O’zbekiston dunyo sayyohlari nigohida



Download 0,58 Mb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#225630
  1   2
Bog'liq
Õzbekiston sayohlar nigohida




O’zbekiston - dunyo sayyohlari nigohida

O’zbekiston o’zining boy tarixi, o’tmishi, buyuk allomalari-yu tarixiy shaharlari bilan dunyo jamoatchiligi, ilm ahli va sayyohlarni jalb etib kelmoqda, darhaqiqat, o’tmishda ilm-fan, ma’rifat, ziyo maskani bo’lgan bu dargoh hozirda ham o’z mavqeini yo’qotgani yo’q, shu bois ham bugungi kunda millionlab sayyohlar osmono’par binolari-yu, ular uchun yaratib qo’yilgan behisob imkoniyatlari, rivojlangan texnika-texnologiyalari bilan ularni jalb qilishga harakat qilayotgan jahonning turli rivojlangan malakatlariga emas, balki tarixan va ma’nan boy bo’lgan, ma’naviy-ma’rifiy maskanlarni o’zida mujassamlashtirgan O’zbekistonga borib uning madaniy merosi bilan tanishishni, tarixiy yodgorliklarga tashrif buyurib mozega sayohat qilishni afzal ko’rmoqdalar.

O’zbekiston mustaqillika erishgach, ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan behisob boyliklar-tarixiy yodgorliklarga bo’lgan e’tibor kuchaydi, ular davlat nazorati ostiga olinib, vaqti-vaqti bilan doimiy rekonstruksiya qilinib turish uchun, qolaversa, u yerda doimiy faoliyat olib boradigan mas’ullar uchun alohida fondlar tashkil qilindi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonning Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo’qon, Shahrisabz kabi o’tmishga boy shaharlari hamda ulardagi ajdodlarimizning yuksak aqli, didi, hamda iste’dodi bilan buyod etilgan, biroq sovet ittifoqi davrida halokat yoqasiga kelib qolgan tarixiy obidalar o’z qadr-qimmatini topdi, mustaqilkka erishgandan to hozirgi kunga qadar ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. “Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta memoriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asarlari davlat muhofazasiga olingan bo’ib bu yodgorliklarning 200 tasi Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritilgan”1.

Bugungi kunda olib borilayotgan bunday o’zgarishlar bekorga emas, albatta, bularning bari o’tmishdan bizgacha yetib kelgan madaniy boyliklarimizni asrab-avaylash, o’z tariximizni, bobolarimizning nechog’lik ma’naviyatli, ma’rifatli bo’laganliklarini yoddan chiqarmaslik uchun, zero, “tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q2” qolaversa, ularni butun jahonga nomoyon qilish orqali dunyoda boryo’g’i 32 million aholisi bo’lgan biroq ildam rivojlanayotgan mo’jazgina yurt- O’zbekiston degan yurtning bor ekanligini tarannum qilishdir, shuning uchun ham bugungi kunda turizm masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, turizim nafaqat O’zbekistonni dunyoga tanitadi balki uning iqtisodiyotiga barqaror rivojlanishni ta’minlash, yangi ishchi o’rinlarini yaratish va unga turdosh bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatini yatatib berish orqali katta foyda keltiradi, shuning uchun ham turizm faoliyatini rivojlantirish, uni ravnaq toptirish masalasi 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish tarmog’ida bu sohani yanada rivojlantirish bo’yicha alohida bandlar belgilanganligi bejiz emas. Shu o’rinda, mamlakatimiz prizidenti Shavkat Mirziyoyevning bir fikrlari juda ham qimmatlidir “Turizm- iqtisodiyotning muhim tarmqolaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. Buni davrning o’zi taqozo etmoqda”. Darhaqiqat, O’zbekistonning buyuk ipak yo’lining qoq o’rtasida joylashganligi, qulay tabiiy-iqlim sharoitiga, boy tarixiy, madaniy merosga va salohiyatli kadrlarga ega ekanligi bizda bu sohani rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar borligidan dalolat beradi, yoshlardan talab qilinadigan narsa esa o’qib, izlanib, mamlakatimizni qolaversa turizmni rivojlantirish uchun munosib tarzda harakat qilishi kerakligi xolos.



Rivojlangan davlatlar misolida qaraydigan bo’lsak, ko’plab davlatlar iqtisodiyotining eng foyda keltiradigan tarmoqlaridan biri bu - turizmdir, shu bois sayyohlar uchun barcha shart va sharoitlar yaratishga urunilmoqda va buning uddasidan chiqishmoqda ham, shu tufayli birgina, Fransiyaning Parij shahriga yil bo’yi keladigan sayyohlar soni o’rtacha 15 millionni tashkil qiladi bu esa iqtisodiyotga million-millionlab keladigan foyda degani, shu nois ham, prizidentimiz 33 ta mamlakatda o’z faoliyatini olib borayotgan elchilarimizga qarata onlayn murojaatida O’zbekistonga xorijiy investitsiya hamda turistlarni jalb qilishiga va har biri har kuni eng kami 10 ta sayyohni O’zbekistonga jo’natishga alohida e’tibor qaratishlari lozimligiga urg’u berib o’tdilar, ya’ni turist investitsiya degan g’oyani ilgari surdilar. Shu bilan bir qatorda shu yilning 22-fevraldagi prizidentimizning parlamentga qaratilgan murojaatnomasida turizmni boshqa iqtisodiy sohalar singari muhim tarmoq ekanligini ta’kidlab, bugungi kunda bu borada yo’l qo’yilayotgan xato va kamchilaklarni topish va ularni bartaraf etish kerakligi haqida ham alohida to’xtalib o’tdilar. Bu bilan O’zbekistonda bu soha umuman rivojlanmayabdi u bir joyda qotib qolgan deb ayta olmaymiz albatta, chunki ma’naviy, ma’rifiy merosi bilan uncha muncha malakatlarni ortda qoldiradigan O’zbekistonga bo’lgan qiziqish kundan kunga o’sib bormoqdaki, aynan mana shu narsa bu sohaning rivojlanishiga tamal toshi bo’lib xizmat qilmoqda desak hech ham mubolaga’a qilmagan bo’lamiz. Fikrimizning dalili sifatida raqamlarga murojaat qilamiz, bir yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 1 yarim million atrofida bo’lib bu ko’rsatgich kundan kunga oshib bormoqda, birgina mana shu ma’lumotning o’ziyoq O’zbekistonda turizmning naqadar rivojlanayotganidan darak berib turibdi, to’g’ri, bu raqamlar bilan yirik sayyohlik firmalari bo’lgan va yiliga 10-15 millionlab sayyohlar tashrif buyuradigan Yevropa mamlakatlari bilan raqobatlasha olmasakda, biroq 15-20 yil oldingi sayyohlar hajimga qaraganda bu ko’rsatgichning ancha yuqori ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q, bu esa yaqin kelajakda turizimi rivojlangan Yevropa mamlakatlari qatori O’zbekistonning ham nomi tilga olinishi ehtimolining ancha yuqoriligidan darak berib turibdi. Har yili turizmni rivojlantirish uchun ko’plab mamlakatlarga borib, mutaxasislarimiz tashviqot ishlari olib bormoqda. O’zbekistonning o’zida ham xalqaro ilmiy uchrashuvlar o’tkazilyabdi, masalan, har ikki yilda o’tkaziladigan 2019- yilda Samarqandda12-bor nishonlangan “ Xalqaro musiqa festivali- Sharq taronalari”, 2018-yil Samarqandda o’tkazilgan “ Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha” xaqaro ilmiy anjuman va 2019-yil Toshkentda bo’lib o’tgan“Buyuk ipak yo’li turizimini rivojlantirish bo’yicha” xalqaro konferensiyasida ko’plab chet ellik mutaxasislar ishtirok etganligi va boshqa ko’plab xalqaro anjumanlarning boshqa davlatda emas aynan O’zbekistonda bo’lib o’tayotganligi bu yo’lda nechog’lik og’ishmay ketayotganligimizdan dalolat berib turibdi, shu kabi boshqa amaldagi sayyohlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan barcha ishlar O’zbekistonni dunyoga nomoyon qilish va uni tarannum qilish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlardir.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish