Kuz fasliga qaysi oylar kiradi? sentabr, oktabr, noyabr
Onajonlar bayrami qaysi faslda nishonlanadi? Bahorda
Ko’k somsa, sumalak qaysi bayram taomlari? Navro’z
Maqolni davom ettiring. Yer haydasang kuz hayda…? Kuz haydamasang yuz hayda.
Gapning bosh bo‘laklari qaysilar? Ega va kesim
O‘zbekistonning bayrog‘ida qanday ranglar bor? Yashil, qizil, oq, ko’k
Qoraqalpog‘istonning bayrog‘ida qanday ranglar bor? Yashil, qizil, sariq, ko‘k, oq.
O‘zbekistonning bayrog‘ida nechta yulduz bor? 12ta
Qoraqalpog‘istonning bayrog‘ida nechta yulduz bor? 5ta
Amir Temur qachon tug‘ilgan? 1336-yili
“Julqunboy” tahallusi kimga tegishli? A.Qodiriy
“Ustozlar “ she’rining muallifi kim? Po‘lat Mo‘min
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi kim? A.Oripov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi kim? I.Yusupov
Mehir nuri yog‘ar doim… she’rni davom ettiring. Yuzingizdan ustozlar.
Ertaklar har doim nima bilan tugallanadi? Yaxshilik bilan.
Qimmat qanday qahramon? Yomon, salbiy qahramon.
Zumrat qanday qahramon? Yaxshi, ijobiy qahramon.
Xamsa necha dostondan iborat? 5
Aka so‘zi ona tilingizda nima deyiladi? Ájaǵa
1-oktyabr qanday bayram? Ustoz va murabbiylar kuni
Yovvoyi hayvonlarga misol keltiring. Yo‘lbars, bo‘ri, zebra, kiyik.
Uy hayvonlariga misollar keltiring. Sigir, kuchuk, mushuk, echki.
Kiyik go‘shtxo‘r hayvonmi? Yo‘q u o‘txo‘r hayvon
Maktab so‘zini ruscha tarjimasini ayting. Школа
Toshkentda televizion ko‘rsatuvlarni efirga uzatish qachondan boshlangan? 1956-yil 5-noyabrdan
Toshkent teleminorasi balandligi jihatidan ………. yagona hisoblanadi.
Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’ying. Markaziy Osiyoda
Biri ikkinchisi bilan tobe munosabatda bog‘langan sodda gaplar?
ergashgan qo‘shma gaplar
“Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” she’rining muallifi kim? G‘. G‘ulom
Вечный so’zining tarjimasini toping. Abadiy
«Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarining muallifi kim?
G‘. G‘ulom
Qora buvi qaysi asar qahramoni? Mening o‘g‘rigina bolam
O‘zbek tilida -sa shart mayli qo‘shimchasi sodda gaplar tarkibida kelganda qanday ma’noni ifodalaydi? istak
G‘.G‘ulom qachon tug‘ilgan? 1903-yil 10-mayda
«Odam bo‘lish qiyin» romani muallifi kim? O‘lmas Umarbekov
«O‘zbekfilm» va hind kino ijodkorlari birgalikda ishlagan «Ali bobo va qirq qaroqchi» filmida qaroqchilardan birining obrazini yaratdi ushbu filmga mohirona ovoz bergan iste’dodli aktyor kim edi? Hamza Umarov
Hukmdorni yig‘latgan darvesh kim edi? Farobiy
Zulfiya Isroilova qachon tug‘ilgan? 1915-yilda 1-martda
Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar, ba’zan tilagim
Vahimalar o‘ragan zamon. Qaysi she’rdan parcha berilgan? O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush
O‘zaro faqat mazmun va ohang yordamida bog‘lanadi va vergul, tire, ikki nuqta kabi tinish belgilari bilan yoziladigan gaplar qanday gaplar? Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar