Oʼzaro bir-biridan kutish. Shaxs, maqsad, motiv.
Har bir guruh ichidan liderlar(etakchi) yetilib chiqadi. Rahbar yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator boʼlsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh aʼzolari mana shu norasmiy liderning aytganini qiladi. Undan barcha ishlarga rahbarlik qilishini, maslahat berishini kutadi. Shuning uchun jamoaning tayinlangan rahbari jamoa ichidan yetilib chiqqan lider bilan hamqorlikda ish olib borishi lozim. Norasmiy liderlar ishda boshqa, baliq ovlagani borganda boshqa, tashkiliy ishlarda boshqa boʼlishi mumkin. Demak, bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar boʼlishi mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh aʼolariga taʼsir qilishi oson boʼladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ayrim hollarda lider bilan rahbarning hamqorligi qarama-qarshi fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt doʼstona munosabatni amalga oshira olmaydilar. Chunki rahbar doim ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki aksincha, rahbarning talabini har doim guruh aʼzolari bajaravermaydi. Shunda ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider harakat qilishi lozim. U rahbar bilan guruh aʼzolarini kelishtirishi kerak. Аyrim hollarda esa lider maʼmuriy ishlarga aralashib ketishi, rahbar guruh aʼzolarining ichki ishlariga aralashib ketishi mumkin. Norasmiy lider guruh aʼzolarining qiziqishlarini himoya qilsa, rahbar tashkilotning manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati bilan aʼzolar manfaati har doim ham toʼgʼri kelavermaydi. Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga doim ham toʼgʼri kelavermaydi. Jamoa aʼzolari birgalikda bajarayotgan ishlarini oʼzlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalar keyin jamoaning ishi yaxshi samara beradi.
Shaxsda tugʼiladigan ziddiyat maqsadga toʼgʼri yoʼnaltirilgan boʼlsa oʼz samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat boʼladi. Birinchi bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda ayrim qismlari tahlil qilinadi. Ziddiyatni keltirib chiqaruvchi tashkilotchisi boʼladi. Ziddiyatda maqsadga yoʼnaltirilgan hatti-harakatlar tugʼiladi. Maqsad ishonchli boʼlmasa u kuchini yoʼqotadi. Turli maqsadlar oʼzining yutugʼi uchun turli usullarni talab qiladi. Shuningdek, ishonchli boʼlmagan maqsad - “deklarativ maqsad” dir. Masalan, bir narsani talab qilib boshqa narsa koʼzda tutiladi. Shaxs nizoni keltirib chiqarayotgan paytda xuddi boshqalarni manfaatini koʼzlab harakat qilayotgandek koʼrsatadi oʼzini, aslida esa oʼzini manfaatini koʼzlaydi. Nizodagi hatti-harakatlar faqat maqsadga qaratilgan boʼlmasdan, realistik tabiatga ega boʼladi. Intellekt darajasi, ishlab chiqarish muammosi boʼyicha bilim ayni paytdagi ziddiyatni hal qilish uchun vaziyatni toʼgʼri koʼrish kafolatini bermaydi. Shaxs ziddiyatga borayotganida anglanilmagan motivlar asosida hatti-harakat qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo tugʼilayotgan paytda oʼzining aniq maqsadiga va anglanilgan motivlariga(asosi) ega boʼlishi zarur. Ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun oʼz shaxsiy manfaatinigina koʼzlamasdan, boʼtun jamoani manfaatini koʼzlab ish olib borish lozim. Ideal “men”imiz hech qachon real “men”imiz bilan toʼgʼri kelavermaydi.
Ziddiyatli vaziyatning obʼektiv rejasini idrok qilish. Ziddiyatni bartaraf qilayotganda chegarani his qila bilish kerak. Yaʼni “kutish” va “harakat qilish” orasidagi chegarani aniqlash koʼnikmasi boʼlishi zarur.
Oʼz-oʼziga baho berishning past boʼlishi passiv boʼlishga olib keladi: aslida u voqealarga faol yondosha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulq-atvorni namoyon qila bilishi zarur. Opponent uchun oʼziga yuqori baho berish ziddiyatli vaziyatni toʼgʼri idrok qilaolmaslikka, tez va oson gʼalabaga erishishni kutishga olib kelsa, oʼziga past baho berish vaziyatning murakkabligini koʼchaytirib idrok qilish, muvaffaqiyatga erishishga ishonmaslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy oqibatidan himoyalanishga olib keladi.
Ish usullarini tanlash. Oʼziga yuqori baho beradigan opponent ziddiyatli vaziyatda ishonch bilan, qatʼiy turib oʼzining nuqtai nazarini bayon qiladi. Oʼziga past baho beradigan opponent esa oʼzini himoya qilishga harakat qiladi. Oʼziga yuqori baho beradigan opponent egoistik (lavozimidan ajrab qolishdan qoʼrqish, moddiy manfaatdorlik, oʼzining havfsizligini saqlab qolish) motivlarini asosiy oʼringa quygan holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent shaxsiga qarshi yoʼnaltirilgan boʼladi. Ziddiyatli vaziyatda opponentlarda, ayniqsa oʼziga past baho beradigan kishida qoʼrquv hissi paydo boʼladi. Natijada u osongina chekinadi. Opponent kasal boʼlib qolishi ham mumkin.
Kelishuvchanlik munosabati. Bu soʼzning maʼnosi oʼzaro chekinishga rozi boʼlish deganidir. Ziddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yoʼli bilan qisman erishish mumkin. Maqsadga erishish imkoniyatlari toʼla yoʼqolgan boʼlsa kelishuvchanlik vujudga keladi.
Omadsizlikka munosabat. Bunday holat ziddiyatni bartaraf qilayotganda tugʼilishi mumkin. Oʼziga past baho beradigan opponentda bunday holat sodir boʼlishi mumkin. Omadsizlikka konstruktiv munosabat hatolarni tan olish, oʼzining kuchsiz tomonlarini his qilishda koʼrinadi. Oʼziga yuqori baho beradigan opponent yutqazsa ham aybni boshqa qatnashchilarga qoʼyadi. Past baho beradigan opponent esa oʼzidan ayb qidiradi. Ziddiyatga borayotgan opponentlar oldindan oʼylab, suhbatga tayyorgarlik koʼrib harakat qilishlari lozim. Аks holda obroʼlarini yoʼqotib qoʼyishlari mumkin. Nizoga borayotganda nima uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nimalarga olib kelishi, qanday yutuqlarga erishish mumkinligini oʼylab harakat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |