O`ta xavfli va zoonoz infeksiyalar



Download 33,73 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi33,73 Kb.
#166213
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 Ўта хавфли ва зооноз инфекциялар 080221073425


MAVZU : “O`TA XAVFLI VA ZOONOZ INFEKSIYALAR “.
REJA :

  1. Vabo vibrioni

  2. O`lat qo`zg`atuvchisi

  3. Tulyaremiya qo`zg`atuvchisi

  4. Brutsellyoz qo`zg`atuvchisi

  5. Kuydirgi qo`zg`atuvchisi

- 1 –

О`tа xavfli infeksiyalarga antroponoz infeksiyalardan - vabo, zoonoz infeksiyalardan o`lat, tulyaremiya, brutselyoz va kuydirgi kiradi. Tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi. Tibbiyot xodimlari infeksiya o'choqlari va laboratoriyalarda maxsus kiyimlarda ishlashlari lozim. Maxsus kiyimga kombenezon, xalat, rezina etik, ko‘zoynak, rezina qo‘lqop, dezinfeksiyalovchi moddaga namlangan sochiq, ro‘mol, paxta-dokali niqob kiradi. Ular bosqichma-bosqich kiyiladi va yechiladi. Barcha yechilgan kiyimlar 5 % li lizol eritmasida, ko‘zoynak 70 % li etil spirtida zararsizlantiriladi, so‘ng avtoklavda sterilizatsiya qilinadi. Tekshirish materiali olinadigan idishlarning butun ekanligi tekshirilib, yorliqqa bemor haqidagi barcha ma’lumotlar yoziladi. Tekshirish materiali solingan idish qopqog‘i yopilib ustidan parafin quyiladi. Tekshirish materiali solingan idish 5 % li lizol yoki karbol kislotasiga namlangan sochiqqa o'raladi, metall biksga solinib, ustiga „ehtiyotlang" degan yorliq yopishtirilib, maxsus transportda laboratoriyaga yetkaziladi.



Vabo faqat odamda uchraydigan o`ta xavfli o`tkir yuqumli kasallik bo`lib, u biror yerda boshlansa tezda epidemiya yoki pandemiya shaklida tarqalib ketadigan infeksiya bo`lib, unda o`lim 70 % gaсha yetadi. Vabo vibrionini 1883 yilda R. Kox aniqlagan. Bu bakteriya 13x0,2—0,4 mkm kattalikdagi, juda polimorf, juda harakatchan, xivchini monotrix joylashgan, spora va kapsulasiz, Gram manfiy, surtma preparatda baliq to‘dasiga o'xshab joylashuvchi, fakultativ anaerob, oziqa muhitiga talabchan bo`lmagan, 1 % li peptonli suvda yaxshi o`suvchi, vergul shaklidagi bakteriyadir. U endo va ekzotoksin hamda termostabil toksin xosil qiladi. Yuqori haroratga chidamli somatik O va yuqori haroratga chidamsiz H—antigenini saqlaydi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez o'ladi. Infeksiya maabayi bemor va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi alimentar, suv va maishiy muloqot yo‘li orqali tarqaladi.Organizmga og'iz shilliq qavati orqali kirib, bir necha soatdan 2-3 sutkagacha davom etadigan yashirin davrdan so`ng oshqozonga tushgan vabo vibrioni kislotali sharoit ta’sirida qisman nobud bo'ladi, qolganlari ichakka o`tib, bo'linib ko'payadi, endotoksin ishlab chiqaradi va shu sababli organizmda suv-tuz almashinuvi buziladi, termoregulatsiya izdan chiqadi, ingichka ichak zararlanib epiteliysi ko'chib tushadi. Yurak tomir sistemasining faoliyati keskin buziladi va unga vabo algidi deyiladi. Bu davrda bemorning harorati 35°C gacha tushadi, talvasa tutadi, bemor siyishdan to`xtaydi, og`ir intoksikatsiya kuzatiladi. Bemor aynan shu davrda o`lishi mumkin.

Vaboning tipik shaklidan tashqari, yashindek tez o‘tadigan ,,quruq vabo” shaklida ichi ketmaydi va bemor bir necha soatdayoq o‘ladi. Kasallikning “vabo tifoidi” shakli yuqori harorat bilan ta’riflanadi. Bunda kasallikning 1—3 haftasida aksariyat bemorlar nobud boladi. Kasallikdan so`ng antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo`ladi.




Download 33,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish