O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


Fanning nazariy va amaliy mashg`ulotlari mazmuni



Download 7.03 Mb.
bet13/35
Sana24.01.2017
Hajmi7.03 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35


Fanning nazariy va amaliy mashg`ulotlari mazmuni

1. Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari.

(Nazariy)

Bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirishda maktabgasha ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan talablar. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturi talablari bilan tanishuv.Rivojlanishning ilk pog’onalarida matematik tushunchalarning kelib chiqishi. Matematik bilimlarning xozirgi kundagi axamiyati.



Mustaqil ish. Maktabgacha ta’lim muasassalari yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishga oid barcha o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlarni yig’ish va ularning bibliografiyasini tuzish.

2. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish bolalarni maktabning birinchi sinfida yaxshi o’qishlarining zaruriy shartlaridan biridir (Nazariy)

Bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishda matematik bilimlarning ahamiyati.Pedagogik va psixalogik adabiyotlarda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ilk matematik tushunchalarini rivojlantirish masalalar. Matematik o’yinlardan namunalar.



Mustaqil ish. Matbuotda nashrga chiqayotgan turli qiziqarli mateamtik va boshqotirma o’yinlarni yig’ish. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar uchun mantiqiy o’yin va masalalardan iborat albom tuzish.

3. Asosiy matematik tushunchalar: son, kattalik, o’lcham, geometrik shakl, tevarak atrofda mo`ljal olish,vaqtni chamalash (Amaliy)

Bolalarning matematik tushunchalarini muvafaqqiyatli o`zlashtirishda, sensor tuyg`ularini o`stirish. “Dastur ” taxlili.

Asosiy matematik tushunchalar:(Son-sonoq,kattalik,geometrik shakl,tevarak atrofda mo`ljal olish, vaqtni chamalash).
4. Maktabgacha ta’lim muasassalari yoshidagi bolalarining matematik tushunchalarini rivojlantirish ishlarini uyushtirish (Nazariy)

Bolalarning matematik bilimlarini rivojlantirishda tarbiyachining nutqi va bu matematik bilimlarni bolalar hayotining turli faoliyatlarida mustahkamlanishi.

Tarbiyachining mashg`ulot o`tishdagi ish usullari. Bolalarda ilk matematik tushunchalarhi rivojlantirish metodlari.

5. Matematika mashg’ulotlari va uni o`tishga qo’yilgan talablar (Amaliy)

Matematika mashg`uloti va uni o`tishga qo`yilgan talablar.Kicnik va o‘rta guruh bolalariga o`tiladigan matematika mahg`ulotlarini tashkil etish va uni o`tishga qo`yilgan talablarlar. Katta va tayyorlov guruh bolalariga o`tiladigan matematika mahg`ulotlarini tashkil etish va uni o`tishga qo`yilgan talablarlar.



6. Matematika mashg’ulotlariga qo’yilgan didaktik talablar (Nazariy)

Matematika mashg`ulotlari davomida didaktik qurollar, metodik usullarni almashtirib turilishi. Mashg`ulotlarda tushuntirish, namuna ko`rsatish usullarining ahamiyati. Dastur vazifalarini o`rgatishda o`yin usullaridan foydalanish.

Matematik tushunchalarni o`zlashtirishda amaliy xarakatlar va mashqlarning ahamiyati.Matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasining umumdidaktik talablari.O`rgatish ishlarini tashkil qilishda tarbiyachi amal qiladigan asosiy qoidalar.

Didaktik talablar.



7. Oila tarbiyachisining oilada tarbiyalanadigan bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirish ishini tashkil etish (Amaliy)

Oilada matematik bilimlar berish ishlarini tashkil etish. Oila tarbiyachisining oiladagi yakka(yoki bir necha) bola bilan ishlash usullari, “Bolajon” tayanch dasturi asosida har bir yoshga mos holda asosiy matematik tushuinchalar (Son-sonoq,kattalik,geometrik shakl,tevarak atrofda mo`ljal olish,vaqtni chamalash) haqida bilim berish.



8. Ilk yoshdagi guruh bolalarida matematik tushunchalarni rivojlantirish (Nazariy)

Ilk yosh guruh bolalari uchun “Bolajon” tayanch dasturida matematik bilimlarni berish bo`yicha vazifalar bilan o`quvchilarni tanishtirish. MTM-da va oilada ilk yoshdagi guruh bolalari uchun matematik mazmundagi mashg`ulotlarni tashkil etish. Ilk yosh guruh bolalarini buyumlarning “Ko`p”, “Oz”, “Bitta” tushunchalarini bilishga o`rgatish.



9. Ilk yosh guruh bolalarini buyumlarning kattaligi, shakli, tevarak atrofda mo`ljal olish va vaqtni chamalashga o`rgatish (Amaliy)

Ilk yoshdagi bolalarda buyumlar o’lchamini idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari, buyumlarning shaklini farqlay olishi, bolalarni o’z gavdasiga nisbatan yuqorida - pastda, oldinda - orqada, o’ng-chap kabi so’zlarning ma’nosini to’g’ri tushunishga va o’z nutqlarida to’g’ri ifodalashga o’rgatish. Ilk yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi dastlabki tushunchalarni rivojlantirish.



10. MTMda sensor tarbiya. M. Montessori metodi haqida tushuncha (Amaliy)

Sensor tarbiyaning maqsad va vazifalari. M. Montessori materiallari bolalarni sensor qobiliyatalarini rivojlantirishdagi o’rni. M.Montessori materiallaridan namunalar.

Mustaqil ish. “Maktabgacha ta’lim”, “Doshkolnoye vospitaniye”, “Obruch” jurnallaridan M. Montessori materiallari va bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga oid maqolalarni yig’ish va bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga oid ko’rgazmali qurollar yasash.

11. Kichik guruh yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish.

(Nazariy)

Predmetlarni aytilgan belgilariga garab tanlash va guruhlarga ajratish.

Guruhdagi ayrim predmetlarni ajratib olish va predmetlarni guruhlarga birlashtirish. Tevarak–atrofda turgan bitta va bir gancha predmetlarni topa olish. Predmetlarning ikki yig’indisini taqqoslash. “Ortiq” (“Ko’p”), “Kam”, “Teng” (“Baravar”) nisbatlarining o’rnatilishi. Turli analizatorlar yordamida idrok etiladigan to’plamlarning miqdorini solishtirish. “Bolajon” tayanch dasturining vazifalari taxlili.

12. Kattalik. Predmetlar o’lchamini taqqoslashga o’rgatish (Amaliy)

Predmetlarni o`lchamini taqqoslashga o`rgatish. Buyumlarning uzunligi, eni, balandligini ustma-ust, yonma-yon qo’yish usulidan foydalanib taqqoslashga o’rgatish, sensor tuyg’ulardan foydalanish. “Baland”, “Past”, “Bir xil”, “Keng”, “Tor”, ”Har xil” so’zlarini farqlashga o’rgatish usullari. Kichik guruhlarda mashg`ulotlardan tashqari vaqtlarda tashkil etiladigan didaktik o`yinlar. Buyumlarning o’lchami bilan tanishtirishda “Bolajon” tayanch dasturning vazifalari.



13. Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Amaliy)

Kichik guruh bolalarini geometrik shakl haqidagi bilimlarini rivojlantirishda ishni o`yindan boshlash.Buyumlarning shaklini tekshirib ko’rish, idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Buyumlarning atrofida barmoq yurgizib ularning shaklini aniqlashga o’rgatish. Doira, kvadrat va uchburchak kabi geometrik shakllarning nomlarini to’g’ri aytishga, ularni shakliga ko’ra farqlash va guruhlarga ajratishga o’rgatish. “Bolajon” tayanch dasturi vazifalari taxlili.



Mustaqil ish . Geometrik shakllardan doira va kvadratni farqlay olishga oid o’yin va mashg’ulot namunasini tuzishni mashq qilish. Namoish qiluvchi va tarqatma materiallar yasash.

14. Kichik guruh yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olishga o`rgatish.

(Nazariy)

Kichik guruh bolalarini o’ziga nisbatan mo’ljal olishga, buyumlarga nisbatan qarama-qarshi tomonlarni ajratishga o`rgatish.Mashg’ulotlarda kichkintoylarni pastda-yuqorida, oldinda-orqada, chapda-o’ngda kabi juft qarama qarshi yo’nalishlarni farqlash ko`nikmalarini o`stirish.“Bolajon” tayanch dasturi tahlili.Mashg`ulotlardan namumalar.



15. Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqt haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Amaliy)

Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o’tkazish. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning kun qismlarini bir-biridan farqlashni idrok qila bilishining o’ziga xos xususiyatlari. Kun qismlarini farqlashda bolalarning kun davomidagi faoliyatining ahamiyati.

“Bolajon” tayanch dasturi taxlili. Mashg`ulotlar namunasi.

Mustaqil ish. Dastur vazifasi jamlangan o’yinlar, didaktik mashg’ulotlarni mustaqil tayyorlashga o’rgatish.

16. 5 yoshga qadam qo’ygan bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish.

(Nazariy)

Yangi mavzuni o`tishdan oldin o’tilganlarni takrorlash. Mashg’ulotlarda ishni tashkil etish.O’qitishning metod va usullari.O’quv faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish. Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) predmetlarni va predmetlar yig’indisi (ko’p)ni mustaqil topa olish ko’nikmasi mustahkamlash.

5 gacha sanashni o’rgatish. Sonlarning miqdori predmetlarning fazoviy belgilariga bog’liq emasligini ko’rsatish. Bolalar faoliyatining har xil turlarida sanoqning qo’llanilishi. Predmetlarni sanab ajratish usullarini o’rgatish Turli analizatorlar yordamida idrok etiladigan to’plamlarni sanash. O‘rta guruh dasturi vazifalari tahlili.Ko’plik haqida tushunchalarni taraqqiy ettirish usullari. Mashg`ulotlardan namunalar.

Mustaqil ish. O‘rta guruh yoshidagi bolalarni sanashga o’rgatish dastur vazifalari. Amaliyotda o‘rta guruh bolalarini son-sanoqqa o’rgatishda foydalanayotgan tarbiyachining metod va usullarini o’rganish va konspektlashtirish.

17. O‘rta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Amaliy)

Predmetlarning o'lchamlarini taqqoslashga o'rgatish, 3-5ta predmetning o'lchami o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga o'rgatish. Bolalarning ko'z bilan chamalash qobiliyatini o'stirish. O'tra guruh bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarni shakllantirish dastur vazifasini aniqlashtirish.

Kattalik bo'yicha tizilgan mashg'ulot namunasini ko'rgazmalar asosida uyushtirib ko'rsatish, namunaviy mashg'ulot konspektini analiz savollari yordamida taxlil qilish.

18. O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Geometrik figuralarni bir-biridan farq qilishi va ularning bazi xususiyatlari bilan tanishtirish. Predmetlarni sezish -harakat tuyg'usi bilan tekshirib chiqish bo`yicha mashg`ulot namunasi bilan tanishtirish. Predmetlarning shakllarini geometrik figuralar namunalari bilan solishtirib ko'rish. O‘rta guruhda geometrik shakl bo'yicha dastur vazifalarini aniqlashtirish. Mashg’ulotlararo aloqalarni qo'llashning ahamiyati. O'quvchilar bilan dastur vazifasini mujassam hal qilingan mashg'ulot namunasini ko'rgazma asosida tuzishlarini mashq qilish. Mashg`ulot taxlili.



Mustaqil ish. Dasturning geometrik shakl bo’limiga doir mashg’ulot ishlanmasi namunasi bilan tanishtirish. Mustaqil mashg’ulot ishlanmasini tuzish uni taxlil qilish, ko`rgazmalar yasashga o’rgatish.

19. O‘rta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish.

(Amaliy)

Bolalarni o'ziga nisbatan fazoviy joylashuvini belgillash. Ko'rsatilgan yo'nallishda harakat qilish ko'nikmalariga o'rgatish.

"Yaqinroq", "uzoqroq", "Yaqin", "uzoq" so'zlari haqida tasavvur hosil qilish, foydalanish.

Fazoda mo'ljal ola bilishni o'rgatish uchun hayotiy vaziyatlardan foydalanish.



Mustaqil ish . Fazoviy yo’nalishlarni to’g’ri aniqlashga oid kartochkalar yasash, o’yin va mashg’ulotlar namunasini tuzish.

20. O‘rta guruh yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Amaliy)

Bolalarning vaqt va vaqt munosabatlari haqidagi bilimlarining o’ziga xos xususiyatlari.Bolalarni vaqtni bilishga o’rgatishda dastur vazifalari. Kun va uning qismlarini bilish, ularning ketma-ketligi va nomini bilishga o’rgatish. Harakat tarzini ifodalovchi tez-sekin kabi so’zlarni o’rgatish. “Kun qismlari”, “Bugun”, “Ertaga”, “Kecha” kabi tushunchalar bilan tanishtirish. Kun qismlari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga oid mashg`ulot namunasi



Mustaqil ish. MTM-da va oilada bolalarining vaqt haqidagi tushunchalarini rivojlantirishga mos mazmunli rasmlar to’plamini yig’ish, o’yin va mashg’ulotlar namunasini tuzish.

21. Maktabgacha ta’lim muasassalarida matematika bo’yicha ishlarni rejalashtirish (Nazariy)

MTMda va oilada matematika bo'yicha ishlarini rejalashtirish.

Bolalarni matematika mashg'ulotlarida olgan bilimlarini kun davomidagi faoliyatlarda mustaxkamlash (1 kunlik ish rejasida ko'rsatish) “Bolajon” tayanch dastur talablari asosida mashg’ulotning davomiyligi , xaftasiga necha marta o’tilishi, xaftaning faqat o‘rta kunlari va kunning birinchi qismiga rejalashtirilishi haqida tushunsha berish.

22. Bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishda qo’llaniladigan ko’rgazmali materiallar (Nazariy)

Ko’rgazma materiallar bilan ishlash uslubi. Ko’rgazma materiallar turlari. Ko`rgazmalarga qo’yilgan talablar. Ko’rgazma materiallarini saqlash.



23. Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rgazmali qurollarning to’g’ri tanlanishining ahamiyati (Amaliy)

Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rgazma qurollarini to’g’ri tanlashning ahamiyat. Ko’rgazma materiallar bilan ishlash metodikasi.Asosiy matematik tushunchalarning har bir bo`limiga oid ko`rgazma va tarqatma materiallardan namunalar. Mustaqil ko`rgazma materiallaridan namunalar yasash.



Mustaqil ish. Yangi nashrga chiqqan matematik mazmundagi qo’llanmalardan: “Matematika 1” uchebnik dlya malishey 2002, “Matematika dlya obucheniya detey v detskom sadu i doma”, “Ensiklopediya razvitiya i obucheniya dlya doshkolnikov” 2005, “O’ynaymiz, o’ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz” 2002, “1 dan 10 gacha” Qudrat Do’stmuhammad kitoblaridan rangli illustarasiyali rasmlardan namunalar bilan tanishuv.

24. Katta guruh yoshdagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish bo’yicha ishni tashkil qilish (Nazariy)

Mashg`ulotlarda ishni tashkil etish.Miqdor va sanoq. Turli analizatorlar ishtirokida sanash. “Bolajon” tayanch dasturi taxlili. Butunni qisimlarga bo’lish. Birliklardan hosil bo’gan sonning miqdoriy tarkibi.Sonlarning tartib va miqdor ahamiyati. Qo’shni sonlarni taqqoslash.



Mustaqil ish. Katta guruhlarda son-sanoqqa oid namoish qiluvchi va tarqatma materiallar namunalarini yasash.

25. Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga o’rgatishning o’ziga xosligi.

(Amaliy)

Kattaliklarni aniqlashda predmetlarni taqqoslashni mashq qilish. Uzinligi va enini farqlashga o’rgatish. Bolalarni kattaliklar haqidagi tushunchalarini mustahkamlshda o`yinlardan foydalanish. “Bolajon” tayanch dasturi vazifalari taxlili.



26. Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi tushunchalarni rivojlantirish. Qurshab turgan tevarak-atrofdagi buyumlardan doira , uchburchak , kvadrat , shaklini topishni topa olishga o`rgatish Hajmli geometrik jismlar (konus,trapesiya) bilan tanishuv. Geometrik shakllardan turli figura siluetlar hosil qilishga oid o`yin namunalari (Tangram)

Katta guruh bolalarini har xil mashqlar orqali geometrik shakllar haqidagi bilimlarini rivojlantirish. Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg’ulotlarida mustahkamlash. Katta guruh bolalarini geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirishda “Bolajon” tayanch dasturi vazifalari. Katta guruh bolalarini geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirishga oid o`yin va mashg`ulot namunalari.

Mustaqil ish. Katta guruh yoshidagi bolalar bilan mashg`ulot o`tishda foydalaniladigan namoish qiluvchi va tarqatma materiallar namunalarini yasash.

27. Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish (Amaliy)

Aytilgan yo'nalishda xarakat qilish ko'nikmasini rivojlantirish. Predmetlar orasidagi fazoviy nisbatlarni aniqlash. Oraliq yo`nalishlarini bilishga o`rgatish Dastur tahlili



28. Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Vaqt haqidagi bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi tushunchalarni berilishi. Vaqt bilan tanishtirish dastur vazifalari.„Hafta kunlari bilan tanishuv“ mashg`ulot namunasini mustaqil tuzishni mashq qilish va tahlil qilish.

Katta guruh bolalarini vaqt haqidagi bilimlarini rivojlantirish.Vaqt o’lchovining kelib chiqishi tarixi haqida. Katta guruhda taqvim bilan ishlash uslubi. “Kalendar bilan tanishuv“ mujassam mashg`ulot namunasini uyushtirib ko`rsatish

Mustaqil ish. Dastur vazifasini jamlangan o’yinlar, didaktik mashg’ulotlarni mustaqil tayyorlashga o’rgatish, katta guruhda matematika mashg’ulotlarida bilimlarni mustahkamlash uchun didaktik o’yinlar va qiziqarli mashqlar tanlash.

29. Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining matematik tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Son va sanoq.Bolalarni 20 gacha to`g`ri va teskari sanashga o’rgatish. “Tengdan”, “baravaridan”, “ko`p”, “kam” tushunchalarini o`zlashtirish, shuningdek sanoq malakalarini rivojlantirish.Butun buyumni qismlarga bo`lish. Yonma-yon turgan sonlarni taqqoslash.Ilk iqtisodiy tushunchalar, pul qiymatlari haqida tushuncha berish.



30. Tayyorlov guruhi bolalarini raqamlar bilan tanishtirish (Amaliy)

Tayyorlov guruhi bolalarini raqamlar bilan tanishtirish Raqamlarni ko’rinishi bilan tanishtirishda turli ertak, topishmoq va maqollardan foydalanish. Raqamlarni kartochkalar asosida ko’rsatib ular yordamida eng sodda amallarni bajarishga o’rgatish usullari.(mashg`ulotlardan namunalar)

Mustaqil ish. Bolalarni raqamlarning ko’rinishi bilan taishtirishga oid namunalar yasab kelish, she’r, ashula,sanamalar , ertaklar yig’ib kelish.

31. Arifmetik masalalar tuzish va yechish (Nazariy)

Bolalarni masalalar yechishga o`rgatish.Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari.Masala tuzilishi bilan tanishtirish.Bolalarga arifmetik amallarni ifodalashga o'rgatish.Bolalarga masalalarni tasvirlash va xisoblash usullarini o`rgatish.

Masalalarni yechishni o'rgatishda, drammalashtirish ishi usullari.Hisoblash usulini bittalab qo'shib sanash va ajratib sanashdan boshlab o`rgatish.Turli usullardan foydalanib bolalarni masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.Qiziqarli masalalardan namunalar.

Mustaqil ish. MTM yo’shidagi bolalar uchun turli variantlarda masalalar namunalarini tuzish.

32. Bolalarni o’lchashga o’rgatish (Nazariy)

MTM-da va oilada maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarini predmetlarni o’lchash va ularni o’lchashga o’rgatish haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Narsalarning bo’yi va enini shartli o’lchov birligi yordamida o’lchash va taqqoslashga o’rgatish. Narsalarni 2, 4, 8ta teng bo’lakka bo’lish usullarini ko’rsatish.Misollar asosida butunning bir qismdan kattaligini, qismning esa butundan kichikligini farqlashga o`rgatish usullari.

O`lchash usullarini ko`rsatish,o`lchashda amal qilish lozim bo`lgan qoidalar.

Kattaliklarni shartli o`lchov bilan o`lchash haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish.Guruch (yoki moshni)o`lchash, lentaning uzunligini o`lchash.Mashg`ulot namunalarini berish



33. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Maktabgacha tayyorlov guruhi, bolalarining geometrik shakllar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish bo’yicha dastur vazifalari. Ko’pburchak bilan tanishtirish. Atrofdagi narsalar orasidan o’ziga tanish bo’lgan geometrik figuralarni topish. Buyumlarning shakli haqidagi bilimlarini mustahkamlashning ish uslublari.

Buyumlarning shaklini atash, figuralarni guruhga ajratish, figuralarning bir-biriga o’xshashligi, farqini bilish, taqqoslash, o’lchash, sanash, (katak daftar varag’ida chizish, qirqish, yangi bir figuradan boshqa figurani hosil qilish). Uchburchak, to’rtburchak, to`g`rito`rtburchaklar haqidagi tushunchalarni rivojlantirish. Geometrik mazmundagi qiziqarli o’yin va mashqlar. Maxsus geometrik shakllar yig’masi yordamida namuna ko’ntur asosida yangi figurani yuzaga keltirishga o’rgatish. Maxsus geometrik shakllar yig’masiga oid “Sexrli aylana”, “Kolumbovo tuxumi” o’uinlarini yasash.

34. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal

olishga o`rgatish (Amaliy)

Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish bo’yicha dastur vazifalari. Tevarak-atrofda mo’ljal ola bilishni mashq qildirish. Aytilgan yo’nalishni tez va to’g’ri belgilashga o’rgatish. Xonada, MTM maydonchasida o’zi yashayotgan yerida mo’ljalni to’g’ri tanlashga o’rgatish. Tekislikda mo’ljal qilish malakasini mustahkamlash.



35. Tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish (Nazariy)

Qanday qilib bolaga vaqtni ko'rsatib berish mumkin? Vaqt intervali, davomiyligi, ketma-ketligi, harakat ritmi kabilarni: kun davomidagi faoliyatlarda tanishtirish.

Barcha vaqt o'lchovlari (daqiqa, soat, sutka, hafta, oy, yil vxk); etalonlari ma'lum sistemasini tashkil etishi xaqida.

Vaqtni bilishga o’rgatish. Qadimda odamlar vaqtni qanday o`lchaganliklari haqida tushuncha berish.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini eng qisqa vaqt oraliqlarini aniqlay olishga o’rgatish. Bolalarda “vaqt hisobi”ni tarbiyalash. Bolalarni kun qismi, hafta, oy, yil fasllari kabi vaqt o’lchovining ketma-ketligi va ularning sonli tavsifnomasi bilan tanishtirish. Yil kalendari haqida tushuncha.

Bolalarni soat turlari, daqiqalar oraliqlari bilan tanishtirish, vaqtni o’lchash va baholashga o’rgatish. Kun tartibidagi doimiy faoliyat bilan tanishtirish, vaqtni soat bilan belgilashga o’rgatish.

Mustaqil ish. Ajratilgan vaqtda berilgan topshiriqni bajarib ulgurish malakasini hosil qilishga o’rgatish bo’yicha mashg’ulotlardan namunalar tuzishni mashq qilish.

36. Ta’limiy didaktik o’yinlarning bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishdagi o’rni (Nazariy)

Ta’limiy-didaktik o’yinlarning bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirishdagi o`rni. Didaktik o’yinlarning hususiyatlari. Mustaqil didaktik o`yin tuzishni mashq qilish. Didaktik o’yinlarni tanlash prinsiplari. “Bolajon” tayanch dasturi talablari bilan tanishuv. Didaktik o`yin va mashg`ulotlardan namumalar.



Mustqail ish.Mustaqil ravishda didaktik o’yinlar, didaktik materiallar, mashqlar tuzish va tayyorlashga o’rgatish. Dastur vazifalarini, jamlagan holda hal qilishga doir mashg’ulotlarni o’tkazish.

37. MTM-larda bola shaxsini shakllantirishda rivojlantiruvchi

muhitning ta’siri (Amaliy)

Bola shaxsini shakllantirishda predmetli-rivojlantiruvchi muhitning ta’siri. MTM-larda predmetli- rivojlantiruvchi xudud.Guruhlarda burchaklarni tashkil qilish va jihozlash uchun zarur bo`lgan tarkibiy narsalar(didaktik o`yinlar, manipulyativ stol o`yinlari va o`yinchoqlar).MTM hududida predmetli-rivojlantiruvchi muhitni yaratish va ularda foydalaniladigan matematikaga oid materiallar. “Iqtidorli bolalar” bilan ishlash uslubi. “Bolajon” tayanch dasturiga (bilish jarayoni) kiruvchi “Qurish-yasash” bo`limi vazifalari.


38-MTM-larda “Quvnoqlar va zukkolar” matematik musobaqali o`yinlarni tashkil etish (Amaliy)

“Quvnoqlar va zukkolar” matematik musobaqali o’yinlarni tashkil etish ishini muhimligi.Musobaqali o`yinlarni tashkil etishda tarbiyachining ro`li. Musobaqalarni tashkil etishda o`yin vaziyatlaridan foygalanish.

Quvnoqlar va zukkolar matematik mazmundagi musobaqali o’yin stsenariylariylarini tuzishni mashq.

Mustaqil ish: O`quvchilarga mustaqil “Quvnoqlar va zukkolar” matematik musobaqali o’yinlarni tashkil etish bo`yicha stsenariylar tuzishni mashq qilish



Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik