O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6.48 Mb.
bet5/21
Sana22.01.2017
Hajmi6.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti darslik-majmua. – T.: 1998.

  2. Q.Muhammadiy. Odam – olam qo`shig`i. – T.: G`afur G`ulom, 1994.

  3. P.Mo`min. Oftob ham yaxshi, odob ham yaxshi. – T.: Sharq, 2005.

  4. I.Muslim. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2004.

  5. H.To`xtaboyеv. Sariq dеvni minib, Shirin qovunlar mamlakatida,

Mungli ko`zlar, Qasoskorning oltin boshi. – T.: O`qituvchi, 1998.

6. M.Jumaboyev Bolalar adabiyoti darslik-T.: O`qituvchi, 2008

7. M.Jumaboyev Bolalar adabiyoti darslik-T.: O`qituvchi, 2009

8. M.Jumaboyev Bolalar adabiyoti darslik – T.: O`qituvchi, 2011


Foydalanishga tavsiya etilgan internet tarmog’i


  1. http://ziyonet.uz/uzc/library/view/allibs/libid/100900/offset/30 Uchar gilamcha ; Uch tulki. Fil bilan xo’roz ; Tuzoq ; Tulki va chiyabo’ri; Uch so’m pul (hikoya); Uloq (hikoya)

  2. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000 Alla

  3. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset\90 Ismatulla Mamanov “Otamdan qolgan o’gitlar” ; Ҳамид Олимжон Шеърлар ; Ойбек Шеърлар

  4. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset/120 Ғофур Ғулом Шеърлар; Тоҳир Малик “Алвидо …Болалик

  5. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset/150 Хudoyberdi TO’XTABOYEV “hassa”

  6. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset/180 Xurshid Davron “Bibixonim qissasi”

  7. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset/330 Dangasa ayiqcha. Bolalar uchun audio hikoya; Ayyor tulki, Bolalalr uchun audio hikoya.

  8. http://new.ziyonet.uz/uzc/library/libid/100000/offset/270 Alisher Navoiy “Muhokamat ul- lug’atayn”

  9. http://kitob.uz/view_cat.php?cat=20 IBN SINO VA KITOBLAR (rivoyat); NON HIDI (rivoyat)

  10. http://www.ziyonet.uz/ru/library/searchby/libry/search_query/lug/submit/Излаш/libid/70000/offset/30 Bolalar adabiyoti va folklor (darslik)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.07

2012 yil 15 август





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan




ona tili va uni o`qitish metodikasi
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlis bayonnomasi bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).





Tuzuvchi:

B.Sulaymonova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.
















M.Jo`rayeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.


UQTIRISH XATI
Mazkur dastur Pedagogika kollejlarining “Boshlang`ich ta’lim” yo`nalishlaridagi guruhlar uchun tuzildi.

Ushbu dasturda ona tili va uni o`qitish metodikasi fanlarining eng asosiy bo`limlari qamrab olingan.

Tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, morfemika, morfologiya, sintaksis kabi bo`limlaridagi mavzular boshlang`ich sinfda o`qitiladigan mavzularga bog`lab berilgan.

Dasturda umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirib kelgan o`quvchilarning ona tili fanidan yuqorida ta’kidlab ko`rsatilgan bo`limlar bo`yicha egallagan bilim va ko`nikmalari amaliy tarzda yanada chuqurroq takomillashtirish ko`zda tutilgan.

Dasturda boshlang`ich ta’lim yo`nalishida KUGda mashg`ulotlarni to`g`ri tashkil etishda hamda o`quvchilarni alifbe, yozuv, o`qish va ona tili fanlari bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, mashqlarni to`g`ri bajartirish, to`laqonli o`qish ko`nikmalarini rivojlantirirsh yo`llariga e’tibor qaratildi.

Ona tili o`qitish metodikasi fanidan xat-savod o`rgatish metodikasi, o`qish va nutq o`stirish metodikasi, grammatika va imlo metodikasi, bolalarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish metodikasi bo`limlari yuzasidan eng zarur va asosiy mavzular dasturga kiritilgan.

Dasturda ona tili va uni o`qitish metodikasi fanlari bitta fan sifatida uzviy bog`liqlikda berilgan.

Tuzuvchilar: B.A.Sulaymonova
M.A.Jo`rayeva


Kirish
Mazkur dastur Pedagogika kollejlarining “Boshlang`ich ta’lim” yo`nalishidagi guruh o`quvchilariga mo`ljallangan.

Dastur ona tili va uni o`qitish metodikasi fanlarining eng asosiy bo`limlarini qamrab olgan.

Tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, orfoepiya, grafika va orfografiya, morfemika, morfologiya, sintaksis kabi bo`limlari yuzasidan o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan nazariy va amaliy mavzular kiritilgan.

Ona tili o`qitish metodikasi fanidan ham uning barcha: xat-savod o`rgatish metodikasi, o`qish va nutq o`stirish metodikasi, grammatika va imlo o`rgatish metodikasi, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish metodikasi bo`limlari bo`yicha nazariy, amaliy va seminar mashg`ulotlari uchun eng zarur va asosiy mavzular dasturda o`z ifodasini topgan.

1989-yil 21-oktabrda O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonun”i qabul qilindi. Bu qonunning qabul qilinishi ona tili fanini batamom yangicha va samarali o`qitishni taqozo etadi. Kollejni bitirgan yoshlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarida o`zbek tilidan erkin va savodli foydalana olishlari talab etiladi.

Ona tili darslarida o`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatish talab etiladi. Shuningdek, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon, savodli ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosiy maqsaddir.

Pedagogika kollejlarida o`quvchilarga tilshunoslik fanining deyarli barcha bo`limlari yuzasidan bilim beriladi. Maktabda olgan bilimlari chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.

Ma`lumki, ona tili o`qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida turadi. Bu fan kollej o`quvchilarini kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va kuni uzaytirilgan guruhlarda o`z faoliyatlarini olib borishlari uchun eng zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar bilan qurollantiradi.

Ona tili o`qitish metodikasi kursini puxta o`zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga o`quvchilarning pedagogik amaliyoti davrida va kollejni bitirganidan so`ng ish faoliyatida ko`nikma sifatida xizmat qiladi. Metodikani nazariy o`rganish va pedagogik amaliyotni o`tkazish bir – birini o`zaro boyitadi, nazariy bilim bilan amaliyotning bog`lanishini ta`minlaydi.

Kollejda o`quvchilar ona tili fanidan quyidagi:

­ tilning qurilishi va asosiy til birliklari;

­ tovush va fonema;

­ nutq tovushlari: unli va undosh tovushlar, ularning tasnifi;

­ bo`g`in va uning turlari;

­ urg`u va uning turlari;

­ alifbo;

­ orfoepiya haqida ma`lumot;

­ o`zbek grafikasi va orfografiyasi;

­ asos va qo`shimchalar;

­ so`zni tarkibiy qismlarga ajratish;

­ so`z turkumlari: ot, sifat, son, fe`l, olmosh kabi so`z turkumlarining o`ziga xos grammatik xususiyatlari haqidagi maktabda olgan bilimlarini kengaytirish va umumlashtirish;

­ sintaksis: gap, gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari;

­ gapda so`zlarning bog`lanishi: so`z birikmasi va ularning turlari;

­ gap bo`laklari: bosh va ikkinchi darajali bo`laklar;

­ gapning uyushiq bo`laklari;

­undalma haqidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur.

Ona tili o`qitish metodikasi fanidan esa, avvalombor, bu fanning mohiyati, ahamiyati, boshlang`ich siniflarda o`quvchilarga bilim berishdagi tutgan o`rnini tushuntirgan holda quyidagi bilimlarni:

- ona tili o`qitish metodikasining fani, maqsad va vazifalari;

- savod o`rgatish metodikasi;

- analiz- sintez tovush metodi va analitik – sintetik mashiqlarni o`tkaza olish;

- alifbo darslari va ularni tashkil etish;

- yozuv darslari va ularni tashkil etish;

- husnixatga o`rgatish;

- sinfda va sinfdan tashqari o`qish metodikasi: to`laqonli o`qish malakasining sifatlari;

- to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qishga o`rgatish;

- badiiy asar tahlili jarayonini o`rgatish ;

- turli janrdagi: ertak, hikoya, masal, she’r, topishmoq, tez aytish, maqollar ustida ishlash yo`llari;

- matn ustida ish turlarini bajara olish;

- o`qish darslarini tashkil eta olish;

- fonetika, grammatika, so`z yasalishini o`rgatish metodikasi;

- ona tilini o`rgatishning maqsad va vazifalari;

- tilshunoslikka oid atamalarning, grammatik tushunchalar ustida ishlash yo`llari;

- fonetik bilimlarni o`tish;

- morfemik va morfologik bilimlarni o`tish yo`llari;

- sintaktik bilimlarni o`tish;

- imloviy sezgirlikni shakllantirish yo`llari va orfografik mashq turlari;

- ona tili darslarini tashkil etish;

- o`quvchilarning og`zaki va yozma bog`lanishli nutqlarini o`stirish metodikasi;

- insho va bayon yozishga o`rgatish;

- o`quvchilar nutqida uchraydigan xatolar va ularni bartaraf qilish yo`llari;

- nutq o`stirishga oid darslarni tashkil etishni bilishlari kerak.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan

foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiya hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, talab, e`tibor kundan kunga kuchayib bormoqda.Bu esa o‘quvchilarni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari pedagogik texnologiyalarning o‘rni va roli katta.

Ona tili va uni o‘qitish metodikasi predmetida ikki yo‘nalish: ona tiliga oid bilimlarni egallash va uni o‘qitish metodikasi yotadi. Kollejga kelgan o‘quvchilar tilga oid bilimlarning barcha bo‘limlarini umumta’lim maktab dasturiga asosan egallab, o‘rganib keladilar. Shuning uchun ham ularni mustaqil izlanishga, olgan bilimlarini eslashga, xulosa chiqarishga yo‘naltirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o‘rinlidir.

Ona tiliga oid bilimlarni o‘rganishga ayrim tavsiyalar:

- o‘zlashtirilishi nisbatan qiyin, murakkab hisoblangan ba’zi grammatik mavzular o‘qituvchining ma’ruzasi bilan tushuntiriladi. Bunda u mavzuga oid turli ko‘rgazmali jadvallar, o‘qitishning texnik vositasi - kodoskop, slaydlar, multimediya va kompyuter dasturlaridan foydalanishi mumkin;

-darslarni o‘tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar namunalaridan tavsiyalar:

* “Bumerang” texnologiyasida fonetika, soz tarkibi, grammatikaga oid bilimlarni mustaqil, chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, kichik guruhlarda ishlash, mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning turli topshiriqlarni bajarishiga imkoniyat yaratadi;

* “Tarmoqlar” (“Klaster”) metodi, ayniqsa, so‘z turkumlarining grammatik belgilarini ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi;

* “Blits-o‘yin” texnologiyasidan esa amaliy mashg‘ulotlarda, ya’ni fonetik, morfologik, sintaktik tahlillarni o‘tkazishda foydalanish maqsadga muvofiq;

* “Tushunchalar tahlili” texnologiyasida esa maktabda o‘rgangan ayrim grammatik tushuncha-atamalarni tahlil qiladilar, izlanadilar;

*”3x4”, “Aqliy hujum” texnologiyalari ham o‘quvchilarni kichik guruhlarda g‘oyalarni tahlil qilib xilosa chiqara olish, ta’rif bera olishga qaratilgan. Masalan: sintaktik bilimlar: so‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari mavzulari ustida ishlaganda va boshqalar.

Ona tili o‘qitish metodikasida:

-bunda ona tiliga oid bilimlarni o‘tish metodikasi bo‘lgani uchun o‘quvchilarga mavzularni tushuntirishda multimediyali darslar qo‘l keladi. Masalan: 3-4-sinflarda so‘z tarkibi mavzusini o‘tishda undan foydalanish o‘rinli;

-“Yelpig‘ich”, “Charxpalak” texnologiyalarida ma’lum bo‘lim yuzasidan beriladigan bilimlarning mohiyatini ochishda foydalansa b‘ladi.

- “Muloqot” treningida ma’lum mavzular yuzasidan kichik guruhlarga bo`lingan o`quvchilar orasida o‘z bilimlarini himoya qiladilar, xulosa chiqaradilar;

-FSMU texnologiyasidan metodika darslarida o‘tkaziladigan seminarlarda,biror bo‘lim o‘rganib bo‘ lingandan shu texnologiyani qo`llash mumkin va boshqalar...
1-mavzu Kirish.

Tilning muhim ijtimoiy hodisa, aloqa, aralashuv, fikrlashuv quroli ekanligi.

Hozirgi o`zbek adabiy tili o`zbek milliy tilining ishlangan, sayqallangan va tartibga solingan oliy shakli ekanligi. O`zbek adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari. O`zbek adabiy tilini o`rganishning ahamiyati.

O`zbek tili kursining bo`limlari.

Ona tili o`qitish metodikasi fani, maqsadi va vazifalari, tarkibiy qismlari.
2-mavzu Fonetika. Grafika
Tilning qurilishi. Fonetika. Tovush va uning turlari, bo`g`in.

Grafikaning harf bilan tovush orasidagi munosabatlarni ifodalovchi qoidalar tartibi, ayni paytda yozuv tartibi ekanligi. O`zbek yozuvi haqida.

O`zbek alifbosining tarkibi. Tovushlar va harflar. O`zbek tilining unli va undosh shakllarini ifodalovchi harflar.

3-mavzu Savod o`rgatish metodikasi.

Savod o`rgatishning maqsad va vazifalari. Savod o`rgatish tarixidan.

Savod o`rgatishda hozirgi zamon analitik- sintetik tovush metodiga tavsifnoma. O`qitishning (savod o`rgatishning) asosi – tovush, o`qish birligi - bo`g`in, jonli nutqqa suyanish. O`quvchilarga va ularning bilim saviyasiga yakka yondashish. Savod o`rgatish davrlari: tayyorgarlik davri, alifbe harfiy davr, alifbedan keyingi davr.

Har bir davrning o`ziga xos xususiyatlari.

Alifbe harfiy davr – savod o`rgatishning asosiy davri ekanligi. Tovushlarni tanishtirish bo`yicha ish usullari. Harflarni esda qoldirish bo`yicha mashqlar.

Alifbe davrida o`qish texnikasi ustida ishlash. Savod o`rgatishning asosiy davri o`rtalarida topib o`qitishga o`rgatish. Bu davrda o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish usullari.

KUGda alifbe darslari bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etish. Yozuvga o`rgatish. Eng dastlabki yozuv darslarining vazifalari.

Harflarni yozish malakalarini egallashda bolalar duch keladigan qiyinchiliklar. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qiluvchi ish usullari. Yozuvga o`rgatishda o`quvchilarga differensial va yakkama – yakka yondashish. Yozuv mashqlarini bajartirish yo`llari. O`quvchilar ishini tekshirish.

Yozuvga o`rgatishga bo`lgan gigiyenik sharoitlar.


1 – seminar

Mavzu: KUGda o`quvchilarni bo`g`inlab va sidirg`a o`qishga o`rgatishda harf kassalari va bo`g`in kartochkalaridan foydalanish yo`llari.
4-mavzu Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda husnixat malakalarini shakllantirish
Chiroyli yozuvga o`rgatishning maqsad, vazifa va qoidalari.

Grafik yozuv malakalarini hosi qilish usullari va uni shakllantirishning ruhiy – fiziologik tomonlari.

Yozuvda husnixat malakalarini hosil qilish usullari va uni shakllantirish. Husnixat va savodxonlikning bir – biri bilan bog`liqligi.

I – IV sinf dasturi bo`yicha husnixat darslari. Chiroyli yozuv malakalarini hosil qilishdagi kamchiliklar va ularni to`g`rilash yo`llari, husnixat mashg`ulotlarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qurollar.

Kichik va bosh harflar guruhlari. Bosh va kichik harflar unsurlarini va o`zini ikki va bir chiziqli daftarlarga yozish, harfni harflarga tutashtirish.

So`z, gap, matnlarni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda yozish.


1 – amaliy mashg`ulot


  1. Umumiy o`rta ta`lim DTS (Davlat ta`lim standarti)ning “Savod o`rgatish va nutq o`stirish” va “Husnixat”ga oid qismining tuzilishini o`rganish va tahlil qilish.

  2. Savod o`rgatish uchun mo`ljallangan o`quv materiali tahlili.

  3. Dasturdan o`zib o`qitish uchun didaktik materiallar tayyorlash.

  4. Bilimlarni hisobga olib o`qitishni uyushtirish uchun mashq turlarini yig`ish.


5-mavzu Sinfda va sinfdan tashqari o`qish metodikasi
Sinfda o`qish darslarining vazifalari: bolalar adabiyoti vositasida axloqiy va estetik tomonlardan tarbiyalangan, layoqatli shaxsni yetishtirish, ularning atrof – muhit haqidagi tasavvurlarini shakllantirish, o`qish malakalarini mustahkamlash va mukammallashtirish.

I – IV sinf dasturi o`qish bo`limining mazmuni. O`qish jarayonida beriladigan bilim, ko`nikma va malakalar tartibi.

To`laqonli o`qish malakasining sifatini hosil qilish usullari.

O`quvchilar o`qishidagi xatolar oldini olish va ularni to‘g`rilash. Xatolarning sabablari va tuzatish usullari.

Badiiy asar tahlili jarayoni. Matn ustida ishlash turlari: tanlab o`qish, savolga javob berish va savol tuzishga o`rgatish, qayta hikoyalash va uning turlari, matnga reja tuzish va uni tasvirlash.

Tasvirlash turlari: matn uchun berilgan rasmlarni matn mazmuni bilan qiyoslash, grafik (chiziqlar bilan) aks ettirish, so`z bilan tasvirlash, diafilmlar ishlash.

O`quvchilarga matnni qismlarga bo`lish, unga reja tuzish ishlarini o`rgatishning izchilligi. Rasmli va mantiqiy rejalar tuzish, qismlarga ajratilgan matnga sarlavhalar topish.

Qayta hikoyalash turlari: to`liq, tanlab, qisqartirib va ijodiy.

O`qishdan uy vazifalar. Uy vazifalarning turli – tumanligi, imkoniyatrlari. Ularni tayyorlatish yo`llari.

O`qiladigan asarning turli janrda ekanligi: hikoya, masal, lirik sheʼr, ilmiy-ommabop maqola, qisqartirib olingan parchalar, ertak, dostondan parchalar, latifa, hadislar va iboralar ustida ishlash yo`llari.

KUGda turli janrlarni o`qitish yo`llari. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olish.

Sinfdan tashqari o`qish darslari. Ularni tashkil qilish va unga tayyorgarlik ko`rish usullari. Bolalar o`qishining mustaqilligi, ularning boshlang`ich maktabdagi ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi maqsadlari va vazifalari.

Hozirgi zamon kichik maktab o`quvchisi kitobxon sifatida. Mustaqil o`qishga o`rgatish jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarning kitobga qiziqishi, kitobni mustaqil o`qishi, shaxsiy kitobxonlikka qiziqishlari, mustaqil kitobxonligi – ularning shaxsiy shakllanishi va uning ruhiy-pedagogik,falsafiy darajalari, sharoiti va qonuniyatlari.

Sinfdan tashqari mashg`ulotlar va darslar. Ularga bo`lgan umumiy talablar. Sinfdan tashqari o‘qishning davr va bosqichlari.


2 – amaliy mashg‘ulot
Umumiy o`rta ta’limning DTSning “ Sinfda, sinfdan tashqari o`qish va nutq o‘stirish” bo`limini o`rganib tahlil qilish.

O`qish kitoblarini dastur talablarini amalga oshirish darajasi tomonidan tahlil qilish.


6-mavzu Fonetika. Tovush va fonema
Fonetika – nutq tovishlari, urg`u, bo`g`in kabi hodisalarni o`rganuvchi soha.

Nutq tovushlari. Fonema haqida ma’lumot. Nutq tovushlarining hosil bo`lishi. Nutq a’zolari.

Unli va undosh tovushlar. Unli va undosh tovushlarning tasnifi.

Bo`g`in va unung turlari: ochiq, yopiq, berkitilgan va berkitilmagan bo`g`inlar.

Urg‘u va uning turlari: leksik va logik urg`ular.
7-mavzu Fonetik bilimlarni o`tish
Ona tili o`rgatishning mazmuni, maqsad va vazifalari. Fonetik bilimlarning o`rni .Tovushlar va harflar. KUGda ularning xususiyatlarini tanishtirish. Shunga oid mashqlarni bajartirish yo`llari.

Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan tanishtirish yo`llari.

Bo`g`in ustida ishlash. Bo`g`inga oid mashqlarni bajartirish yo`llari.

Alifbo. Uning ahamiyati. Tutuq belgisi. Alifbo bilan tanishtirish. Tutuq belgisi va uning qo`llanishini tushuntirish.


3 – amaliy mashg`ulot


  1. Umumiy o`rta ta’limning DTSning “Fonetika, grammatika, imlo va nutq o`stirish” bo`limining “Tovush va harflar” qismini o`rganib tahlil qilish.

  2. I – IV sinf “Ona tili” darsliklarini o`rganish va qiyoslash.

  3. Ona tili o`qitish bo`yicha ilg`or ish tajribalari bilan tanishish.



8-mavzu Morfemika. So`z tarkibini o`tish
So‘z tarkibi. So`z tarkibi deganda so`zning morfemik tarkibi tushunilishi. So`zning asos va qoshimchalardan iboratligi. Morfema va uning turlari.

Boshlang`ich sinflarda so`zlarning morfologik (so‘z) tarkibini o`rganish metodi. So‘zning morfologik tarkibini o`rganish va so‘z yaslishi ustidagi ishlarning ahamiyati va vazifalari. Morfologik tarkibni o`rganish tartibi. O`zak, o`zakdosh so‘z, so‘z yasovchi, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar ustida ishlash.

Eng sodda so`z yasash tahlilini o`tkazish metodi. ( maktab darsliklari asosida).
9-mavzu Grammatika. Morfologiya.

So‘z turkumlari.

Grammatikaning ikki qismdan iboratligi: morfologiya va sintaksis ekanligi. So‘zlarni turkumlarga ajratish qoidalari.

So‘z turkumlari. Mustaqil so`z turkumlari ( ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish). Yordamchi so`z turkumlari ( ko`makchi, bog`lovchi, yuklama).

So‘z turkumlarini o`rgatishning uslubiy asoslari. Ot so`z turkumi. Uning ma’nosi va grammatik belgilari.

Otlarning ma’no jihatdan turlari: atoqli ot, turdosh ot, aniq va mavhum otlar, yakka va jamlovchi otlar .

Otlarda son, ularning grammatik tomondan ifodalanishi. Otlarda egalik qo`shimchalari, egalik ma’nosini so`zga maxsus qo`shimcha qo`shish orqali ifodalash. Egalik qo`shimchalarining nutqdagi uch shaxsga, birlik va ko`plik sonlarga ko`ra bo`linishi, otlarning unli va undosh bilan tugashiga ko`ra ikki xil qo`llanishi. Egalik qo`shimchalarini qo‘llashga doir imlo qoidalari.

Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi.

Kelishiklarning asosiy ma’nolari, kelishik nomlari, qo`shimchalari ( -ning, -ni, -ga, -da, -dan) va so‘roqlari. Kelishik qo`shimchalarining imlosi.

Otlarning yasalishi. Otlarning yozilishi.

Sifat. Uning ma`nosi va grammatik belgilari. Sifat darajalari: oddiy, qiyosiy, orttirma daraja. Sifatlarning otlashishi.

Sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlari. Sifatlarning yasalishi. Sifatlarning yozilishi.

Son. Uning ma’nosi va grammatik belgilari. Sonning ma’no jihatdan turlari: miqdor son, tartib son.

Miqdor sonning turlari: sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son. Sonlarning otlashishi.

Sonning tuzilishi jihatidan turlari:sodda son, qo`shma son, juft son. Sonlarning yozilishi.

Fe’l so`z turkumi. Uning ma’nosi va grammatik belgilari.

O`timli va o`timsiz fe’llar. Fe’l nisbatlari.Bo`lishsiz va bo`lishli fe’llar. Bo`lishsiz shaklining yasalishi. Fe’llarning tuslanishi. Tuslovchi (shaxs-son) qo`shimchalarining uch guruhga bo`linishi.

Fe’l zamonlari: o`tgan, hozirgi, kelasi zamon fe’llari.

Fe’l mayllari. Fe’lning tuzilish jihatdan turlari.

Olmosh so`z turkumi. Olmoshlarning o`ziga xos xususiyatlari. Olmoshlarning ot, sifat, son o`rnida kelishi.

Olmoshlarning ma’no jihatdan turlari.

Olmoshlarning tuzilish jihatidan turlari: sodda va qo`shma olmoshlar.

Olmoshlarning yozilishi.




Download 6.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik