O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi 4 kurslar uchun Navoiy-2007



Download 202,83 Kb.
bet1/8
Sana07.04.2017
Hajmi202,83 Kb.
#6185
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi

«Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi

4 kurslar uchun

Navoiy-2007
O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi
Navoiy davlat pedagogika instituti
«Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi
«Jismoniy madaniyat va jismoniy madaniyat» ta’lim yunalishi uchun

Tuzuvchilar: Musayev O.Q. Aslonova M.A,Zaripova F.A, O`rinov O.J.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy o’quv yurtlararo ilmiy uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan chop etishga tavsiya qilingan.

Taqrizchi: p.f.n. A.Q. Nurullayev

Mavzu: Sport tayyorgarligining asosiy tomonlari texnik, taktik, ruxiy tayyorgarligi
Reja:
1. Sportchining taktik tayyorgarlik

2. Sportchining texnik tayyorgarligi

3. Sportchining ma’naviy-irodaviy tayyorgarligi

Taktik tayyorgarlik
Sport taktikasi – bu musobaqalashish maqsadlarini qo’lga kiritish uchun eng maqsadga muvofiq, maqbul usullar bilan ko’zlangan fikr va rejani ro’yobga chiqarish uchun sport kurashi olib borish san’atidir. Sport taktikasi sport kurashi darsida muayyan harakatlarda namoyon bo’ladi.

Optimal muvaffaqiyatlar qozonishga yo’naltirilgan taktik harakatlar taktik bilimlar, mahoratlar, taktik malakalar, jismoniy sifatlar, irodaviy tayyorgarlik va boshqa tarkiblarga muvofiq ravishda tuzilishi kerak. Taktik harakatlar quyidagi fazalaridan tashkil topgan muayyan bir izchillik bilan amalga oshiriladi.

Birinchi faza – musobaqalashish vaziyatini idrok etish va tahlil qilish.

Ikkinchi faza – taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish.

Uchinchi faza – taktik vazifani harakatlar orqali hal etish.

Musobaqalashish vaziyatini idrok etish va taxlil kilish fazasi

Bu taktik harakatning boshlanishi sifatida yetakchi bosqichdir. Mazkur faza davomida yo’l qo’yilgan xatolar bundan keyingi fazalarga ham ta’sir qilib, salbiy natijalarga sabab bo’ladi.

Idrok etish sifati quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:

ko’rish hajmi (men qancha narsani ko’ryapman);

ko’rish maydoni (ko’rish kengligi, ko’rish ko’lami);

bilim va tajriba, ularni qo’llay bilish mahorati;

fikrni bir nuqtaga to’play olish (diqqat qilish) qobiliyati;

Sportchiga ko’rsatmalar (sportchi musobaqalashish faoliyatining rejasi).

Musobaqalashish vaziyatining taxlili musobaqalashish sharoiti musobaqa hajmi va uning detallarini to’g’ri idrok qilishga bog’liq bo’ladi.

Taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish

fazasi

Sportchi musobaqalashish fazasi vaziyatini idrok etish va baholash (taxlil qilish) dasturini belgilab oladi.

Sport musobaqari nihoyatda tez o’tishini hisobga olib (M: kurash, boks yoki sport o’yinlari) (yakkama-yakka olishuvlar), bir qarorga kelish uchun vaqtning qisqaligi bunday qarorni zudlik bilan qabul qilishni taqozo etadi. Bunday qaror ko’rinishi ko’p darajada eng yaxshi ko’rinish bo’lishi va u ro’y beradigan vazifalarni, shuningdek sportchi imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Bunda har kimning o’z kuchiga to’g’ri baho berish mahorati (o’zining texnik, jismoniy irodaviy tayyorgarlik darajasini bilishi) katta ahamiyatga egadir. U yoki bu muayyan vaziyat tez va optimal bir qarorga kelish uchun yaxshi negiz yaratadi.
Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish

Taktik vazifa harakatlar orqali hal qilingan taqdirdagina, ya’ni uning uchinchi fazasi boshlangandan keyingina amalda qanday taktik harakatlar qilish kerakligi ayon bo’ladi. Harakatlar natijasida taktik harakatlarning uch fazasining hammasida erishilgan samaradorlik to’planib, jamlangan bo’ladi.

Taktik harakatlar fazalarining o’zaro bir-biriga ko’rsa-tadigan ta’siri.

 6 5

 алоқа

тескари 4 4






1 2 3



ии 3

Sportchi musobaqalashish vaziyatini idrok etish va tahlil qilish (1) orqali taktik vazifani belgilab oladi. Bu vazifani u dastlab fikran (2), keyin esa harakatlar (3) orqali hal qilishi kerak. Bunda xotira (6) asosiy rol o’ynaydi.

Sportchi musobaqalashish shartlaridan kelib chiqqan holda vaziyatni baholab, taktik vazifani belgilab olgandan keyin u imkoni bo’lgan eng qulay usul deb hisoblangan ko’pgina imkoniyatlardan birini tanlab oladi va mana shu tanlangan tuzilish bo’yicha masalani hal etishga harakat qiladi. Bu masalaning yechimi ijobiy yoki salbiy natija bergan bo’lishidan qat’iy nazar, muayyan masalani hal qilish vaqtida mazkur tizim takomillashib boradi. Bunda xususiy va tashqi axborot, shuningdek, teskari aloqa tamoyili katta rol o’ynaydi. Jadvalda ko’rsatilgan o’z-o’ziga axborot berish, o’z-o’zini takomillashtirish hamda taktik harakatlar uchta fazasining bir-biri bilan o’zaro aloqalari taqdim etilgan.

Harakat orqali masalani hal qilish natijasi xotiraga harakatli amallarning akseptori (taqqoslash, qiyoslash, apparati) orqali teskari aloqa yo’li bilan uzatiladi. Basharti sportchi masalani ijobiy hal qilgan bo’lsa u holda kelgusida xuddi shunday vaziyatlar yuz berganda ana shu yo’lni tanlab oladi. Uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradi.

Mabodo masalaning hal qilinishi salbiy natija bergudek bo’lsa, u holda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlash uchun tanlangan yo’l taxlil qilinadi. Bunda yo’l qo’yilgan xato musobaqalashish vaziyatini noto’g’ri idrok etish va tahlil qilish manbai, fikriy jarayonlarning yetarli darajada rivojlanmasligi natijasida masalaning fikriy hal qilinishini inkor etgan bo’lishi, shuningdek, taktik harakatlarni ro’yobga chiqarish vaqtida noaniqlikka yo’l qo’yish oqibati bo’lishi (harakat texnikasining noto’g’ri qo’llanilishi, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklar) yoxud ruhiy xususiyatga oid nuqsonlar – qusurlar (qo’rqoqlik, o’z kuchiga va imkoniyatlariga haddan tashqari yuqori baho berish va boshqa shunga o’xshashlar) sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy ntija bergan harakatlarning tez-tez takrorlanib turishi maqsadga muvofiq keladigan taktik malakalarni hosil qiladi.

Taktik tayyorgarlik maqsadi
Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchida o’zi uchun g’alaba darajasidagi natijaga erishadigan yoki mashg’ulotlarda eng yuqori natijani qo’lga kiritadigan sharoitni yarata bilish va ish olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Taktik tayyorgarlik usuliyati
Taktik harakatlarga o’rgatish va ularni takomillash-tirish «ma’lumdan noma’lumgacha», «Osondan qiyingacha» kabi didaktik qoidalar asosida amalga oshirib boriladi.

1. Sportning siklik bo’lmagan turlari. Muallif V.S.Keller (1986)

A − raqibsiz mashg’ulot uslubi – texnik – taktik xarakat asoslarini egallash, ularni ongli ravishda tahlil qilishga o’rgatish uchun qo’llaniladi.

Vositalar – asosiy holatlar va qoidalar, harakatlar, taqlidli (imitatsiyali) mashqlar. Masalan boks, soya bilan jang.

B – shartli raqib bilan kurashib tayyorgarlik qilish uslubi – unda quyidagi yordamchi snaryadlar va moslamalardan foydalaniladi: nishonlar, manekenlar, trenajer qurilmalari, dasturli qurilmasi bo’lgan raqib modeli va boshqa shunga o’xshashlar.

Vositalar – yakka tartibda mashq qilinadigan, shuningdek, seriyali mashqlarni o’z ichiga olgan musobaqalashuv mashqlari.

Masalan, otishni imitatsiya (taqlid) qilish nishonga qarab nayza otishni mashq qilish, rapira bilan mashq qilish, maneken bilan kurash tushish va boshqa shunga o’xshashlar.

V – sherik bilan mashq qilish uslubi – bu taktik harakatlarni egallash uchun asosiy uslubdir. Bunda sherik sportchiga faol yordam ko’rsatadigan kishi bo’ladi.

Vositalar – taktikani takomillashtirishga qaratilgan juft-juft bo’lib va guruh-guruh bo’lib bajariladigan mashqlar.

Misol – futbol, voleybol, qo’l to’pi va boshqalar.

G – raqib bilan kurashib mashq qilish uslubi – taktik harakatlarni detallarga ajratib chiniqtirish, taktik jihatdan takomillashtirish, sportchi individual xususiyatlaridan keng foydalanish, raqib tomonidan vujudga keltiriladigan turli xil vaziyatlarda taktik harakatlardan foydalanish imkoniyatini ishga solish uchun qo’llaniladi.

Vositalar – musobaqalashish mashqlari.

Masalan, ikki tomon qatnashadigan o’yinlar.

Sportning siklik turlari. P.Matveyev (1977) yil.

A – distansiyada sharoitni yengillashtiruvchi imkoniyatlar yaratish – musobaqada oldindan borib ilg’orlik qilish, harakat tezligi to’g’risida muvofiqlashtiruvchi axborotlar berish.

B – sharoitni qiyinlashtiradigan to’siqlarni vujudga keltirish, masofani qiyinchiliklardan o’tib zabt etish, oson bo’lmagan sharoitlarda (yomg’ir, shamol, jazirama issiq va boshqa shunga o’xshashlar) bajarish.

V – taktik sxemaga rioya qilish, makon-vaqt va dinamik jihatdan mashqning bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladigan ko’rinishlari bo’lgan paytlarda yoki, ko’pincha, kutilmagan taktik o’zgarib qolgan (tikka qarab harakat qilish, tog’dan pastga qarab tushish, tezlikning o’zgarishi va boshqa shunga o’xshash) sharoitlarda ham taktik sxemani saqlashga harakat qilish.

G – taktik sxemani ancha charchagan va bu charchoq tobora ortib borayotgan sharoitda amalga oshirish.

D – taktik harakatlarini tayyorgarlik oxirida, chidamlilik ishlari amalga oshirilgandan keyin kuch-quvvatni oshirish uchun tayyorgarlik hamda boshqa shunga o’xshash mashqlardan keyin bajarish.

E − xuddi mana shu sxema bo’yicha sportning har qanday turi uchun texnik takomillashuvining muayyan modellarini ishlab chiqish mumkin.

Musobaqa taktikasini tuzishga musobaqalar boshlanishidan ancha ilgariroq kirishiladi.

Musobaqa o’tkaziladigan joyni o’rganish. Musobaqalar o’tkaziladigan sharoitni, unda qatnashadigan sportchilar tarkibining taxminiy soni va boshqa shunga o’xshash ma’lumotlarni aniqlash.

Buning uchun olingan axborotlar asosida tayyorgarlikning uzoq muddatga mo’ljallangan sxemasini tuzib chiqish. Axborot qanchalik to’liq va aniq bo’lsa, tayyorgarlik tizimi shunchalik real va ishonchli bo’ladi.

J – g’alabaga erishish yo’lida bir-biriga potensial raqib bilan kurashish ehtimoli tutilgan (barcha) raqiblarning imkoniyatlarini o’rganib chiqish. Buning uchun yakkama-yakka olishuvining (hozircha qismlarga ajratib detallashtirilmagan) sxemasini tuzib chiqish.

Muayyan raqiblarning taktik imkoniyatlarini o’rganib chiqish asosida har bir startning musobaqalashish faoliyati taktikasini ishlab chiqish.

SHunday qilib, asosiy musobaqalarda ishtirok etish oldidan (mazkur musobaqalarga qancha vaqt qolganligiga qarab) quyidagi texnik-taktik harakatlarining sikllari (yillik, yarim yillik sikllar) modeli ishlab chiqiladi:

uzoq muddatli (bir yillik, yarim yillik, bir necha yilga mo’ljallangan) sikllar.

istiqbolli − musobaqalar davri uchun mo’ljallangan sikllar.

muayyan – har bir raqib imkoniyatlarini hisobga olgan holda har qaysi sportga alohida tuzib chiqiladi.

Sport o’yinlari, yakkama-yakka olishuvlar chog’ida raqib har xil (bir qancha vavriantlardagi) texnik-taktik sxemalar qo’llashi mumkin ekanligini hisobga olib, bir emas, balki bir qancha modellarni ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bundan tashqari, sportchining o’zi musobaqalashish vaziyatida vujudga kelgan sharoitdan kelib chiqqan holda, garchi unga start oldidan berilgan ko’rsatmalarda (o’yinchilarning joylashtirilishi, hujumkor uslub, presseng) bu narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa ham, u o’zining jangovar harakatlari modelini tuza olish mahoratiga ega bo’lishi g’oyat muhim ahamiyatga egadir.

Taktik harakatlarga misollar.

a) sport o’yinlari, yakkama-yakka olishuvlarda taktik harakatlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va ularning xilma-xilligi:

Vaqtning yoki makon, axborotning tanqisligi, yetishmas-ligi. Haqiqiy niyatni niqoblash (yashirish) harakatlarning boshlanish payti noaniqligi va boshqalar.

Bunday qiyinchiliklar raqib tomonidan vujudga keltiriladi. Bularning bari vujudga kelgan vaziyatni to’g’ri baholashga, biror optimal to’g’ri qarorga kelishga halaqit beradi, asab – mushak apparati faoliyatiga talabni oshiradi.

b) siklik (chidamlilik uchun mo’ljallangan) sport turlari difensiyadan masofani bosib o’tish, ish vaqtida o’z quvvatini ta’minlab turish nuqtai nazaridan olganda bunday siklik sport turlari hammadan ko’ra maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Suzish, o’rta va uzoq masoflarga yugurish ham ana shunday samarali sport turlari hisoblanadi. Bunday mashqlarda eng muhim – bu masofani bosib o’tish grafigiga rioya etish, ayniqsa rekord ko’rsatkichlarga erishishdir.

v) velosport (bu yerda sportchining bir qancha maxoratlarini ko’rib o’tish lozim), bunday maxoratlar majmuaviy tarzda u amalga oshiradigan texnik harakatlar samaradorligini belgilab beradi.

erkin manevr qilish va o’zi uchun qulay bo’lgan o’rinni egallab olish maxorati.

syur-plyas deb ataladigan xolatni samarali bajara olish, raqib harakatlarini nazorat qilib turish.

g) Raqib hujumiga qarshi tezlik bilan javob harakatlarini bajarish, marra chizig’iga yetganda tashlanish harakatini samarali bajarish (800 m va undan ortiq masofaga yugurish, trekda, katta – shosseda gurux bulib velosiped poygasi o’tkazish).

Musobaqani bunday tarzda o’tkazishda, aerodinamika nuqtai nazaridan, ayniqsa trassa va boshqa shunga o’xshashlar nuqtai nazardan eng qulay bo’lgan joyni tanlab olishga intilish sportchilarda doimiy ravishda taktik muvozanatni saqlashni va tabiiyki, tezlikni o’zgartirib turishni taqozo etadi.

Katta yo’l, shosseda ketayotgan velosipedchi uchun, masalan, maromdagi tezlik bilan trassani tekis bosib o’tish, tepaliklarga kelganda ish quvvatini oshirish, qiyaliklarda kuchni tejash bir-biridan jiddiy farq qilishi guruh bo’lib shosseda, katta yo’lda poyga o’tkazish vaqtida taktik kurashning naqadar murakkabligini ta’kidlaydi.

Jahonning eng kuchli suzuvchilari, M: 200 m masofani batterflay usuli bilan suzib o’tishda distansion uchastkadagi tezlikni keskin pasaytirib beradilar va shunga yarasha distansiya o’rtasidagi ish quvvati ham kamayadi. Bunda ular go’yo distansiyani xayolan ikki uchastkaga bo’lib ularning har biri uchun to’la kuch sarflagan xolda, ikki uchastka orasida go’yo dam olgandek harakat qiladilar.

Sportchilarning jismoniy tayyorgarligidagi o’ziga xos xarakterlar ratsional taktik musobaqalashuv faoliyatini tanlash vaqtida hal qiluvchi ahamiyat kasb etish mumkin. CHunonchi baydarnada eshkak eshuvchlar o’zlarining tezlik kuch sifatlarini ko’proq darajada rivojlantirib borish oxiri finishga yaqinlashganlarida butun 500 m lik masofani bosib o’tishdagi sport komponenti, bo’lgan dastlabki, tezlikni ancha ortda qoldirib ketadilar. Boshqacharoq qilib aytganda, suvda suzuvchilar bilan aytilgan poygachilar singari umumiy masofani boshida va oxirida tezlikni maksimal darajada oshirib, oraliq masofada mo’’tadil harakat qiladilar va bu bilan go’yo dam olib finishga kuch to’plaganday bo’ladilar. Tezlik, kuch sifatlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlar proporsional tarzda nisbatan yaxshi rivojlangan sportchilar yuqorida aytilgan masofani nisbatan bir tekis tezlik bilan bosib o’tadilar.
Sportchining texnik tayyorgarligi
Texnik tayyorgarlik – bu sportchini harakat texnikasi asoslariga o’rgatib borishdan iboratdir. Bunday harakat texnikasi musobaqa bajariladigan yoxud mazkur harakatlar texnikasini takomillashtirish vositasi bulib xizmat qiladi.

SHu bilan birga sport texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.

Sport texnikasi − bu yuksak darajadagi samaradorlik bilan ajralib turadigan harakatlar masalalarini hal qilish usulidir.

Harakat masalalari sport turi xususiyatiga qarab turli tavsifda bo’lishi mumkin. Sportning siklli turlarida (suzish, uzoq masofalarga yugurish) harakat nihoyatda tejamli bo’lish kerak, ya’ni u berilgan tezlik bilan harakat qilingan quvvat nihoyatda kam, minimum darajada sarf qilinishini ta’minlashi kerak. Boshqa hollarda texnikaga asosiy talab − yaqinlik va irodalilik bo’ladi. (gimnastika, figurali uchish, suvga sakrash va hokazolar) Sport o’yinlarida, yakkama-yakka olishuv bilan bog’liq bo’lgan sport turlarida raqibning qiyinchiligini maksimal darajada oshirib qo’yish maqsadida sodir etilgan murakkab musobaqalashish vaziyatiga muvofiq ravishda texnika ko’rinishlarini o’zgartirib (qaytadan tuzib) turish mahorati zarurligi birinchi o’ringa chiqadi.

«Sport texnikasi» degan tushuncha ikki ma’noni o’z ichiga oladi va ular bir-biridan quyidagicha farq qilinadi.

I − musobaqalashish harakatlarining mukammal modeli (namunasi).

II − musobaqalashish harakatlarini real tarzda shakllan tirib borayotgan (yoxud allaqachon shakllanib bo’lgan) usullari mavjud bo’ladi. Sport texnikasining samaradorligi amaldagi sport natijasi bilan ilgari oldindan saqlab qo’yilgan (model) natijalar o’rtasida vujudga kelgan farq bilan belgilanadi.

Texnika tayyorgarlikning asosiy vazifasi musobaqa lashish harakatlarining shunday ko’nikmalarini shakllanti rishdan iboratki, bu ko’nikmalar sportchiga o’z mahoratidan mumkin qadar ko’proq samaradorlik bilan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.

Maxsus texnik tayyorgarlik – bu musobaqalashish mashqlari vaqtida sportchiga muvaffaqiyatlarni ta’minlab beradigan ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtirib berishdan iboratdir.

Umumiy texnik tayyorgarlik − bu texnik ko’nikmalarni shakllantirish omili hisoblangan ko’nikma va malakalar fondining jamlanib borishidir. Harakatlarni egallashda dastlab uni bajara olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Sungra amallarni takomillashtirib borishga qarab, harakat ko’nikmasi asta-sekin malakaga aylanadi.

SHundan keyin sportchida turli xil sharoitlarda amalga oshiriladigan harakat amallari chog’ida hosil qilingan malakalardan foydalanish mahorati – 2-chi bor egallangan mahorat deb ataladigan xususiyat ishlab chiqiladi.

Ikkinchi bor egallangan mahorat sportchining mahorat darajasini ko’rsatdi, chunki bu xususiyat sportchiga u yoki bu malakani turli shakllarda qo’llash, taktik qarorga kelish chegaralarini kengaytirib borish imkoniyatini beradi.
Harakat amallarini shakllantirish strukturasi
Malaka − bu mashqlarni avtomatlashtirilgan tarzda bemalol bajara olishidir.

Ko’nikma − bu harakatni ongli ravishda, ya’ni ongni chuqur nazorati asosida bajarilishidir.

Bilimlar – bu bajariladigan mashqlar jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar to’g’risida fikriy tasavvur hosil qilishdir.

Bilimlar – bu harakatni amalda bajarish to’g’risida axborot (ko’rsatib berish, hikoya qilish) asosida shakllantiriladi, hamda bundan oldingi faoliyat jarayonida to’plab borilgan mavjud harakat negizida vujudga keltiriladi.

Ko’nikma – harakat amallarini bajarish ko’nikmasi olingan bilimlar va boshqa bir qator harakatlar, intilishlar (berilgan harakat vazifasini ongli ravishda ijro etib, ruyobga chiqarish) asosida shakllantiradi.

Malaka – harakat amallarini ko’p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi.

Bu harakatni optimal ko’rinishiga muvofiq ravishda harakat strukturasini o’zini ham takomillashtirilishida uni optik nazoratsiz avtomatlashtirilgan tartibda bajarilishiga olib keladi. Harakatlarni ishonchli bajarish − bu malaka uchun xos bo’lgan xususiyatdir. Harakat amallarining bundan keyinggi takomillashuvi uning sport musobaqalarining turli ko’rinishlarida va vazifalarida ko’llanishi, yuqorida ham ta’kidlab o’tilganidek, undan samarali foydalanish chegaralarini kengaytiradi. Xarakat amallarini bu yul bilan egallab olingan darajasi harakat malakasi shakllanishining ikkinchi bosqichini ifoda etadi va u ikkinchi bor egallangan ko’nikma deb ataladi. Texnik tayyorgarlik jarayonining tuzilmasi tamoyili jihatlaridan olinganda harakat amallarini o’rganish jarayonidan farq qilmaydi.

Download 202,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish