O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi T. Narbaeva, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q



Download 11,8 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi11,8 Kb.
#337506
Bog'liq
Kecha Toshkent-WPS Office


Kecha Toshkent shahrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O’zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferentsiya o’z ishini boshladi.

Anjumanning “Aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etishda davlatning etakchilik roli” mavzuiga bag’ishlangan birinchi yalpi majlisini O’zbekiston Kasba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Tadbirda Xalqaro Mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti rahbarlari, 30 dan ortiq mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspertlar hamda yirik olimlar, O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Afg’oniston, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Xitoy, Estoniya, Gruziya, Italiya, Latviya, Litva, Malayziya, Moldova, Nepal, Serbiya, Turkiya, Zambiya kabi davlatlar kasaba uyushma markazlari, shuningdek, mamlakatimiz parlamenti a’zolari, sud hamda huquq-tartibot organlari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi T. Narbaeva, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. Rafikov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A. Burhonov, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov, O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. Kudbiev hamda boshqalar mamlakatimizda odamlar manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz hayotini yanada farovon etish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yurtdoshlarimiz tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Mazkur anjumanni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga izchil tatbiq qilinayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosat mazmun-mohiyatini dunyo jamoatchiligiga etkazish hamda davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy muhofaza etish borasidagi hamkorligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishdan iborat.

Ayni chog’da ushbu tadbir ijtimoiy-mehnat masalalarini hal qilishda bevosita qatnashayotgan ekspertlarning taklif-mulohazalari, tajribalarini konstruktiv muhokama etish, o’zaro fikr almashish uchun xalqaro maydon vazifasini o’tashi bilan ham ahamiyatlidir. O’z navbatida, bu O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligini, mazkur yo’nalishda faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro hamda chet el tajribasini o’rganish va hayotga keng tatbiq qilishga tayyor ekanligini ham ko’rsatadi.

Harakatlar strategiyasida BMTning uch asos soluvchi chaqirig’i, ya’ni tinchlik hamda xavfsizlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari o’z aksini topganligi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu tamoyillar hayotda o’z ifodasini topayotgani esa alohida e’tirofga loyiq. Buni O’zbekistonda Davlat byudjeti harajatlarining 60 foizi ijtimoiy sohalar — ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, aholi kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilayotgani misolida ham ko’rish mumkin. Natijada mamlakatda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan ulug’vor g’oya hayotdan mustahkam o’rin egallab, xalqimiz turmush farovonligi yuksalmoqda.

Forumda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yaqqol ko’rsatib beruvchi aniq raqam hamda faktlar ham keltirib o’tildi. Xususan, olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida qishloq aholisi salmoqli yordam olishi bilan birga, turli imtiyozlarga ham ega bo’layotir. Masalan, birgina joriy yilning o’zida mamlakat miqyosida o’tgan yildagiga nisbatan 2 barobar ko’p turarjoylar, shu jumladan, yosh oilalar uchun 1,5 mingga yaqin, nogironligi bo’lgan xotin-qizlarga 3 ming xonadon, shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun 100 ta ko’p qavatli uy barpo etiladi. Qishloq joylarda esa barcha qulaylikka ega bo’lgan 20 mingdan ziyod uy-joylar quriladi.

Konferentsiya qatnashchilari tomonidan bunday yangilanishlar bugun hamma sohada yuz ko’rsatayotgani, mazkur jarayonda o’z faoliyatini Harakatlar strategiyasi vazifalari asosida yo’lga qo’ygan O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham faol qatnashayotgani alohida aytib o’tildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi o’rtasida imzolangan Bosh kelishuv, u asosida tuzilgan 100 dan ortiq tarmoq kelishuvlari, 14 ta hududiy kelishuv hamda bevosita korxona, tashkilot hamda muassasalarning 171 mingdan ziyod jamoa shartnomalariga amal qilib kelinayotgani bunga yaqqol dalildir. Mazkur lokal hujjatlar xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan kompleks tadbirlarni o’z ichiga olgan.

O’zbekiston kasaba uyushmalari ushbu lokal hujjatlarga muvofiq, xodimlarning real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, mehnat bozorida talab bo’lgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ish bilan band bo’lmagan aholi vakillarini kasbga o’qitish hamda qayta o’qitish ishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. Shularga mos ravishda aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo’lgan qatlamlari ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga ko’maklashish, yolg’iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg’ul kishilar hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga karatilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish borasida tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Shuningdek, kam ta’minlangan hamda ko’p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari hamda kelishuvlari orqali moddiy qo’llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo’lib kelayotir. Xususan, 2017 yilda kasaba uyushmalari tomonidan 3037 nafar mehnat faxriysi tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylar bo’ylab sayohatlarga olib borildi. Yolg’iz keksalar hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning kommunal to’lovlari qoplab berildi. Turli bayramlar munosabati bilan Muruvvat va Saxovat uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga maishiy texnika, kiyim-kechak hamda gigienik vositalar berildi. Ayni chog’da jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash uchun 41,9 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi.

Bundan tashqari, kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriylari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan sog’lomlashtirilgan bo’lsa, 7385 nafar ishlovchi pensioner hamda kasaba uyushma a’zolarining ota-onalari va 344 nafar ishlovchi pensioner imtiyozli asosda ana shunday imkoniyatdan foydalandi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida kasaba uyushmalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 2 million 160 ming xonadon ahvoli, odamlarning turmush tarzi o’rganildi. Shu jarayonda aholini qiynab kelayotgan qariyb 650 mingta muammo aniqlanib, 556,5 mingtasini hal etish bo’yicha chora-tadbir ishlab chiqildi. O’tgan yilning mart-aprel oylarida kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aktsiyasi doirasida 3280 nafar bolaning sunnat va 616 ta yosh oilaning nikoh to’ylari o’tkazilishiga bosh-qosh bo’lindi.

Konferentsiyada O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2017-2018 yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qator manzilli dasturlar ijrosi muvofiqlashtirib kelinayotgani xususida ham so’z yuritildi. Misol uchun, kasaba uyushmalari ishchi guruhlari tomonidan shakllantirilgan ro’yxatlar asosida hunarmandchilik hamda tadbirkorlik yo’nalishlarini ochish, shaxsiy tomorqa uchastkasini va chorva mollari yoki parranda xarid qilish yo’nalishlari bo’yicha oilasining iqtisodiy ahvolini tiklash istagini bildirgan minglab kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko’maklashildi. Yuzlab kam ta’minlangan oilalar uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, minglab oilalarga maishiy texnikalar olib berildi, ehtiyojmand oilalardagi bemorlarga esa salomatligini tiklashlari uchun moddiy ko’mak ko’rsatildi. Joriy yilda ham ushbu yo’nalishdagi ishlar jadal davom ettirilayapti.

Aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashdek mas’uliyatli ishda ham kasaba uyushmalarining munosib ulushi bor. Bugungacha chekka tumanlar hamda qishloqlarda 2 mingdan ortiq ijtimoiy dorixonalar ishga tushirilib, odamlarning og’iri engil qilingani buning bir misolidir.

Shulardan kelib chiqib, tadbirda bu borada to’plangan boy tajribani nafaqat dunyo jamoatchiligiga etkazish, balki ularni boshqa davlatlar amaliyotiga tatbiq qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ijtimoiy muloqotni kuchaytirish, kuchli ijtimoiy himoya yo’nalishida hamkorlikni kengaytirish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.

Xalqaro konferentsiyada ishtirokchilarga Xalqaro Mehnat byurosi bosh direktori Gay Reyder va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi Bosh kotibi Sharan Barrou tomonidan yo’llangan videomurojaat namoyish qilindi.

Birinchi yalpi majlisdan so’ng konferentsiya ishi 4 ta sektsiyada davom etdi. Ularda aholining real daromadlari hamda bandlik darajasini oshirish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’i muhofazasi bo’yicha davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, arzon uy-joylar qurish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiyalash bo’yicha maqsadli dasturlarning bajarilishi va ta’lim hamda yoshlarga oid davlat siyosati: milliy, xorijiy va xalqaro tajriba masalalari tahlil qilinib, o’zaro fikr almashildi.



Konferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo’yicha Davlat maslahatchisi — O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Q. Quronboev, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Q. Akmalov ishtirok etdi.
Download 11,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish