O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Korxona va tashkilotning rivojlanishi va innovatsion strategiyasi



Download 36.25 Kb.
bet2/6
Sana04.10.2020
Hajmi36.25 Kb.
1   2   3   4   5   6
Korxona va tashkilotning rivojlanishi va innovatsion strategiyasi

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘ladi.

Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.

Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. “Innovatsiya” atamasidan O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o‘xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.

Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E.Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o‘zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi.

Avstriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:

1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);

2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;

3) yangi xom ashyodan foydalanish;

4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi

o‘zgarishlar;

5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.

Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30-yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.

Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish mumkin:

FT – AT – I – L – Q – O‘- S ICH – M – Sot,

bu erda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L –loyihalashtirish; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; SICH. – sanoat ishlab chiqarish; M – marketing; Sot. – sotish.

Bu zanjirchani tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‘rtasidagi teskari aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg‘imoq), FT – O‘ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‘proq davom etishi mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‘liq fundamental (nazariy) tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy faoliyat bilan to‘ldirilganyu Shu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu’lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko‘nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi. Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy vazifalarni echish bilan bog‘lanmagan, ammo xuddi uning o‘zi innovatsion jarayonning poydevoridir. Shuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, amaliy tadqiqotlarda ro‘yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo‘llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir.

Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‘zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir. Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‘rish, o‘zlashtirish (O‘) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‘tadi. M va Sot pallalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‘liqdir.



  1. Download 36.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik