O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7.03 Mb.
bet22/35
Sana24.01.2017
Hajmi7.03 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35

Mustaqil ish: Nota chizig’ida notalar joylashuvi va notalar cho’zimigi qog’ni musiqaviy o’yin shakliga moslab plakat shaklida yoki A3 shaklidagi qog’ozga chizib kelish.

4. Tovushqator va registr. Ilk yosh guruhlarida musiqiy – ritmik harakatlar.

Tovushqator deb nimaga aytilishi, unda tovushlarning o’rni, registr deb nimaga aytilishi, past, o‘rta, baland registrlar haqida tushuncha berish. Musiqiy-ritmik harakatlarni shakllantirish musiqa ohangiga, sanog’iga qarab bolalarni harakatlanishga o’rgatish, marsh ostida harakatlantirish.



Mustaqil ish: Past, o‘rta, baland registrlarga mos hayvon yoki qushlarning rasmlarini chizish va ularni ovozlari qaysi registrga mosligini topib kelish.

5. Musiqa ifoda vositalari. Musiqiy kalitlar haqida tushuncha. Ilk yosh guruhlarida musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

Musiqa ifoda vositalari haqida tushuntirish, musiqiy kalitlar – bass va skripka kaliti va ularning joylashuvi haqida ma’lumot berish. Misiqiy ta’limiy o’yin faoliyatida o’tilgan mavzular asosida o’yin tashkil etish. Masalan: bir o’quvchi past, keyingisi o‘rta va uchinchisi baland registdagi tovushlarni aniqlay olishi.



6. Musiqada tovushni uzaytiruvchi belgilar. Ilk yosh guruhlarida bolalar cholg’u asboblari bilan tanishtirish (Qo’ng’iroqcha va shiqildoqcha).

Musiqada tovush uzaytiruvchi belgilar: nuqta, liga, ligata va fermato haqida ma’lumot berish va ularning qayerda joylashuvi va tovusglarga qanday ta’sir etish haqida tushuncha berish. Bolalar cholg’u asbobida ijro etishda to’gri o’tirish, gavdanin to’g’ri tutish qoidasi, qo’l va barmoqlarni qanday qo’yish yoki harakatlantirish kabi dastlabki bilimlarni berish.

Mustaqil ish: bolalar cholg’u asboblarining rasmlarini chizish va shu cholg’ular nomidan kelib chiqqan bolalarga mos krasvord tuzish.

7. Musiqada dinamik belgilar. Ilk yosh guruhlarida bayram musiqiy ertaliklarini tashkil etish (Yangi yil ertaligi).

Musiqiy dinamik belgilar – piano, forte, pianosimmo, metso forte, krishendo, diminuendo kabi belgilarning yozilishi, vazifasi va ularning qayerda qo’llanilishi haqida tushuntiriladi. Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko’rishda har bir bayramning mazmun – mohiyati, qaysi faslga bo’layotgani inobatga olib senariylar tuzish, bolalar yoshiga mos misiqiy o’yinlar va ritmik harakatlanishiga qulay raqslar, ovoz pardalariga og’ir tushmaydigan qo’shiqlarni to’g’ri tanlash haqida ma’lumot berish hamda boshlangich bilim bilan qurollantirish.



Musataqil ish: Har bir o’quvchi o’z imkoniyati, tasavvur saviyasidan kelib chiqqan holda biror bir bayramning senariysini yozib kelish.

8. Musiqada alteratsiya belgilar. MTM kichik guruhlarida musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

Musiqiy alteratsiya belgilari – diyez, bem ol, bekar haqida ma’lumot berish va ularning yozuv belgilari, vazifasi haqida tushuntirish. Musiqa tinglash madaniyatiga o’rgatish.



9. Lad haqida umumiy tushuncha. Major va minor ladi. MTM kichik guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

O’quvchilarga lad haqida umumiy tushuncha berish, major va minor ladi haqida aytib, kuy ijrosi orqali ularga minor va major ladlarining ohaginin eshittirish va farqlashga o’rgatish. Qo’shiq qytishda nafas olish qoidalarini o’rgatish.



Musataqil ish: har bir o’quvchi 20 dan ortiq bolalar kuy va qoshiqlarini diskka yozdirib keladilar va sinfda qaysi kuy-qo’shiq major va qaysinisi minor ladida ekanligini aniqlaydilar.


  1. Musiqa janrlari. Xalq ijodiyoti. Bastakorlar ijodida bolalar musiqasi.

10. O’zbek xalq kuylari. Kichik guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

O’zbe xalq milliy kuylari haqida ma’lumot beriladi. Andijon polkasi, dilxiroj, norim-norim, qari navo, lazgi kabi kuylardan parchalar ijro etiladi. O’zbek xalq kuylari asosida ritmik harakatlar tashkil etiladi. Masalan: Qari navo kuyi asosida.



11. O’zbek xalq qo’shiqlarining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati. Kichik guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish. (Surnaycha va doiracha)

O’zbek xalq qo’shiqlari va ularning turlari – yalla, alla, o’lan, terma, aytishuvlar haqida ma’lumot beriladi, tarbiyaviy ahamiyati haqida ham aytiladi. Masalan: “Alla” ning bola tarbiyasidagi ahamiyati. Surnaycha va doiracha cholg’usi bilan tanishtiriladi. Ijro qoidalari, qorinni nafas bilan to’ldirish, uni to’g’ri sariflash va to’g’ri puflash qoidalari o’rgatiladi.



Mustaqil ish: Har bir o’quvchi bittadan alla va aytishuv namunalaridan topib keladi va sinfda imkoniyati darajasida ijro etib beradi.

12. Marosim va mavsum qo’shiqlari. Kichik guruhlarda bayram musiqiy ertaliklarini tashkil etish.

To’y marosim qoshiqlari – kelin salom, yor-yor, mavsumiy qo’shiqlar – bahor, yoz, kuz va qish fasllaridagi boychechak, bahor, navro’z, dehqonchilik, yig’im-terim va mehrjon bayrami qo’shiqlari haqida ma’lumot berish. Mehjon bayrami ertaligini qanday tashkil etishni rejalashtirish.



Mustaqil ish: Mehrjon bayrami haqidagi qo’shiqlarni topib kelish

13. O’zbek xalq cholg’ulari bilan tanishtirish. MTM o‘rta guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

O’zbek xalq cholg’ulari – dutor, rubob, doira, karnay, sunray, nog’oralar bilan tanishtirish, ularning tuzilshi, ohangi, ijro etish uslublari haqida ma’lumot berish.



Mustaqil ish: O’zbek xlq cholg’ulari haqida referat tayyorlash.

14. O’zbek xalq cholg’ulari orkestri. Zarbli va torli cholg’ular guruhi. MTM o‘rta guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

Orkestr qanday musiqiy jamoa ekanligi va o’zbek xalq cholg’ulari orkestri haqida ma’lumot berish. Urma zarbli va torli cholg’ular guruhi cholg’ulari bilan yaqinda tanishtirish va ularning orkestrdagi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumot berish. Bolalarni qo’shiq aytish jarayonida diksiya – talaffuzni to’gri shakllantirishga o’rgatish.



15. Dirijyorlik harakatlari. O‘rta guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va ta’limiy o’yin faoliyati.

Dirijyor kim va u qanday vazifani bajarishi, dirijyorlik harakatlari (masalan:2/4 o’lchoviga) haqida tushuntirish. Orkestr kuylari ostida musiqiy-ritmik harakatlarni tashkil etishga o’rgatish.



16. Jahon musiqasi. Opera va balet haqida tushuncha. O‘rta guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish.

Jahon musiqa san’ati umumiy tushuncha berish. Opera va balet qanday musiqa turlari ekanligi haqida ma’lumot berish va ularning mashur namunalari (Verdi “Traviata”, Bize “Karmen” operalari, Chaykovskiy “Oqqush ko’li” baletidan namunalar eshittirish.



Mustaqil ish: Jahon musiqa san’ati turlari bo’yisha referat tayyotlash.

17. Jahon kompozitorlari. V.A.Motsart P.I.Chaykovskiy. MTM katta guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

Jahon kompozitorlarining ijodi, Vena klassik maktabi haqida ma’lumot beriladi. V.A.Motsartning ijodidan va P.I.Chaykovskiy ijodidan namunalar tinglash. Musiqa tinglash jarayonida kuyning ladi,ohangi, undagi obrazlarni ajrata olish ko’nikmalarini shakllantirish.



18. O’zbek bolalar kompozitorlari. Sh.Yormatov, N.Norxo’jayev, A.Mansurov. Katta guruhlarda qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

O’zbek bolalar kompozitorlarining ijodi haqida ma’lumot berish. Sh.Yormatov ijodidan “Sog’lom avlod”, N.Norxo’jayev ijodidan “Nevaralar qo’shig’i”, A.Mansurov ijodidan “Muzqaymoq” qo’shiqlarini kuylash va ushbu kompozitorlarning ijodi bilan yaqindan tanishtirish.




  1. MTMda musiqiy mashg’ulotining shakllantirish uslublari va turlari.

19. MTM da musiqa mashg’ulotining ish rejasi. Katta guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

MTMda musiqa mashg’ulotining rejasi qanday tuziladi, haftalik, birinchi yarim yillik, ikkinchi yarim yillik rejalar va shu rejalar asosida qanday ish olib borilishi, mashg’ulot ishlanmalarini yaratish borasida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish. Musiqiy ta’limiy o’yin jarayoniga musiqiy tetrlashtirilgan yoki sahnalarini tadbiq etish.

Mustaqil ish: Har bir o’quvchi MTMda musiqa mashg’ulotinig taxminiy yillik rejasinin tuzib kelish.

20. Raqs elementalari va musiqiy ritmik harakatlarning vazifalari. Katta guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish.

Raqs harakatlari bolalarga qancha yosh paytidan o’rgatilsa ularda raqs harakatlari shunchalik nafis bo’ladi. Shuning uchun bolalarga MTM davridayoq raqsning dastlabki elemenlari qo’l, oyoq, bosh harakatlari o’rgatiladi. O’zbek raqs uslublari va maktablari (Farg’ona, Buxoro, Xorazm) haqida ma’lumot beriladi. Katta guruhlada dutor, qashqar rubobi, nay kabi bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish ko’nikmalari egallantiriladi.



21. Qo’shiq kuylash faoliyatini to’g’ri tashkil etish uslublari. MTM tayyorlov guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

Qo’shiq kuylash musiqa faoliyatlari ichida eng murakkabi hisoblanadi. Qo’shiq kuylashda bir qancha qoidalarga amal qilish zarur. O’quvchilarga to’g’ri nafas, talaffuz, ritmni bilan kuylash kabi asosiy qoidalar o’rgatiladi. Katta guruhlarda musiqa tinglash jarayonuda klassi musiqa va zamonaviy misiqani, jahon musiqasi va milliy musiqani, simfoniya va sonatani bir biridan ajrata olish ko’nikmalari shakllantirilishi lozim.



22. Musiqiy ta’limiy o’yin jarayonida musiqiy diqqat va musiqiy tafakkurni rivojlantirish. Tayyorlov guruhlarda qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

Musiqani tinglash, qo’shiq kuylash jarayonida diqqat va tafakkur katta ahamiyatga ega. O’quvchilarda diqqat va tafakkurni sahakllantirish uchun musiqiqy mashqlar jarayonini olib boorish. Turli musiqiy o’yinlar – “qo’g’irchoq uxlatish”, “bu qaysi kuy”, “bu qaysi cholg’u” kabi o’yinlarni tashkil etish.



23. Guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishni o’rgatish. Tayyorlov guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

Har bir guruh tarbiyalanuvchilari o’z yoshiga mos bo’lgan cholg’ular bilan tanishtirilishi tushuntiriladi. Har bir guruhga cholg’ulat taqsimlanadi. Cholg’ularni turlariga qarab ijro uslublari ishlab chiqish borasida ma’lumot beriladi. O’quvchilar tayyorlov guruhlarida musiqiy o’yin jarayoniga musiqiy teatrni tadbiq etish borasida ko’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi.



Mustaqil ish: Bolalar cholg’u asboblarining rasmlari tasvirlangan plakatlar tayyorlash, shu plakatlarning pastki qismiga bolalar cholg’ularining nomlari kelib chiquvchi

24. MTMda musiqaviy faoliyatni tashkil etishda tarbiyachining roli. Musiqa rahbariga qo’yiladigan talablar.

MTMda musiqiy mashg’ulotlarno tashkil etishda tarbiyachining ahamiyati juda kattadir. Tarbiyachi va misiqa rahbari musiqa ta’limi tizimidagi eng so’ngi va zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollangan bo’lishi, mohir pedagog va sezgir psixolog bo’lishi, o’z kasbini sevuchi va yangilikka intiluvchan bo’lishi kerakligi amaliy va nazariy tomonlama tushuntiriladi. Musiqa rahbariga qo’yilgan barcha talablar bilan tanishtiriladi.



Mustaqil ish: “Musiqa rahbari qanday bo’lishi karak?!” dagan mavzuda referat tayyorlash.

25. MTMda bolalar xor jamoalarini tashkil etish.

MTM tarbiyalanuvchilarining katta va tayyorlov guruhlarida ikki ovozda kuylash va xor jamoalari tashkil etish malakalari o’rgatiladi. Xor jamoalarining tuzilishi, ovozlarning bo’linishi va bolalar ovozi haqida ma’lumot beriladi. Ovoz sozlash mashqlari va vokal-xor malakalarinin qanday shakllantirish borasida amalaiy ish olib boriladi.



Mustaqil ish: Bolalar ovozlari mavzusida referat tayyorlash.

Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.

“Musiqa savodi, metodikasi va ritmika” fanidan amaliy mashg’ulotlari asosan cholg’u asboblarida ijro etish, o’zbek va jahon kompozitorlari asarlarini texnik vositalar orqali tinglash va tahlil qilish, mustaqil kuylash jarayonlari shaklida tashkil etiladi. Fan mavzulari asosidagi amaliy mashg`ulotlar o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi.



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar: Musiqa fani bo`yicha darsliklar, bolalar cholg’u asboblari, qo`shimcha adabiyotlar, internet yangiliklari,o`qitishning texnik vositalari, avdio – vizuval texnikalar

O`qitishning texnik vositalari: Fortepiano, radio, kompyuter, magnitafon, televizor.

Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarda muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O’quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat.


  • Yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • Kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • AKT manbalaridan samarali foydalanish;

  • Musiqa nazariyasi va metodikasiga taalluqli o’quv va ilmiy adabiyotlar, uslubiy tavsiyalar bilan ishlash;

  • Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;

  • Berilgan vazifaning amaliyot bilan bog’lash;

  • Ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • Topshiriqlarni bajarish ishiga tizimli va ijodiy yondashish;

Mustaqil ta’lim o’quvchilarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko’nikmalarini egallashlari uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar davomida o’quvchilar darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, qo`shimcha adabiyot, ro`znoma, jurnallardan yangiliklarni o`rganish, o`quv matеriali mazmunini tushinish uchun ularni rеja asosida o`qish, mantiqiy tuzilmaviy sxеmalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, ma’ruza yozish kabi amaliy mashg’ulotlarga o`rgatiladi.

Mustaqil ishga ko’rsatma: O’qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko’radi. O’quvchilarni mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materiallarini tanlaydi, o’quv faoliyati maqsadi, vazifasi , natijasi va uning baholash me’zonini belgilaydi. O’qituvchilar o’quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni o’z vaqtida yozib baholab, ularning eng yaxshi natijalarini metod xonaga topshiradilar.O`quvchilarning joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni fanlarini nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarning natijalarini hisobga olgan holda baholanadi. Mustaqil soatlarda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ishlaydi. O’quvchilarning umumiy musiqa tayyorgarligiga ega bo’lishlari uchun ularga nazariy bilim berishdir.Mujassamlashgan mashg’ulotlar orqali talabalarni bolalar musiqa faoliyatiga rahbarlik qilishga o’rgatishdan iborat. Mashg’ulotlarda harakatli o’yinlar, qo’shiqlar, bayram ertaklar kabi musiqali o’yinlar yordamida tashkil etish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga va mustaqil izlanishga o’rgatadi. Bunda imkoniyat boricha axborot texnologiyalari, radio tarmoqlari, kompyuterlar va boshqa o’quv texnik vositalaridan foydalanish fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar.

1. Ta’lim to’grisida”gi Qonun , ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq HMK-1997.

2. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi T.-“O’zbekiston” 2000.

3. I.A.Karimov.Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”.- T.-Ma’naviyat – 2008

4. “Bolajon” tayanch dasturi. T.,2010

5. N. Najmiddinov. “Musiqa alifbosi”. O’qituvchi. Qo’llanma-1999.

6. R. Tursunov. “Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti”. Toshkent. Qo’llanma-2002.

7. S. Mannopov. “An’anaviy qoshiq ijrochiligi uslubiyati”. Toshkent. Qo’llanma.- 2003.

8. M. Qosimova. “Bolalar bog’chasida o’zbek milliy raqslar”. Toshkent. Qo’llanma

9. “Uchunchi mingyillik bolasi”.Toshkent. Qo’llanma-2003.

10 “O’zbekiston kompozitorlari va musiqashunoslari”.Toshkent. Qo’llanma-2002.

11. D.Omonulayev. “Bolalar bog’chasida musiqa”. Toshkent. Qo’llanma-1980.

12. Internet saxifalari- “Ziyo NET”, “Uzedu. uz”, Musiqa saytlari.

13. Maktabda musiqa uslubiyoti.Uiug`bek Rahmonov 2009.

14. Qodirov.R.G. “Musiqa pedagogikasi”. T., 2011.

15. Karimova.D.A. “Musiqa metodikasida innovatsion texnalogiyalarini qo’llash”. T., 2009

16. Qodirov.R.G. “Musiqa psixologiyasi”. T., 2011.

17. N. Norxo`jaev. “Solfedjio”. O’qituvchi. Qo’llanma-2003.


Qo’shimcha adabiyotlar.

1. Ishmuhammedov.R, Abduqodirov.A, Pardayev.A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. T., 2008.

2. Ishmuhammedov.R, Abduqodirov.A, Pardayev.A. “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar”. T., 2010.

3. Rahimov.B, Mavlyanov.A “Pedagogik texnalogiyalar sxemalarda ”



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.14

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan




MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI

VA METODIKASI FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi. (16.07.2012 y. № 1 sonli)


Tuzuvchilar:

Nabiyeva Dilnoza Midxadovna



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi
















Mirsoatova Sabohat Anvarovna



Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi

























Taqrizchilar:

Usmonxo’jayev Tal’at Saidovich



Olimpiya zahiralari kolleji o’qituvchisi. pedagogika fanlar doktori. prof
















Saidbekova Dildora Nasimovna



Shayxontaxur tumani 342 MTM mudirasi













Toshkent -2012

Kirish
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlashda avvalo bolalarni tug’ilgan kunidan boshlab har tomonlama sog’lom, aqlan yetuk, va barkamol inson qilib tarbiyalash fanning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

Bu fanni o’zlashtirishda o’quvchilarga har tomonlama bilim berish bilan birga ularga O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,” Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan davlat talablari” hamda “Bolajon”tayanch dasturi, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiya”, “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bolalarni jismoniy rivojlantirish ko’rsatkichlari asosida bosqichma-bosqich bilim, malaka va ko’nikmalar berib boriladi.Fan-texnika jadal rivojlangan davrda biz pedagoglar va tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo’yilmoqda, buning uchun yosh avlodni tug’ilgan kunidan boshlab maktabgacha bo’lgan davrida ya’ni jadal rivojlanish davrida avvalo ularni salomatligini mustahkamlash, kun tartibini to’g’ri tashkil etish, jismoniy mashqlar va massajni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etish, madaniy gigiyenik omillardan o’z o’rnida foydalanish, yuzaga kelayotgan asosiy harakat mashqlarini to’g’ri bajarish texnikasini shakllantirish, umumgavda muskullarini to’g’ri rivojlantirishga, harakatli o’yinlar va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishda yangi inovatsion texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanishga o’rgatiladi.



Fanning maqsadi va vazifasi

O’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh avlodni ilk yoshdan, maktabgacha bo’lgan davrda ham jismoniy ham ruhiy jihatdan garmonik to’g’ri taraqqiy etgan inson qilib tarbiyalash haqida bilimlar beradi.

Ularga jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari, organizmlarini chiniqtirish tadbirlari, ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirish va o’tkazish haqida tushuncha berish fanning asosiy maqsadidir.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy tomondan rivojlantirishning o’ziga hos xususiyatlari: “Bolajon” tayanch dasturi va “ Sog’lom avlod dasturi” asosida maktabgacha ta’limning turli yosh guruhlarida ushbu fan bo’yicha bilim berish metod va usullarini o’rgatishdir.

O’quv mashg’ulotlari turli shakllarda ma’ruza, suxbat, baxs-munozara, semenar, amaliy mashg’ulotlar, inavasion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkazish fanning asosiy maqsadidir. Shu bilan birga fan anatomiya, fiziologiya, pedagogika, gigiyena, meditsina fanlari bilan o’zaro bog’liqdir.

O’quvchilarga doimiy ravishda oila bilan, hamda maktabgacha ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda ish olib borishga o’rgatiladi.

Bolani tug’ilgan kunidan har tamonlama yetuk va barkamol inson bo’lib etishishida jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tibor berish darsning asosiy vazifasi. Bolalar bilan badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sayr, harakatli o’yinlar, ochiq havodagi jismoniy mashqlarni tashkil etish va o’tkazish uslubiyati haqida bilim berish darsning asosiy vazifasidir.

Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

Bilimlar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, «Sog’lom avlod» dasturini va «Bolajon» tayanch dasturi asosida bilimlar berish. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha bilim berish metod va usullarini o’rgatish.O’quv mashg’ulotlarni turli shakllarda: ma’ruza, suhbat, amaliy dars, bahs-munozara, ilg’or pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan, internet tarmoqlaridan foydalanib o’tkazish.



Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik