O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7,03 Mb.
bet7/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35



Toshkent -2012

K I R I SH
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov bugungi kun o’qituvchilari o’zlarida yuksak ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarni namoyon eta olishlari lozimligiga alohida urg’u bеradi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yеtishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob bеrishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kеrak” – dеgan edi. Darhaqiqat, o’qituvchi bilimdon, zukko hamda o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borish layoqatiga ega bo’lmas ekan, u alohida hurmatga loyiq ustoz, pеdagogik jarayonning faol boshqaruvchisi bo’la olmaydi.

Ta`limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e`tibor berilar ekan, anatomiya, fiziologiya va gigiena fanining vazifalari bola organizmining normal rivojlanishining muhim bosqichlarini, va uning yoshga hos anatoma-fiziologik tuzilishini funksiyasini, ularda kechadigan fizilogik jarayonlarini, jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini, shaxsiy gigiyena qoidalariga mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish zarurligini, ratsional ovqatlanish, shikaslanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilish, qon bosimini o’lchash, pulsni aniqlash, mustaqil kuzatishlar olib borishdan iborat.

Odam organizmini tuzilishini anatomiya, uning ish faoliyatini fiziologiya, yashashi, normal o’sishi, rivojlanishi, o’qishi, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiena fani asosida o’rganiladi.

Fanning maqsadi: Har bir kishi o’z salomatligini saqlash, mustahkamlash, o’z organizmini tuzilishini va unda bo’ladigan jarayonlarni o’rganish, kasalliklardan saqlanish choralarini bilish.

Fanning vazifasi: Anatomiya, fiziologiya, gigiyena fanining asosiy vazifasi bola organizmining normal rivojlanishining muhim bosqichlarini, va uning yoshga xos anatoma-fiziologik tuzilishini funksiyasini, ularda kechadigan fizilogik jarayonlarini, jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatadigan ijobiy ta’sirini, shaxsiy gigiyena qoidalariga mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish zarurligini, ratsional ovqatlanish, shikaslanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilish, qon bosimini o’lchash, pulsni aniqlash, mustaqil kuzatishlar olib borishdan iborat. Chekish, spirtli ichimliklar ichish va narkotik moddalarni iste’mol qilishning zararini tushuntira bera olish, darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish qisqacha axborot tayyorlay olish malakasini egallashdan iborat.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar:

Bilimlar:

- O‘rta Osiyoda yashagan buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan meroslari to’g’risidagi ma’lumotlarni;

- hujayraning tuzilishi va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini;

- to’qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi va funktsiyalarini, ularning nerv va gumoral boshqarilishini;

- maktab yoshidagi va bog’cha yoshidagi bolalarning psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanish qonuniyatlarini;

- odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan aloqador bo’lgan xususiyatlarni;

- odam organizmi ichki muhit tarkibining nisbiy doimiyligini; immunitet, issiqlikning boshqarilishi, moddalar almashinuvi, modda va energiya almashinuvining o’zaro bog’liqligini: issiq iqlim sharoitida rasional ovqatlanishni;

- sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda va oftob urganda, cho’kkanda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni, odam qad–qomatini aniqlay olish usullarini;

- odam organizmining rivojlanishini;

- jismoniy yuklamaning organizmga ta’sirini;

- sog’liqni saqlovchi va unga zarar keltiruvchi omillarni bilishi kerak.

Ko’nikmalar: Organlar sistemasi va organlarning va ularning tuzilishi bilan funktsiyalarining o’zaro bog’liqligini jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatgan ijobiy ta’sirini bilish; qaddi qomat o’zgarishini, yassi oyoqlik rivojlanishining sabablarini tushuntira olish; shaxsiy gigiyena qoidalarini, mehnat va dam olish rejimiga roiya qilish zarurligini ratsional, ovqatlanish qoidalarini bilish, chekish, spirtlik ichimliklar ichish, narkotik moddalarning istemol qilishning zararini tushuntira bera olish, mustaqil kuzatishlar olib borish, qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish; darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish, qisqacha axborot tayyorlay olish malakasini egallagan bo’lishlari kerak.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani maxsus fan hisoblanib, u 2 semestr davomida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish umumta’lim fanlariga (biologiya, kimyo va fizika) bog’lab olib boriladi. Ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o’quv materiallari turli usullarda taqdim etiladi. Ta’lim jarayonida o’qitishning an’anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda qo’llanilishi lozim, bunda ta’lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o’quv materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.


Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

O’qituvchi ma’lumotlarni to’plashi, tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jihatlarini ko’rib chiqishi, o’rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o’quvchining bilish faoliyatini faollashtira oladi. Natijada ularning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

O’quvchilarning ushbu fanni samarali o’zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, multimediya tizimidan foydalanish, darslarni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Darslarni tashkil qilishda “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili”, “T-sxema”, “Charxpalak”, “BBB - tеxnologiyasi, Vеnn diagrammasi, “Insеrt”, “Xulosalash”, “Bumerang” kabi mеtodlarni, “Blis-o’yin”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Issiq kartoshka”, “O’rgimchak to’ri”, “Qora quti” kabi o’yinli texnologiya metodlarini qo’llash lozim. O’quvchilarning dars jarayonidagi amaliy va mustaqil faoliyatlari natijasini baholashda test-topshiriq, og’zaki va yozma nazoratning texnologiyali usullarini qo’llash, o’z-o’zini va guruhi ishini xolisona va izohli baholashni tashkil etish zarur.



O’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishning mohiyatini anglab yеtish, boshqaruv psixologiyasini bilish, o’quv jarayoniga taalluqli qonun va qonuniyatlarini bilishi, dars jarayoni, dars tiplari va o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni bilish, o’qitishning mеtod va shakllarini tanlash, ta’lim jarayoniga qo’llash malakalari, nazorat shakllari va o’qitish vositalarini tanlash va foydalanish, o’quv - tarbiyaviy jarayonini loyihalash malakalari mavjudligi har bir pedagog uchun zarurdir.

Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi




Fanning bo’limlari va mavzular nomi

Hammasi

Auditoriya mashg’ulotlari (soati)

Jami

Nazariy

Amaliy

Seminar

Kurs ishi

Mustaqil ish

Bolalar organizminng o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

1.

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena odam haqidagi fan.

4

2

2










2

2.

Hujayraning tuzilishi

3

2

2










1

3.

To’qima va uning turlari

2

2




2









Nerv tizimi


4.

Nerv sistemasining tuzilishi va funksiyasi

4

2

2










2

5.

Markaziy nerv sistemasining tuzilishi

3

2

2










1

Oliy nerv tizimi


6.

Oliy nerv sistemasining tuzilishi va funksiyasi

4

2

2










2

7.

Shartli reflekslarning yoshga xos xususiyati

3

2

2










1

8.

Kun tartibi tuzilishi

4

2




2







2

Sezgi organlari


9.

Ko’rish, eshitish analizatorining tuzilishi

3

2

2










1

10.

Hid bilish, ta’m bilish, analizatorining tuzilishi

4

2







2




2

Harakat tayanch sistemasi


11.

Tayanch sklet sistemasi

4

2

2










2

12.

Yassi oyoqlik, bukurlik

2

2







2







13.

Muskul sistemasi.

2

2















Qon. Yurak qon tomir sistemasi


14.

Qon organizimning ichki muhiti

4

2

2










2

15.

Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.Yurak qon tomir kasalliklari.

2

2




2









Nafas olish sistemasi


16.

Nafas olish organlarining tuzilishi va ahamiyati

5

4

2

2







1

Bolalar muassasalaridagi gigiyenik talablar

17.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi guruh xonalariga va ta’lim muassasasiga qo’yiladigan gigienik talablar.

2

2

2













Ovqat hazm qilish sistemasi

18.

Hazm qilish organing tuzilishi va vaifalari.

2

2

2













19.

Sut tishlari va doimiy tishlar

4

2

2










2

Modda va energiya almashinuvi

20.

Organizimda modda almashinuvi va uning bosqichlari

3

2

2










1

21.

Ovqatlanish rejimi va rejasi

2

2

2













Ayruv organi

22.

Buyrakning tuzilishi va funksiyasi

4

2

2










2

Ichki sekretsiya bezlari


23.

Endokrin bezlarining bolaning osishiga ta’siri

3

2

2










1

24.

Gipofiz, epifis bezlari.Jinsiy bezlar

3

2

2










1

Teri. Bola organizimini chiniqtirish


25.

Terining tuzilishi va funksiyasi

4

2

2










2

26.

Chiniqtirish usullari

2

2







2







27.

Teri shikastlanganda birinchi yordam berish.

2

2




2










Gigiyenik tarbiya va sanitariya maorifi

28.

Sog’lomlik burchagini tashkil etish

2

2

2













29.

Bolalarda gigienik ko’nikmani tarbiyalash




2







2










Jami:

88

60

40

10

10




28

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish