O‘yining mazmuni, tarbiyaviy pedagogik maqsad vazifalari. O’yinlarga qo’yilgan pedagogik talablar. Reja



Download 21,61 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2022
Hajmi21,61 Kb.
#866404
  1   2   3
Bog'liq
O‘yining mazmuni, tarbiyaviy pedagogik maqsad vazifalari. O’yinlarga qo’yilgan pedagogik talablar.


O‘yining mazmuni, tarbiyaviy pedagogik maqsad vazifalari. O’yinlarga qo’yilgan pedagogik talablar.


Reja:



  1. O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir.

  2. Pedagogik jarayonda o‘yinning tutgan o‘rni.

  3. Bolalar o‘yinining o‘ziga xosligi.

  4. Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi.

O‘yin - inson faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir. Murakkab va qiziqarli hodisa sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi. O‘yin - inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan o‘zviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bola shug‘ullanadigan ko‘pchilik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘ladi.


Qoidali o‘yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tayyor qoidali o‘yinlarning katta guruhni xalq o‘yinlari tashkil etadi, ularning ko‘plari avloddan avlodga o‘tib, bizga yetib kelgan.
O‘yinning tuzilishi. O‘yin - bu bola faoliyatining turi. Shuunday ekan, barcha faoliyatda bo‘lgani kabi unga ham qator hislatlar: maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlar, natijaning mavjudligi kabilar xosdir.
Har qanday ko‘rinishdagi o‘yin tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechadi. Har bir o‘yinda bola uchun ahamiyatli bo‘lgan maqsad mavjud: qizchasini ovatlantirish, kosmosga uchish, quvlashmachoq o‘ynayotganda o‘yin qatnashchisiga qo‘l tekkizish, “qopqondan” qutulib chiqish va hokazolar.
Bola katta maktabgacha tarbiya yoshiga kelib, o‘yin mavzusi va mazmunini kelisha oladigan, rollarni taqsimlaydigan, o‘z o‘yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradigan bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlarida bo‘lgani kabi o‘yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati: uning psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi; o‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‘z bilimlarini qo‘llaydi.
O‘yin o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ular orasida sabablarning o‘ziga xosligi asosiy hisoblanadi. O‘yin - bu bolaning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra vujudga keladigan, o‘zining faol ijodiy yo‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mutsaqil faoliyatidir.
Bola o‘yinda amaliy ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi: u o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bola o‘yindan zavq olish maqsadida foydalanadi. Bola o‘yinining asosiy sababi “voqelikning uning uchun ahamiyatli bo‘lgan tomonlarini boshdan kechirish” hisoblanadi (S. L. Rubinshteyn).
O‘yin faoliyatining ijodiy tabiati. Haqiqiy o‘yin doimo tashabbus, topqirlik, zukkolik bilan bog‘liqdir. O‘yinda bolaning tafakkuri va xayoloti faol ishlaydi.
Tashabbus va ijodiylik ko‘rsatish turli ko‘rinishdagi o‘yinlarda turlichadir. Ba’zi hollarda u o‘yin syujetining qurilishi va mazmunning tanlanishi, rollarning taqsimlanishi, o‘yin vaziyatini yaratishdagi topqirlik (rolli ijodiy o‘yinlar) bilan bog‘liqdir. Ikkinchi bir hollarda esa ijodiylik harakat usullarini tanlash va ularning turli ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi (berkinmachoq, to‘p o‘yini, boshqotirma o‘yinlar va hokazo). Uchinchi bir holda bilim va ko‘nikmalarni tez safarbar etishda (loto, rolli ijodiy o‘yin va boshqalar). Ko‘pchilik o‘yinlar sheriklar harakatlarini oldindan ko‘ra olishni va shundan kelib chiqib, o‘z hatti-harakatini yoki harakat usulini o‘zgartirishni talab qiladi (shashka, lapta, rolli o‘yinlar).
Dramalashtirilgan o‘yinlarda ijodiylik, ifodalilik vositalarning tanlanishida (mimika, pantomimikani, ovoz ohangini) namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘yinlar topqirlikni - vaziyatning o‘zgarishiga qarab tezkor harakat qilishni talab etadi va hokazo.
O‘yinnnng ta’sirchan mazmunga boyligi. Bolalar o‘yinlarining ko‘pchilik tadqiqotchilari bola o‘yin paytida kechiradigan tuyg‘ularning haqiqiyligi va kuchini ta’kidlaydilar. Bu tuyg‘ular boy va rang-barangdir. Bolalar rolli ijodiy o‘yinlarda rollarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular: mehribonlik, iliqlik, onalik nazokati, haydovchi yoki shifokorning mas’uliyati kabi tuyg‘ularni boshdan kechiradilar.
Jamoa o‘yinlarda bolalarning, ijtimoiy (do‘stlik, o‘rtoqlik) his-tuyg‘ulari namoyon bo‘ladi. Bola qiyinchiliklarni yengish, o‘yinda muvaffaqiyatga erishish natijasida zavq oladi. Bolalar harakatli o‘yinlarda harakatlar maromidan, ularning muqobilligidan, o‘zlarinnng ko‘rsatgan epchilliklari, jasurliklari, erishgan muvaffaqiyatlaridan quvonadilar. Topqirlik, zukkolik, ziyraklik talab etiladigan o‘yinlardan olinadigan quvonch aqliy harakter kasb etadi. Ko‘pchilik o‘yinlarda foydalaniladigan o‘yinchoqlarning yoqimtoyligi, o‘yin harakatlarining chiroyliligi, badiiy ijod elementlarining mavjudligi tufayli estetik tuyg‘ular ham namoyon bo‘ladi.
Bolalar o‘yini ko‘p asrlik tarixga ega. “Bu - deb yozgan edi,- K.D.Ushinskiy,- insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan”. Birok Ushinskiy o‘yinlarning paydo bo‘lishini nison hayotining biror-bir tarixiy davri bilan bog‘lamaydi.
O‘yinning kelib chiqishini birinchi bor G. V. Plexanov “Adressiz xatlar” nomli asarida shunday talqin qilgan edi. U san’atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganda bolalar o‘yinlariga e’tibor qiladi. Turli xalqlar bolalar o‘yinlarini taxlil qilish (asosan ibtidoiy davrning) unga kishilik tarixida o‘yinlar san’at kabi mehnat paydo bo‘lganidan so‘ng va ayni chog‘da uning asosida vujudga kelgan degan fikrni aytish imkonini berdi.
O‘yinda odamlarning mehnat faoliyatn o‘z aksini topadi. “O‘yin mehnat farzandi, u mehnatdan oldin paydo bo‘lgan hodisadir” deb yozgan edi, V. G. Plexanov. O‘yinda kattalar faoliyatiga taqlid etilar ekan, ya’ni o‘g‘il otaga, qiz onaga taqlidan harakat qiladi. Shuunda bolalar amalda ota-onalar mehnat faoliyatining jamiyat hayotidagi shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan uncha murakkab bo‘lmagan malakalarini egallab oladilar. Shuuning uchun ham G. V. Plexanov o‘yinni “...turli avlodlarni bog‘laydigan va madaniy qadriyatlarni avloddan-avlodga o‘zatuvchi zanjir bo‘lib xizmat qiladigan” aloqa vositasi, deb hisoblagan edi.
G. V. Plexanovning o‘yinlarning kelib chiqishi haqidagi fikrlari hozirgi zamon psixologiyasi va pedagogikasida rivojlantirildi. O‘yinning rivojlanish tarixi kishilik jamiyati rivoji bilan va bola mavqeining ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi o‘zgarishi bilan aloqadorlikda ko‘rib chiqiladi.
Shuunday qilib, o‘yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to‘plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta’minlaydi.
O‘yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa bo‘ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo‘la oladi. Jamiyatning katta a’zolari bolalarning yashashi va o‘sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o‘yinlarning rivojlanishi uchun ham ob’ektiv imkoniyatlar yaratadilar.
O‘yin bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida
O‘yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o‘tmish va hozirgi zamonning ko‘plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko‘pchilik pedagoglar o‘yinni bola uchun juda jiddiy va muim faoliyat sifatida baholaydilar.
Bola tarbiyasida o‘yinning ikki yo‘nalishi tarkib topgan: 1) o‘yindan bolani har tomonlama uyg‘un rivojlantirish maqsadida foydalanish; 2) o‘yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.
Biz aytgan birinchi yo‘nalishning ulug‘ vakillaridan biri chex pedagog-demoqrati Yan Amos Komenskiydir (1592 - 1670). U o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Ulu olim fikricha, o‘yin - bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir; o‘yinda borliq dunyo xaqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi; nutq rivojlanadi; birgalikdagi o‘yinlar chog‘ida bola o‘z tengqurlari bilan do‘stlashadi.
Ya. A. Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlantirish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
O‘yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo‘nalish XVIII asrda pedagog-filantropitslar faoliyatida keng rivojlandi. O‘yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma’nodagi hatti-harakati namoyon bo‘ladi. Shuaklan va mazmunan rang-barang bo‘lgan o‘yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doi rasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o‘zlashtirish taminlanadi. O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, his va didi tarbiyalanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yinlar bola shaxsining yuzaga kelishi sabablarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatar ekan. Bu jarayonda eng muhimi yondosh sabablarning paydo bo‘lishi bo‘lib, unda ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar yetakchi o‘rin ola boshlaydi.

Download 21,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish