O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni



Download 7.03 Mb.
bet6/35
Sana24.01.2017
Hajmi7.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35



Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

I-bo’lim. PSIXOLOGIYAGA KIRISH

1. Psixologiya fanining predmeti.

Psixologiya haqida umumiy tushuncha. Psixologiya fanining ta`rifi va psixika haqida tushuncha. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar, psixik hodisalar va ularning mexanizmlari. Kundalik turmush psixologiyasi va ilmiy psixologiya. Psixologiya fanining tarixi: taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi turli ta`limotlar.



Mustaqil ish. Psixologiya faniga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumotlar yig’ish. (keys-stadi metodi)

2. Hozirgi zamon psixologiyasining vazifalari, tarmoqlari va

fanlar tizimida tutgan o’rni

Yangi davr va psixologiya. “Ta’lim to’grisida”gi Qonun, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi vazifalarni amalga oshirishda psixologiya fanining vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari. Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o’rni.



Mustaqil ish. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi “shaxs” bo’limini o’rganish.

3. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari

Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Metod haqida tushuncha. Tashkiliy, statistik, sharhlash, empirik metodlar tasnifi.

Empirik, amaliy metodlar; kuzatish, eksperiment, suhbat, test, sotsiometriya, faoliyat mahsulini o’rganish, biografiya metodlari - bola taraqqiyotini ilmiy-psixologik jihatdan o’rganishning asosiy va yordamchi metodlari sifatida.

Amaliy mashg’ulot. Bola psixikasini o’rganishda asosiy va yordamchi metodlardan foydalanish. Bolalar tasviriy faoliyati mahsulini tahlil qilish. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni aniqlashda sotsiametrik metoddan foydalanish.

Mustaqil ish. Empirik metodlar.

4. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari.

Nerv sistemasi, uning tuzilishi va funksiyasi. Miya va psixika, miya, uning tuzilishi va psixik hayotda tutgan o’rni. Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari. Dinamik stereotip. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi hamda ularning o`zaro bir-biriga bog`liqligi.



5. Psixika va ong taraqqiyoti

Psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi. Voqelikni aks ettirish shakllari. Harakatning instinktiv, individual va intellektual shakllari haqida tushuncha.

Inson ongi va psixikasining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti. Inson ongining tuzilishi, ta’riflari va rivojlanishi. Ong osti holatlari.

Amaliy mashg’ulot. Hayvonot olamidagi instinkt, ko’nikma va intellektual xatti-harakatlarga misollar keltirish, rasmlar chizish.

II-bo’lim. SHAXS VA UNING FAOLIYATI

1. Shaxs psixologiyasi.

Shaxs haqida umumiy tushuncha. Individ va individuallik. Shaxsning tuzilishi.

Shaxsning faolligi va yo’naltirilganligi. Shaxs faolliginining ehtiyojlarida, qiziqishlarida, dunyoqarashi va e’tiqodlarida, maqsad va ideallarida ko’rinishi. Motiv va uning turlari, motivatsiya tushunchasi.

Shaxsning o’z-o’zini anglashi, o’z-o’zini baholashi va tarbiyalashining tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon kishisi shaxsiga xos milliy axloqiy xususiyatlar. Shaxsning shakllanishi. Inson shaxsining shakllanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim –tarbiya va shaxsiy faollikning roli.



Amaliy mashg’ulot. Elersning shaxsning motivatsiya darajasini o’rganish, o’z-o’zini baholash metodikalari.

Mustaqil ish. “Men” obrazi va o’z-o’zini baholash.

2. Faoliyatning psixologik talqini.

Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Shaxs va uning faolligi. Inson faoliyatining tuzilishi. Faoliyatning maqsadga qaratilganligi. Shaxs faoliyatining asosiy turlari - o`yin, ta’lim, mehnat faoliyatlari va ularning psixologik mohiyati. Ko`nikma, malaka odatlar haqida tushuncha. Ularning turlari, tuzilishi. Inson hayoti va faoliyatida odatlarning ahamiyati.



Seminar mashg’ulot. Faoliyatning asosiy turlari.

Mustaqil ish. Bolalar faoliyati turlari bo’yicha ijodiy ish.

3. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.

Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Muloqot shakllari. Insoniy va muloqotning psixologik vositalari. Muloqotning tuzilishi; kommunikativ, interaktiv, perseptiv tomonlari.

Shaxsning shakllanishida gupuh va jamoalarning o’rni. Guruhlar haqida tushuncha va uning turlari. Jamoalar. Guruhdagi psixologik muhit va uni o’rganish. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni o’rganishda ijtimoiy psixologik treninglarning roli.

Amaliy mashg’ulot. Shaxs xususiyatlarini o’rganishda psixodiagnostika metodlarini qo’llash.

Mustaqil ish. Shaxs – insoniy munosabatlar tizimida.

4. Diqqat

Diqqat haqida umumiy tushuncha. Diqqatning shaxs faoliyatida tutgan o’rni va mohiyati. Diqqat va bilish jarayonlari. Diqqatning nerv- fiziologik asoslari. Diqqat turlari: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Diqqatning xususiyatlari: barqarorligi, ko`lami, ko`chirilishi, to’planishi (konsetratsiyasi) va taqsimlanishi. Parishonxotirlik. Ta’lim jarayonida diqqat. Diqqat-e`tiborlilik shaxsning fazilatidir.



Amaliy mashg’ulot. Diqqatni rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar.

Mustaqil ish. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqati xususiyatlarini rivojlantiruvchu rasm, o’yin va mashqlar.

III-bo’lim. SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI.

1. Sezgi.

Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgining inson hayoti va faoliyatidagi o`rni. Sezgining nerv-fiziologik asoslari, analizatorlar va uning tuzilishi. Sezgi turlari: eksteroreseptiv, interoreseptiv, propriopeseptiv sezgilar. Sezgi xususiyatlari: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinezteziya, kompensatsiya. Sezgirlik chegaralari. Sezgilarni rivojlantirish shart-sharoitlari.



Amaliy mashg’ulot. Sezgirlikning rivojlanishida mashqlarning o`rni.

2. Idrok

Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv – fiziologik asoslari. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, ikkilanuvchanligi. Idrokning darajalari: persepsiya, appersepsiya, gallyutsinatsiya, illyuziya,

Idrok shakllari: fazoni idrok qilish, vaqtni idrok etish, harakatni idrok qilish. Idrokning buzilishi va shaxs faoliyatiga ta`siri. Bilimlarni o’zlashtirishda kuzatuvchanlikning ahamiyati.

Amaliy mashg’ulot. Idrok xususiyatlarining rasmlarda aks etishi. (prezentatsiya)

Mustaqil ish. Sezgi va idrok. Idrok xususiyatlari asosida rasmlar yig’ish. Kuzatuvchanlikni rivojlantiruvchi o’yinlar tuzish.

3. Xotira

Xotira to`g`risida umumiy tushuncha. Inson hayotida xotiraning ahamiyati. Xotiraning nerv fiziologik asoslari, assotsiatsiyalar. Tasavvurlar va ularning turlari. Xotira turlari; obraz, so’z-ma’no, emotsional, xarakat xotirasi.

Xotira jarayonlari; esda olib qolish, esda saqlash, tanish va esga tushirish, unutish. Xotira jarayonlarining tasnifi. Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar.

Amaliy mashg’ulot. O’quvchilar xotirasini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar o’tkazish.

Mustaqil ish. Xotirani rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tuzish.

4. Tafakkur

Tafakkur to`g`risida umumiy tushuncha. Tafakkur voqelikning aks ettirishning murakkab shakli ekanligi. Tafakkurning nerv fiziologik asoslari.

Tafakkur turlari. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish.

Tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtish, tavsiflash, sistemalashtirish.

Tafakkur sifatlari: mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi, kengligi, pishiqligi, mahsuldorligi, sertashabbusligi, tezligi, samaradorligi, ixchamligi.

Seminar mashg’ulot. Tafakkur – bilish jarayonining yuksak bosqichi ekanligi.

Mustaqil ish. Tafakkurni rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tuzish.

5. Nutq

Nutq to`g`risida umumiy tushuncha. Nutq va til. Nutq va tafakkurning o`zaro bog’liqligi. Nutqning fiziologik asoslari va mexanizmlari. Nutq turlari: og`zaki, yozma, monologik, dialogik, ichki va tashqi, imo-ishorali, aks-sadoli, yig`iq va yoyiq kabilar. Nutqning asosiy vazifalari. Nutq sifatlari va nutq rivojlanishidagi nuqsonlar. Nutqni rivojlantirish.



6. Xayol

Xayol haqida umumiy tushuncha. Xayolning inson hayoti va faoliyatida tutgan o`rni. Xayolning nerv - fiziologik asoslari. Xayol turlari: ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi, ijodiy.

Xayol jarayonlari: agglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipizatsiya, sxematizatsiya. Xayol shakllari: fantaziya, orzu. Xayol sifatlari va xususiyatlari. Xayolni rivojlantirish shartlari.

Amaliy mashg’ulot. “Mavjud bo’lmagan hayvon” metodikasi.

Mustaqil ish. Xayol jarayonlari asosida yangi obrazlar yaratish.

IV-bo’lim. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY HOLATLARI

1. His-tuyg’ular

His- tuyg’ular haqida umumiy tushuncha. His-tuyg’ularning nerv-fiziologik asoslari. Hissiyotning namoyon bo`lish shakllari: hissiy ton, kayfiyat, ehtiros, affekt, stress holatlari va ularning ta’rifi.

Yuksak hislar: ma’naviy, intellektual, estetik, praksik hislarning inson faoliyati va hayotidagi ahamiyati.

Amaliy mashg’ulot. Psixodiagnostika metodikalari.

Mustaqil ish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yuksak his- tuyg’ularini tarbiyalashda milliy urf-odatlar, an’analar va bayramlarning ahamiyati.

2. Iroda

Iroda to`g`risida umumiy tushuncha. Irodaning inson hayotidagi ahamiyati. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz irodaviy harakatlar. Irodaviy harakatlarning nerv- fiziologik asoslari. Iroda va bilish faoliyati.

Shaxsning irodaviy sifatlari: faollik bilan bog’liq bo’lgan sifatlar: mustaqillik, qat’iylik, dadillik, sabot-matonat. Tormozlanish bilan bog’liq bo’lgan sifatlar: intizomlilik, o’zini tuta bilish, bardoshlilik, uyushqoqlik kabilar. O’z irodasi ustida ishlash. Irodalilikni tarbiyalashda mashq va treninglar.

Mustaqil ish. Tarbiyachilik kasbida hissiy va irodaviy sifatlar.

V-bo’lim. SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

1. Temperament

Temperament haqida umumiy tushuncha. Temperament haqida Gippokrat nazariyasi va turli ta`limotlar. Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari. Temperament tiplarining tavsifi. Temperament va shaxs. Shaxsning hayoti va faoliyatida temperamentning o’rni. Ta`lim-tarbiya jarayonida bolalar temperamenti xususiyatlarini hisobga olish va yondoshish.



Amaliy mashg’ulot. G.Ayzenkning temperament tipini aniqlash metodikasini o’tkazish. Berilgan tavsifnoma orqali bolalar temperamenti tipini aniqlash.

Mustaqil ish. Bolalar temperament tiplarini aniqlash maqsadida tajribalar o’tkazish.

2. Xarakter

Xarakter haqida umumiy tushuncha. Xarakterning nerv–fiziologik asoslari. Xarakter va shaxs. Xarakterda munosabatning ifodalanishi. Ijobiy, salbiy, axloqiy xarakter hislatlarining o`ziga xosligi. Xarakter xislatlari va xususiyatlari. O’z xarakteri ustida ishlash.

Milliy xarakter xislatlarini tarbiyalashda milliy urf-odatlar, qadriyatlarning roli. Xarakter shakllanishida oilaviy muhitning o`rni.

Amaliy mashg’ulot. K.Yungning xarakter tipini aniqlash metodikasini o’tkazish. Guruhdagi 2 o’quvchiga xarakter tizimi bo’yicha tavsifnoma yozish.

3. Qobiliyatlar

Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari. Layoqat nishonalari va qobiliyat. Layoqat va uning turlari. Qobiliyatlarning rivojlanib borishi. Qobiliyatlarning turlari: umumiy va maxsus qobiliyatlar.

Iste`dod va iqtidorlilik. Talant va daholik. Qobiliyatlarning o’sish va tarkib topish sharoitlari. Iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash yo’llari.

Mustaqil ish. Temperament, xarakter, qobiliyatlarlar - shaxsning individual-psixologik xususiyatlari ekanligi. Davlat dasturlarida iqtidorli bolalar bilan ishlash vazifalari. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da iqtidorli va iste’dodli bolalar bilan ishlash vazifalari.

VI-bo’lim. BOLALAR PSIXOLOGIYASI


  1. Bolalar psixologiyasining umumiy masalalari

Bolalar psixologiyasi – bola psixik taraqqiyoti haqidagi faktlar va qonuniyatlarni o’rganuvchi fandir. Bolalar psixologiyasi – yosh davrlari psixologiyasining bir qismi sifatida. Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, tibbiyot, ijtimoiy psixologiya va mazsus fanllar uchun bolalar psixologiyasining ahamiyati.



  1. Psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari

Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar. Psixik taraqqiyot va ta’lim. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari. Yosh inqirozlari. O’zbеkiston Rеspublikasida “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”da 0-7 yoshgacha bo’lgan bolalarning yosh bosqichlariga bo’linishi.

Mustaqil ish. Hozirgi zamon bolalar psixologiyasining asosiy muammolari.

3. Chaqaloqlik va go’daklik davrida psixik taraqqiyot.

Chaqaloqlik va go’daklik davrining xususiyatlari. Tug’ilgandan bir yoshgacha bo’lgan bola harakatlari. Chaqaloqlarning anotomik-fiziologik xususiyatlari. Shartsiz reflekslarning tiplari. Go’daklik davrida nerv sistemasining va analizatorlarning rivojlanishi. Go’daklik davrida psixik taraqqiyot. Harakatlarni qondirish bilan bog’liq bo’lgan emotsional ehtiyojlarning paydo bo’lishi. Jonlanish kompleksi. Ushlash, timirskilash, taqlid qilish va ularning psixik taraqqiyotdagi roli.

Katta odamlar bilan emotsional aloqalarning rivojlanishi. jarayonida nutqni egallashning vujudga kelishi. Nutqni tushunish va dastlabki so’zlar.

Seminar mashg’ulot. Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga hos xususiyatlari. Chaqaloqlik va go’daklik davri xususiyatlarini tahliliy o’rganish. (rasmlar, jadvallar, prezentatsiya). “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” dasturida 0-1 yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi ko’rsatkichlari.

4. Ilk yosh davrida psixik taraqqiyot.

Ilk yosh davrida jismoniy rivojlanish. Bolaning muhim yutuqlari; tik yurishni o’rganish, narsalar bilan faoliyatda bo’lishning rivojlanishi. Ilk yoshdagi bola nerv sistemasining rivojlanishi. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi. Nutqni egallashi va tushunishining senzitiv davri. O’yin va ta’limiy faoliyat davomida muloqot doirasining kengayishi.



Amaliy mashg’ulot. Ilk yoshdagi bolalar nutqining xususiyatlari. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”da ilk yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi ko’rsatkichlari.

Mustaqil ish. Ilk yosh davridagi bolalarni kuzatish metodi bo’yicha tahlil qilish va faoliyat turlari bo’yicha rasmlar yig’ish.
VII-bo’lim. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining

psixologik tavsifi.

Maktabgacha yoshdagi bola taraqqiyotining umumiy xususiyatlari. 3-7 yoshda jismoniy rivojlanish. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o’sishi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro mutanosibligi. Maktabgacha yoshda psixik taraqqiyot. Bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bo’lishi, kechishi va qondirilishi. O’zbеkiston Rеspublikasida “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” dasturida bolalarning psixologik xususiyatlari.



  1. Maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatining xususiyatlari.

O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati ekanligi. Mazmunli-rolli o’yinlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. O’yin davomida o’zaro munosabatlarning aks ettirilishi. Bola psixik rivojlanishida o’yinning ahamiyati.

Amaliy mashg’ulot. O’yinning bola nutqi rivojlanishiga ta’siri. Bola psixik taraqqiyotida o’yinchoqning ahamiyati.

Mustaqil ish. O’yinchoq turlari va ularning bola shaxsining ijtimoiy, hissiy va ahloqiy jihatdan rivojlanishiga ta’siri.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari. Bola tomonidan ta’lim vazifalarining qabul qilinishi. Mashg’ulotlar orqali bilim berish o’quv faoliyatining boshlang’ich qoidalarini egallashsh jarayonida qiziqishlarning namoyon bo’lishi. Didaktik o’yinlarning bola qobiliyati va tafakkurining rivojlanishiga ta’siri. Tasviriy faoliyatning o’yin va intellektual faoliyatga bog’liqligi. Bolalarning qurish-yasash mashg’ulotlari va uning bola psixikasiga ta’siri. O’z-o’zini nazorat qilish va o’ziga baho berishning dastlabki alomatlarini rivojlanishi.

  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining

xususiyatlari

Maktabgacha yoshda mehnat elementlari. Bolalarning kattalar mehnatiga munosabati. Turli yosh guruhlarida mehnatga munosabat jarayonida bola shaxsining shakllanishi. Mehnat faoliyatining bola psixik rivojlanishiga ta’siri.



Amaliy mashg’ulot. O’yin, o’qish va mehnat faoliyati turlarining o’zaro aloqadorligi.

Mustaqil ish. Turli yosh guruhlarida bolalar faoliyat turlaridan namunalar.
VIII-bo’lim. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXIK JARAYONLARINING TARKIB TOPISHI.

1. Bolalarda sezgi va idrokning rivojlanishi.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi a’zolarining rivojlanishi xususiyatlari. Ko’rish, eshitish, hid, ta’m, teri sezgilari takomollashuvining bola psixik taraqqiyotiga ta’siri. Sensor taraqqiyot bosqichlari va ularning bola faoliyati bilan aloqasi. Sensor tarbiyaning bolalar idroki taraqqiyotiga ta’siri. Idrokning predmetliligi va konstantligining taraqqiyoti. Bolalarning vaqt, fazo, harakat, nutqni idrok qilishlari. Idrok shakllaridagi tasavvurlarning faoliyat turlari jarayonida o’zlashtirilishi.



2. Bolalarda diqqatning rivojlanishi.

Bolalarda diqqatning tarkib topishiga hayot sharoiti va tarbiyaning ta’siri. Bolaning bog’cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat. Barqaror diqqatning tarkib topishi.



Amaliy mashg’ulot. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash, ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda so’zning roli, mashg’ulotlardagi ta’lim va o’yinning ahamiyati.

Mustaqil ish. MTM guruhlarida bolalarning sensor rivojlanishi va diqqatini rivojlantiruvchi o’yin namunalari.

3. Bolalarda xotiraning rivojlanishi.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari. Tasavvurlarni rivojlantirish. Ixtiyorsiz xotirani rivojlantirish. Ixtiyorsiz esda olib qolishning bola faoliyati sharoitiga bog’liqligi. Ixtiyoriy esda olib qolish va qayta esga tushurishning taraqqiyoti.



Amaliy mashg’ulot. Maktabgacha yoshdagi bolaning obraz va so’z-mantiq xotirasini rivojlanishi. Xotirani rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar o’tkazish.

Mustaqil ish. Amaliyotda maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitib va ko’rib esda olib qolish xotirasini tekshirish bo’yicha tajriba o’tkazish. Xotirani rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar tuzish.

4. Bolalarda tafakkurning rivojlanishi.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurining xususiyatlari va aqliy tarbiya psixologiyasi. Maktabgacha yoshidagi bolaning ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli va mantiqiy tafakkuri. Bu tafakkur turlarining o’zaro bog’liqligi. Maktabgacha yosh davrda tafakkur masalalari doirasining kengayishi va murakkablashuvi.



Amaliy mashg’ulot. Tafakkurning taraqqiyotida faoliyat turlarining ahamiyati. Muammoli psixologik masalalar yechish.

Mustaqil ish. Mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va o’yinlar tuzish.

  1. Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi.

Bola nutqining xususiyatlari. Nutqning ma’no va grammatik jihatdan o’sishi.Nutqning da ko’rinishi. Bola nutqining rivojida oila muhitining o’rni. Egosentrik nutq. Tarbiyachining bolalar nutqini rivojlantirishdagi vazifalari.

Maktabgacha yoshdagi bolada xayolning rivojlanishi. Xayolning bola tajribasiga bog’liqligi. Bolalarda xayol turlarining ko’rinishi. Bolaning xayolida ijod elementlari. Xayolning taraqqiyotida o’yin va tasviriy faoliyatning ahamiyati. Hikoya va ertaklarning xayol taraqqiyotiga ta’siri.



IX-bo’lim. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR SHAXSINING SHAKLLANISHI.

1. Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi. (1-3 yosh)

Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishish xususiyatlari. Go’daklik davridan ilk bolalik davriga o’tish. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida turli hissiy holatlarning yuzaga kelishi. Bolaning boshqalarga bog’liqligi va mustaqilligi. «Men o’zim» konsepsiyasining vujudga kelishi.

Uch yoshli inqiroz. Bolaning xulq-atvori va kattalar bilan muloqotida yuzaga keladigan o’zgarishlar. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”da bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti.

Mustaqil ish. Pedagogik amaliyotda empirik metodlar orqali bola shaxsini kuzatish va o’rganish. Ilk yoshda o’yin faoliyatining bola shaxsini shakllanishiga ta’siri.

2. Kichik va o‘rta bog’cha yoshida shaxsning shakllanishi (3-5 yosh)

Shaxs rivojlanishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar. Bola shaxsning shakllanishida oila muhiti va kattalarning ta’siri. Bolalar tomonidan ahloq motivlari tizimining shakllanishi, o’z-o’zini anglash.

Bolaning tengdoshlar guruhida o’zaro muloqoti, hurmat qozonishga intilishi. Xulq motivlarining rivojida tengqurlari guruhining ta’sir etishi. Bolaning guruhda tutgan o’rnining ahamiyati. Bolalarning birgalikdagi faoliyatlarida tashkilotchilik sifatlarining tarkib topishi. Mustaqillikning rivojlanishi. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlarning va nutqning roli. Bola shaxsining tarkib topishiga o’yin faoliyatining ta’siri. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”da 3-5 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi.

Mustaqil ish. Bolalarning kattalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarini qayd qilish natijalari. “Bolajon” dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish bo’limidan kichik va o‘rta guruh bolalarining kattalar va tengdoshlari bilan muloqot xususiyatlarini o’rganish. Bolada xulq-atvor motivlari tizimining shakllanishi, jarayoniga tayyorlashda oilaning roli.

3. Katta bog’cha yoshida shaxsning shakllanishi. (5-7 yosh)

Maktabgacha yoshda o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini baholash xususiyatlari. Bolaning o’z-o’zini zamonda anglashi. O’g’il va qiz bolalar. Jinsga mansublik va o’yinda rol, o’yinchoq tanlash. Shaxs ahloqiy sifatlarining shakllanishi. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqotlari jarayonida shaxsning shakllanishi. Kattalar tomonidan tan olishga intilish. Bolalar yolg’oni. Tengdoshlar orasida tan olishga intilish. Bola shaxsining shakllanishida ahloqiy etalonlarning o’rni. Bolalarning boshqa odamlar hatti-harakatlari va sifatlariga baho berishlarining rivojlanishi.



Seminar mashg’ulot. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturida bolalarni ijtimoiy-hissiy tomondan rivojlantirishga katta guruh bo’yicha qo’yilgan talablarni o’rganish va tahlil qilish.

Mustaqil ish. “Bolajon” tayanch dasturida bolalarni muloqotga kirishish tomondan qo’yilgan talablarni o’rganish va tahlil qilish. Amaliyot davrida bolalarning kattalar va tarbiyachi bilan sini kuzatish, taqqoslash va tahlil qilish.

X-bo’lim. BOLALAR PSIXODIAGNOSTIKASI.

  1. Psixodiagnostika metodlari va ulardan foydalanish.

Bola shaxsini o’rganishda psixodiagnostika metodlarining vazifalari, ahamiyati. Psixodiagnostika xizmatini joriy etilishi holatlari. Bola psixologik rivojlanishi ko’rsatkichlarini aniqlashda psixodiagnostika metodlari, ularning turlari, qo’llanishi.

Amaliy mashgulot. Bola psixik jarayonlari va xususiyatlarini tekshirish metodikalarini o’tkazish.
2. Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash.

Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga jismoniy, aqliy va ijtimoiy-psixologik tayyorlashning psixologik tomonlari va unga qo’yiladigan talablar. Bolalarni maktabdagi yangi munosabat shakllariga va yangicha bilish faoliyatiga tayyorlash vazifalari. O’qish ehtiyoji va motivlarining o’zgarishi. Bilish faoliyati sohasida bolaning maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorligi. Ixtiyoriy bilish jarayonlari tarkib topishining ahamiyati.

Bolalarning maktabga tayyorgarligini tekshirishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish. (Jan Piaje, Kern Yerasek va boshqa metodikalar) Psixologik-pedagogik tashxis daftarini yuritish yo’llari.

Mustaqil ish. Bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishga doir topshiriqlar, mashq va o’yinlar tayyorlash.

Amaliy va seminar mashg’ulotlarni tashkil etish.

Psixologiya fani bo`yicha amaliy va seminar darslar har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. O`qituvchi talabalarning bilim darajasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu mashg’ulotlarni tashkil etadi.

Seminar va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda davlat dasturlari, qabul qilingan yangi qarorlar, maktabgacha yosh bilan bog’liq bo’lgan dasturlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanish, pedagogik amaliyotdagi kuzatuv natijalariga asoslanish va nazariy mavzuga mazmunan bog’lash maqsadga muvofiqdir.

Seminarlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja beriladi. Seminar mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida o’quvchilarga adabiyotlardagi ma’lumotlarni qunt bilan o’rganib chiqish, mavzuga doir matn, ko’rgazma (slayd-shou) tayyorlash, tadqiqot metodlari asosida o’tkazilgan tajribalar hisoboti, shuningdek ish natijalarini jamoa bo’lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Seminar darslarda o’quvchilarni olgan nazariy bilimi va amaliy malakalari baholanadi. Seminar amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda va o’tkazishda ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalardan, internet saytlaridan samarali foydalaniladi, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari, (guruhlarda ishlash, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, muhokamalar) metodlari va ta’lim vositalari, multimedia tizimlari, prezentatsiyalar, kodoskoplardan foydalaniladi.



Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarda muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat.


  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • AKT manbalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, uslubiy tavsiyalar bilan ishlash;

  • Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan vazifaning amaliyot bilan bog’lash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarish ishiga tizimli va ijodiy yondashish;

Mustaqil ta’lim o’quvchilarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar davomida o’quvchilar darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, qo`shimcha adabiyot, ro`znoma, jurnallardan yangiliklarni o`rganish, o`quv matеriali mazmunini tushinish uchun ularni rеja asosida o`qish, mantiqiy tuzilmaviy sxеmalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, ma’ruza yozish kabi amaliy mashg’ulotlarga o`rgatiladi.

O’qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy qo’llanma va tavsiyalar, ARM, EARM (ma’ruza matnlarining electron variant) AKTning boy zahirasi o’quvchilar mustaqil ta’limini tashkil etishga yordam beradi.



Kurs ishi loyihasi bo’yicha uslubiy yondoshuv.

Kurs ishi mavzulari ta’lim soxasidagi dolzarb masalalar bo’yicha tanlanib u fan uyushma yig’ilishlarida ko’rib chiqilib tasdiqlanadi. Kurs ishi mazmuni MTMlardagi ilgor pedagogik texnologiyalar, matbuotdagi yangiliklar, o’quvchilarning o’quv yurtida o’qish davrida olgan nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalariga mos bo’lishi kerak. Kurs ishi mavzusi o’quvchilarga o’quv yili boshida berilib ularga rahbar tayinlanadi. Rahbar o’quvchilar bilan kurs ishi mavzularini yoritish bo’yicha suhbatlar, maslahatlar tashkil etadi. Suhbatda kurs ishining maqsadi, mohiyati rejasi, zarur bo’lgan materiallarni toppish va pedagogik amaliyotda qo’llash, metodika natijalarni tahlil qilish usullari tushuntirib beriladi. Kurs ishini baholashda mavzuning dolzarbligi, ta’lim soxasidagi ahamiyati, sifati, bezatilishi, amaliyotdagi kuzatuv ishlari, mustaqil fikri, qo’shimcha adabiyotlardan, AKTdan keng foydalanganligi inobatga olinadi.



Kurs ishi mavzulari namunasi

  1. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

  2. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.

  3. Maktabgacha yosh davrida bola shaxsini shakllantirish muammolari.

  4. Bola psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari.

  5. Tafakkur - bilish jarayonining yuksak bosqichi ekanligi.

  6. Maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishda intellektual o’yinlarning ahamiyati.

  7. Bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalashda faoliyat turlarining ahamiyati.

  8. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tarbiyalash.

  9. Bolalar xayolining rivojlanishida tasviriy faoliyat va mehnat mashg’ulotlarining ahamiyati.

  10. Bog’cha yoshidagi bolalarning yuksak his-tuyg’larini tarbiyalashda milliy urf-odatlar, an’analar va bayramlarning ahamiyati.

  11. Bolalar temperamenti.

  12. Bog’cha yoshidagi bola xarakter hislatlarini shakllanishida ertaklar va hikoyalarning ahamiyati.

  13. Bola shaxsining tarkib topishiga o’yin faoliyatining ahamiyati.

  14. Bolalarda yuksak hissiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalash.

  15. Katta bog’cha yoshidagi bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish maktabga tayyorlashning asosi ekanligi.

  16. Kuzatuvchanlikni tarbiyalash - bola idrokini o’stirish omili ekanligi.

  17. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’z-o’zini anglashi va baholashida emotsional muloqot xususiyatlari.

  18. Bolalarni maktabga psixik jihatdan tayyorlashda ta’limiy mashg’ulotlarning ahamiyati.

Fan dasturining information – uslubiy ta’minoti.

Kompyuter, DVD-diskovod, videoglaz, ekran, videoproyektor, kodoskop, multimedia, prezentatsiya (namoyish qiluvchi dasr ishlanmalari), jadvallar, bukletlar, psixologlar foto suratlari, rasmlar, didaktik materiallar, sekundomer. Har bir pedagog ijodiy yondoshgan holda dars bosqichlari uchun virtual, vizual vositalarni tayyorlashi lozim. Ilg’or pedagogik tajribani qo’llash, uslubiy qo’llanma va tavsiyalardan foydalanish fanni puxta o’zlashtirilishini ta`minlaydi.



Foydalaniladigan adabiyotlar:

Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar.

  1. . “Ta’lim to’grisida”gi Qonun , ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq HMK-1997.

  2. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi T.-“O’zbekiston” 2000.

  3. I.A.Karimov.Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”.- T.-Ma’naviyat - 2008

  4. “Bolajon” tayanch dasturi. Toshkent-2010

  5. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

  6. M.G.Davletshin, Sh.Do’stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To’ychiyeva. Yosh davrlari va pedagogic psixologiya (o’quv-metodik qo’llanma) TDPU, T-2004.

  7. N.G.Kamilova. Detskaya psixologiya. Uchebnoye posobiye. “Voris-nashriyot” T.-2007.

Axborot-resurs markazining VEB sayti Steel0708@mail.ru www.tashped.zn.uz

ARMning electron pochta manzili: Saodat@mail.ru.

Ta’lim muassasasi internetga “ZIYO-NET” tarmog’i orqali ulangan.

Kollejning VEB sayti www.toshped.zn.uz.

Kollejning electron pochtasi: E-mail.toshpedkollej @mail.ru. mavjud.

Qo’shimcha adabiyotlar.


  1. E.G’oziyev. “Psixologiya” (pedagogik) – Toshkent-“O’qituvchi” 1994

  2. V.M.Karimova, F.A.Akramova. Psixologiya. Ma’ruzalar matni FTDK,DITAF T.- 2000

  3. V.S.Muhina Vozrastnaya psixologiya. Moskva –2008.

  4. Ishmuhamеdov R., Abduqodirov A., Pardaеv A. Tarbiyada innovatsion tеxnologiyalar (ta’lim muassasalari pеdagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – “Istе’dod” jamg’armasi, T.-2010.

  5. M.M.To’xtasinova. Pedagogika kollejlarida o’quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash.(metodik qo’llanma) –T.-TDPU-2010.

  6. Z. Nishanova Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti.Toshkent-1998

  7. Vahobova F.N., D.Zaynutdinova. Rivojlantiruvchi o’yinlar.T.-“Bekinmachoq- plyus”-2009

  8. “Maktabgacha ta’lim”. Jurnallari.

  9. G.R.To’xtasinova vb. Bolalar bog’chasida intellektual o’yinlar. Yandi asr avlodi. T.-2005.

  10. Internet saxifalari. “ZiyoNET”, “Uzedu.uz”, Psixologiya saytlari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.03

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan




ANATOMIYA, FIZIOLOGIYA VA GIGIYENA

FANIDAN O‘QUV DASTURI

Fan dasturi oily va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchi:

G’aniyeva Muqaddas Yuldashevna



Toshkent pedagogika kolleji katta o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

Haydarova Pardaxol Boboqulovna



Nizomiy nomli pedagogika universiteti biologiya fanlar nomzodi
















Akramova Dildora Asrorovna



Olmazor tumani 68 MTM mudirasi














Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik