O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kafedra : ____________________________
Fan : ________________________________
AMALIY ISH
Mavzu: SSD va HDD tahlili
Guruh 122-19 - guruh
Bajardi:______________
Tekshirdi: ____________
Toshkent 2021
SSD va HDD tahlili
Reja:
HDD haqida ma’lumot
SSD haqida ma’lumot
SSD va HDD qurilmalar farqi
HDD (ing. hard (magnetic) disk drive, HDD, HMDD) – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bo‘lib, ma’lumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanib, ishlash prinsipi esa magnitli yozish hisoblanadi. kompyuteringizdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllaringiz aynan shu qismda saqlanadi.
Bir necha yil oldin elektronika sanoatining rivojlanishi va nisbatan arzon flesh – xotira chiplari yaratilishi bilan axborotni saqlash texnologiyalari sezilarli o’zgarishlarga duch keladi. Endi ulardagi ma’lumotlarni kodlash uchun sirtning ba’zi qismlarini magnitlashingiz shart emas, endi ma’lumotlar yarimo’tkazgichli xotira chiplari ichida saqlanish mumkin.
HHD motherboard – ona plataga ulanadi, o’rnatilmaydi. Qattiq diskni quyidagi asosiy parametrlari bor:
1. Interfeys - bu asosan vinchesterni asosiy turini ajratish uchun ishlatiladigan parameter.Masalan siz ona plata sotib olaman deyotganingizda undagi qattiq disk razyomi qanday ekanligini so’raysiz, aynan ana shu interfeysni belgilab beradi. Masalan avvalroq ishlab chiqarilgan ona platalarda ATA yoki UATA – (Ultra ATA) vinchesterlari uchun IDE portlari ishlatilar edi. Keyingi chiqarilayotgan ona platalarda esa SATA- (Serial ATA) portlari ishlatila boshlandi. Bularni farqlash oson.Ata(yoki UATA) vinchesterlari uchun IDE portlariga ulanishda
katta shleftlardan foydalaniladi va ularni razyomi ham katta bo’ladi.Bunda bitta shlefdan bitta IDE portiga 2 ta vinchester ketma-ket,
yoki 2 ta diskovod, yoki bitta vinchester + bitta diskovod (CD,DVD-ROM/RW) ulash mumkin bo’ladi. Ana shunda shlefdagi yo’lni ikkiga bo’lish uchun - master/slave larni ajratish kerak bo’ladi va buning uchun
Jumperlardan foydalaniladi.
Quyida mavjud interfeyslarni keltiramiz:
- ATA (IDE va PATA),
- SATA,
- eSATA,
- SCSI,
- SAS, - FireWire,
- SDIO
- Fibre Channel.
2. Xotira hajmi - xotira hajmi vinchesterda ma`lumotlarni saqlash xajmini beradi. Ma`lumki kompyuterda ma`lumotlar 0 va 1 lardan iborat. Vinchesterda esa shunga mos tarzda signal qaytaruvchi nuqta va signal
qaytarmaydigan nuqta olinadi.Ya`ni vinchesterni ichida ma`lumot saqlovchi joy bo’lib alyuminiy qoplamali disklar xizmat qiladi.Ularni yuzasiga juda ignichga yozish kallakli golovka orqali ketma-ket chuqurchali va chuqurchali emas nuqtalar qo’yiladi. Ana shu nuqtachalar
ketma-ketligi 0 va 1 larni berib ma`lumotlarni aks ettiradi.Ma`lumki 8 ta 0 va 1 ketma-ketligi 1 bayt. 1024 bayt- 1Kbayt. 1024 Kbayt- 1 Mbayt. 1024 Mbayt – 1 Gbayt. 1024 gbayt – 1 Terabayt ni tashkil qiladi. Lekin vinchester ishlab chiqarishda 1 Gbayt – 1000 Mbayt qilib olinadi. Shuning uchun masalan, 200 Gb = 186.2 Gb ga teng bo’lib qoladi. Boshqa hajmlarda ham shunday. Hozirda bir necha Terabayt o’lchovli vinchesterlar ham ishlab chiqarildi.
3. Fizik o’lchami – bunda asosan vinchesterni alyuminiy diskini kattaligi olinadi. Ko’p xollarda oddiy shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan
vinchesterlarda va notebooklarda 3,5 va 2,5 dyumli disklar ishlatiladi.
Bundan tashqari yana 1,8 dyumli, 1,3 dyumli, 1 dyum va 0,85 dyumlilarini ham ishlab chiqarishadi.
4. Murojaat etish vaqti- yani golovkani kerakli joyga yetib borish vaqti va o’qish/yozishga kirishishi. Bu vaqt 2,5 dan 16 mikrosekundgacha bo’lishi
mumkin.
5. Disk silindirini aylanish vaqti -yani minutiga aylanishlar soni. Bu
parametr murojaat etish vaqti va ma`lumot uzatish vaqtiga ham tasir etadi. Hozirda notebooklarda: 4200, 5400 va 7200 rpm 5400, 5900, 7200 и 10 000 ShKlarda va 10 000 – 15 000 katta serverlarda o’lchamlari bor. 6 Ishonchliligi. – bu vinchesterni biror qismida xatolik yuz beradigan bo’lsa shuni aniqlash,diagnostika qilish qobiliyatidir. Ko’pchilik vintlarda bu kattalik S.M.A.R.T. texnologiyasi deb ham ataladi. Bu texnologiya
vinchesterni xatoliklarini test qilishni o’z ichiga oladi.
8. Energiya iste`moli.
9. Zarbalarga bardoshliligi.
10. Ma`lumot uzatish vaqti: asosan ikkiga bo’linadi:
-Diskni ichki zonasida : 44,2 dan 74,5 Мb/s gacha;
-Diskni tashqi zonasida: 60,0 dan 111,4 Мb/s gacha.
11. Bufer xajmi. Buffer xotira asosan o’rtadagi xotira hisoblanadi. Masalan diskga ma`lumot yozish kerak bo’lsa operativ xotiradan ma`lum
miqdorda olinib, so’ng uni maydalab diskga yoziladi, yoki xuddi shunday tarzda uzatiladi.Ana shu olingan ma`lum miqdordagi ma`lumot buffer xotirada saqlanadi.Vinchesterni ishlab chiqaruvchi firmalar: Fujitsu, Hitachi , America Ins, IBM, Quantum corporation, Segate technology, Inc
Maxtor corporation, Storage technology corporation, Western digital corporation, Samsung.
Do'stlaringiz bilan baham: |