Oynabandlash jarayonlarining texnologiyasi



Download 321.21 Kb.
Sana15.05.2021
Hajmi321.21 Kb.

OYNABANDLASH JARAYONLARINING TEXNOLOGIYASI

Oynabandlash (oyna solish) bino yoki inshootdagi yorug‘lik o‘tqazish uchun qoldirilgan o‘rinlarni (boʻshliqlar) to‘ldirish.

Oynabandlash tashqi (deraza o‘rinlari, kirish va ayvon eshiklari, magazinlar

vitrinalari va binoning boshqa vazifali elementlari, fuqaro va sanaot binolarini

yorug‘lik fonarlari) va ichki (yorug‘ shaffof pardadevor va eshiklar, vitrajlar,

framugalar va h.k) bo‘lishi mumkin.

Tabiiy yoritilganlik chetdan, yuqoridan va aralash ta’minlanadi. Chetdan

yoritgichdan tashqi devorlar yorug‘lik o‘rinlaridan, yuqori va aralash yoritishida

fenarlar, oynaband tomlardan foydalaniladi. Xonalarni yoritilganligi me’yorlar bilan

belgilanadi, ularning buzilish yorug‘lik yozgi vaqtda xonalarni isib ketishiga qishgi

mavsumda sovib ketishiga olib keladi, kundalik quyosh nuridagi izolyatsiya

yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Oynabandlash ishlarini yilning qaysi mavsumi

bo‘lishidan qa’tiy nazar, ichki pardoz ishlari boshlanmasdan oldin bajariladi. Bunda

xonalar yog‘ingarchilik va namgarchilikdan himoyalanadi hamda pardoz ishlarini

bajaruvchi ishchilar uchun normal ish sharoiti yaratiladi.

Oynabandlash ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar

Yorug‘lik o‘rinlarini bir, ikki yoki uch qavat qilib oynabandlanadi.

Oynabandlash materiallari shisha, shisha paket, shisha blok va h.klardan bo‘lishi

mumkin. Xona o‘lchamlari, iqlimiy sharoitlari, devor to‘sig‘i turi va konstruktiv yechilishiga ko‘ra deraza o‘rinlari o‘lchamlari va oynabandlash qavatlari belgilanadi. Oyna bloklari yog‘och, yog‘och metalldan, plastmassadan, metalldan metallplastikdan va aralash materialdan tayyorlanadi.Turar-joy bino derazalari 2...6 mm qalinligidagi shishali eshiklar va naqshli

qalinligi 7 mm li shisha bilan oynabandlanadi. Jamaot binolaridagi vitrinalar,

vitrajlar, shisha shaffof parda devorlar maxsus tayyorlangan katta o‘lchamli

silliqlangan yoki silliqlanmagan qalinligi 6,5...12 mm bo‘lgan shisha bilan

oynabandlanadi.

Turli vazifali bino va inshootlar yorug‘lik o‘rinlarini oynabandlash uchun

oddiy oyna shishasi qo‘llaniladi. Shisha rangsiz bo‘lishi yoki qurilayotgan bino

me’moriy topshirig‘ida berilgan rangga ega bo‘lishi, bir tekisda qalinlikda,

pufaklarsiz, toʻlqinlarsiz, begona qo‘shimchalarsiz bo‘lish zarur.

Vitrina shishasi, silliqlangan yoki silliqlanmagani yoki magazinlardagi

vitrinalar, ko‘rgazma zallari pavilonlari, kinoteatrlar, klublar, vokzallar va h.k. to‘suvchi konstruksiyalarda qo‘llaniladi. Shisha rangli va rangsiz bo‘lishi bir yoki

ikkala tamonida naqsh solingan bo‘lishi mo‘mkin.

Armaturali varaqsimon shisha rangli yoki rangsiz tashqi yuzasi silliq yoki

naqshli qilib ishlab chiqariladi.

Energiya tejamkor shisha past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib turar-joy va ofisli binolarda qo‘llaniladi.

Shishabloklari – 2ta yarim blokni qoʻshib payvandlanishi natijasida olinadigan

germetik mahsulot. Shishabloklar g‘ovak elementlar bo‘lib, qorishma vositasida

biriktiriladi, vertikal yorug‘lik o‘rinlarida, ichki va tashqi yorug‘lik o‘tqazuvchi

to‘siqlarda qo‘llanilishi mumkin. Shishabloklardan tayyorlangan to‘siqlar tashqi

devorlar, pillapoyalar xojatxonalar, sport zallari, cho‘milish havzalari va h.klar

yorug‘lik o‘rinlarida qo‘llaniladi. Bloklar rangli va rangsiz bo‘ladi.

Shishapaketlar o‘zaro tik va yotiq konstruksiyaga birlashgan 2 yoki 3 ta shisha

qatlami bo‘lib, ular orasida inertgaz yoki qurigan havo yopiq kamerasi hosil bo‘ladi

(16.1-rasm). Konstruksiyasi turiga ko‘ra shisha paketlar bir va ikki kameraliga bo‘linadi. Tashqi shisha bir nechta qo‘shimcha funksiyaga ega bo‘lishi mumkin, shu sababli u silliqlangan, tekis armaturalangan va.h.k. bo‘lishi mumkin. Beshta kamerali shisha paketlarda shishalar orasidagi masofa 6...16 mm ni, 2 kameralilarda 6..12 mm

ni tashkil etadi.

Qurilish maydonlarida shisha yopiq xonalarda yoki yog‘och konteynerlarda

saqlanishi lozim. Qurilish maydonida oynabandlash ishlarini bajarish uchun shisha

zarur o‘lchamlarda kesilib, konteynerlarda yetkazib beriladi. Ustaxonalarda

kamplektlash anjomlari, zichlagich, germetika, o‘rnatish va mahkamlash materiallari

bilan birgalikda yetkazib berilishi shart.

Oynabandlangandagi asosiy jarayonlar

Oynani kesish zaruriyat tug‘ilgan hollarda oynani olmosli yoki qattiq qo‘yma

metalldan ishlangan oyna kesgichlar yordamida kesiladi. Aniq bilish va kesish uchun

andoza va maxsus shug‘ichlardan foydalaniladi. Ustoxonalarda oynalar elektr oyno

kesgichlar yordamida kesiladi. Elektr oyna kesgichlarda sim qizdiriladi va bir

tomanlama isishdan oyna belgilangan yo‘li boʻyicha yoriladi.

Oynani bichish va kesish maxsus jihozlangan stollarda amalga oshiriladi. Bunday oyna oʻlchamlari falslar orasidagi masofadan 4...6 mm ga kichik, bo‘lishi

kerak. Deraza romlariga oynalar suritma (zamazka), rezina tasmalari yog‘och va

metall shtapiklari, prujina yordamida mahkamlanadi.

Oynabandlangan oldin falsalar kirlardan tozalanadi. Oynalar shunday

o‘lchamda kesiladiki bunda fals va oynalar orasida 2 mm dan kichik bo‘lmagan

tirqish qoldiriladi, quyosh nurlari to‘silishi natijasida oyna chiziqli kengayishi mumkin.

Metall romlarni oynabandlaganda (vitrina va vitrinalarda) P-simon shakil va

yoki quvursimon rezina tasmalar surtmalar o‘rnida qo‘llaniladi. Tasma oyna

chekkalariga gir aylantirilib kiydiriladi va shu holda oynani metall romga o‘rnatiladi.

Shishapaketlar zavod sharoitida deraza romlariga o‘rnatilib, qurilish

maydonchasiga yotqiziladi. Oyna almashtirish zarurati paydo bo‘lganda, rezina

tasmalar yordamida o‘rnatilinadi.

Istalgan oyna konstruksiyasini muhim xossasi uning xizmat muddatidir.

Oynabandlash. Oynabandlash ishlari ko‘chirma stollar, stol-ko‘priklar,

narvonlar yordamida bajariladi. Oynalarni paketlash tashish va romga o‘rnatishda bir,

ikki, uch tarelkali vakuum-so‘rgich qo‘llaniladi. Bir ikki, va uch tarelkali vakuum -

surgichlar idishdan oynani chiqarib olish, stolga kesish uchun joylashtirish,

o‘rnatiladigan joyiga olib borishga yordam beradi. Uch tarelkali vakuum-so‘rgichlar



vitrina va vitrajlarni oynabandlashda, yirik o‘lchamli oyna va shisha

konstruksiyalarini ushlash, ko‘tarish, tashish va o‘rnatish imkonini beradi.
Download 321.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat