Osiyoning iqlimi va ichki suvlarstrrepla: Osiyo iqlimining hosil bo`lishi. Iqlim mintaqalari



Download 98 Kb.
bet4/8
Sana08.09.2021
Hajmi98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
Mo`tadil mintaqa. Bu mintaqada ikkita iqlim tipi ajratiladi. Mo`tadil musson iqlim tipida qishda Osiyo antitsiklonidan keladigan sovuq va quruq kontinental havo, yozda Tinch okeanidan keluvchi iliq va nam dengiz havosi hukmronlik qiladi. Asosiy yog`in yozda (60-70 %) yog`adi. Namlik yetarli.

Kontinental mo`tadil iqlim tipida qishda Osiyo antitsikloni, yozda qutb frontida siklon harakatlari hukmronlik qiladi. Qish sovuq, quruq, yoz iliq, ozroq yomg`irli bo`ladi. Namlik yetishmaydi.



Ichki suvlari.Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish bilan), Yenisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), Yana, Indigirka, Kolima Shimoliy Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong, Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy,).

Osiyoning eng yirik koʻllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqkoʻl, Xubsugul koʻllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets koʻllari tektonik botiqlardadir. Bir qancha koʻllar togʻlarning qulashidan (Sarez koʻli), karst nati-jasida (Gʻarbiy Tavr koʻllari) pay-do boʻlgan, shuningdek, shoʻr koʻl koʻp (Kukunor, Tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va h.k. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.

gidroenergiya zaxirasiga ega. Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.

Osiyo uchun daryolarning mavjudligi quruqlik maydonining g`oyat kattaligi bilan bog`liqdir. Ayni vaqtda materikning iqlimi turli joylarda turlicha bo`lganligidan daryolar rejimi va ularning to`yinish tiplari xilma-xildir.

Osiyo yillik oqim o`rtacha xajmining kattaligi jihatidan boshqa materiklar orasida birinchi o`rinni egallaydi. Bu materikning yer yuzasidan okeanlarga xar yili 12850 km.kub. suv oqib tushadi, bu mikdor dunyo o`rtacha yillik oqimining 1/3 qismiga yaqinini tashkil etadi. Osiyo maydonining g`oyat katta ekanligi, alohida rayonlarning geografik o`rni sababligina emas, tog`-kotlovina Relyefi tufayli ham vujudga keluvchi keskin iqlimiy farqlar sababli oqim materik haroratda nihoyatda notekis taqsimlangandir.

Asosiy suvayrigichlarning katta qismi tog` tizmalariga to`g`ri keladi, lekin ularning ayrim qismlari Mongoliya, Jung`oriyaning baland tekisliklari va Markaziy Tibetning tog`liklari orqali o`tadi.



Daryoning nomi


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat