O’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi sheraliyeva irodaning hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan



Download 297,82 Kb.
bet1/10
Sana20.06.2021
Hajmi297,82 Kb.
#72005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheraliyeva Iroda kurs ishi



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH FAKULTETI

O’ZBEK TILI

TA’LIM YO’NALISHI

2-KURS 201-GURUH TALABASI

SHERALIYEVA IRODANING



HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

FANIDAN TAYYORLAGAN

KURS ISHI
LUG’AVIY BIRLIKLARDA GIPO GIPERONOMIK MUNOSABT

REJA:

Kirish

1-bob. Lug’aviy birliklari va ularning vazifalari

1.1. .Lugaviy birliklar haqida umumiy malumot

1.2. Gipo-giperonimik tushunchasi

1-bob yuzasidan xulosa



2-bob. Nutqda so’zga xos vazifalarning ifodalanishi

2.1. Jins-tur munosabati

2.2. Lug'aviy birliklarda jins- turning ishlatilishi

Umumiy xulosalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Bugun O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlana boshlaganligi, milliy g’ururimiz, iftixorimiz bo’lmish tilimizga davlat tili maqomining berilganligi, o’zbek tiliga berilayotgan e’tibor har qadamda sezilmoqda.

O’zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va odil til siyosati shakllangan bo’lib, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida o’zbek tilini ilmiy tadqiq qilish va o’qitish ishlari mustaqillik davri talablariga javob beradigan darajaga keltirildi. Endilikda mana shu tarixiy o’zgarishlarni, bu boradagi yutuq va tajribalarni umumlashtirmoq hamda galdagi ustuvor vazifalarni bajarmoqqa yeng shimarib kirishmoq, jadal harakat qilmoq lozimdir.

Til odamga tabiat in’om qilgan bebaho ne’mat, uni maxluqot to’dasidan insoniyat rutbasidagi oliy sinf o’laroq ayirgan qudratdir. Bu oliy sinfning aql va ko’ngil mulki ayni shu tilga ko’ra munavvardir. Bashariyatning necha ming yilliklar mobaynida to’plangan butun aqliy va hissiy tajribalari ayni shu tilga ko’ra salomat saqlanib keladi. Til faqatgina muloqot quroli emas, u inson ruhiyma’naviy dunyosining bikir va betakror tirgagidir. Til insoniyatni millat sifatida shakllanishi va bardavomligini ta’minlovchi mo’jizadir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so’zlarida katta ma’no bor: “Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir” 1. Demakki, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir. Ona tiliga muntazam muhabbat, davlat tiliga barqaror ehtirom ma’naviyat va ma’rifatning hal qiluvchi omilidir. Shuning uchun milliy g’oya targ’ibida millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat tarbiyasi muhim o’rin tutadi. Davlatimiz rahbarining “O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalom bor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” 2 degan so’zlarini hamisha yodda tutmoq kerak.

Xalqimiz o’z tilini qalbidagi tengsiz gavhar, tabiat in’om qilgan qutlug’ ne’mat sifatida asrlar davomida ardoqlab, saqlab, uning boyishi, rivoji uchun qayg’urdi va kurashdi. Til faqat aloqa vositasigina bo’lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo’lardi. Demakki, til bemisl boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko’rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir”.2 Tabiat va jamiyatda inson tiliday murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl va mazmun tanosibi tarang hodisa kamdan-kam topiladi. Til fikr ifodalash, dunyoni bilish, bilim-tajribalarni to’plash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy munosabatlarni aks ettirish kabi bir qancha vazifalarni o’taydi. Til inson va xalqsiz, binobarin, jamiyatsiz bo’lmaydi. Til jamiyat uchun xizmat qiladi va uning a’zolari muloqot qilishini ta’minlaydi.

Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur.3 Tilni har tomonlama chuqur o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Lug’aviy birliklarning nutqdagi o’rnini ilmiy nuqtai nazardan o’rganish o’zbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir.

Mazkur tadqiqot ishida bu masala nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Shu bois mavzu dolzarblik kasb etadi.




Download 297,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish