O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng sug’urta soxasida ko’plab o’zgarishilar yuz berdi. Iqtisodiy o’zgarishlar tufayli raqobatbardosh bo’lgan turli mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari vujudga keldi



Download 19,86 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi19,86 Kb.
#50799
Bog'liq
IQTISOD SUGURTA


Odamlarning yaxshi yashashi uchun qulay sharoit yaratish, zarur hayotiy vositalarga bo’lgab ehtiyojini qondirish, ish bilan ta’minlash –demokratik o’sish sur’ati yuqori bo’lgan mamlakatlar oldida muhim vazifalardan biri sug’urta hisoblanadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng sug’urta soxasida ko’plab o’zgarishilar yuz berdi. Iqtisodiy o’zgarishlar tufayli raqobatbardosh bo’lgan turli mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari vujudga keldi. Bu sug’urta bozorlari o’z navbatida iqtisodyotimizning rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda sug’urta bozorini boshqarishda milliy manfaatlarimizga mos keluvchi qator vazifalarni muaffaqqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning uzaro uyg’un dastaklaridan bo’lmish bozorni rivojlantirish va takomillashtirishga ustivorlik berish muxim omillardan biri xisoblanadi.

Respublikamizda mukammal sug’urta bozorini barpo etish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun yetarli darajada iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Yangi sug’urta tashkilotlarining paydo bo’lishi sug’urta tashkilotlarining chekka qishloq joylarida ham o’z filial va bo’linmalarini ochilishi, buning isbotidir. Sug’urta bozoriga xizmat taklif etuvchi sug’urta kompaniyalar bo’yicha qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirilib, bu borada chuqur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan, nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijiy mijozlarni ham ishonchini qozona oladigan sug’urta xizmatlarining keng turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish milliy sug’urta bozorlarini rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biridir. Shunday ekan, milliy sug’urta bozorini jahon sig’urta bozorlari darajasiga yetkazish va xalqaro tajribalarni chuqur o’rganish sug’urta faoliyatidagi muhim vazifalardan biriga aylandi.

Sug’urta bozorining mamlakatimizda paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biri- ilgari hamma tashkilotlar davlat ihtiyorida bo’lganligi tufayli, ularni xar hil nohush hodisalardan sug’urta qilishga ehtiyoj bo’lmagan. Sababi ushbu korxonalarga sug’urta natijasida zarar yetkazilsa, bu zarar davlat budjetidan bemalol qoplanavergan. Ammo, mol-mulkning davlat ihtiyoridan chiqarish va hususiylashtirish natijasida ko’plab mustaqil korxonalar paydo bo’lishi o’z-o’zidan pulga va sug’urta xizmatlariga ehtiyojni vujudga keltirdi. Bu bevosita iqtisodiyotning rivojlanishiga va bozorda erkin raqobat qila oladigan davlat sug’urta tashkilotlari va nodavlat sug’urta tashkilotlariga teng sharoitlar yaratildi.

Bu tenglik va erkinling sug’urta bozorida mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalar o’rtasida erkin raqobatni, raqobatning kuchayishi esa maxsulotning sifatini oshirishga yo’l ochdi. Sug’urta kompaniyasi o’z maxsulotini bozorda sotar ekan, u o’z zimmasiga katta ma’suliyat olganligini unutmaslik kerak. Chunki, sug’urtalochi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik miqdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta xodisasi roy berganda zimmasidagi sug’urta to’lovini to’lashi shart. Shuni eslatib o’tish kerakki, sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan har qanday mijoz sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy ahvoli bilan albatta tanishib chiqishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshqa tovarlar singari sug’urta xizmatlarining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sug’urta bahosining pastki chegarasini belgilaydi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi hechqanday foyda olaolmaydi.

Sug’urta va mijoz o’rtasidagi munosabatlarni amalga oshirishda sug’urta vositachilari muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda sug’urta agentligining faoliyati “ O’zbekiston Respublikasining “ sug’urta faoliyat to’g’risida” qonuni va buyrug’iga asosan tasdiqlangan hamda 2003- yilning 1-fevralida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213- son bilan ro’yxatga olingan “sug’urta agentlari to’g’risidagi nizom”ga muvofiq tartibga solinadi.

Bugungi kunda respublikamiz sug’urta bozorining tez sur’atta rivojlanishi hukumatimiz tomonidan sug’urta sohasini rivojlantirishga qaratilgan alohida e’tibori tufaylidir.

Jumladan O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidentining 2007- yil 10- aprelda “sug’urta xizmatlari bozorini isloh qilish va yanada riojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 618- sonli va 2008- yil 21- maydagi “ sug’urta ximatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi 872-sonli qarorlari o’z talablariga ko’ra, sug’urta infratuzulmasini takomillashtirib, sug’urta bozorida sog’lom raqobatni yuzaga keltirdi. Shuningdek, sug’urta kompaniyalarining investitsion jarayonlaridagi ishtiroki rag’batantirilib, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirishga imkon berdi.

Dasturning eng katta yutuqlaridan biri u asosida O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi va “ ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonunlarning qabul qilinishidir. Bu qonun sug’urta xizmatlarini aholi va ho’jalik yurituvchi sub’ektlarning ijtimoiy-huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi kundalik zarurat bo’lishiga olib keldi.

Bunday erkinliklar va qulayliklar yaratilishiga qaramay, amalda sug’urta bozori hamda sug’urtalovchi va mijoz o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga to’siq bo’ladigan ko’plab sabablar mavjud. Aholining sug’urta madaniyatining pastligi ,yani hozirgi kunda jamiyat o’rtasida sug’urta haqidagi tasavvur,sug’urta madaniyati va tushunchasining insonlar ongida u darajada shakillanmaganligidir.

Shunday ekan aholining sug’urta haqidagi ma’lumotini oshirish va unga bo’lgan ishonchsizligini kamaytirish borasida sug’urta kompaniyalari yetarli darajada faoliyat olib bormayotkanligi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Sug’urta kompaniyalarining mijozlarga xizmat ko’ratish tizimining qoniqarli emasligi, aholi bilan ishlash tizimining umuman yo’qligi ham sug’urtalanuvchining salbiy fikrlarga borishiga sababchi bo’ladi. Agarda mijozning ehtiyojlari tezkorlik bilan qondirilsa u o’sha sug’urta kompaniyasining ishonchliligiga ishonishi va uning doimiy mijoziga aylanadi.

Shu o’rinda sug’urta kompaniyalarining aholi bilan ishlash tizimiga nimalar kirishini eslatib o’tmoqchiman.- Joylarda aholi o’rtasida turli tadbirlar o’tkazish. – seminarlar tashkil qilish, axolining sug’urtaga bo’lgan munosabati o’rganish, ularni qanday sug’urta xizmatlarini qiziqtirishni bilish. – maktab litseylarda sug’urta sohasida konfrensiyalar o’tkazish.

Bularning hammasi ham sug’urta kompaniyalari tomondan amalga oshirilmayotganligi achinarli hol. Bu unchalik muhim emasdek ko’rinishi mumkin, biroq bu tadbirlar aholining sug’urtaga bo’lgan qarashlarini bir oz bo’lsada o’zgartiradi, asosiysi odamlar nima sababdan o’zlariga sug’urta xizmatlari kerakligini bilishi va uning qonuniy hujjatlari bilan ishlay olishi kerak.

Xalqaro tajribalarning ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda sug’urta operatsiyalarining katta qismi vositachilar orqali amalga oshiriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada brokerlar vositachiligida jami sug’urta shartnomalarining taxminan 70 % tuzildi.

Amalga oshirilgan tadqiqotlar O’zbekistonda sug’urta vasitachilik faoliyati deyarli rivojlanmaganligi ko’rsatadi. Bunga asosiy sabab, aksariyat sug’urta tashkilotlari sug’urta xizmatlarini vositachilarning ishtirokisiz amalga oshirishni afzal ko’rishadi. Chunki, milliy sug’urtalovchilar vositachilarni ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqaruvchi bo’g’in sifatida qarashmoqda.



Sug’urta va mijoz o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatishda sug’urta shartnomasini mukammal darajada tuzish lozim, sug’urta shartnomasi mukammal tuzilgan bilan uni asl moxiyatini tushunib yetish uchun axolining sug’urta bilimi pastligi to’siq bo’lib kelmoqda. Sug’urta shartnomasini mazmunini tubdan tushunib yetmaslik keyinchalik, sug’urta xodisasi ro’y berganda ko’plab kelishmovchiliklar keltirib chiqarmoqda.

Sug’urta kompaniyalar va sug’urta faoliyatini davlat nazorat organlari albatta aynan shunday masalalarga e’tibor qaratishlari zarur deb hisoblayman.
Download 19,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish