O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Download 0.62 Mb.
bet4/9
Sana15.05.2021
Hajmi0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2.transport harakatini nazorat qilish
Marshrutning boshlang‘ich oraliq va oxirgi punktlari pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va ob’ektlari (pochta aloqasi bog‘lamalari, pochtamtlar)ning maxsus ajratilgan xodimlari pochta yuklangan transport harakatining belgilangan jadvali qat’iy bajarilishining doimiy nazoratini amalga oshirishlari kerak.

pochta yuklangan transport jadvalda belgilangan vaqtda kelmagan holda pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki ob’ektining maxsus ajratilgan xodimi darhol telefon orqali marshrut bo‘yicha qo‘shni bo‘lgan pochta aloqasi ob’ektidan pochta yuklangan transportning jo‘nagan vaqti to‘g‘risida so‘rashi va ayni vaqtda bo‘ysunganlik bo‘yicha rahbarga darhol etkazishi kerak.

Agar pochta yuklangan transport jadvalga muvofiq tayinlangan joyiga jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natish va qabul qilish punktlari pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki ob’ektining rahbari ushlanib qolish sabablarini aniqlashtirish va pochtaning tezroq o‘tishi uchun amaliy yordam zarur bo‘lgan hollarda choralar ko‘radi.

Agar pochta yuklangan transport jadvalda belgilangan vaqtga nisbatan kechikib kelgan bo‘lsa, bu haqda pochta tashishlari bo‘yicha 24-shakldagi marshrut yukxatida qayd etiladi.

Pochta keladigan transport buzilganda, oraliq pochta aloqasi ob’ektining rahbari pochtaning saqlanishi va marshrut bo‘yicha yana jo‘natilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida telefon orqali boshlang‘ich punkt pochta aloqasi ob’ektining rahbariga xabar qilishi kerak.

Marshrutning boshlang‘ich punkti pochta aloqasi ob’ekti, Xalqaro pochtamtning maxsus ajratilgan xodimi pochta tashishlari uchun 24-shakldagi marshrut yukxatlarini ko‘rish bilan pochta yuklangan transport harakati jadvalining bajarilishi har kuni nazorat qilishi va barcha qoidabuzarliklar to‘g‘risida choralar ko‘rilishi uchun pochta aloqasi ob’ekti, Xalqaro pochtamtning rahbariga darhol xabar berishi kerak.

Jadvalda ko‘zda tutilgan magistral pochta marshruti bo‘yicha pochta jo‘natilmaganda tegishli pochta aloqasining hududiy tashkiloti va «O‘zbekiston pochtasi» OAJga darhol telegrammalar yuboriladi. Tumanlararo va tuman ichi pochta marshrutlari bo‘yicha pochta jo‘natilmaganda bo‘ysunganlik bo‘yicha hududiy pochta aloqasi tashkilotiga telegramma yuboriladi. Telegrammalarda marshrutlarning nomlari, ulardagi pochta aloqasi ob’ektlarining soni, jo‘natilmaganlik sanasi va sababi, ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi.

Jadvalda ko‘zda tutilgan pochta transportining jo‘natilmaganligi yoki ancha ushlanib qolganligi to‘g‘risida telegraf (telefon) orqali u bilan pochta almashuvini amalga oshiradigan barcha pochta aloqasi ob’ektlariga xabar qilinadi. Xabarda marshrut sanasi, nomi, pochtaning jo‘natilmaganligi sababi va uning o‘tishini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilganligi ko‘rsatiladi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat