O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qaipbergenov



Download 26 Kb.
Sana05.08.2022
Hajmi26 Kb.
#846521
Bog'liq
To\'lepbergen Qayipbergenov
12-Istiqlolchilar, 12-Istiqlolchilar, 12-Istiqlolchilar, 12-Istiqlolchilar, 162 iqt QUTLIMUROTOV KO'PALSIN, 162 iqt QUTLIMUROTOV KO'PALSIN, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, 20220322T1652 - ff - (II) Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ATTESTATSIYA SAVOLLARI (YANGI), 1, истиклол, kimyoo, 4-maruza (1), 163376310912642580, nukus-ketk-uz, 1-маъруза. NUKLEIN KISLOTALARNING GENETIK ROLI (1)

O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qaipbergenov
Chop etish versiyasi
Havolani yuborish
16.09.2010

O‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adib To‘lepbergen Qaipbergenov 81 yoshida vafot etdi.


To‘lepbergen Qaipbergenov 1929 yili Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini 1947 yili maktab o‘qituvchisi sifatida boshladi. Qoraqalpoq davlat pedogogika institutini tamomlaganidan so‘ng ko‘p yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyatini qoraqalpoq milliy matbuoti rivojiga bag‘ishlab, “Qaraqalpaqstan jaslarы” gazetasi muharriri, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti direktori, “Sovet Qaraqalpaqstanы” gazetasi muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi raisi, Matbuot, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda sidqidildan mehnat qildi.


U 1980 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq adabiyoti va san’atini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi.


T.Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga saylandi.


To‘lepbergen Qaipbergenov o‘zining yarim asrdan ziyod davom etgan yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. O‘z asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va an’analarini yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” singari qissa va romanlar, “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Bu asarlarning aksariyati jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.


Jonkuyar adibning keyingi yillarda e’lon qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik mehnatini ulug‘lash, Orol muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish mavzulari alohida o‘rin egalladi.


Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan edi.


Ulkan adib va jamoat arbobi To‘lepbergen Qaipbergenovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.




I.Karimov, I.Sobirov, D.Toshmuhamedova, SH.Mirziyoyev, M.Yerniyazov, A.Aripov, X.Sultonov, A.Oripov, B.Alimov, O‘.Abdurahmonov
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti