

oshirish doirasida



O‘zbekiston respublikasi

Prezidentining

06.04.2007 y.

PQ-617-sonli

«"O‘zbekneftgaz" MXK

korxonalarini burg‘ulash

qurilmalari va 3d seysmik

qidiruv komplekslari bilan

jihozlash" Investitsiya

loyihasini amalga oshirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

Qarori


42

Iqtisodiyotning boshqa

tarmoqlari, birinchi

galda transport, aloqa,

qurilish va qurilish

industriyasining yirik

korxonalariga, shuningdek

tayyor mahsulot ishlab

chiqarishga ixtisoslashgan

kichik sanoat korxonalari


Respublika sharoitida aholi bandligi va daromadlarini oshirishning samarali shakllaridan biri sifatida aholini xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kooperatsiyalashgan holda kasanachilik mehnatiga keng jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706-sonli Farmonining amal qilishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, birinchi galda transport, aloqa, qurilish va qurilish industriyasining yirik korxonalariga, shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat korxonalariga nisbatan ham joriy etilsin.

Tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar 2006 yilning 1 fevralidan boshlab 2014 yilning 1 yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod qilinsin.






O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 06.04.2007 y.



PQ-616-sonli

«Aholi bandligini

oshirish hamda mehnat va

aholini ijtimoiy muhofaza

qilish organlari faoliyatini

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori



43

Xitoy Taraqiyot Bankini


Mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida:

Xitoy Taraqqiyot Bankini - O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirilib olinadigan foyda solig‘i;






O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

23.01.2007 y.

PQ-572-sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik

kompaniyasi telekommunikatsiya

tarmoqlarini yanada

rivojlantirish va

modernizatsiya qilish

to‘g‘risida»gi

Qarori


44

Operatorga va marketing

kompaniyasiga




Bitimni amalga oshirish doirasida investorga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar operatorga va marketing kompaniyasiga joriy etilsin.


Bitimni amalga

oshirish


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

16.01.2007 y.

PQ-567-sonli

«O‘zbekiston respublikasining

janubi-g‘arbiy hisor va ustyurt

mintaqasi hududlarida

geologiya-qidiruv ishlarini

o‘tkazish, uglevodorod konlarini

ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori



45

Aksiyadorlar

Belgilansinki, 2006 yilning 1 oktabridan boshlab:

o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo‘shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olgan daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;




belgilanmagan


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

27.09.2006 y.

PQ-475-sonli

“Qimmatli qog‘ozlar

bozorini yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori



46

To‘qimachilik sanoati

korxonalari uchun

investorlar va investitsiya

aktivlarini ishonchli

boshqaruvchilarni tanlab

olish bo‘yicha Hukumat

komissiyasi qarorlari

bilan sotib olingan mulk

negizida yangitdan barpo

etiladigan yoki ishonchli

boshqaruvga topshirilgan

to‘qimachilik korxonalari



To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan sotib olingan mulk negizida yangitdan barpo etiladigan yoki ishonchli boshqaruvga topshirilgan to‘qimachilik korxonalariga quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi "Respublika to‘qimachilik tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 38-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 20 iyundagi PF-3267-son Farmonida va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 martdagi 141-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar "O‘zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari uchun 2012 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrga uzaytirilsin.

«Belgilab qo‘yilsinki, 2003 yilning 1 iyulidan to 2005 yilning 1 yanvariga qadar tayyor kiyim-kechak (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlar), paypoqlar va poyafzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari byudjetga to‘lanadigan qo‘shimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadilar.

Belgilansinki, ushbu Farmonga muvofiq bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash, yangi

turdagi tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirishga, o‘zining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, xodimlar mehnatini rag‘batlantirishga sarflanadi.» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 martdagi № 141-sonli Qarori asosan "O‘zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig‘ini nul stavka bo‘yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) 2007 yil 1 yanvargacha xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin.


belgilanmagan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

21.09.2006 y. PQ-474-sonli

«To‘qimachilik sohasining

iqtisodiy nochor korxonalarini

sotib olgan yoki ishonchli

boshqaruvga qabul qilgan

investorlarni davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlash

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

Qarori


47

"O‘zkommunxizmat" agentligi

O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalariga



Belgilab qo‘yilsinki, "O‘zkommunxizmat" agentligi HGKning berilayotgan mulki "O‘ztransgaz" AKning soliqlarini hisoblashda soliq bazasiga qo‘shilmaydi.

O‘zbekiston "O‘zkommunxizmat" agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalariga ilgari berilgan mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalariga joriy etilsin.



belgilanmagan


O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

08.08.2006 y.

PQ-438-sonli

"O‘ztransgaz" aksionerlik

kompaniyasi faoliyatini tashkil

etishni takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori


48

Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari

1. Belgilansinki:

2006 yilning 1 oktabridan boshlab xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari (tijorat banklaridan tashqari) ko‘rsatilgan xizmatlarga plastik kartochkalar qo‘llanib to‘langan hajmidan amaldagi stavkaga nisbatan 5 foiz pasaytirilgan stavka bo‘yicha foyda solig‘i yoki yagona soliq to‘lovini to‘laydi.






O‘zbekiston respublikasi

Prezidentining

03.08.2006 y.

PQ-433-sonli

“Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori



49

QAITJ hamda boshqa xorijiy qatnashchilar

Quyidagilar:

QAITJ qarzi hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida QAITJ hamda boshqa xorijiy qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan; QAITJ qarz mablag‘lari hisobidan import bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.




24 yil muddatga

O‘zbekiston respublikasi

Prezidentining

19.07.2006 y.

PQ-421-sonli

“Tuman va shahar markaziy

kasalxonalarining shoshilinch

tibbiy yordam bo‘limlarini quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan

jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori


50

Xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar

2006 yil 1 apreldan boshlab 4-ilovadagi* ro‘yxatga muvofiq xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-son Qarorining 4-bandiga binoan, mazkur Qarorning 5-ilovasida (ilova rus tilida keltirilgan) keltirilgan ro‘yxat bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning
1 yanvarigacha uzaytirilgan.

2017 yilning

1 yanvarigacha



O‘zbekiston respublikasi

Prezidentining

17.04.2006 y.

PQ-325-sonli

“O‘zbekiston respublikasida

2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni

jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Qarori


51

Loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy qatnashchi

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobiga olib kelinadigan uskunalar va ularga doir butlovchi hamda dasturiy ta’minlash vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy qatnashchi O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undiriladigan foyda solig‘i; loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining talabnomalariga ko‘ra, vizalar hamda vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yishni rasmiylashtirishda konsullik yig‘imlari va davlat bojlari to‘lashdan ozod etilsin.



30 yil muddatga

O‘zbekiston respublikasi

Prezidentining

04.04.2006 y.

PQ-318-sonli

“Belgiya qirolligi hukumatining

foizsiz kreditidan foydalangan

holda "kichik biznes uchun kadrlar

tayyorlashda kasb-hunar ta’limini

rivojlantirishga ko‘maklashish"

loyihasini amalga oshirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Qarori


52

Global jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobiga

O‘zbekiston Respublikasi

hududiga olib

kirilayotgan va sotib

olinayotgan dori-darmonlar, tibbiy va

laboratoriya asbob-uskunalari, xizmatlar va

boshqa tovarlar.


OITV/OITS, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan strategik dasturlar doirasida Global jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va sotib olinayotgan dori-darmonlar, tibbiy va laboratoriya asbob-uskunalari, xizmatlar va boshqa tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hissasi sifatida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.

OITS bo‘yicha - Respublika OITS markazi, sil kasalligi bo‘yicha -Respublika DOTS markazi, bezgak kasalligi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mazkur dasturlarni amalga oshirishda ijro etuvchi organlar hisoblanadi.



Loyihani amalga oshirish davriga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2006 y.

PQ-315-sonli

«Oits, sil va bezgak

kasalliklariga qarshi kurash

bo‘yicha xalqaro global

jamg‘armasi grant

mablag‘laridan samarali

foydalanish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi Qarori



53

Koreya Respublikasining

vakil qilib tayinlangan

banklari va boshqa

xorijiy ishtirokchilar



Loyihani amalga oshirish davrida:

Koreya Respublikasi Hukumati krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banklari va boshqa xorijiy ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi to‘lov manbalaridan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.



Loyihani amalga

oshirish davriga



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

27.03.2006 y.

PQ-312-sonli

«"O‘zbekiston respublikasi

umumta’lim maktablarini

axborotlashtirish" loyihasini

amalga oshirish uchun koreya

respublikasi hukumati

tomonidan beriladigan

imtiyozli kreditdan samarali

foydalanish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi

Qarori


54

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi

2013-2017 yillar mobaynida "O‘zmeliomashlizing" Davlat lizing kompaniyasining "Meliomashlizingservis" sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan tovarlar, melioratsiya texnikasiga, mashina va mexanizmlarga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatish uchun xarid qilinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun boj to‘lovlaridan (bojxonarasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi

2017 yil 31 dekabrga qadar

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

19.04.2013 y.

PF-4533-sonli

“O‘zbekiston respublikasi

prezidentining "erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 29 oktabrdagi PF-3932-sonli farmoniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”

Farmoni


55

“Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilari

“Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Jizzax” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo‘lganda - 3 yil muddatga;

3 million AQSh dollaridan ortib 10 million AQSh dollarigacha bo‘lganda - 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda - 7 yil muddatga beriladi.


3 yildan

7 yilgacha



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

18.03.2013 y.

PF-4516-sonli

“Jizzax” maxsus industrial

zonasini barpo etish to‘g‘risida” Farmoni


56

Oilaviy korxonalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2010 yil 30 martdagi PF-4210-son Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2005 yil 28 martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qo‘lda ishlangan amaliy san’at buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2014 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan davrda yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etilsin".




2017 yil

1 yanvargacha



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining

06.09.2012 y.



Download 108.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik