O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


VII.Kun tartibidagi sog’lom-lashtiruvchi tadbirlar



Download 7.03 Mb.
bet24/35
Sana24.01.2017
Hajmi7.03 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35

VII.Kun tartibidagi sog’lom-lashtiruvchi tadbirlar

12

8

4

4










4

37.

MTMda jismoniy sog’lomlash-tiruvchi tadbirlar,ertalabki badan tarbiya

2

2

2
















38.

Kichik va o‘rta guruhlarda ertalabki badan tarbiyani ahamiyati va o’tkazish uslubi

4

2




2










2

39.

Katta va tayyorlov guruhlarda ertalabki badan tarbiyani ahamiyati va o’tkazish uslubi

4

2




2










2

40.

MTMda jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olish

2

2

2



















Jami:

118

80

40

40










38


Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni (nazariy)

1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning asosiy tushunchalari

Jismoniy tarbiya nazariyasining predmeti, jismoniy tarbiya haqidagi asosiy tushuncha . O’sib kelayotgan avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash.

O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risi”dagi qonuni,”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,”Davlat talablari”, “Davlat ta’lim standartlari”, “Bolajon” tayanch dasturi bo’yicha jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy mohiyati.

Jismoniy tarbiyaning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy asosi. Tabiiy va jamiyat fanlari bo’yicha ilmiy tadqiqotning mohiyati.O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya uslubiyati va nazariyasini rivojlantirishda ilg’or amaliyot.



Mustaqil ish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uslubiyatiga oid barcha o’quv uslubiy qo’’llanmalar, adabiyotlarni yig’ish va ularning bibliografiya tuzish.

2. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishi (Nazariy)

O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi. Mashhur fan arboblarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari. Tarixiy merosimizning tanqidiy qarash asoslari. Jismoniy tarbiyaning zamonaviy muammolari. Respublikamizda jismoniy tarbiyani boshqarish organlari, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiya”, “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” to’g’risida bilimlarini kengaytirish.



Mustaqil ish. Jismoniy tarbiyani O’zbekistonda rivojlanishi, yetishib chiqqan sportsmenlarni hayot faoliyati, erishgan yutuqlari haqida referat yozish.Internet orqali O’zbekiston sportchilari haqida ma’lumot yig’ib kelish.

Dasturga muvofiq “Alpomish” va “Barchinoy” normativlari bilan o’quvchilarni tanishtirish, test tarqatma materiallarini tayyorlash.



3. Issiq iqlim sharoitida bolalarning jismoniy tarbiyalash va bolalar organizmini chiniqtirish (Nazariy)

Issiq iqlim sharoitida jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanishning mohiyati. Bolalarni jismoniy tarbiyalashda uning barcha yoshdagi davrlarini o’ziga xos qonuniyati. Bolalarni jismoniy tarbiyalash. Ularning har tomonlama rivojlanishi asoslari.

Maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalar organizmiga issiq o’lkaning ta’siri. Sihat-salomatlik yilida davlat tomonidan ishlab chiqarilgan dastur bilan tanishtirish.

Mustaqil ish. Chiniqtirish turlariga shirma ishlash.

4. Jismoniy tarbiyani boshqa fanlar bilan bog’liqligi (Nazariy)

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya nazariyasi anatomiya, fiziologiya, gigiyena, pedagogika, psixologiya, meditsina, tabiat, musiqa, nutq o’stirish, elementar matematika fanlari bilan aloqadorligi



  1. Jismoniy tarbiya sistemasining xususiyatlari (Nazariy)

Jismoniy tarbiya uslubiyatining g’oyaviyligi jismoniy mashg’ulotlarni davlat manfaatlariga yo’nalganligi. Mustaqil O’zbekistonni rivojlanishi va dunyo miqyosiga ko’tarilishiga o’z hissasini qo’sha oladigan kishilarni tarbiyalash

Halqchilligi: kishilar salomatligini mustahkamlash, bolalarni jismoniy rivojlanishi, kishilarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullantirish.

Ilmiyligi- davlat dasturlari, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

6. MTM va oilada bolalarni jismoniy tarbiyani maqsad va vazifalari (Nazariy)

Tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga kompleks yondoshish. Bolalar organizmini ishlash qobiliyatini oshirish va funksional takomillashtirish, chiniqtirish.

Oilada ota-onalar bilan birgalikda ish olib borishi . Dastur asosida qaddi-qomati to’g’ri shakllanishiga, yassi oyoq bo’lib o’sishini oldini olishga, asosiy harakat malakalarini rivojlanishi bo’yicha jismoniy ta’lim berish, o’yinlar orqali milliy odatlarni tarbiyalash. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga o’rgatish.

Ta’lim vazifalari:Harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarini shakllantirish, gavdani to’g’ri tutish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyenik malakalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarini egallash.

Tarbiyaviy vazifalari: kundalik mashg’ulotda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va malakasini hosil qilish (muntazam ravishda shug’ullantirishga odatlantirish).

Mustaqil ish:Jismoniy tarbiyani ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtiruvchi vazifalariga referat qilish

7. MTMda “Bolajon” dasturini jismoniy tarbiya bo’limi bo’yicha tahlili (Amaliy)

Dasturning tuzilishi, har hil yoshdagi guruhlar va turli yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalashni vazifalari va maqsadi.Kun tartibida jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish tadbirlari.

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar muassasasi bilan maktabning birinchi sinf uchun tuzilgan dasturning o’zaro izchilligi.

Mustaqil ish:”Bolajon” dasturi bo’yicha har bir guruh uchun jismoniy tarbiya bo’limini tahlil qilish.

8.Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi (Nazariy)

Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda harakatlantiruvchi faoliyatning optimal shartlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari va umumiy harakteristikaning nisbati. Jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishda vositalardan keng ko’lamda foydalanish.Jismoniy tarbiyalash maqsadida tabiiy (quyosh, havo, suv) kuchlaridan foydalanish.

Respublikamiz sharoitida nostandart chiniqtirish shakllarining xususiyatlari Jismoniy mashqlar – jismoniy tarbiyaning asosiy prinsipi, o’ziga hos vositasidir. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiyaning o’ziga hos vositalaridir.

Mustaqil ish:Chiniqtirish tadbirlari, gigiyenik omillarga, ta’lim prinsiplariga rasmlar va buklet tayyorlash.

9. Jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim - tarbiya asoslari va o’qitish uslublari (Nazariy)

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda ta’limning sistemalilik va izchilligi prinsipi asosida ta’limning ko’rgazmali og’zaki va amaliy metodlaridan har bir bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash va o’tkazish.

Rivojlanish, tarbiyalash o’qitish birligi. Harakatga, faollikka, onglilikka, muntazamlikka va doimiy talabni oshirishga o’rgatishga dialektik prinsiplari.

Harakat ko’nikmalari va uni egallash haqida tushuncha ularning fiziologik va psixologik mohiyati. Harakatni boshqarish saviyasining tartib xarakteristikasi. Harakat omilini boshqarishning funksional tartibini yaratish.

Harakat ko’nikmalarini shakllantirish qonuniyati: davriylik, ijobiy va salbiy o’tish erkinligi.

Mustaqil ish: Ta’lim- tarbiya asoslariga va o’qitish uslublariga referat qilish.

10.Ta’limning metod usullari (Nazariy)

Ta’limning ko’rgazmali, og’zaki va amaliy metod usullari haqida tushuncha berish. Turli yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlarga o’rgatishda har bir bosqichning bir-biriga bog’liqligi haqida tushuncha berish.



Mustaqil ish: Ta’limning metod va usullariga tablisa chizib kelish.

11. Ilk yoshdagi bolalarni MTMda va oilada jismoniy tarbiyalash (Nazariy)

Ilk yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati.

Jismoniy tarbiya vositalari va vazifalarining o’ziga xos xususiyatlari. Gigiyenik faktorlarning roli. Tabiatning tabiiy kuchidan foydalanish. Harakat rivojining yoshga bog’liq ko’rsatkichlari. Ilk bolalikda uqalash, ,,Massaj” va gimnastikaning mohiyati. Massaj turlari.

Ilk yoshli bolalarni o’ziga hos hususiyatlari, ular bilan o’tkaziladigan chiniqtirish va jismoniy mashqlar, o’yinlar bilan tanishtirish.Bir yoshli va ikki yoshgacha bo’lgan bolalar uchun jismoniy mashg’ulotlariga konspektlar tuzish.



12. Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyasi va rivojlanishi (Nazariy)

Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga hos hususiyatlari, ular bilan o’tkaziladigan chiniqtirish va jismoniy mashqlar, o’yinlar bilan tanishtirish.

Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan bolalar uchun jismoniy mashg’ulotlarga konspektlar tuzish. Ikki yoshli bolalar uchun jismoniy mashg’ulotlar, harakatli o’yinlarni o’rganish va mustaqil o’tish. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar uchun jismoniy mashg’ulotlarga konspektlar tuzish. Uch yoshli bolalar uchun jismoniy mashg’ulotlar, harakatli o’yinlarni o’rganish va mustaqil o’tish. Ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga hos hususiyatlari, ular bilan o’tkaziladigan chiniqtirish va jismoniy mashqlar, o’yinlar bilan tanishtirish.

Mustaqil ish: Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi va rivojlanishiga oid rasmlar va referat tayyorlash.

Ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyasi va rivojlanishiga oid rasmlar, o’yinlar va referat tayyorlash.



13. MTM da va oilada massaj ahamiyati va o’tkazish uslubi (Nazariy)

Massaj bo`limi o`z ichiga quyidagi mavzularni oladi: sog`lom bo`lishda turli kasallik, sog`liqni saqlash va ushlab turish, oldini olish, davolash, massajning ahamiyati, asosiy usullarini bilish.

Ilk yoshdagi guruhlarda harakatli o’yinlar va mashg’ulotlarni tahlil va kuzatish. Jismoniy jihoz va o’yin harakatlarini tahlil qilish, bolalarning mustaqil harakatlarini tahlil qilish, ilk yoshdagi bolalar guruhida o’quvchilar bilan massaj va mashqlarni mustaqil o’tkazish.

14. MTM da va oilada massaj turlari va o’tkazish uslubi (Nazariy)

Uqalash,silash, shapatilash, ishqalash, chimchilash,kabilar: Uqalash shakllari: umumiy va alohida uqalashning umumiy tavsifi. Umumiy uqalashning gavda qismlarida o’tkazish uslubiyati. Vaqtni taqsimlash: alohida usullarda, gavda turli qismlarida.



15. Turli kasalliklarda qo’llaniladigan massaj turlari (Nazariy)

Uqalash,silash, shapatilash, ishqalash, chimchilash,kabilar: Uqalash shakllari: umumiy va alohida uqalashning umumiy tavsifi. Umumiy uqalashning gavda qismlarida o’tkazish uslubiyati. Vaqtni taqsimlash: alohida usullarda, gavda qismlarida, gavdaning turli qismlarini almashlab va tartibli uqalashda.

Alohida uqalash sеanslarini o’tkazish uslubiyati. Uqalashning qo’l usuli turlarini aralashtirish printsiplari. Turli surtmalar, mazlar va krеmlarni qo’llash. Uqalash yo’llari.

16. Saflanish va qayta saflanish mashqlari o’tkazish uslubi (Nazariy)

Umumiy xarakteristika . safda turish mashqlarining turlari va ularning mohiyati. Saflanish va qayta saflanish (kolonnaga, yonga, jiftlikka shaxmat usulda). Har bir turni bajarishning texnikasi. Turli yoshdagi guruh bolalarini safda turish mashqlariga o’rgatish uslubi. O’rgatishda jismoniy yukning dozasi, bajarish sur’ati, xatolarni to’g’rilash va o’rgatish yo’llari.



17. Turli yosh guruhlarda saflanish va qayta saflanish mashqlari

o’tkazish uslubi (Amaliy)

Umumiy xarakteristika. Safda turish mashqlarining turlari va ularning mohiyati. Saflanish va qayta saflanish (kolonnaga, yonga, jiftlikka shaxmat usulda). Har bir turni bajarishning texnikasi. Turli yoshdagi guruh bolalarini safda turish mashqlariga o’rgatish uslubi. O’rgatishda jismoniy yukning dozasi, bajarish sur’ati, xatolarni to’g’rilash va o’rgatish yo’llari.



18. MTM va oilada asosiy harakat mashqlarining ahamiyati va o’rgatish uslubi

(Nazariy)

Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmini rivojlanishi va o’sishida asosiy harakatlarining mohiyati. Umumiy xarakteristika. Asosiy harakatlar turlari (yurish, yugurish, emaklab yurish, sakrash, uloqtirish, va muvozanat saqlash). Maktabgacha yoshdagi bolalarda har bir harakatni bajarish texnikasi va ularning hususiyatlari.



Mustaqil ish. Asosiy harakat mashqlarini dastur bo’yicha amaliyotga bog’lagan holda mustaqil mashqlar tuzdirish.

19. Yurish, yugurish, Sakrash mashqlarining turlari va o’rgatish uslubi

(Nazariy)

Asosiy harakat mashqlaridan yurish mashqlarning odatdagi turibo’lib, oyoq uchida, tovonda yurish, kim o’zarga yurish, colonna va qator bo’lib, tarqalib yurish, ilon izi, ho’rozsimon bo’lib yurishga o’rgatish.

Yugurishning xilma-xil turlaridan foydalanish, oyoq uchida yurish, katta qadam tashlab yurish, qorin devoir, orqa va oyoq yuzasi muskullarini chiniqtiruvchi, sonlarni baland ko’tarib yugurish, musiqa ostida va ritmik yugurish.Signal asosida bajariladigan topshiriqlar bilan yugurish, predmetlarni oralab va predmetlar bilan yugurish,fazoda mo’ljal olish, kim o’zarga yugurish, chap berib yugurish texnikasini bajarish.

Sakrash asiklik tipdagi harakat bo’lib , yugurib kelib sakrash, depsinish, parvoz etish va yerga tushish bosqichlarini to’g’ri tashkil qilish. Sakrashni takomillashtirish uchun qisqa, uzun va aylantiriladigan arg’amchilar bilan bajariladigan mashqlar, bir oyoqda navbati bilan sakrashlar, oyoqlarni to’g’ri va chalishtirilgan holda yengil sakrash, polga qator qilib qo’yilgan predmetlardan sakrab o’tish mashqlari; burilib va qo’llarni turlicha harakatlantirib bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga, yon tomonlarga siljitib sakrash mashqlarini bajarish. Irg’itish yoki uloqtirish asiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, orqa yelka osha uloqtirish, o’ng qo’l bilan yuqoridan uloqtirish, o’ng qo’l bilan yondan uloqtirish malakasini oshirish.



Mustaqil ish. Asosiy harakat mashqlaridan yurish va yugurish, sakrash mashqlarini dastur bo’yicha amaliyotga bog’lagan holda mustaqil mashqlar tuzdirish.

20. irg’itish Emaklash va muvozanatni saqlash mashqlarining turlari va o’rgatish uslubi (Nazariy)

Irg’itish yoki uloqtirish asiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, orqa yelka osha uloqtirish, o’ng qo’l bilan yuqoridan uloqtirish, o’ng qo’l bilan yondan uloqtirish malakasini oshirish.

Emaklash yoki tirmashib chiqishning quyidagi turlari; emaklab o’tish, oshib o’tish, orqadan suqilib o’tish, gorizontal va qiya tekislikda, (polda, gimnastika skameykasida) to’rt oyoqlab emaklash, gimnastika devor, Narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho’pga tirmashib chiqish texnikasini o’rgatish.

Muvozanat mashqlarini ilk yoshdan joriy etish, parallel qo’yilgan ikkita ip orasidagi cheklangan fazodan o’tish, keyinchalik murakkab mashqlar; bolalarga poldan 15-20 sm ko’tarilgan taxta ustidan, qiya qilib qo’yilgan taxtadan yurish, skameykaga qo’yilgan predmetlardan hatlab o’tish, skameyka bo’ylab muvozanat saqlab yurish malakasini o’stirish.



Mustaqil ish. Turli yosh guruhlarda o’quvchilarni asosiy harakat mashqlarini plan konspektini tuzish.

21. O’quvchilar bilan asosiy harakat mashqlarini mustaqil o’rganish va plan konspektini tuzish (Amaliy)

O’quvchilarni o’qituvchi topshirig’iga binoan, ayrim mashqlarni o’tkazish, ularni kuzatish, yutuq kamchiliklar haqida mulohazalarni yozish va tahlilda qatnashish. Turli yosh guruhlarda o’quvchilarni asosiy harakat mashqlarini plan konspektini tuzishga o’rgatish



23. MTM va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati va o’rgatish uslubi. Buyumlar bilan va buyumlarsiz o’tkaziladigan

mumrivojlantiruvchi mashqlar (Nazariy)

Umumiy xarakteristika. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayonida umumrivojlantirish mashqlarini mohiyati. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni yozilish qoidalari va nomlanishi. Umumrivojlantirish mashqlarni tanlash talabi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishda narsalardan foydalanish. Tayyorgarlik, narsalarni yig’ish, vazifa yo’llari va ularning joylashtirilishi. Tana, oyoq va qo’llarning boshlang’ich holatiga xarakteristika. Turli xil yoshdagi guruh bolalarini umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatish uslubi., Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishda to’g’ri nafas olishga o’rgatish. Musiqiy jo’rlik.

Bolalar bajaradigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning katta qismi buyumlar ; tayoqchalar, bayroqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar, langarcho’plar, sharlar; predmetlarda – gimnastika devoir, skameyka, stullar, hodada, buyumlar oldida- gimnastika devoir, devor yonida amalga oshirishni ko’zda tutish.

Mustaqil ish. MTM da turli yosh guruh bolalari bilan URMashqlarini buyumlar bilan, buyumlarsiz bajarish texnikasiga, dastlabki holatlarni to’g’ri egallashga va to’g’ri nafas olish va chiqarishga o’rgatish. Kuzatilgan harakatlarni yutuq, kamchiliklarini tushuntirib tahlil qilish. Buyumlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish.

23. Kichik va o‘rta guruh bolalari bilan URMashqlarni tanlash va o’tkazish uslubi (Amaliy)

Kichik va o‘rta guruh uchun URMashqlar tanlash va kompleks tuzish. Bu guruhlarda taqlidiy xarakterdagi mashqlar kompleksini tuzish.

Kichik va o‘rta guruh bolalarini o’quvchilar tomonidan umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish, bajarishda to’g’ri nafas olishga o’rgatish va yutuq kamchiliklarni kuzatib mulohazalar yozish.

24. Katta va tayyorlov guruh bolalari bilan URMashqlarni tanlash va o’tkazish uslubi (Amaliy)

Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun gavdani turli qismlariga mashqlar tanlash, kompleks tuzish, amaliy o’tkazish va uning takroriyligi.

Katta va tayyorlov guruh bolalarini o’quvchilar tomonidan umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish, bajarishda to’g’ri nafas olishga o’rgatish va yutuq kamchiliklarni kuzatib mulohazalar yozish.

25. MTMda va oilada harakatli o’yinlarning ahamiyati va o’tkazish uslubi.Kichik va o‘rta guruhlarda harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubi. va plan-konspektini tuzish (Nazariy)

MTMda va oilada: o’yinga bolalarni to’plash, o’yinga ishtiyoq o’yg’otish, o’ynaydiganlarni tashkillashtirish, o’yinni tushuntirish, rollarni bo’lib berish, maydonni o’lchash, bolalarni joylashtirish, jismoniy jixozlarni tarqatish, o’yinni o’tkazish, harakat boshlanishiga belgi berish, harakatni boshqarishning xususiyati, jismoniy yuk yuklamasi, jismoniy mashqlarni bajarish sur’ati, o’yinni har bir takrorlashning davomiylagi. Har hil yoshdagi guruh bolalari bilan harakatli o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazishda tarbiyachining roli. Jarohatdan ogohlantirish.

Kichik va o‘rta guruhlardan boshlab o’yin qoidalariga bo’ysinishga o’rgatish, harakatlarni aniq , to’g’ri bajarish va jamoada o’z harakati uchun mas’uliyatni his qilishga o’rgatish.

26. Kichik va o‘rta guruhlarda harakatli o’yinlarni plan-konspektini tuzish

(Amaliy)

Kichik va o‘rta guruhlarda bolalari bilan harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda tarbiyachining roli. Jarohatdan ogohlantirish. Grafik tasvir , tarbiyachining , bolalarning va narsalarning o’z o’rnida turishi. Yilning turli fasllarida harakatli o’yinlarni o’rgatish uslubining xususiyatlari . Kichik va o‘rta guruhlarda bolalarni aralash guruhlarda harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubining xususiyati. O’yin oxiri . yakunlash.



Mustaqil ish. MTM da katta va tayyorlov guruh bolalari uchun o’tkazilgan harakatli o’yinlarni o’quvchilar mustaqil bajarib ko’rsatadilar, kuzatib, tahlil qilish va plan-konspekt tuzadilar.
27. Katta va tayyorlov guruhlarida harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubi . plan - konspektini tuzish (Nazariy)

Katta va tayyorlov guruhlarda harakatli o’yinlar o’z mazmuni, qoidalari va birmuncha murakkab harakatli o’yinlar, shuningdek, jamoa musobaqalaridan iborat guruh o’yinlarini, o’yin –estafetani, sport o’yinlarini o’ynash orqali ularni chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga harakat ko’nikmalarini takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga o’rgatish uslubi.

Katta va tayyorlov guruh bolalari bilan harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda tarbiyachining roli. Jarohatdan ogohlantirish. Grafik tasvir, tarbiyachining , bolalarning va narsalarning o’z o’rnida turishi. Yilning turli fasllarida harakatli o’yinlarni o’rgatish uslubining xususiyatlari . Katta va tayyorlov guruh bolalarni aralash guruhlarda harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubining xususiyati. O’yin oxiri . yakunlash.

Mustaqil ish. MTM da katta va tayyorlov guruh bolalari uchun o’tkazilgan harakatli o’yinlarni o’quvchilar mustaqil bajarib ko’rsatadilar, kuzatib, tahlil qilish.

28. O’quvchilar o’tkazgan harakatli o’yinnlarni kuzatish va tahlil qilish (Amaliy)

O’quvchilarni o’qituvchining topshirig’iga binoan harakatli o’yinlar o’tkazishi. Ularni kuzatish, yutuq va kamchiliklarini, o’z fikri va mulohazalarini yozib borish. Harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubini tahlil qilishda qatnashish.



29. O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining kelib chiqish tarixi va ahamiyati (Nazariy)

Bolalar xalq o’yinlari va ularning pedagogik mohiyati. Milliy harakatli o’yinlarni tashkil bo’lish tarixi. Milliy harakatli o’yinlarini paydo bo’lishi. Ularning bolalar tarbiyasiga va rivojlanishiga ta’siri. Milliy harakatli o’yinlarining tarbiyaviy ahamiyati.

Milliy harakatli o’yinlarni so’zlarini yod olish va o’yinlarga kerakli atributlar, bosh kiyimlarni ustaxona amaliyoti bilan bog’langan holda ishlashga o’rgatish. O’zbek milliy xalq o’yinlarining an’ana va udumlari.

Jismoniy jihatlarni tarbiyalashda va shaxsning rivojida o’zbek o’yinlarining ta’siri. O’zbek xalq o’yinlarining mohiyatini boyitish.

O’quvchilarga o’zbek milliy harakatli o’yinlarini qadimdan, ota bobolarimizdan meros bo’lib kelgan she’riy va xalq og’zaki ijodidan namunalar keltirish.



Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik