O‘zbek va nemis tillarida “ravish+fe’l” birikmalari tadqiqi va ta’limi” nomli mavzusining dolzarbligi haqida asosnoma



Download 16,51 Kb.
Sana22.01.2021
Hajmi16,51 Kb.
#55968
Bog'liq
ASOSNOMA YANGI


Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasining magistri Norqo’ziyeva Dildoraning 5A111201-O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistr ilmiy darajasini olish uchun

O‘zbek va nemis tillarida “ravish+fe’l” birikmalari tadqiqi va ta’limi”



nomli mavzusining dolzarbligi haqida

ASOSNOMA

Keyingi yillarda ta’lim tizimidagi islohotlar, asosan, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan «…ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish»1ga doir g‘oyalar asosida olib borilmoqda. Har bir sohada ilg‘or innovatsiyalarni yaratish bugungi kun ilm ahlining asosiy maqsadidir.

Tilshunoslik qadim-qadimlardan buyon o‘rganilib va o‘rgatilib kelinayotgan asosiy sohalardan biri sanaladi. Dunyoda hech bir til yo‘qki, boshqa bir tillar bilan aloqaga kirishmagan hamda sof holatini saqlab qolgan. Tilshunoslikdagi o‘zgarishlar birdan sodir bo‘lmasligi, asrlar davomida sezilishi barchaga ma’lum. Bu esa dunyoda tillar doimo bir-biri bilan so‘z almashinib turadi. Aynan shu hodisa ham tilshunoslikda qiyosiy tadqiqotnig paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

Mavzuning dolzarbligi
Butun dunyo tilshunoslik taraqqiyoti tarixida tilshunoslik fanining qiyosiy- tipologiya yo’nalishiga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Til paydo bo’lgandan buyon boshqa tillarga qiyoslanadi. Va bu orqali tilning ichki imkoniyatlari va uning tuzilishi o’rganiladi.Muayyan bir chet tilini o’rganish jarayonida uning leksik, grammatik, semantik va stilistik jihatlari ona tili tizimidan izlanadi, o’rganiladi va qiyoslanadi. Tilning o’zi paydo bo’libdiki, u doimo qiyosga muhtoj, aks holda hech bir tilning tabiati va mohiyatini o’rganish imkoni bo’lmaydi. O’zga tilni o’rganish jarayonida maqsadli ravishda xorijiy tilning xususiyati va belgilarini biz ona tilidan izlaymiz. O’zbek tili grammatikasining murakkab kategoriyalaridan biri bo’lgan
so’z birikmasini o’rganish, har tomonlama tadqiq etish, hamda nemis tili bilan qiyoslash, ushbu hodisaninig mohiyatini to’la ochib berish mavzuning nechog’lik dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
XI asrda yashagan buyuk tilshunos olim M. Qoshg‘ariy o‘zining mashhur “Devoni lug‘oti-t-turk” asari bilan o‘zbek tilshunosligida qiyosiy tilshunosikka asos solgan bo‘lib, bugungi kunda ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari yaratilmoqda. U, asosan, qardosh tillar orasidagi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Endilikda esa har qanday tilni istalgan boshqa bir til bilan solishtirib o‘rganish mumkin. Chunki til-ijtimoiy hodisa, uning asosi inson bilan bog‘liq.

O‘zbek va nemis tillari bir qarashda bir-biriga butunlay begonadek ko‘rinsa-da, ularning ham o‘zaro o‘xshash, shuningdek, farqli jihatlari talaygina. “O‘zbek va nemis tillarida “ravish+fe’l” birikmalari tadqiqi va ta’limi” nomli tadqiqotimizda xuddi shunday masalalarni yoritamiz.


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. O‘zbek va nemis tillarini o‘zaro solishtirish, undagi o‘xshash va farqli jihatlarning o‘ziga xosliklarni belgilash, sintaksis sohasidagi tadqiqotlarning yangicha talqinini yaratish dissertatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bu maqsadga erishish uchun tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

- Sintaksis ilmining dolzarb masalalarini o‘rganish hamda talqin qilish.

- Hozirgi o‘zbek tilida “Ravish +fe’l” qolipli so‘z birikmalarini tahlil qilish.

- Hozirgi nemis tilida “ravish+fe’l” qolipli so‘z birikmalarini tahlil qilish hamda tasniflash, ikki til o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash.

- Nemischa “ravish+fe’l” qolipli so‘z birikmalarining o‘zbekcha tarjimalari asosida lug‘at yaratish.


Tadqiqotning manbai va materiali. Ushbu kungacha tillarni qiyoslab o‘rganish bo‘yicha qilingan ilmiy ishlar, lug‘atlar.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.

Ushbu ish tillarni qiyoslab o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim nazariy manba bo‘la oladi. Dissertatsiyada o‘zbek va nemis tilining sintaktik xususiyatlari, aynan “ravish+fe’l” qolipi alohida o‘rganiladi, ular orasidagi o‘xshash va farqli jihatlar o‘zaro qiyoslanadi. Bugungi kunda zamonaviy pedagog chet tillarini bilishi talab etilayotganligi sabab, ushbu tadqiqot filologiya fakultetlari talabalariga ko‘plab tillarni o‘rganishga undabgina qolmasdan, ilmiy ishlar qilishlari uchun, milliy qadriyatlar, urf-odatlar bilan bog‘liq maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda ham amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.


Tadqiqotchi: Norqo’ziyeva D.
Ilmiy rahbar: f.f.d.prof.Mirzayev I.



1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni

Download 16,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish