O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari



Download 490,85 Kb.
bet1/13
Sana06.07.2022
Hajmi490,85 Kb.
#750395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarixshunoslik va manbashunoslik yoʻnalishi 1-kurs magistranti Samardinov Oybek
O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI
O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
Reja:

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
XVI-XX asr boshlarida О‘rta Osiyo hududlarida mavjud bо‘lgan davlatlar, ularning siyosiy tarixi, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalariga bag‘ishlagan bir necha о‘nlab tarixiy asarlar yaratildi. Turli davrlarda о‘zbek xonliklari tarixiga bag‘ishlab yaratilgan bu asarlar bugungi kunda mazkur davr tarixini о‘rganishda muhim manbalar bо‘lib xizmat qilmoqda. Shayboniylar va ashtarxoniylar hukmronligi davri tarixiga oid Buxoro xonligi tarixini yoritib beruvchi manbalar, mang‘itlar hukmronligi davri tarixiga oid Buxoro amirligi tarixi manbalari, Qо‘qon xonligi hamda Xiva xonligi tarixiga oid yaratilgan manbalar kо‘p sonli bо‘lib, mazkur davrlarda tarixnavislikning о‘ziga xos maktablari yuzaga keldi.
О‘zbek xonliklari tarixining manbashunoslik sohasida yirik tadqiqotlarni amalga oshirgan Rashid Nabiyev, Bо‘riboy Axmedov, Asomiddin О‘rinboyev, Omonulla Bо‘riyev kabi о‘zbek tarixchilari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab manbalarning tadqiqotlarini amalga oshirgan bо‘lsalar, О‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida bu borada yanada kо‘plab tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi va bir necha yuzlab manbalar tadqiqot obyekti sifatida tanlangan bо‘lsa, ularning bir qanchasi yurtimizda, xatto horijda nashrdan chiqrildi. Bu borada Qо‘qon tarixnavislik maktabining rivojlanishi tadqiq qilgan Shodmon Vohidov va Xiva tarixnavislik maktabi tadqiqotlarini amalga oshirgan Quvomiddin Munirovlarning mehnatini alohida kо‘rsatib о‘tish mumkin.
Mavjud manbalarni shartli ravishda ikki qismga bо‘lib о‘rganish mumkin, ya’ni XVI- XIX asrning о‘rtalarigacha yaratilgan о‘zbek xonliklari tarixiga oid manbalar, jumladan, “Shayboniynoma”, “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy”, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima”, “Tarixi olamoroyi Abbosiy”, “Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor”, “Ubaydullanoma”, “Tuhfat ul-xoniy”, “Tarixi Amir Haydar”, “Fathnomayi sultoniy”, “Muntaxab ut-tavorix” va boshqalar, hamda, XIX asrning ikkinchi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining harbiy tajovuzi va hukmronligi davrida yaratilgan manbalarga, jumladan, ”Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad”, “Tarixi salotini Mang‘itiya”, “Tarixi Salimiy”, “Amirlashkar jangnomasi”, “Tarixi jahonnamoyi”, “Tarixi Aliquli Amirlashkar”, “Tuhfai Toib”, “Xadoyiq ul anvor”, “Aliquli jangnomasi va Mullo Holbek sarguzashtlari”, “Tarixi jadidi Toshkand”, “Tarixi Shoxruxiy”, “О‘rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg‘on futuxotlari”, Mullo Yunus Toshkandiy “Xotiralar”i, “Mirot ul-futux”, “Tarixi Turkiston”, “Shajari Xorazmshoxiy”, “Tarixi Farg‘ona”, “Ansob us salotin va tavorix ul xavoqin” kabi manbalarga bо‘lib о‘rganish mumkin.

Download 490,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish