O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa



Download 110 Kb.
Sana20.05.2017
Hajmi110 Kb.
#9306
O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa”
1.Azaliy davrada charx uradi yer,

Mushtariy azaldek chaqnab turibdi.

Besh asr so’ngida buyuk Alisher

Bahri muhit aro kezib yuribdi.


2.Ulug’vor bastida o’ychan bir shukuh,

Kilkida to’kilgan g’azaldek boqiy,

Besh asr so’ngida kema bo’lgan ruh.

Besh qit’a oralab kezar Navoiy.


3.Kuylagandi besh asr burun

Xalqni, haqni, ishqni bu inson,

Yuragi ham erkin,yorug’ kun

Dardi bilan tepardi har on.


4.-Assalom Navoiy!-deydi yosh avlod

Olqishlaydi xalqi baxtiyor:

Shoir,arzir qilsang iftixor,

So’zing yangrar,ko’ngillarda yod.


-Assalomu aleykum,aziz ustozlar,bilim chashmasidan ilmni sipqorib qonmayotgan bilimga chanqoq o’quvchilar,hurmatli mehmonlar!Biz bugun o’zbek xalqining buyuk shoiri Mir Alisher Navoiy bobomizning ruhlarini shod etmoqlik uchun,ularning she’riyat ummonlaridan yana bir bor qonmoqlik uchun ushbu mo’jaz kechani tashkil etdik.
-.Alisher Navoiydek shoirimiz borligi bilan cheksiz faxrlanamiz.O’zbek xalqi o’tmishda juda ko’p ulug’ zotlarni yetishtirib berdi.Lekin Navoiyning boshqa ulug’lardan farqi shundaki,u o’zbek adabiyoti,ilmi va madaniyati tarixida bir necha kishi qiladigan ishni bir o’zi bajardi.
-.Navoiy “Xamsa” dostonlaridan faqat bittasini yoki “Xazoyinul maoniy “ tarkibidagi to’rt devondan birini yaratganda ham baribir adabiyotimizning buyuk namoyandasi bo’lib qolaverar edi.Buning ustiga Navoiy bir necha nasriy asarlar yozgan adib,adabiyot va tarix bo’yicha noyob ilmiy tadqiqotlar yaratgan olim,ulug’ davlat arbobi,madaniyat homiysidir.
-Navoiy bu ishlarning hammasini buyuk muhabbat,fidoyilik bilan bajardi.Chin vatanparvarlik tuyg’ulari unga madadkor bo’lib,u yo’lda duch kelgan har qanday qiyinchiliklarni matonat bilan yengdi.Ayni damda unda buyuk iste’dod olovi yonar,shuning uchun barcha ijodiy niyatlari osonlik bilan ko’char edi.

O’quvchi: Qishning qabog’ida ko’klam ko’rindi

Kelmagan ko’klam ham ko’rkam ko’rindi,

- Hazrat Navoiyni bir yo’qlab erdim

Ko’z yumsam ko’nglimda olam ko’rindi

Ko’rindi hikmatda yuz ochgan ko’ngil

Turkiyda benazir so’z ochgan ko’ngil

She’riyat samosin oftobi bo’lib

Jumlai jahonga nur sochgan ko’ngil

Ko’ngilki , daryosin toshqini tinmas

Besh asr naridan yolqini tinmas

Shoirni , elini yak qalam qilmish

Ming asr o’tsa ham qalami sinmas.

- Alisher dunyoga kelganda otasi xizmatda edi.Suyunchiga tog’asi Ali boradi.
-Suyunchi berasiz ,pochcha,xushxabar olib keldim,ollo taolo sizga farzand ato qildi,o’g’il! Bugun sahar vaqti opamizga olloh o’g’il ato etdi,-dedi Ali.G’iyosiddin azbaroyi xursandligidan o’rnidan turib ketdi. Darrov belidagi oltin bilan ziynatlangan kamarini yechib Alining beliga taqdi.
-.G’iyosiddin qaynisi Alini yaxshi ko’rar edi.Uning xushxulq,xushta’b yigit ekani,she’r yozish va cholg’uchilik mahorati,xattotligi,o’z maqsadlari yo’lidagi ixlos va sadoqati G’iyosiddinga , ayniqsa,ma’qul edi.
-.Rahmat,sizdan g’oyat minnatdorman,inim,-dedi G’iyosiddin.-Jiyaningizni sizning nomingiz bilan ataymiz.Sizdek shoir,fozil odam bo’lsin.Yoniga sher deb ham qo’shamiz.Sherdek qudratli va jasur bo’lsin.Farzandimizning nomi Alisher bo’ladi.
-.Bu voqea hijratning 844-yili ramazon oyining 17-kunida sodir bo’ldi.Milod hisobida esa 1441-yilning 9-fevrali edi.
-.Oila muhiti Alisher bolaligidayoq unda adabiyotga zo’r havas uyg’otgan edi. Alisherning ota-onasi ma’rifatparvar kishilar,adabiyot va san’at shinavandalari edilar.Uning tog’alari Mir Said (taxallusi Qobuliy) va Muhammad Ali ( taxallusi G’aribiy) ham qobiliyati shoir edilar.
-.Alisherni 4-5 yoshlarida maktabga berdilar.U Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi. Tarix,adabiyot,husnixat va boshqa fanlar bilan jiddiy shug’ullana boshladi.Maktabda Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo’ston”,Fariddin Attorning esa “Mantiq ut-tayir” (Qushlar tili”)asarini qayta-qayta o’qir va yod olar edi. (Ko’rinish)

-.Alisher 7-8 yoshlaridashe’r yoza boshladi.U yoshligidanoq ko’pgina olim,shoir va san’atkorlar bilan tanishgan edi.Navoiyning o’zi shoir Mirshohiy bilan xat yozishib turganini aytadi.10-12 yoshli Alisherning keksa shoir bilan xat yozishishi uning zo’r qobiliyat egasi ekalnini ko’rsatadi.Navoiy bolalik chog’ida qarib qolgan edi.Movlana lutfiyni o’z ustozi deb bilar edi.Lutfiy yosh Alisherning qobiliyatiga qiziqadiiste’dodiga yuksak baho berdi.


-. 1465-yilda Navoiyning she’rlari birinchi marta muxlislar tomonidan devon qilib tuzildi.Bu kitob “Ilk devon” deb ataladi.

Navoiy 1470-1476-yillarda birinchi devoni “Badoyi ul-bidoya” ( “ Badiiylik ibtidosi”) ni,1476-1483-yillarda ikkinchi devoni “Navodir un-nixoya” ( “ Nihoyasiz nodirliklar”) ni tuzdi.


-.Alisher Navoiyning kichik she’riy turidan tortib, katta asarlarigacha olam-olam ma’nolarni ifodalagani uning buyuk mutafakkir ekanligidan dalolat edi.
ALISHER

-- Husayn,nazar ayla,

Tabiat sari bo’yla:

Quyoshga,ko’kka qara,

Yam yashil bog’ga qara,

Chumchuqlar to’p-to’p yurur,

Qaldirg’ochlar charx urur,

Hu,lochin nimani ko’zlar!

Bo’zto’rg’ay nechun bo’zlar?

HUSAYN


-- Bilmasmen qush tilini,

Anglamasman dilini.

Maqsadim bo’lak turur,

Ko’nglimda o’zga surur:

Kurash tushish xush ko’rgum,

Jang-jadalni tush ko’rgum,

Kamondan o’q uzishni,

Zo’r daryoda suzishni,

Orzu eturman doim,

Maqsadim uyum-uyum.

Bu ilm qilur ozlik,

Zavqlidir qilichbozlik,

Tulporga sakrab minsam,

Maydonda o’tdek yonsam,

Shul erur yagona baxt,

Jangsiz kelmas toj-u taxt.

Asli fikru o’yim shu,

Qalbimning asrori bu!...

ALISHER

-- Muroding hosil bo’lg’ay.



Yaxshi niyat ushalg’ay.

Bul siring jondek pinhpn,

Toki tanda jon nihon.

HUSAYN


-- Shunaqa do’stim Ali,

Ulug’ Temur naslimiz,

Temurzoda ahli biz.

Naslu nasabimiz bir,

Hech kimga emas sir.

Biri bek,biri to’ra,

Bobom Mirza Boyqaro.

Haqiqiy do’stim o’zing,

Hech tuban bo’lmas yuzing,

Ko’p ishlar qilurmiz birga, Tan berish yo’q taqdirga.

ALISHER

-- Husayn,ajoyibsen,



To umrbod noibmen,

Ming shukur seni topdim,

Sen esa meni topding.

Tashakkur maktabga ham,

Ikkimiz bo’ldik hamdam.

HUSAYN


-- To’g’ri aytding, Alisher,

Qani do’stim,qo’lni ber!

ALISHER

-- Rostin aytsam Huayn,



O’ylanurmen kun sayin:

Nechun forsiy so’zlashur,

Arkonlar ne ko’zlashur?

Bunga hech aqlim yetmas,

Ammmo xayoldan ketmas.

Yassaviyning hikmati,

Turk tilini ne’mati.

Lutfiy ham turkcha yozmish,

G’azali yurtni kezmish.

Juda oz Turkiygo’ylar,

Xo’p ajib turkiy kuylar.

HUSAYN


-- Alisher rostdir s’zing,

Do’stim, chog’lagil o’zing.


ALISHER

-- Shart bog’lab do’stim belni,

Uyg’otib mudroq elni,

Ulug’lab tilimizni,

Poklaylik dilimizni.
HUSAYN

-- Qani,ayt-chi Alisher,

Diling qay lisoni der,

Sen shoir bo’lsang agar,

Qay tilda yozg’ung asar?!
ALISHER

-- Yozurmen ona tilda,

Turkiy til jo’shar dilda!

HUSAYN


-- Hosil bo’g’ay muroding,

Olloga yetgay doding,

Bir umr tilakdoshmen,

Yoningda ko’makdoshmen.

ALISHER

-- Rahmat, do’stim Husayn,



Xayr,uyga borayin! -- Xayr…
Navoiy hayotni insonni jonidan ortiq sevardinsonning bahtiyor yashashini orzu qilardi.
Ruboiylar: Jondin seni ko’p sevarmen,ey umri aziz,

Sandinseni ko’p sevarmen,ey umri aziz

Har neniki sevmak ondin ortuq,bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen,ey umri aziz.

G`urbatda g`arib shodimon bo`lmas emish

El anga shafiqu mehribon ermas emish

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish.

Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Toshkentda Milliy bog’ va bog’da buyuk bobomiz Alisher Navoiyning ulug’vor haykali ochildi.Mustaqilligimizning o’n yilligida esa Navoiy

shahrida ulug’ mutafakkirning 560 yilligi munosabati bilan yana bir ulkan bog’ barpo etilayotir.Unda navoiyning yana bir mubora haykali qad rostlaydi.Ulug’ shoirning ruhlarida yana shod bo’ladi.

Biz yana va yana Navoiyga qaytayotirmiz…

Navoiyga qaytish – o’zimizga qaytishdir.

Navoiyga qaytish—so’zimizga qaytishdir.

Navoiyga qaytish—millatga qaytish.

Ma’naviyatga qaytish—asl o’zligimizga qaytishdir.
Ma’naviyat bog’imizning ulkan bog’boni,tafakkur dunyoyimizning piri kamoli shubhasiz Alisher Navoiydir.

Mustaqillik millati Navoiy darajasiga ko’tarish va ko’tarilish uchun cheksiz imkonyatlarni berdi.Navoiyni o’qib o’rganish.Navoiyga fido bo’lish,Navoiyn bilish har birimizning sharafli burchimizdir.

Navoiyni tishungan – Vatanni tushunadi,

Navoiyni bilgan – Vatanni biladi,

Navoiyni sevgan – Vatanni sevadi,

Navoiyni ardoqlagan – Vatanni qo’riqlaydi.

Taniqli olim Najmiddin Komilov yozganidek: ” Navoiy ma’naviyatimiz ummoni.Unan qancha qonib ichsak,shuncha yuksalamiz” .
32.Qaddingni tik tut,Navoiyga intil,

Mag’ruru mard bo’l,Navoiyga intil,

Hargiz xato qilma,adashma endi,

O’z bo’l,o’zbek bo’l,Navoiyga intil…



G’azallar: “Kelmadi.

Kecha kelgumdir debon ul-sarvi gulro’ kelmadi

Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi

Lahza-lahza chiqdim-u chekdim yo’lida intizor

Keldi jon og’zimg’avu ul-sho’hi badho’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etdi ehtiyot

Ro’zgorumdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Shoir Mir Alisher Navoiyning yoshi bir joyga yetganda,ko’ngli hajga borishni istab qolibdi.Yurt sultoni Husayn Boyqaro bilan xayrlashib ketish maqsadida uning huzuriga kelibdi va maqsadini unga tushuntiribdi.



(Parda ochildi)

Husayn Boyqaro:Siz hajga borib kelganlardan ko’proq savob ishlar qilgan mo’tabar zotsiz.

Alisher Navoiy:Axir…

Husayn Boyqaro:Do’stim,hozir vaqti emas,tushuning.
34.Oradan bir yil o’tibdi.Mir Alisher yana hajga ketish harakatiga tushibdi.Safari oldidan do’sti Sulton Husayn bilan ko’rishish uchun saroyga kelibdi.
Alisher Navoiy:Do’stim,siz bilan xayrlashish uchun keldim.

Husayn Boyqaro:Do’stim,yurtimiz notinch,ulus orasida norozoliklar kuchayib ketmoqda.Sizsiz ulusni boshqarish qiyin.A’yonlarga ishonib bo’lmaydi,payimni qirqish maqsadida bo’ladilar.Do’st deb bilsangiz meni yolg’iz tashlab hech qayoqqa ketmangiz.

Alisher Navoiy:Mayli,kelasi yil Navro’zi olamda ,albatta, safarga otlanaman.
35.Bu orada qish chiqib,bahor sepini yoyib kirib keldi.Hamma yoqni navro’zi olam egallabdi.Navoiy Sulton javob bersa ham,bermasa ham,albatta jo’nab ketaman.Ketish oldidan do’stim bilan xayrlashay.deb Husayn Boyqaro huzuriga kelibdi va yana maqsadini tushunti-ribdi.
Alisher Navioy:Navro’zi olam mo’tabar kunda men haj safariga otlandim.Siz bilan xayrlashay deb huzuringizga keldim.

Husayn Boyqaro:Jo’nashingiz aniqmi?

Navoiy:Ha,bu gal meni safardan hech kim qaytara olmaydi,hatto sizdek do’stim-u yurt sultoni ham.

Husayn Boyqaro:Unday bo’lsa men roziman.Mayli do’stim,mening uchun ham ziyorat qiling.Ziyoratingiz qabul bo’lsin.Iloho omin.Ketishingizni hech kim bilmasin,tunda yashirincha yo’lga otlaning.
36. Alisher Navioydo’sti bilan xayrlashib,uyiga qarab jo’nadi.Ko’chasining boshiga yetay deganda unga bir yigit hamroh bo’libdi.
Yigit:Assalomu alaykum!Siz ham o’sha yoqqami?

Alisher Navioy:O’sha yog’ingiz qayoq?

Yigit:Qayoq bo’lardi , Alisher Navioyhazratlarining uylariga-da.Men qishloqda turaman.O’tin terib sotib kun ko’raman.Eshitishimcha,Alisher Navoiy degan kishi mashhur shoir,podsholikning kattasi bo’lsa ham,bizdaqa g’arib bechoralarga naïf ko’p tegib turar ekan.Shu kishidan panoh izlab bu yerlarga keldim.Endi balsam,xato qilibman.

Alisher Navioy:Nega endi?

Yigit:E,siz so’ramang ,men aytmay.Hali eshitmadingizmi?Soir hajga ketayotgan emishlar.Bilmadim,bu yog’I nima bo’larkin?
37. Alisher Navioy yigit bilan gaplashib uyiga kelib qolganini payqamay qolibdi.Ne ko’z bilan ko’rsinki,hovlisi odamga to’lib ketibdi.Bu yerda shoirlar-u hofizlar,mashshoqlar-u xattotlar,kitob bitarlar-u toshtaroshlar,naqqoshlar-u munaqqidlar singari do’stlaridan tashqari, novvoy-u oshpazlar,bog’bon-u temirchilar,aravakashlar-u hammollar,xullas,shoirni tanigan borki,hammasi hozir-u nozir emish.
Hozir bo’lganlardan biri:Ana hazratning o’zlari kelib qoldilar.
(Haligi yigit hamrohi Alisher Navioy ekanligini bilib,hayratdan yoqasini ushlab qolibdi.)
Alisher Navioy:Tinchlikmi o’zi?
Alisher Navioyning shogirdi:Tinchlikka-ku tinchlik.
Alisher Navioy:Bo’lmasa bunchalik ko’p kishilarningshoir kulbasiga tashrif buyurishi va alar yuziga tashvish alomatlari soya solishining boisi ne?
Shogirdi:Buni alarning o’zlaridan so’rasangiz.
Hozir bo’lganlardan biri:Bizni tashlab safar ixtiyor qilganinggiz haqida mish-mishlar to’g’rimi, hazratim?

( Navoiy boshini egib,sukut saqlaganicha turib qoladi).
Shogirdlardan biri:Xaloyiq,eshitmadim demangiz,eshitmaganingiz bo’lsa,eshiting,hazratim ertaga tong saharlab do’st – oshnolariga ham bildirmay safarga jo’nab ketmoqchilar.

(Hamma tomondan shov-shuv ko’tarildi).
Bir kishi:Hazratimni bu yo’ldan qaytarmoq lozim.ularsiz holimiz ne kechadi?
Ikkinchi kishi:Nima bo’lardi,yurt tinchligi buzilib,yana nohaq qon to’kilishlar boshlandi.
Binoiy:Hazrat,safar ixtiyorini tark eting.Sizsiz holimiz zabun bo’ladi:ariqlar qazilishi,binolar qurilishi to’xtab qoladi.El boshi g’alayon,to’s-to’palondan chiqmaydi.

Keksa temirchi:Ulus masjid desa,masjid soldirdingiz, madrasa desa madrasa qurdirdingiz.Siz bino qildrgan bu hammomlar,ko’priklar,ariqlar,hovuzlar,bog’u-rog’lar,kutubxonalar savobning o’rnini bosolmaydimi?

Dehqon bobo:Siz yetimlarga- ota,uysizlarga-uy,suvsizlarga- suv berdingiz,sizning rahm-shafqa,mehr-muruvvatingizdan odamlargina emas,jonivor,hatto hasharotlar ham bahramanddirlar.Shuning o’zi savob.

Yana biri:To’g’ri aytdingiz, otaxon!

Dehqon bobo haq gapni aytdilar. Axir o’zingiz:

Odamiy ersang, demagil odami

Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami,

Demaganmidingiz?! Ha,siz o’zingizga safar ixtiyor qilgan bo’lsangiz,ulus buni kechiktirish yo qoldirishingizni o’tinadi.
Alisher Navioy:Yurtimning tinchligi,xalqimning faravonligi men uchun azizdir.Men roziman.

Siz, hurmatli h mrohim,endi menga farzandsiz.Qani ulbaga marhamat.

O’quvchilar ishtirokida bahru –bayt aytishuvi.

-Ulkan shoir Alisher Navioyning asarlarini o’qir ekanmiz,u bamisoli pandnoma,odobnomaga o’xshaydi.

-U o’z noyob va bebaho asarlari orqali bizni imnli,vatanparvar,insonparvar komil inson bo’lishga chaqiradi.
-Qalb chirog’in yondirmoqni o’rgandim Navoiydan,

Kiprikka yosh indirmoqni o’rgandim Navoiydan,

Hayot bolin sipqormoqni o’rgandim Navoiydan,

Oq – qorani ajratmoqni o’rgandim Navoiydan,

Ulus uchun qayg’urmoqni o’rgandim Navoiydan.

-.Huddi yulduzdek g’azallar porlagan devonida

Olam-olam dur yig’ilmish ulug’ dostonida,

Ushbu so’z gavharlarin xalq asramoqda jonida,

Bir qadam tashlar Alisher davrimiz karvonida,

Nurli izlar qoldirmoqni o’rgandim Navoiydan.

- Jahon mulki latofatni naqsh ayladi avlodga,

Etdi tuhfa adolatni Majnun ila Farhodga,

Qalamini qildi shamshir Yodgor kabi jallodga,

Jo’r bo’ldi dil mazlum xalqim chekkan alam faryodga,

Inson ko’nglin ko’tarmoqni o’rgandim Navoiydan.

Navoiyni o’qish

Har bir kalla , har bir bosh Samarqandu Buxoro ,Termiz

Jaholatdan qo’rqish kerak To’ylarda barchamiz jammiz

Har bir bola, har bir yosh Bizlar axir kimlardan kammiz

Navoiyni o’qishi kerak Elga olam olqishi kerak

Olalmga tik boqish kerak

Har bir ota , har bir mo’ysafid Navoiyni o’qish kerak

Umr hi kmatlarin ko’rsatib

Nafs arqonlarin qirqishi kerak Vatan azal bitta Vatandir,

Farzandlari nabirasiga U biz uchun so’lmas chamandir

Navoiyni o’qishi kerak Shu sababdan bola chog’lardan

Maysa chog’lar lola chog’lardan

Bir bolaga- butun mamlakat Navoiyni o’qish kerak

Ba’zan esa qirq kishi kerak Dilga nedir yuqish kerak.

Beshiklardan tushib bolalar

Navoiyni o’qishi kerak



2-boshlovchi: Ha, darhaqiqat , Navoiyni qancha maqtasak shuncha oz.uning bizga qoldirgan boy adabiy meroslari oldida bu hech gap emas.

1-boshlovchi: Navoiyning hotirasi qalbimizda mangu yashaydi.bu tadbirimizdan maqsadimiz qalbingizda Navoiyga nusbatan ogina bo’lsada iliqlik uyg’ota olish edi.

2-boshlovchi: Bu ulkan masuliyatli vazifani a’lo darajada bajara oldik degan umiqdamiz.
1-2-boshlovchilar: E’tiboringiz uchun rahmat!

Barhayot Navoiy
1-boshlovchi:

Bu salom qahr-u g’azabning otashini to’xtatar,

Fikr etsa gar xayollar shafqatini uyg’otar.

Kimda bo’lsaki saxovat, qalbi toshdir yumshatar,

Do’stidin begonalar ko’ngliga isloh o’rnatar,

Mo’tabardur bu ulug’ xayr-u saxovat, assalom



2-boshlovchi

Bu salomdin yetgusidir dilga shodlik har zamon,

Ketgay illatkim bashardin, kelgusi qalbga imon,

Do’st ila dushman arosi bu so’z-la qolgusi omon,

Aql-u adab barchasi shunda bo’lg’usi nishon

Mo’tabardur bu ulug’ xayr-u saxovat, assalom



1-boshlovchi:

Assalomu aleykum, qadrli ustozlar



2-boshlovchi

Assalomu aleykum, ulm-u ma’rifat shaydolari, aziz o’quvchilar



1-boshlovchi:

Atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriy iborasi bilan aytganda, “moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik” deya bobokalonimiz Alisher Navoiy siymosini xotirlab, ko’ngillarni ul zot yodi ila munavvar etsak.



2-boshlovchi

Ha, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, tarixni o’rganmay turib, kelajakni qurib bo’lmaydi. Shu bois o’zbek adabiy tili asoschisi, adabiyotimizning zalvorli ustuni bo’lgan Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganmog’imiz hamda ul zotning bebaho o’gitlarini hayotimizga dasturulamal etmog’imiz lozim.


Har bir kalla , har bir bosh Samarqandu Buxoro ,Termiz

Jaholatdan qo’rqish kerak To’ylarda barchamiz jammiz

Har bir bola, har bir yosh Bizlar axir kimlardan kammiz

Navoiyni o’qishi kerak Elga olam olqishi kerak

Olalmga tik boqish kerak

Har bir ota , har bir mo’ysafid Navoiyni o’qish kerak

Umr hi kmatlarin ko’rsatib

Nafs arqonlarin qirqishi kerak Vatan azal bitta Vatandir,

Farzandlari nabirasiga U biz uchun so’lmas chamandir

Navoiyni o’qishi kerak Shu sababdan bola chog’lardan

Maysa chog’lar lola chog’lardan

Bir bolaga- butun mamlakat Navoiyni o’qish kerak

Ba’zan esa qirq kishi kerak Dilga nedir yuqish kerak.

Beshiklardan tushib bolalar

Navoiyni o’qishi kerak
Navoiy:

Bugun sizga haxas bilan boqib yiroqdan,

Farhodlarim, bahromlarim ko’rarman bot-bot.

Men istagan va izlagan zamonlar kelmish,

Sizga bo’lsin bu hur zamon, mangu, umrbod.

Asli qalbning qaynog’idir ilm va urfon,

Ko’rdim bu kun fanlar siri qalbingizda jo.

Bilim bilan ravshan eting hayotingizni,

Kamolingiz tilab ko’kda aylayin duo.
1-boshlovchi: Assalomu aleykum, shoirlar sultoni, aziz bobojon!

2-boshlovchi: Assalomu aleykum, ulug’ daho, hazrat Navoiy!
Navoiy:

Assalom, assalom, aziz avlodim,

Sizlarga doimo tole bo’lsin yor.

Sizlarga tangridan so’rayman kamol

Sizlar menga avlod donish, baxtiyor.
1-o’quvchi:

Siz uchun atalgan zo’r sovg’amiz bor.

Bu kungi istaklar bari sizga yor.

Marhabo, bobomiz, ulug’ Alisher,

Siz uchun davramiz doim muntazir

2-o’quvchi:

Buyuk zot,she’ringiz tahsinga loyiq,

Ularni har doim yodlar xaloyiq.

Ularda kuylanmish ajib muhabbat,

Oshiqlarni yoqqay ular toabad.

3-o’quvchi:

Bunda ne sinoat, bunda ne sir bor?

Yo sizni o’rtamish qaysi bir dildor?

Voqif eting bizni bu shirin sirdan

Bizlar sadoqatni bilaylik sizdan.
Navoiy. G’azal o’qiydi.
O’quvchi-.Oila muhiti Alisher bolaligidayoq unda adabiyotga zo’r havas uyg’otgan edi. Alisherning ota-onasi ma’rifatparvar kishilar,adabiyot va san’at shinavandalari edilar.Uning tog’alari Mir Said (taxallusi Qobuliy) va Muhammad Ali ( taxallusi G’aribiy) ham qobiliyati shoir edilar.
O’quvchi -.Alisherni 4-5 yoshlarida maktabga berdilar.U Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi. Tarix,adabiyot,husnixat va boshqa fanlar bilan jiddiy shug’ullana boshladi.Maktabda Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo’ston”,Fariddin Attorning esa “Mantiq ut-tayir” (Qushlar tili”)asarini qayta-qayta o’qir va yod olar edi. (Ko’rinish)
Alisher: Assalomu aleykum

G’iyosiddin: Vaalaykum assalom!

Qani,o’g’lim, kelaqol, So’zlarimga quloq sol:

O’yinni qo’y, bilim ol! Alisherbek, o’qurmisen?

Alisher: Ha dadajon, o’qurmen!

G’iyosiddin:Onangiz chorlang, o’g’lon!

Alisher: Xo’p bo’ladi, dadajon!
Xondamir: Gulbegim shirin so’zli, Xushbichim, xushro’y yuzli,

Xushtabiat, xushodob, Bo’ynida marjon, sadaf.

Qoshi qora, kamalak, Soch ichida jamalak,

Ko’zlari suzukkina, O’zi xo’p nozikkina.

Iffatli talaffuzi, Ma’noli aytar so’zi.

Suhbati oromijon, Barchaga teng, mehribon.

Nohaqlikka kuyinar, Odmigina kiyinar,

Sof niyatli, pokiza, Uy-joyin tutar toza.

Mehmonga ochiqko’ngil, Pazandadur, qo’li gul.

Shunday Ali onasi, Doimo parvonasi.



Gulbegim: Senga qo’ydim yaxshi ot, Yaxshi niyatdir murod.

El-u yurtga suyansang, Senga bo’lg’usi qanot.

Mening Alisher jonim, Mening shirin o’g’lonim.

Sherdek tolmas bilaklim, Botir, qoplon yuraklim.

Yaxshi, yomon kunimda Menga juda keraklim.

Qalbim jigarporasi, Ko’zim oq-u qorasi.

O’zing gavhar donamsan, Yakka-yu yagonamsan.

Onaginang o’rgulsin, Aql-hushli donomsan.

Umriginang uzun bo’lsin, Baxt-u toleying kulsin.
Alisher: Oyijon, chorlar dadam!

Gulbegim: Hozir boraman, bolam!

Gulbegim: Assalomu aleykum

G’iyosiddin: Vaalaykum assalom!

Hozirlang suyunchini, Atab qo’ygan enchini!



Gulbegim: Sadag’a mol-u donim, Yetmasa shirin jonim,

Suyuntirgan ne bo’ldi?



G’iyosiddin: Ishlar o’ngidan keldi, Topib keldim domullo

Alisher bo’lg’ay mullo. Maylig’a kelsun dedi,

Ilm, saboq olsun dedi.

Gulbegim: Dadasi, yosh-ku Ali, Tamoman go’dak hali.

Ko’chadan beri kelmas, O’qish qadrini bilmas

Yoshiga yosh qo’shilsin, Oq-u qorani bilsin!

G’iyosiddin: Onasi, chekmang ko’p g’am, Alisher yoshmas hech ham.

Cho’zilib qoldi bo’yi, Chakkimas fikr-u o’yi.

Qadam qo’ydi besh yoshga , Aql yoshdamas, boshda.

Ko’p g’azalni yod bilur, Bu uquvi shod qilur.

Mirsaidbek ko’p mamnun, G’azal yodlatar har kun.

Sho’xligi bordir biroq, Ozgina o’yinqaroq.



Gulbegim: Dadasi, yosh-da Ali, Quyilib qolar hali.

Beadad Xudoga shukr, Dil g’uborin ketkazdi, shu kunlarga yetkazdi.


O’quvchi: Shunday qilib yosh Alisherni maktabga beradigan bo’ldilar. Ota-onasining ham, Alisherning o’zining ham quvonchi cheksiz edi.
Xondamir: Gulbegim bugun xushhol, Tilidan tomadi bol.

Alisherni ertalab Uyg’otdi u erkalab.

O’g’lidan ko’zin olmas, Nigohini uzolmas.

Topganin kiyintirdi, O’g’lini suyuntirdi.

Alining aqli shoshdi, Oq yaktak xo’p yarashdi.

Adras to’n kiydi xurram, Belda qiyiqcha mahkam

Taqya uzra oq salla.
G’iyosiddin: Yarashdi juda, mulla

Ketdikmi, bo’la qoling, Xo’sh bekam, duo qiling.



Gulbegim: Olgin aslo oldirma, Haqiqatdan yuz burma,

Donolardan o’rgan, bil, Yolg’on so’zdan hazar qil.

Yosh boshing bo’lg’ay toshdan, Ilm ista, o’g’lim, yoshdan!
G’iyosiddin: Assalomu aleykum!

Domullo:Vaalaykum assalom!

G’iyosiddin:Bizlar keldik, domullo, O’g’lim Alisher ila,

Eti, joni sizniki, Ustuxoni bizniki.

Qani o’g’lim, yaqin ke, Ustozingga salom de!

Alisher: Assalomu aleykum

Domullo: Vaalaykum assalom!

Biyron erur o’g’lingiz, Bundan ogoh bo’lingiz,

Inshoolloh , ilm olg’ay, Bilimdon , olim bo’lg’ay.

G’iyosiddin:Illo, ochilg’ay ko’zi Bilimga tashna o’zi

Umidim ko’p kattadur, Peshonada bittadur.

O’qib ketsa, haytovur, Oq-qorani ajratur.

Domullo: Bundan xotirjam bo’ling, Ko’ngilni ham to’q qiling.

O’g’lingiz tiyrak chog’I, Sezgir esa qulog’I,

Neki desak, uqajak, Ilm chirog’in yoqajak.

G’iyosiddin: Tog’asi ash’or bitur, Jiyani g’azal aytur.

Hali sinab ko’rursiz, Tinglab baho berursiz.



Domullo: Yaxshi aytdingiz, sardor, Qolgan ishga yog’ur qor.

Hoziroq eshitaylik, Chorlang, huzur etaylik.



Xondamir: Alisher esa shu choq, Topib bir talay o’rtoq

Sirlashib, inoqlashib, Nenidir so’zlar jo’shib.

Bolalar tegrasida, Ul turara o’rtasida

Domullo: Hoy, bolalar, tinglang tek, Beri kel, Alisherbek,

Bir g’azal o’qing, bo’tam! Eshitinglar, senlar ham!



G’iyosiddin: Mayli, o’g’lim o’qiyqol, Hamrohing bo’lg’ay iqbol

Alisher: Latofat qiblasi olamda sensen,

Pari yuzluk bani, odamda sensen.

Ko’rinur sensen o’q ko’zimdau bas,

Bale, yolg’uz hamin olamda sensen.

Masihu Xizr edi olamda jonbaxsh,

Agar ul damdau, bu damda sensen.

Qaroqchi bo’lmasang, ey yor ko’zi,

Nag’u payvasta har bir hamda sensen.

Kanorin Lutfiy topmog’liq mahol ul,

Muningdekkim muhiti g’amda sensen.



Domullo: Barakallo, barakallo, Uzoq umr bersin Ollo

G’iyosiddin: Hazrat Lutfiy g’azali. Ash’or mulkin asali,

Tog’asoga tashakkur, She’r o’qitg’on ul erur.


Kechiring,ustoz, uzr, Qaytmoqchi edim hozir Saroyda yumushlar bor

Domullo: Salomat bo’ling,sardor Taxtani oling, ali. Qani boshladik balli.
O’quvchi: Alisher maktabda temuriy shahzoda Husayn Boyqaro bilan o’qidi. Husayn bir-ikki yosh katta bo’lsa-da,ular qalin do’st edilar
O’quvchi: Yana bir tuyg’u bor, bag’oyat yuksak,

Hayotda insonga doimo tirgak.

Bu tuyg’u- do’stlikdir, so’ylang , bobojon,

Do’stingiz kim edi, bo’lurmi bilsak?


Navoiy: Esimda u damlar, sho’x-shodon yillar,

“Guliston”, “Bo’ston”ni yod olgan kunlar.

Hamdamim, anisim ul maktab aro,

Jondek aziz do’stim – Husayn Boyqaro.

Ko’nglim supasiga o’ltirgan shoh ul,

V a o’zga xayolni supurgan butkul.

Men bitdim “Xamsa”ni, “Chor devon” yana

Barida do’st nomi topdi tantana.

Gar vafo qilganda bu umri foniy

Tarixin bitardim ul shohi G’oziy


ALISHER

-- Husayn,nazar ayla,

Tabiat sari bo’yla:

Quyoshga,ko’kka qara,

Yam yashil bog’ga qara,

Chumchuqlar to’p-to’p yurur,

Qaldirg’ochlar charx urur,

Hu,lochin nimani ko’zlar!

Bo’zto’rg’ay nechun bo’zlar?

HUSAYN


-- Bilmasmen qush tilini,

Anglamasman dilini.

Maqsadim bo’lak turur,

Ko’nglimda o’zga surur:

Kurash tushish xush ko’rgum,

Jang-jadalni tush ko’rgum,

Kamondan o’q uzishni,

Zo’r daryoda suzishni,

Orzu eturman doim,

Maqsadim uyum-uyum.

Bu ilm qilur ozlik,

Zavqlidir qilichbozlik,

Tulporga sakrab minsam,

Maydonda o’tdek yonsam,

Shul erur yagona baxt,

Jangsiz kelmas toj-u taxt.

Asli fikru o’yim shu,

Qalbimning asrori bu!...

ALISHER

-- Muroding hosil bo’lg’ay.



Yaxshi niyat ushalg’ay.

Bul siring jondek pinhpn,

Toki tanda jon nihon.

HUSAYN


-- Shunaqa do’stim Ali,

Ulug’ Temur naslimiz,

Temurzoda ahli biz.

Naslu nasabimiz bir,

Hech kimga emas sir.

Biri bek,biri to’ra,

Bobom Mirza Boyqaro.

Haqiqiy do’stim o’zing,

Hech tuban bo’lmas yuzing,

Ko’p ishlar qilurmiz birga, Tan berish yo’q taqdirga.

ALISHER

-- Husayn,ajoyibsen,



To umrbod noibmen,

Ming shukur seni topdim,

Sen esa meni topding.

Tashakkur maktabga ham,

Ikkimiz bo’ldik hamdam.

HUSAYN


-- To’g’ri aytding, Alisher,

Qani do’stim,qo’lni ber!

ALISHER

-- Rostin aytsam Huayn,



O’ylanurmen kun sayin:

Nechun forsiy so’zlashur,

Arkonlar ne ko’zlashur?

Bunga hech aqlim yetmas,

Ammmo xayoldan ketmas.

Yassaviyning hikmati,

Turk tilini ne’mati.

Lutfiy ham turkcha yozmish,

G’azali yurtni kezmish.

Juda oz Turkiygo’ylar,

Xo’p ajib turkiy kuylar.

HUSAYN


-- Alisher rostdir s’zing,

Do’stim, chog’lagil o’zing.


ALISHER

-- Shart bog’lab do’stim belni,

Uyg’otib mudroq elni,

Ulug’lab tilimizni,

Poklaylik dilimizni.
HUSAYN

-- Qani,ayt-chi Alisher,

Diling qay lisoni der,

Sen shoir bo’lsang agar,

Qay tilda yozg’ung asar?!
ALISHER

-- Yozurmen ona tilda,

Turkiy til jo’shar dilda!

HUSAYN


-- Hosil bo’g’ay muroding,

Olloga yetgay doding,

Bir umr tilakdoshmen,

Yoningda ko’makdoshmen.

ALISHER

-- Rahmat, do’stim Husayn,



Xayr,uyga borayin! -- Xayr…

Navoiy ruboiy va qit’alari

Rahmatullayev:

G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.

Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish

Ulug’bek:

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Aziza:

Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,

To bir kishi aylagay tamanno xushluq.

Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,

Omodadur yonida yuz noxushluq.
Munisa:

“Jon”imdagi “jim” ikki dolingga fido,

Andin so’ng “alif” toza niholingga fido.

“Nun”I dog’I anbarin hilolingga fido,

Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido.

Sug’diyona:

Agar oshiq ersang, zebu takallufni unut,

Yaxshi-yu yamon ishda taxallufni unut.

O’tgan gar erur yamon-taassufni unut,

Kelgan gar erur yaxshi tasarrufni unut.

Sadoqat:

Eldin qochib ulki, tutsa tog’ ichra qaror,

Sovug’da yeri bu tog’ning javfida g’or.

Issig’da makoni andakim, yotmish qor,

Olam elining shahlig’idan bor anga or

Bahrom:

O’lsam yasamang munda mazorimni mening,

Yuklab elting jismi figorimni mening.

O’tru chiqarib ahli diyorimni mening,

Ko’yida qo’yung tani nizorimni mening.

Muhammadkarim:

Nomang manga ruhdin nishon bo’ldi yana,

Osoyishi joni notavon bo’ldi yana.

Har harfi aning tanimda jon bo’ldi yana

Har lafzi hayoti jovidon bo’ldi yana.

Bekzod:

Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga,

Noqil o’lsa xoh xotun, xoh er.

So’zchi holing boqma, boq so’z holini ,

Ko’rma kim der ani, ko’rgilkim ne der
8-sinf qizlari g’azal o’qiydi.
Raqs.
Boyqaro:

Ofarin, mashshoqlar, sozingizga boz,

Raqsingiz har qancha ta’riflasam oz.

Hudaychi, bularni aylangiz e’zoz,

Ko’ngillari bo’lsin bizdan sarafroz.
Hudaychi: Buyrug’ingiz bosh ustiga

Boyqaro:

Do’stimiz Alisher nega ko’rinmas?

Saroyni fayzi-la fayziyob etmas?

Yo biror mushkulot tushmish boshiga

Yoki borsammikin o’zim qoshiga?

Hudaychi: Hazratim, qabulda shoir Alisher, Ruxsatingiz kutib turmishlar ne dey?

Boyqaro:Tezroq chorlang, kirsin aziz do’stimiz, O 'zi mushtoq edi unga ko'nglimiz

Hudaychi: Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy

Navoiy: Assalom podshohim, olampanohim!

Umringiz ziyoda qilsin ollohim.

Uzrimni aytaman, ming bor taassuf,

Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus.



Boyqaro:Bormisiz, azizim, do’stim, darddoshim,

Ko’nglimning quvonchi, mahram-sirdoshim.

Yo bizdan arazlab ketdingizmi siz.

Biror xatolikka yo’l qo’ydikmi biz?

Hozir huzuringiz aylab ixtiyor,

Yo’lga otlanmoqqa bo’lgandik tayyor.



Navoiy:Sultonim, xoqonim, ey aziz do’stim,

Kechiring, gar sizni ranjitgan bo’lsam.

Men sizga atabon bitgandim kitob,

Shuni oxiriga yetkazib shitob

Qanotsiz siz tomon yeldim, podshohim,

Av feting, gar zarra bo’lsa gunohim.

Bu sizga bitganim-beshta xazina,

Ustoz Nizomiydek bitdim men –“Xamsa”



Boyqaro: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ayi sayyor”, “Saddi Iskandariy”

Ofarin, tasanno, do’stim Alisher!

Siz menga, bilsangiz, ustozim va pir,

Oq otim keltiring, pirim o’tqizay,

O’zim bul pirimga jilovdor bo’lay.

(Atrofdagilar “ofarin, ofarin” db turishadi)



1-boshlovchi: Angladik, bu dunyo o’tkinchiligin,

Faqat ezgu so’z-u amal birligi,

Mehr va sadoqat rishtasi bilan

O’lchanar ekan inson tirikligi.



2-boshlovchi: Ishq va sadoqatning maxzani- ko’ngil,

Bu ne’mat topilmas misli javohir.

Singanda tuzalmas, hech yamab bo’lmas,

Angladik , Ka’ba bu-insondagi dil.



1-2-boshlovchi: Har bir so’zingizda hikmatlar bisyor,

Bobojon, so’zingiz aylaymiz shior.



Navoiy: Bugun sizni ko’rib, o’g’il qizlarim,

Hur Vatan qo’ynida sho’x yulduzlarim,

Yana bir bor ko’nglim to’ldi sizlardan,

Demak, zukko avlod qolmish bizlardan.

Avvalo Vatanni seving chin dildan,

O’zbek degan nomni bermangiz qo’ldan.

Bu el buyuk asli, siz daho bo’ling.

Avlodlarga bizdek yod bo’lib qoling.

Bu Vatan sizniki, millat sizniki,

O’zbekiston nomli bu yurt sizniki.

Avaylab chamanzor etingiz obod,

Shunda bo’lajaksiz barkamol avlod.



Barcha: So’zingiz qalblarga etgaydirmiz jo,

Bizga duo bering, Navoiy bobo!


(Ozodbek Nazarbekov “Xizmatingda turmasam seni.. “ qo’shig’I bilan tadbir yakunlanadi)
Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish