O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


bo’lim. MTM da va oilada qog’oz karton va tabiiy materiallarni qayta ishlash texnikasi



Download 7.03 Mb.
bet27/35
Sana24.01.2017
Hajmi7.03 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35

1 bo’lim. MTM da va oilada qog’oz karton va tabiiy materiallarni qayta ishlash texnikasi

  1. Kirish. Ustahonada amaliy mashg’ulot fanining maqsad va vazifasi

O’quvchilarga Ustahonada amaliy mashg’ulot fanining maqsad va vazifalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishga qo’yilgan davlat talablari va bolajon tayanch dasturi tahlili. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada qo’l mehnati bo’yicha amaliy ishlarni olib borilishi va ularga qo’yilgan talablar. Foydalanishga tavsiya qilinadigan adabiyotlar va jihozlar bilan tanishtirish.

  1. Qog`oz ishlab chiqarish jarayoni va uning turlari, bolalar bog’chasida ishlatilishi.

Qog’oz ishlab chiqarish tarixidan qisqacha ma'lumot. Qog’oz va karton navlari. Qog`ozning xususiyatlari bilan tanishtirish. Qog’oz va karton navlaridan o`quvchilar tomonidan kolleksiya qilish. Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayoni.

Mustaqil ish. Qog`oz va karton turlaridan namunalar to`plash, qog`oz ishlab chiqarish tarixidan internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

  1. Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trofaret, shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Trofaret shablon va muxr shtampi haqida tushuncha. Bolalar bog`chasida ko`rgazmali qurol, o`yinchoq, kiyim, bosh kiyimlarni tayyorlashda trofaret shablon va muxr ishlatilishi haqida tushuncha berish. Mo`yqalam, tampon, bo`yoq puflagich (pulivezator) orqali bo’yash. Ko`rgazmali qurollar va amaliy ishlar. Tayyor qolip, muxr va andozalar. O’quvchilar tomonidan archa uchun bezaklar, atributlar, tayyorlash. Qolip (trafaret) orqali tabriknomalar, taklifnomalarni milliy bezaklar bilan bezash.

Mustaqil ish. Rasm va matematika mashg’ulotlari uchun ko’rgazma sifatida trofaret shablon va muxr tayyorlash.

  1. Qog’ozni bo’yash.

Maxsus maqsadlar uchun qog’oz tayyorlash. Bo`yoqlarni tayyorlash (tush,siyox) suv bo’yoqlari (akvarel, guvash, moyli bo`yoq, choy). Mo’yqalam paxta, Qog’oz tamponlari, gazmol bilan bo’yash usullari. Sachratish usuli bilan bo`yash, rangli kleyster va moyli bo’yoq yordamida marmar tarzida bo`yash.

Ko’rgazmali qurollar va amaliy ishlar: har xil tarzda bo`yalgan qog’ozlar. O’quvchilar tomonidan qog’ozlarning bo’yalishi. Bo’yalgan qog’ozlardan kolleksiya tuzish.



Mustaqil ish. Mustaqil tarzda Mashg’ulotlar uchun kerak bo’ladigan qog’ozlarni bo’yash. a) botirib olish usulida b) sachratish usulida v) rangli klesterva sabzavotlar suviga bo’yash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

5. Qog’oz va kartonni xoshiyalash.

Xoshiyalashni ahamiyati. qattiq qog’oz (karton) jadval (tablitsa) va kartochkalarni xoshiyalash. Xoshiyalash usullari. Jixozlar: qog’oz, yopishqoq lenta, charm, dermantin. Yelimlar: kazeinli, sintetik, durodgorlik PVA yelimi. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: Xoshiyalangan qattiq qog’ozlar (kartonlar), jadvallar (tablitsalar), O`quvchilar tomonidan kartochkalar va jadvallarni xoshiyalash.



6. Qog’oz va karton buyumlarni ta’mirlash.

Kitoblarning zararlangan joylarni qo’g`oz yoki gazmol bilan yelimlash, gazmol bo’laklari va xoshiya (tasma) lenta bilan yelimlash. Ta’mirlash uchun jixozlash. Qog’oz, karton va gazmol xoshiya iplar. Yelimlar: kazeinli, rezina, durodgorlik, PVA yelimi. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: qutilarni, o’yinchoqlar, kitoblarini ta’mirlash usullari.



7. Qirqib yopishtirishda har hil qirqish usullarini bajarish.

Qirqish usullari, ikki buklab, bir necha marta buklab qirqish, qo’lda yirtish. Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: har bir usulning bajarilishini mashq qildirish va rasm daftarga yopishtirish.



Mustaqil ish. Qirqib yopishtirishni turli usullari bo`yicha applikatsiya ishlarini bajarish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanish.

8. Mazmunli va bezakli qirqib yopishtirish.

Simmetrik va assimmetrik shakllarini qirqish: barglar, daraxtlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, odam gavdasi, xayvonlar va bezaklar. Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: mustaqil ravishda kompozitsiyalar bajarish va buyumli applekatsiyalar qilish. “O’zbekiston mening vatanim”, “Koinotga sayoxat”, “O’zbekiston gullar diyori”, “Mening oilam” “Ertaklar olamiga sayoxat” ertak mazmunlari, Milliy ornament asosida bezak yopishtirish.



Mustaqil ish. Mazmunli mavzuda qirqib yopishtirish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

9. Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash.

Qog’ozni buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash haqida qisqacha ma’lumot berish. Buklash uchun qog’ozlar. O’yinchoqlar klassifikatsiyasi.

A) suvda o’ynash uchun-qo`shqayiq, qayiq, kemacha va oqqush.

B) shamolda o’ynash uchun-parashyut, varrak, pirpirak va qushcha

V) qumda o`ynash uchun-quticha, tovuq savatcha va xo`roz.

G) xayvonot bog`i uchun-pingvin, arslon, sichqoncha, buqacha va kapalak.

Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: o’yinchoq tasvirlangan tablitsalar, buklash yo’li bilan bajarilgan o’yinchoqlar. O’quvchilarga buklash usulini mashq qildirish va albom tayyorlash.

Mustaqil ish. Orgami usuli bo`yicha mazmunli ishlar bajarish, Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

10. Archa bezaklari.

Bolalar bilan archa o’yinchoqlarini tayyorlash haqida qisqacha ma’lumot. Archa bezaklari: bayroqchalar, qor parchalari, osilchoqlar, zanjirlar, yassi o`yinchoqlar va xajmli silindr shakldagi o’yinchoqlar. Bayroqcha, qorparcha, yulduzchalarni yasash.



Mustaqil ish. Tuxim po`choqlaridan va kelestr yordamida xo`jalik qog`ozi orqali archa o`yinchoqlarni yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

11. Qog`oz va kartondan o`yinchoq yasash.

Kvadrat, to`g`ri to’rtburchak, silindir shaklidagi qog’ozdan oddiy o’yinchoqlar yasash. Mayda tishchalar yordamida yelimlash. Applekatsiya yordamida bezash, o’yinchoqlar uchun qo’llash.

Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: o’yinchoqlarni va ularni yasashni namoyish etish. Har xil yosh guruxlar uchun andoza, chizmalar va shablonlar tayyorlash. 2-3 ta o’yinchoq yasash.

12. Qog’ozdan esdalik sovg’alari yasash.

Qog’oz, karton, tabiat materiallari gazlamalar karton qutilar va boshqa ikkilamchi xom ashyolardan esdalik sovg’alar yasash. Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: turli buyumlardan sovg’alar yasash. Qutilardan qalamdon yasab uni applekatsiya yordamida bezash. Kitoblar uchun ko’rsatkichlar yasash va bezash.



Mustaqil ish. Bo`shagan qutichalardan va ikklamchi xom ashyo materiallardan estalik sovg`alarni yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

13. Tadbirlar uchun tabriknomalar va taklifnomalar yasash.

Tabriknomalar yasashga o`rgatish bo’yicha qisqacha ma'lumot. Yopishtirish va bo`yash yo’li bilan yasaladigan harakatlanidagan giometrik shakllar ichida tabriknomalar yasash. Ko’rgazmali qurol va amaliy ish: har - xil tabriknomalardan namunalar, o’quvchilar tomonidan taklifnoma va tabriknomalar yasash.



Mustaqil ish. Bolalar bog`chasi uchun bayramlarga xos bo`lgan tabriknoma taklifnomalar yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

14. Navro’z bayrami uchun ijodiy ishlar tayyorlash.

Xar xil bezaklar, gullar, qushlar va gullardan novda tayyorlash.



Mustaqil ish. Har xil qushlar, kapalaklar, gullar shakllarini yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

15. Papye – Mashye.

Mashg’ulotlar uchun jixozlar tayyorlash, o’yinchoq yasash, badiiy bezashda pap’e-masheni qo’llanilishi. Jixozlar va qurollar: oq qog’oz, klester, gazeta, mel, alif, duradgorlik yelimi va mo’yqalam, bo’yoq. Tayyorlash jarayoni, shaklni yopishtirish, pardozlash va bo’yash. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: papye - mashyedan tayyor ishlar. O’quvchilar tomonidan bir ikki ishni bajarilishi. (idish,savzavot va mevalar)



Mustaqil ish. Uy – ro`zg`or buyumlari, sabzovot mevalar, qo`g`irchoq tasvirlarni yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

16. Ijodiy o`yinlar uchun jixozlar.

Ijodiy o’yinlar uchun jixozlarga q’yilgan talablar. Jixozlar va o’yinchoqlar turlari, binokli, pochtachi sumkasi, pochta qutisi, kemani boshqarish ruli (shturval va langar). Yo’l belgilari, turli kasblar uchun ko’z niqoblari, yarm niqoblar, to’liq niqoblar va boshga kiyiladigan niqoblar.



Mustaqil ish. Kasb turlari bo`yicha ko`rgazmalar tayyorlash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

17. Xarakatli o’yinlar uchun jixozlar.

Xarakatli o’yinlar uchun jixozlarga qo`yilgan talablar. Jixozlar va o’yinchoqlar turlari, qum xaltachasi, arqoncha, bayroqchalar, shiqildoqlar, xalqali o’yinchoqlar, estafeta tayoqchasai.



18. Harakatli o`yinchoqlar.

O’yinchoqlarni ermaklar maqsadida qo’llash. Ularni yasashdagi bolalarni ishtiroki. Kerakli buyumlar: karton, qog’oz, sim, ip va rangli qog’ozlar PVA yelimi. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish. Tayyor ermak o’yinchoqlar. Yakka tartibda topshiriqlar asosida o’yinchoqlar yasash. Harakatlanadigan qismlarni mustaqil ishlab chiqish.



Mustaqil ish. Ixtiyoriy ijodiy o’yinchoq yasash.

19. Qo’g`irchoq teatri turlari. Bamaza (paxmoq) teatri.

Qo’g’irchoq teatrining bolalar xayotidagi o’rni. O’quv tarbiyaviy jarayondagi o’rni. Personaj va ekran tayyorlashdagi talablari. Bamaza (paxmoq) teatri personajlarini tayyorlash uchun buyumlar: Qog’oz, duxoba va bamaza. (paxmoq). Bamaza (paxmoq) teatrdagi ertak personajlarini ko’rsatish. O’zbek xalq ertaklari asosida personaj yasash.



Mustaqil ish. Pahmoq teatri uchun o`zbek xalq ertaklari uchun personajlar tayyorlash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

20. Stol usti teatri.

Stol usti teatrini bolalar bog’chasida ishlatilishi. Stol usti teatri turlari. Teatr uchun kerakli buyumlar: karton, tush, lezviya, qaychi va bo’yoqlar mo’y qalam PVA yelimi. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: stol usti teatri namunalari. O’quvchilar o’z xoxishlari bilan 1-2 ta ertaklar uchun personajlar tayyorlash.



Mustaqil ish. Stol teatri uchun o`zbek xalq ertaklari asosida personajlar tayyorlash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

21. Soya teatri.

Soya teatri uchun personajlar va ekran tayyorlashga nisbatan talablar va jixozlar: karton, kalka, tush, oq surup. Soya teatrining turlari. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: soya teatrini ishlatish yo’lini o’quvchilarga ko’rsatish. Daftarlarga personajlarni chizish. O’zbek halq ertaklari va hikoyalar asosida personajlar yasash.



Mustaqil ish. Soya teatri uchun o`zbek xalq ertaklari asosida personajlar tayyorlash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

22. Barmoq teatri.

Jixozlar: gazlama, mo’yna, charm, karton. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: barmoq teatri uchun tayyor personajlar. Halq ertaklari asosida personajlar yasash (jamoa bo’lib).



Mustaqil ish. Barmoq teatri uchun o`zbek xalq ertaklari asosida personajlar tayyorlash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

23. Qo`g`irchoq qo`lqop teatri.

Bolajon tayanch dasturida har bir yosh guruhida qo’g’irchoq teatrining murakkablashuv tahlili.Qo’g’irchoq teatri uchun personajlar. Shirmaga nisbatan qo’yilgan talablar. Qo’g’irchoqni bosh qismini qo’lqop bilan birlashtirish usullari. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: qo’g’irchoq harakatini ko’rsatish. Qo’lqopni bichish va tikish, applekatsiya yordamida bezash. Tanlangan asar asosida personajlar tayyorlash. (jamoa bo’lib).



Seminar: Ertaklarni sahnalashtirish.

24. Applekatsiyada qo’llanadigan tabiiy materiallar bilan tanishish.

Tabiiy buyumlar: Samon, daraxt barglari, gul barglari, urug’lar, terakning moxlari piyoz po’sti. Barglarni quritish. Samonni tayyorlash. Tabiiy buyumlarni saqlash.



25. O’simlik barglari va urig’idan applekatsiya.

Bolalar bog’chasida quritilgan tabiat materiallarini applekatsiyalarda ishlatilishi. Butun shakldagi o’simlik barg va poyalardan applekatsiya. O’simlik urug’lardan kompozitsiya tashkil qilish. Yopishtirish, tikish va birlashtirish usullari: fon, karton, duxoba qog’oz, kartonga tortilgan gazlama. Yelimlar: klester, sentetik, PVA yelimi, nina ip. Ko’rgazmali qurollar: o’simlik va urug’lardan applekatsiyalar. Bezakli va mazmunli applekatsiyalar bajarish.



Mustaqil ish. Quritilgan va barglardan applikatsiya ishlarini bajarish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

26. Somondan applekatsiya.

Binolarni bezashda, esdaliklar tayyorlashda, samondan tayyorlangan applekatsiyalardan foydalanish. Somonni tayyorlash va qayta ishlash. Dazmollash, qaychini halqasi bilan silliqlash. Rang berish, somon bilan ishlash texnologiyasi. Tagli karton, gazlama tortilgan karton, foner. Yelimlar: klestr, kazeinli, sintetik, PVA yelimi. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: somondan tayyorlangan applekatsiya. Somonni qayta ishlash jarayonini namoyish etish, mazmunli applekatsiya bajarish.



Mustaqil ish. Somondan ijodiy ishlar bajarish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

27. Tabiiy materialdan o`yinchoqlar yasash.

Tabiiy buyumlar-danaklar, yong’oq po’chog’i, daraxt po’stlog’i, shoxchalar. qayta ishlash usullari. qirqish, arralash, silliqlash, teshish, yopishtirish va kuydirish. Yelimlar: kazeinli, duradgorlik yelimlari. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: tayyor ishlarni, buyumlarni qayta ishlash jarayonini namoyish etish. Tabiiy buyumlardan o’yinchoq yasash. Jamoa asosida mazmunli ish bajarish.



Mustaqil ish. Danaklar, yong`oqlar, daraxt po`stlog`i va shoxchalardan o`yinchoqlar yasash. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

28. Tashlandiq (ikkilamchi xom ashyo) materiallardan o’yinchoq yasash.

Qalin zar qog’oz fol’ga tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasashni bolalar bog’chasi va oiladagi ahamiyati haqida. Jixozlar: qutilar, g’altaklar, sim, paralon, Qog’oz tunika, tuxum po’chogi, eski plastinkalar, gugurt qutisi yelim va plastmassa idishlar. Ko’rgazmali qurollar va amaliy mashg’ulot: tashlandiq buyumlardan tayyorlangan ishlar 2-3 ta o’yinchoq yasash: televizor, uy, mebel. Plastinkalardan guldon tayyorlash (yumshatilgan xolda) va yelim idishdan chelak va kurakcha yasash.



29. Gazlama ustida applekatsiya.

Applekatsiyadan xonani bezash maqsadida foydalanish. Applekatsiya tagini tayyorlash, karton ustiga gazlama tortish, gazlamani kraxmallash. Yelimlar PVA yelimi, unli, kraxmalli atala. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: tayyor applekatsiyalar, gazlamani karton ustiga tortish yo’llarini ko’rsatib tushuntirish: laxtaklar, ularni kraxmallab dazmollash. Kollej xonalarini, bolalar bog’chasini va oilada bolalar xonasini bezash uchun jamoa bo`lib ish bajarish.



30. Gazlamani bezash, kashta tikish.

Xonalarni bezashda qo’llanishi. Fonerga tarang qilib tortilgan gazlama. Bo’yoq: guash, va bronza bo’yog’i. Buyumli, bezakli va mazmunli kashtalar. Chok turlari: archa, ilmoqli, ilon izi va tugunchali. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: tayyor namuna milliy naqshlar asosida bezash chok namunalari. Chok bilan bezalgan milliy ko’ylakcha, sochiq, chorsi. “Ajoyib xaltacha” tikish va applekatsiya qilib chok yordamida bezash. Tayyor namunani bezash yo’llarini ko’rsatish. Milliy naqshlar asosida bezash.



31.Yumshoq o`yinchoq tikish.

Yumshoq o’yinchoqlarni bolalar bog’chasi va oilada o’yinchoqlar sifatida, mashg’ulotlarda esdalik sifatida ishlatilishi. O’yinchoq tayyorlash uchun jixozlar: paxmoq, duxoba, drap, chit, satin charm, mo’yna, marjon, tugma, igna, sim, paxta. Andoza tayyorlash, gazlamaga ko’chirish, bichish, qismlarini birlashtirib tikish, paxta solish va o’yinchoqni bezash. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: turli buyumlardan tikilgan yumshoq o’yinchoqlar namunasi. 1-2 ta o’yinchoq tikish.



Mustaqil ish. Yumshoq o’yinchoqlarni bolalar bog’chasi va oilada o’yinchoqlar sifatida, mashg’ulotlarda esdalik sifatida ishlatilishi. Internet saytlari orqali ma`lumotlar olish.

32. Qo’g’irchoqlar uchun buyumlar tikish. Uxlash uchun jixozlar, ustki kiyimlar.

Qo’g’irchoqlarni uxlashi uchun buyumlar. Buyumlarni tikish uchun qo’llaniladigan choklar. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: gazlama namunalari. Bichish va tikish. To’shak, ko’rpacha, yostiq. Ularni jildini bichish va tikish. Kiyimlar chizmasini va andozasini tayyorlash, matoga ko`chirish. Bichish, tikish va kiyimlarni bezash. Kiyimlarni namoyish etish. Andoza tayyorlash, bichish va tikish. Ko’ylak ishton, milliy ko’ylaklar (qizlar va o’g’il bolalar uchun).



Mustaqil ish. Yil fasliga moslab ustki kiyim tikish. Internet saytlari orqali ma`lumotlar olish.

33. Ilmoq va spitsa yordamida to’qish.

Ilmoq yordamida qo’g’irchoqlar uchun kiyim to’qish. Jixozlar: sintetik paxta, jun iplari, ilmoq bilan to’qish usullari. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: qo’g’irchoqlar uchun buyumlar to’qish. Bosh kiyim, sharf, shippak, qo’lqop, ro’molcha va sochiqlarni atrofini to’qish. Spitsa yordamida to’qish: Qo’g’iroqlar uchun kiyimlar to`qish. Chok turlari o`ng, teskari, chalmash tayoqsimon cho`zma va bezakli.Ko`rgazmali qurollar va amaliy ish: to’qilgan ishlardan namunalar. qo`g`irchoqlar uchun buyumlar to`qish: qo`lqop, sharf, oyoq kiyim (o`z hoxishi bilan).



Mustaqil ish. Bolalar bog`chasida qo`g`irchoqlar uchun kiyim–kechaklar to`qish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.

34. Gazlama va qog`ozdan gul yasash.

Xonalarni bezash uchun gullarni ishlatish. soch va kiyim boshlarni bezash. Kraxmallangan gazlama va lentalardan yasaladigan gullar. Ish qurollari: qaychi, sim, qum solingan yostiqlar. Yelimlar: unli atala, PVA yelimi, g`ijim va rangli qog`ozlar. Ko`rgazmali qurollar va amaliy ish: tayyor gullar. Gullarni yasash usullarini ko`rsatish. Gullarni har xil turlaridan yasash.



Mustaqil ish. Turli xil ko`rinishdagi gullarni yasash. Internet saytlari orqali ma`lumotlar olish.

35. Bolalar bog’chasida milliy burchak.

Milliy burchaklarning ahamiyati. Bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bezashga nisbatan talablar. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: har xil guruxlarda milliy burchaklarni ko`rib chiqish. Daftarlarga sur’atlarni chizish. Milliy burchaklarni bezashda ishtirok etish. 1-2 ta ish tayyorlash.



36. Bolalar bog’chasida mehnat burchagi.

Bolalar ish burchagining jixozlari. Bolalar asboblari va ularni saqlash. Xo’jalik chiqindilaridan foydalanish Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: ish jixozlari burchagini ro`yxatga olish. Bolalar ishlari bilan tanishtirish 1-2 ish bajarish. O’yinchoqlarni ta'mirlash.



Fanni o`qitishda quyidagi vositalardan foydalaniladi.

Kinoproekter, dioproekter, magnitafon, kadaskop, televizor, videomagnitofon, shirma, videoglaz.



Quyidagi namoyish qiluvchi va tarqatma materiallardan foydaliniladi.

1. Tablitsalar

2. Xar-xil tarqatma materiallar.

3. Chizma va andazalar. Xajmli o’yinchoqlar.

4. Tayyor ishlardan namunalar. Kitobchalar.

Mustaqil ishlarga ko’rsatma.

Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchinig rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarga muaiyan amaliy ishlarni mustaqil ravishda bajarish, internet tarmoqlaridan qo’shimcha adabiotlardan ma’lumotlar olish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakillantirish va rivojlantirishdan iborat.

O'quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:

- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish

- kerakli malumotlarni izlab topishnini qulay usullari va vositalarni aniqlash

- AKT manbalaridan samarali foydalanish

- an'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, uslubiy tavsiyalar bilan ishlash

- Internet tarmog'idan maqsadli foydalanish

- berigan topshiriqning amaliy bajarish

- ma'lumotlar bazasini taxlil qilish

- topshiriqlarni bajarish jarayonida ijodiy yondashish

Mustaqil ishlar davomida o’quvchilar quyidagi ma’lumotlarni to’playdilar va amaliy ishlarni bajaradilar. Qog’oz haqida ma’lumot, ishlab chiqarish jarayoni, qog’ozni paydo bo’lish tarixi va qog’ozlardan namunalar to’plash.

Mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar yasash. Trofaret va shablon tayyorlash. Qog’ozlarni xar xil usulda bo’yashni mustaqil bajaradilar. Applekatsiyani kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar to’playdilar.

O’tilgan applikatsiya turlari bo’yicha mazmunli ishlarni mustaqil bajaradilar. Qog’ozlarni turli yo’nalishda buklash orqali xar xil o’yinchoqlarni yasaydilar. Ba’zi mustaqil ishlarda ijodiy va mustaqil ish bajaradilar. Teatr mavzulari uchun tanlangan ertak uchun personajlarni yasaydilar. Tabiat materiallaridan mazmunli applikatsiya bajaradilar. Somonni qayta ishlab, rangini, o’zgartirib mustaqil mazmunli ish bajaradilar. Xar xil gazlamalardan applikatsiya ishlarini bajarib, ijodiy mavzuda kashta tikadilar va katta xajmdagi yumshoq o’yinchoq tikadilar. Spitsa va ilmoq bilan to’qilgan iplardan applikatsiya bajaradilar. Milliy burchak jixozlarini o’z qo’llari bilan loydan yasaydilar. Mehnat burchagi uchun kerakli jixozlarni rangli sur’atlarni to’playdilar.

Mustaqil ta'lim o'quvchilarninh nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari xolatdan mustaqil bilim ko'nikmalarini egallashlari uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar davomida o'quvchilar darsdan olingan bilimlarni mutahkamlash, qo'shimcha adabiyot, ro'znoma, internet saytlaridan, jurnallardan yangiliklarni o'rganish o'quv materiali mazmunini tushunish uchun ularni reja asosida o'qish, mantiqiy tuzilmaviy sxemalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, konspekti yozish kabi amaliy ishlarga o'rgatiladi.

O'qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy qo'llanma va tavsiyalar, AKTning boy zahirasi o'quvchilr mustaqil ta'limini tashkil etishga yordam beradi.

Kurs ishi loyihasi bo'yicha uslubiy yondashuv. Kurs ishi mavzulari ta'lim sohasidagi dolzab masalalar bo'yicha tanlanib u fan uyushma yig'ilishlarida ko'rib chiqilib tasdiqlanadi. Kurs ishi mazmuni MTMlardagi ilg'or ish tajribalari o'rganish asosida yoziladi. Kurs ishi loyihasi yozishda o'quvchilar internet tarmoqlaridan, qo'shimcha adabiyotlardan foydalanib, amaliyot tajribalarga tayanib, ilmiy izlanib yozishlari lozim.

Seminar mashg`ulotlarga ko’rsatma.

MTMda o`takaziladigan mashg`ulot jarayonlarini to`g`ri tashkil qilish uchun kollejda olingan nazariy bilimlarni guruhlarda amaliy mashg`ulotlar, qo`g`irchoq teatrlari va ularni tashkil etish maqsadida mustaqil ravishda teatr turlarini qo`yib berishga taklif qilish, o`quvchini o`z ustida ishlashga chaqirish.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Umumiy o`rta ta'limning Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi №7. Sharq nashriyoti. Toshkent.

  2. O’zbekiston Respublikasining Xalq ta'lim vazirligi .«Bolajon tayanch dasturi» toshkent-2010

  3. V.P. Kuznetsov. ya.A.Rojnev. «Metodika trudovogo obucheniya s praktikumum v uchebnox masterskix» Moskva. Qo’llanma– 1981

  4. M.A. Gusakova. “Apllekatsiya” M.Prosvesheniy. Qo’llanma-1987

  5. L.V.Kutsakova.“Konstruirovanie i ruchnoy trud v detskom sadu”.

  6. M. Prosvesheniy O’quv qo’llanma-1990.

  7. Yu.G.Karamenko. “Kukolnoy teatr-doshkol`nikam” M.Prosvesheniy O’quv qo’llanma-1982.

  8. M.V. Maksimova. “To’qishni o’rganamiz” T.:-«Mehnat» -1988

  9. S. Karimova. “Mohir qo’llar”. T.:-«O’qituvchi» -1988

  10. V.G.Mashinostov. ”Dedakticheskiy material po trudovomu obucheniyu v 1,2,3, klass” M. Prosvesheniy Qo’llanma -1990

  11. M.M. Shmulevich. «Qog’oz va kortondan figuralar yasash» T.:-«O’qituvchi»-1994

  12. K. Sultonova. «Badiiy mehnat – 1 - sinf» T.:-«O’qituvchi» -1992

  13. O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi. «Bolangiz maktabga tayyormi?». Toshkent.

  14. . Bolalar bog’chalari uchun dasturlar.Toshkent.

  15. "O'quv ustaxonasida amaliy mashg'ulot" Rahima Movlonova. Marhamat Satbayeva. Toshkent-"Ilm Ziyo"-2010

  16. Aziza Murodova. Gulnoza Murodova "O'yinchoqlar yasash san'ati" Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent-2008

  17. M. SH.Nurmatova, SH.T.Xasanova, D.E.Azimova "Ustaxonda amaliy mashg'ulot" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2010.

  18. Axborat resurs markasining web sayiti. STAL07.08.@.ru

  19. www.tashped.vn.uz.

  20. ARMning electron pochta manzili; a@mail.ru.

  21. Ta’lim muassasining internetga “ZIYO-net” tarmog’i orqali ulangan. Kollejning web sayiti www.Toshped.zn.uz.

  22. Kollejning electron pochtasi E-mail.toshpedkollej@mail.ru. Mavjud.


Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik