O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6.48 Mb.
bet4/21
Sana22.01.2017
Hajmi6.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


Zaruriy adabiyotlar:


  1. “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”

  2. Umumiy o`rta ta’limning Davlat ta’lim standarti.

  3. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – T.: Ma’naviyat, 2008.

  4. V.M. Karimova, F.A. Akramova “Psixologiya” (ma’ruzalar matni)-T,; 2000.

  5. M.Voxidov. “Bolalar psixologiyasi”

  6. M.G. Davletshin. “Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya”

  7. Ivanov “ Umumiy psixologiya”, (qayta ishlangan nashri)- T.;2007.

  8. A.V. Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”-T.;1994.

  9. V.A Krutetskiy. “Pedagogik psixologiya asoslari”

  10. E.G`oziyev ’’Psixologiya” ”-Toshkent, 2008.

  11. E.G’oziyev “Psixologiya” (yosh davrlar psixologiyasi)-Toshkent,1994.

  12. Z.T. Nishonova’’Psixologiya tarixi.’’(ma’ruzalar matni.)-T.:2008.

  13. P.I.Ivanov “Ta’limning psixologik asoslari”-Toshkent;

  14. “Amaliy psixologiya”


Qo`shimcha adabiyotlar:


  1. Gonobolin F.N. O`qituvchi haqida qissa.

  2. G`oziyev E. Shaxs psixologiyasi va kasb tanlash.

  3. Jalilova S.X. Ijtimoiy psixologiya-T.; 2007.

  4. Mahmudov N.M. Ma’rifat manzillari – T.: Ma’naviyat, 1999.

  5. Mahmudov N.M. O`qituvchi nutq madaniyati.- Toshkent, 2007.

  6. Tolipov O`.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy

asoslari. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Fan, 2006. – 261- b.

  1. Golish L.V., Fayzullayev D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va

rejalashtirish: O`quv-uslubiy qo`llanma. Innovatsion ta’lim texnologiya

seriyasi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2011. -206 b.



  1. Mirsoliyeva M. Pedagogika kollejlarida o`quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2011. 100- b.

  2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o`qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). –Toshkent, 2008. 180- b.

  3. Давлетшин М.Г. Общaя психология Т. 2002

  4. Филатова О.Г Социальная психология С.П 2000

  5. Практическая психология. Под.ред. М.К.Тутушкиной. Санкт–Петербург., 2001.

13. Психологическая диагностика. Журнал. М.,2004. № 2

14. Рабочая книга практического психолога. М., 2003.

15. Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога 1-к. , М.,2003.

16. Гамильтон. Я.С. “Что такое психология”. “Питер”, 2002.



  1. Ананьев Б.Г. “Человек как предмет познания”. “Питер”, 2001.

  2. Дружинина В. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

19. Бурлачук Ф. Психодиагностика. “Питер”, 2002.

20. Айзенк М. Психология для начинающих. “Питер”, 2000.



Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari:

1. www. Tdpu. Uz

2. www. Pedagog. Uz

3. www. Ziyonet. Uz

4. www. Ziyonet. Ru

5. www. Edu. Uz

6. tdpu-INTRANET. Ped

7. www. Nutq. Intal. Uz

8. http://www.connect.uz.

9. http://www.uzsci.net

10. http://courier.com.ru.

11. http://www.psycholoqyҒqirҒnetҒcom

12. http://www.psychology-online.netҒsoftwвreҒdisposit...

13. http://ncdo.levshв.ruҒncdo_recr.htm

14. http://psih.shopbrowser.ruҒsbdir-4024.html

15. angel@ukr.net, http://astropsy.com.ua

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.03

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan



Anatomiya, fiziologiya va gigiyena
fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchi:

M.Matkobilova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.













Taqrizchi:

I.Qodirov



O’zbekiston Milliy Universiteti professori
















G.Nazarova



Toshkent shahar, 193-maktab direktori
















S.Abdullayeva



Toshkent shahar, 193-maktab o’qituvchisi















Kirish

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanidan dastur pedagogika kollejlarining “Boshlang’ich ta”lim” yonalishi uchun mo’ljallangan.

Boshlang’ich sinflarda ta’lim-tarbiya tashkilotchisi bolaning yosh xususiyatini, organizmi tuzilishini, uning funksional holatini bilishi kata ahamiyatga ega.

Fanda organizm tuzilishini o’rganish bilan unda ro’y beradigan fiziologik jarayonlar o’rganiladi. Kurs mazmunini o’rganish orqali quyidagilarga “Nerv tizimi va uning funksiyasi”, “Nafas olish tizimi”, “Sezgi organlari”, “Tayanch harakat tizimi”, “Qon, yurak, qon tomir tizimi”, “Ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi”ga alohida ahamiyat berilgan. Bular orqali bolalar mehnati va dam olishni to’g’ri tashkil etish o’rgatiladi.

Fanda organism tuzilishi bilan unda ro’y beradigan fiziologik jarayonlar va ular gigiyenasi berilgan. Kursning har bir bo’limidagi gigiyenik talablarni bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog’lash tavsiya etiladi.

Ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishda “Sog’lom avlod” dasturida ijtimoiy tafakkurda yetuk ma’naviy boy, jismonan sog’lom va barkamol avlodning tug’ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas`uliyat psixologiyasi shakllantirish masalalari bo’yicha aholiga yalpi bilim berish tizimini yaratish zarurligi ta’kidlanadi.


Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:


  • organlar tizimini va organlarni taniy olish, ularning tuzilishi bilan funksiyalarining
    o’zaro bog’liqligini jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatadigan
    ijobiy ta`sirini bilishi;

  • qaddi –qomat o’zgarishini, yassioyoqlik rivojlanishining sabablarini tushuntira
    olishi;

  • shaxsiy gigiyena qoidalari, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi;

  • ratsional ovqatlanish qoidalarini bilish, chekish, spirtli ichimliklar ichishi va
    narkotik moddalarni iste’mol qilishining zararini tushuntira bera olishi;

  • qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish;

  • darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish, qisqacha axborot tayyorlay olish
    malakasini egallagan bo’lishi;

  • tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini tushuna olishlari.


Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:


  • Hujayraning tuzilishi va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini;

  • To’qimalar, organlar, organlar tizmining tuzilishi va funksiyalarini, ularning nerv
    va gumoral boshqarilishini;

  • Ta’lim- tarbiya jarayonida o’quvchilarning kun tartibini to’g’ri tashkil etishni;

  • Analizatorlarning tuzilishini;

  • Odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash bilan
    aloqador bo’lgan xususiyatlarni;

  • Odam organizmida ovqat hazm qilish tizmining tuzilishi va ahamiyatini.


Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanini o`zlashtirish uchun o`quvchi umumtalim fanlaridan biologiya, zoologiya, tabiatshunoslik, odam va uning salomatligi, kimyo, geografiya, botanika kabi fanlarni chuqur o`zlashtirgan bo`lishlari kerak. Yuqorida keltirilgan fanlar anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bilan birgalikda o`zlashtiriladi.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogoik texnologiyalardan foydalanish

bo`yicha tavsiyalar
Bu yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan “Sog`lom avlod” dasturini rivojlantirish bilan birgalikda inson salomatligiga ko`proq e`tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan anatomiya, fiziologiya va gigiyena faniga bo`lgan talab kuchaymoqda.

  • Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanidan dars berishda mulyajlar, skeletlarga oid barcha ko`rgazmali texnik vositalar bo`lishi lozim.

  • Dars berishning zamonga xos texnik vositalaridan slaydlar, multimedia va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.

  • Dars jarayoni ikki tomonlamadir. Bu jarayonda pedagog va o`quvchi faol bo`lishlari kerak. O`qituvchi tomondan berilayotgan materiallardan amaliy ishda ijodiy foydalanish kerak.


Asosiy qism

Anatomiya, fiziologiya, gigiyena, uning tarixi, vazifasi, “Sog’lom avlod uchun” dasturi.
I bo`lim. Bolalar va o’smirlar о’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Hujayraning tuzilishi, uning organoidlari, irsiy kasalliklari, ularning oldini olish. To`qima va uning turlari. O’simlik davri, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tana proporsiyalarining asosiy ko’rsatkichlari.

Amaliy ish. 2 soat. To’qima va hujayraning turlari. (O’smirlik davrlari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tana proporsiyalarining asosiy ko’rsatkichlari.
II. Nerv tizimi

Nerv tizimining ahamiyati, funksiyasi, tuzilishi. Nerv hujayrasining tuzilishi. Qo’zg’aluvchanlik, qo’zg’alish sinapslari. Refleks va uning turlari. Jismoniy tarbiyaning organizmga ta’siri. Markaziy nerv tizimida tormozlanish turlari, transformatsiya, induksiya, irrodatsiya, charchash. Markaziy nerv tizimining bo`limlari, uning tuzilishi. Vegetativ nerv tizimining tuzilishi.



III. Oliy nerv tizimi
I.M.Sechenov va I.P.Pavlov oliy nerv tuzilishi haqidagi ta’limot asoschilaridir. Shartli refleksning hosil bo’lish turlari, saqlanishi, tormozlanishi. I va II signal tizimlari. Uyqu, tush ko’rish, gipnoz. Bolalarda nutqning rivojlanishi. Shartli refleksning yoshga xos xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Dam olishni to’g’ri tashkil qilish. Jismoniy mehnatning nerv tizimiga ta’siri.

Amaliy ish. 2 soat. Dam olishni to’g’ri tashkil qilish. “Sog’lom avlod uchun” dasturining vazifasi. Kun tartibi, to’garakka nom qo’yish va tuzish.
IV. Sezgi organlari
I.P.Pavlov ta`limoti. Ko’rish analizatori. Akkomodatsiya, uzoqdan ko’rish, ko`zning ko’rish o’tkirligi. Bolalar muassasalarida xona yoritilishi, o’quv qurollariga qo’yiladigan talablar. Eshitish analizatorining tuzilishi, bola eshitish analizatori. Shovqinga qarshi kurash. Hid bilish, ta’m sezish, teri analizatorlari, ularning turlari, tuzilishi.

Amaliy ish. 2 soat. Bolalar muassasalarida xona yoritilishi, o’quv qurollariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.Analizatorlarning funksiyalarini o’rganish.
V. Ichki sekretsiya bezlari

Endokrin bezlar, ularning o’sish va rivojlanishiga hamda organizmda moddalar almashinuviga ta’siri. Gipofiz va epifiz bezi, uning o’sishga ta`siri. Ayrisimon bez, uning funksiyasi. Qalqonsimon bez, uning jismoniy va aqliy rivojlanishga ta’siri. Buyrakusti bezi, uning funksiyasi, oshqozonosti bezi, ularning funksiyasi.



Qizlar jinsiy organlarining gigiyenasi. Jinsiy tarbiyaning fiziologik, gigiyenik asoslari.
VI. Tayanch skelet tizimi
Tayanch skelet tizimi, tuzilishi, funksiyasi, suyaklarning o’zaro birikishi. Qo’l, oyoq skeleti, ularning funksiyasi. Mushak ishi, charchash, qaddi-qomatga, yurganda, turganda, yugurganda qo’yiladigan gigiyenik talablar. Yassioyoqlik, bukrilikning kelib chiqishi. O`quv qurollariga va mebelga qo’yiladigan talablar, mehnatni tashkil etish. Jismoniy tarbiyaning organizmga ta’siri.

Amaliy ish. Sinf mebeli, kiyimga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Yassioyoqlik, skolioz.
VII. Ovqat hazm qilish tizimi
Ovqat hazm qilish tizimining tuzilishi, ahamiyati. Ovqat hazm qilish bezlari, ularning funksiyasi, og’iz bo’shlig’ida, me’dada va ichaklarda hazm bo’lishi, oshqozonosti bezining ovqatga ta’siri. Jigarning himoya funksiyasi. Sut tishlari va doimiy tishlar. Ovqat hazm qilishning nerv va gumoral уо`1 bilan boshqarilishi.

Amaliy ish. Ovqatlanishga qo’yiladigan gigiyenik talablarni o’rganish.
VIII. Modda va energiya almashinuvi
Organizmda modda almashinuvi va uning bosqichlari. Suv, mineral, modda almashinuvi, ularning ahamiyati, turlari. Asosiy ovqat mahsulotlari, ularning energiya qiymati. Ovqatlanish rejimi va normasi. Ovqatdan zaharlanish. Bolalar muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish. Sanitarik-gigiyenik talablar.

Amaliy ish. 2soat. Ovqatdan zaharlanish, bolalar muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish. Ovqatlanishga qo’yiladigan talablar. Ovqat ratsionini tuzish.

IX. Qon. Yurak-qon tomir tizimi
Qon. Organizm ichki muhiti. Qon tarkibi, xossalari, plazma, eritrotsit, leykosit, gemoglabin, ularning xususiyatlari. Qon tanachalari hosil bo`lishi. Immunitet, qon quyish, qon guruhlari. Qon aylanish tizimi. Yurak ishi, yurak tuzilishi va joylashishi, yurak muskullari, yurak faoliyati, sikli, uning sistolik va minutlik hajmi. Tomirlarda qonning harakati, tezligi, bosimi, tomir urishi, vena tomirlari va kapilyarlari, qon tomirlarda qonning harakati, qon ketish turlari va birinchi yordam.

Amaliy ish. 2soat. Qonning bosimini o`lchash. Qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish. Qon quyish. Qon guruhlari. Qon aylanish tizimi. Qon ketish turlari. 1-yordam. Qondagi kasalliklar.

X. Nafas olish tizimi
Nafas olishning ahamiyati. Nafas organlari tuzilishi, gigiyenasi. Nafas harakatlari, nafas olish va chiqarish jarayonlari, undagi havoning tarkibi. O`pkaning tiriklik sig’imi, nafas chuqurligi soni, nafas olishning boshqarilishi. Mikroiqlim, o’quv xonalariga qo’yiladigan talablar, isitgich asboblar va isitishga qo’yiladigan talablar. Nafas olishda, chiqarishda jismoniy mashqning ta’siri.

Amaliy ish. Mikroiqlim, sinf xonasi, maktab yer uchastkasi, binosiga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Nafas olishda, chiqarishda jismoniy mashqning ta’sirini o’rganish.

XI. Ayiruv organlari

Ayiruv organlari tuzilishi, ahamiyati. Siydik hosil bo’lishi. Siydik ajralishining nerv va gumoral boshqarilishi. Siydik tuta olmaslik, uning oldini olish choralari va tozalik gigiyenasi.



XII. Teri. Bola organizmini chiniqtirish

Terining tuzilishi, funksiyasi. Teri orqali chiniqtirish usullari va gigiyenasi. Teri qoplamining butunligi va tozaligi ahamiyati.

Teri, soch va tirnoqlar, ust-bosh, kiyim va poyabzalga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Teri. Bola organizmini chiniqtirishda jismoniy mashqlarning o’rni.

Amaliy ish. Terini chiniqtirish kiyim va poyabzalga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
XIII. Bolalar muassasalarida gigiyenik talablar
Maktab binosi, oromgoh va yer uchastkalariga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Ustaxona, o’quv kabineti va kiyimlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar.

Amaliy ish. Xonalarda rasm va ko’rgazmalarning joylashtirilishi.
XIV.Gigiyenik tarbiya va sanitariya maorifi
Bolalardagi gigiyenik ko’nikmalarni tarbiyalash. Sanitariya maorifi ishlari. Salomatlik burchagini tashkil etish va gigiyenik bilimlarni targ`ib etish. Ota-onalar va tarbiyachilar bilan olib boriladigan sanitariya ishlarini targ’ib etish.

Amaliy ish. Sog’lomlik burchagini tashkil etish va gigiyenik bilimlarni targ`ib etish.

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo”yicha amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani amaliy, seminar, laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. (O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o’qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar, laboratoriya ishlarini tashkil etishda o’quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiqdir. Har bir o’tkazilgan amaliy ish, albatta, tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar, laboratoriya ishlarini tashkil etish o’quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo’lishi kerak.



Namunaviy mavzular rejasi





Fanning bo`limlari va mavzulari


Umumiy yuklama soat



Hammasi



Darslar turi bo’yicha soatlar (Auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish



Jami

Nazariy

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Kirish

1

1

1
















2.

Hujayra va to’qimalar

5

3

1

2










2

3

Asab tizimi

7

5

5













2

4

Oliy asab tizimi

10

6

4

2










4

5

Sezgi organlari

7

5

3

2










2

6

Ichki sekretsiya bezlari

4

4

2







2







7

Tayanch harakat tizimi

7

4

3

1










3

8

Ovqat hazm qilish tizimi

6

4

3

1










2

9

Modda va energiya almashinuvi

8

5

3

2










3

10

Qon. Yurak-qon tomiri

9

6

4

2










3

11

Nafas olish tizimi

6

4

3

1










2

12

Ayiruv organlari

3

3

1







2







13

Teri organini chiniqtirish

6

4

3

1










2

14

Bolalar muassasalarida gigiyenik talablar

3

3

2

1













15

Gigiyenik tarbiya va sanitariya

3

3

2

1
















Jami:

85

60

40

16

-

4

-

25


Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar

Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo’yicha o`tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qurollari, darsliklar, qo’shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ko’rgazma qurollar: mulyajlar, odam skeleti, jadvallar kerak.



О`qitishning texnik vositalari

Radio, televizor, kodoskop, magnitofon, kompyuter, multimediya.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M.B.Antropova. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. – 1981.

  1. N.N.Monteva., K.B.Marino va. Анатомия и физиология
    детского организма. – 1986.

  1. S.S.Solixo'jayeva. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi. – Т.: 1991.

  2. K.Sodiqov. O’quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. – Т.: O’qituvchi, 1992.

  3. T.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi.-Т.: IbnSino, 1996

.

Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari




  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.pedagog.uz

  3. http://www.biologiya.dc.uz

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.06

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan




bolalar adabiyoti

fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24- iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchi:

O`.Hoshimova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi













Taqrizchi:

A.Rasulov



O`zbekiston Milliy Universiteti professori
















O.Turdiqulova



Chilonzor tumani 131-maktabning til-adabiyot o`qituvchisi


kirish
Hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri yoshlarni ma`naviy yеtuk axloqli g`oyaviy yеtuk e`tiqodli, izlanuvchan, milliy qadriyatlar va an`analarni davom ettiruvchi kitobхon va mutaхassis qilib tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun talabalarga badiiy asarning g`oyaviy-badiiy jihatdan baholay olishni, o`zbеk tilining go`zalligini his еta olishni, asarni ifodali o`qib, uni tahlil qila olishni, o`rganayotgan asarining badiiy ahamiyatini tushunishni, asar qahramonlari haqida mustaqil fikrlay olishni, qahramonlarning xatti-harakatini baholay olishni o`rgatishimiz lozim. Boshlang`ich sinflardagi o`qish darslari, kitobхonlikka o`rgatish saboqlari, sinfdan tashqari o`qitishlar bolalar adabiyoti orqali amalga oshiriladi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- bolalarga mo`ljallangan asarlarning o`ziga хos хususiyatlari, g`oyaviy-estеtik qimmati, tarbiyaviy maqsadi bilan tanishtirish va shu asarlarni mustaqil tushunib olish ko`nikmasini hosil qilish;

- bolalar uchun yaratilgan eng yaхshi asarlar haqidagi ma`lumotlarni kеngaytirish, barcha yoshdagi bolalarga mo`ljallangan asarlar ustida ishlay olish ko`nikmalarini singdirish;

- bolalar uchun yozilgan asarlarni mustaqil tahlil qilishga, uning axloqiy, estеtik tarbiya bеrishdagi o`rnini aniqlay olishga, kitoblarga annotatsiyalar yoza olish ko`nikmasiga ega bo`lish;

- asarlarni ifodali o`qish, ta`sirchan, qiziqarli qayta hikoyalay olish malakalarini oshirish;

- хalq og`zaki ijodining rang-barang janrlaridan to`g`ri va asosli foydalana olish, o`zbеkona axloqiy sifatlarini singdira olish, ravon fikrlay olish ko`nikmalarini singdirish.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- o`rganilayotgan asardagi yozuvchi yoki shoirning maqsadini, asarning bosh g`oyasi, timsollariga хos хususiyatlarini;

- asar matnini sharhlashni, qismlarga bo`lib rеja tuzishni, timsollarga tavsifnoma bеra olishni, topib o`qish, tanlab o`qish, sharhlab o`qish turlaridan foydalana olishni;

- ifodali o`qish, qayta hikoyalashni;

- o`rganilayotgan asar qaysi yoshdagi bolaga mo`ljallanganligini, qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini mustaqil aniqlay olishni;

- asardagi ba`zi ko`rinishlarga, qahramonlarga oid ko`rgazmali qurollar ishlay olishni.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`likligi,

uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma- ketligi
Bolalar adabiyoti fanini chuqur o`zlashtirish uchun adabiyot, ona tili o`qitish metodikasi, pedagogika, grafik tasvir, psixologiya kabi fanlarni egallagan bo`lishlari shart. Chunki bu fanlar mavzularni ochib berishda, qahramonlar ruhiy olamini tushunishda, o`rganilayotgan mavzuning ma`lum lavhalarini rang tasvir orqali ifodalashda yordam beradi.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunning asosiy talablaridan biri o`quvchilarni ma`naviy yuksak, aqlan barkamol, barcha bilimlardan xabardor, yetuk inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu borada so`z san`ati bo`lgan adabiyotning ta`siri kattadir. Bolalar adabiyoti o`quvchilarni hayotni to`g`ri anglashga, voqea-hodisalarga xolis yondasha olishga, dunyoqarashining shakllanishiga, so`z boyligining oshishiga ta`sir qilmay qolmaydi.

Shularni inobatga olib, davr talabi asosida zamonaviy axborot vositalari va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish kerak bo`ladi.

Bolalar adabiyoti faniga ajratilgan mavzularni o`tishda internet ma`lumotlaridan tashqari pedagogik texnologiyaning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:


  • xalq og`zaki ijodi, jahon xalq ertakchilarini o`rganishda sahnalashtirish, stol teatri, qo`g`irchoq teatri, diafilm, multfilmlardan keng foydalanish mumkin.

  • mumtoz adabiyot va o`zbek bolalar adabiyotining namoyondalari asarlarini o`rganishda munozara, bahs, charxpalak, bumerang, yelpig`ich usullaridan foydalaniladi.

  • asar qahramonlarida xos xislatlarni ochishda tarmoqlash, ikki qahramonni bir-biriga qiyoslash usullari mosdir.

  • Monologik, dialogik nutq asosida asar matni ustida ishlash o`quvchining nutq boyligini, madaniyatini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.

Zamonaviy axborot vositalaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o`quvchini izlanishga, ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga o`rgatadi.
Asosiy qism

1-mavzu. Bolalar adabiyoti umumiy adabiyotning ajralmas bir sohasi ekanligi
Uning o`ziga xos xususiyatlari, kattalar adabiyotidan farqi, yosh avlodning g`oyaviy – estetik qiyofasini shakllantirishdagi o`rni. Bolalar adabiyotining ona tili o`qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog`liqligi. Bolalar adabiyotining tur va janrlari haqida.
2-mavzu. Bolalar adabiyoti va bolalar kitobхonligi.

Xalq og`zaki ijodida kichik janrdagi asarlar
Bolalar kitobxonligida xalq og`zaki ijodining o`rni. Xalq og`zaki ijodining kichik janrlari: maqol, topishmoq, tez aytish, o`yin qo`shiqlari haqida ma`lumot.

Amaliy ish. Xalq og`zaki ijodi kichik janrlarining matni ustida ishlash yo`llari. Diksiya, temp, ritm haqida ma`lumot.
3-mavzu. O`zbek xalq ertaklari
Ertak haqida ma`lumot. Ertak va uning mavzu jihatdan turlari. Ertaklarning xalq hayoti, tarixi, bosib o`tgan hayot yo`li, urf –odatlari bilan bog`liqligi. Xalq ertaklari tuzilishining an`anaviy usullari: ertakning boshlanishi, qaytarilishi, ertakning tamomlanishi.

Ertakni ifodali o`qish yo`llari.

“Urto`qmoq” ertagi, timsollari.

“Egri va To`g`ri” ertagining matni ustida ishlash.

“Zumrad va Qimmat” ertagida kishilar hayoti, ularning tabiatga, atrofdagilarga munosabati, orzu-umidlarining ifodalanishi.

Amaliy ish. Boshlang`ich sinflarning “O`qish kitobi” ga kirgan ertaklar matni ustida ishlash, ifodali qayta hikoyalash mashqlari. Ertakdagi an`anaviy muqaddima va xotimani ifodali o`qishda o`ziga xos ohang, temp, ritmni qo`llash yo`llarini o`rgatish, ertaklarga rasm chizish, stol teatrlari yasash, niqoblar tayyorlash.
4-mavzu. Chеt el хalq ertakchilari
Chet el xalq ertakchilari haqida ma`lumot.

Sh.Perro ijodi. “Qizil qalpoqcha” ertagi. “Etik kiygan mushuk” ertagi timsollari. Ertaklarning matni ustida ishlash, qayta hikoyalash, qismlarga bo`lib ifodali o`qish mashqlari.

Aka – uka Grimmlar ijodi. “Bir xurmacha shavla”, “Tulki bilan g`ozlar” ertaklarida ko`tarilgan g`oyalar. “Qo`li gul qiz”, “Mitti odamchalar” ertagi timsollari. Ertakni sahnalashtirish, amaliyotga bog`lash, tarbiyaviy maqsadni yoritish yo`llarini o`rgatish.

X.K.Andersen ijodi. “Dyumchaxon” ertagi, timsollari. “Irkit o`rdakcha” ertagining matni ustida ishlash.

Amaliy ish. Ertaklar matni ustida ishlash, ifodali qayta hikoyalash mashqlari. Ertakdagi an`anaviy muqaddima va xotimani ifodali o`qishda o`ziga xos ohang, temp, ritmni qo`llash yo`llarini o`rgatish, ertaklarga rasm chizish, stol teatrlari yasash, niqoblar tayyorlash.
5-mavzu. X-XVII asrdagi bolalar kitobхonligi

A.Navoiy ijodidan bolalar kitobхonligida foydalanish
X – XVII asrdagi bolalar kitobxonligi haqida umumiy ma`lumot.

A.Navoiy ijodidan bolalar kitobxonligida foydalanish yo`llari. “Hayrat ul -abror” dostonidagi maqolot va hikoyatlardan bolalar tarbiyasida foydalanish yo`llari. “Sher bilan durroj”, “Hotami Toyi”, “Kabutar” hikoyatlarining matni ustida ishlash.

A.Navoiyning falsafiy – ma`rifiy qarashlari: ilm – ma`rifat, ota – ona, ustoz oldidagi burch to`g`risidagi hikmatli so`zlari ustida ishlash.

Amaliy ish. A.Navoiyning boshlang`ich sinflarning “O`qish kitobi” ga kirgan hikmatli so`zlari, hikoyatlarining matni ustida ishlash, tahlil qilish, bolalarga tushuntirish yo`llarini o`rgatish.
6-mavzu. XVII-XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan davrdagi

o`zbеk bolalar adabiyoti. Gulxaniy hayoti va ijodi
XVII – XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan o`zbek bolalar kitobxonligi haqida ma`lumot. Gulxaniy ijodidan bolalar kitobxonligida foydalanish.

Masal janri haqida ma`lumot. Masal o`qish san`ati: o`zini erkin tutish, masaldagi bir timsoldan ikkinchisiga tez o`tish va majoziy timsollar qiyofasiga kirib o`qish, urg`u, temp, ritmlarga rioya qilish mashqlari.

“Zarbulmasal” asaridagi maqollar ustida ishlash. “Maymun bilan najjor” masali.

“Tuya bilan bo`taloq”, “Toshbaqa bilan chayon” masallarining ta`lim – tarbiyaviy ahamiyati.


7-mavzu. O`zbеk bolalar adabiyotining ilk namoyondalari
O`zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichi, maqsadi, vazifasi. Bolalar adabiyotining tarbiyaviy ahamiyati.

A.Avloniy
A.Avloniy ijodi, pedagogik faoliyati, darsliklari.

“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” kitoblari. Kitoblardagi ilm – ma`rifatni targ`ib qiluvchi asarlarining tahlili, ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyati.

“Yaxshilik yerda qolmas”, “To`g`rilik”, “Yomonlik jazosi” hikoyalarida ko`tarilgan asosiy g`oyalar, timsollari.

“Aqlli bog`bon”, “Maqtanchoq g`oz”, “Ilmsizlik balosi” hikoyalarida halollik, mehnatsevarlik, ilmga da`vat, insonparvarlik g`oyalarining yoritilishi.

“Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi. Undagi tarbiya, axloq, xulq haqidagi yozuvchining falsafiy qarashlarini o`rganish.

Hamza
Hamzaning bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi, pedagogik faoliyati. “O`qish kitobi”, “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi” kabi darsliklari haqida ma`lumot.

Ma`rifiy mavzudagi asarlari: “O`qi”, “Kitob”, “Qalam” she`rlarining tahlili.

Axloqiy mavzudagi asarlari: “Hikoya”, “To`g`ri so`z bola”, “Ota nasihatining natijasi”, “Ibrat” she`rlarida ko`tarilgan g`oyalar, ularning tarbiyaviy ahamiyati.
G`afur G`ulom
G`.G`ulomning bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi. “O`ylashni o`rganamiz” she`rida topqirlik, fidoiylik, ota – ona oldidagi burchni bajarish g`oyalarining yoritilishi.

“Ahmad yomon bola emas-ku, ammo…”, “Nortojining kurak tishi” she`rlarida ozodalik, mehnatsevarlik masalalarining tasviri.

“Shum bola” asari, timsollari.

Oybek
Oybekning bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi. “Ahmadjon bog`bon” she`ri.

“Alisherning yoshligi” qissasi, timsollari. Asarda xalqimizning boy axloqiy, ma`rifiy, tarbiyaviy qarashlarining aks ettirilishi.


Uyg`un
Uyg`unning tabiat mavzusidagi she`rlarida tabiatni his qilish, asrash, uning go`zalligini tushunish, vatanparvarlik g`oyalarining yoritilishi.

“Bahor”, “Kuz qo`shiqlari”, “Yolg`onchi cho`pon” she`rlarining tahlili.


Hamid Olimjon
H.Olimjon ijodida vatanparvarlik mavzusining yoritilishi. “Vatan”, “Hulkarning she`ri”. “Bolalik”, “Samolyot” she`rlarida quvnoq bolalikning ulug`lanishi.
8-mavzu. O`zbеk bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichi
Sulton Jo`ra
S. Jo`ra – bolalar shoiri. “Mamatning kechirmishi”, “Qarzdor” she`rlarida bolalarni o`z ustida ishlashga, topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishga o`rgatish g`oyasining berilishi.

“Tinish belgilarining majlisi”, “Harflar paradi” she`rlarida bolalarni savodxonlikka, chiroyli yozishga, o`z kuchiga ishonishga chaqiriq ruhining tasviri.



Amaliy ish. Asarlarning matni ustida ishlash.

Zafar Diyor
Z.Diyor – bolalar shoiri. “Suv bilan suhbat”, “Binafsha” she`rlarida bolalarni tabiat bilan do`stlashishga, asrashga o`rgatish g`oyasining berilishi.

“To`p”, “Qanotli do`stlar”, “Kapalak” she`rlarining tahlili.

She`rlarining matni ustida ishlash.

Quddus Muhammadiy
Q.Muhammadiy – bolalar shoiri. “O`quvchilarning 20 qoidasi” she`rida maktab, jamoat joylarida bolalarning o`zini tutish qoidasi bilan tanishtirish masalasining tasviri.

“Qoravoyning shu ishi to`g`rimi?”, “Dum” she`rlarida axloqiy – ma`rifiy masalalarning yoritilishi.

“Odam - olam” qo`shig`i kitobiga kirgan she`rlarining matni ustida ishlash.

Shukur Sa`dulla
Sh.Sa`dulla – bolalar shoiri. “Anqov” she`rida chaqqonlik, ota – ona o`gitlariga quloq tutish g`oyalarining talqin etilishi.

“To`rt fasl”, “Och bo`ri, sho`r qo`zi va qirchang`i” she`rlarida sezgirlik, topqirlik, mehnatsevarlik xislatlarining singdirilishi.

Asarlarning matni ustida ishlash.
Ilyos Muslim
I.Muslim – bolalar shoiri. “Do`stlik”, “Sening sovg`ang” she`rlarining tahlili. “Oyxon va Rayhon” she`rida mehnatsevarlik g`oyasining berilishi.
Po`lat Mo`min
P.Mo`min – bolalar shoiri. “Oftob ham yaxshi, odob ham yaxshi” she`rining tahlili. “Vatanim”, “Mehribon oyijon” she`rlarida vatanparvarlik, mehr – oqibatli bo`lish g`oyalarining talqini.

She`rlarning matni ustida ishlash.


Qudrat Hikmat
Q.Hikmat – bolalar shoiri. “Buvimning deganlari”, “Uch o`rtoqning sovg`asi”, “Olmaning arzi”, “Alisher va kitob” she`rlarida jamoat mulkini asrash, tabiatni sevish, ardoqlash, axloq – odob qoidalariga rioya qilish masalalarining tasviri.
Xudoyberdi To`xtaboyev
X.To`xtaboyev ijodiy yo`li. “Sariq devni minib” asari, timsollari.

Hikoyalarining matni ustida ishlash.



9-mavzu: Latif Mahmudov
L.Mahmudov ijodiy yo`li. “Nok” hikoyasida ona zaminga muhabbat, fidoyilik, sadoqat, insoniylik g`oyalarining talqin etilishi.
Farhod Musajonov
F.Musajonovning ijodiy yo`li. “Sovg`a” hikoyasida mehr-oqibat, bag`ri kenglik, do`stlik g`oyalarining targ`ib etilishi. “Yaxshilik” hikoyasida keksalarni ulug`lash, ularga yordam, e`tibor berish xislatlarining yoritilishi. Bolalar hayotidan olingan mavzularda kichik hikoyalar tuzish.
Anvar Obidjon
A.Obidjonning ijodiy yo`li.

“Eh, mazza ekan” kitobiga kirgan she`rlarining tahlili.


Tursunboy Adashboyev
T.Adashboyevning ijodiy yo`li. She`rlarida ko`tarilgan asosiy masalalar.

Amaliy ish. Asarlarning matni ustida ishlash.
10-mavzu. Istiqlol davridagi bolalar adabiyoti (XX asr oxiri XXI asr boshi)

Hamza Imomberdiyev, Kavsar Turdiyeva va boshqalar.
Istiqlol davrida bolalar uchun ijod qilayotgan shoir va shoiralar, yozuvchi va adiblarning ijodiy faoliyati haqida umumiy sharhlov ma`ruzasi orqali asarlardagi g`oyalar ochib beriladi.

Hamza Imomberdiyev, Kavsar Turdiyevalarning asarlari matni ustida ishlash.



11-mavzu. Test sinovlari va ijodiy ishlar

Bolalar adabiyoti fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Bolalar adabiyoti fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Namunaviy mavzular rеjasi




Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama soat

Hammasi

Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti (Auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

Amaliy

Laborato-riya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

1-mavzu. Bolalar adabiyoti umumiy adabiyotning ajralmas bir sohasi ekanligi.

3


2

2













1

2-mavzu. Bolalar adabiyoti va bolalar kitobхonligi. Xalq og`zaki ijodida kichik janrdagi asarlar.

2

3-mavzu. O`zbek xalq ertaklari.

6

4

2

2










2

3

4-mavzu. Chеt el хalq ertakchilari. Sh.Pеrro ijodi., Aka-uka Grimmlar ijodi., Х.K.Andеrsеn ijodi.

6

4

2

2










2

4

5-mavzu. X-XVII asrdagi bolalar kitobхonligi. A.Navoiy ijodidan bolalar kitobхonligida foydalanish

9

6

4

2










3

5

6-mavzu. XVII-XIX asr o`rtalari-gacha bo`lgan davrdagi o`zbеk bolalar adabiyoti. Gulxaniy hayoti va ijodi.

9

6

2

2










3

6

7-mavzu. O`zbеk bolalar adabiyotining ilk nomoyondalari A.Avloniy, Hamza, G`.G`ulom, Oybеk, Uyg`un, H.Olimjon ijod yo`llari.

22

16

8

10










6

7

8-mavzu. O`zbеk bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichi S.Jo`ra, Z.Diyor, Q. Muhammadiy, Sh. Sa`dulla, I.Muslim, P.Mo`min, Q.Hikmat, H.To`xtaboyеv ijod yo`llari.

37

26

8

18










11

8

9-mavzu. L.Maxmudov, F.Musajonov, A.Obidjon, T.Adashboyev.

15

10

4

6










5

9

10-mavzu. Istiqlol davridagi bolalar adabiyoti (XX asr oxiri XXI asr boshi) Hamza Imomberdiyev, Kavsar Turdiyeva va boshqalar.

3

2

2













1

10

11-mavzu. Test sinovlari va ijodiy ishlar.

4

4




4
















Jami:

114

80

34

46

-

-

-

34



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Bolalar adabiyoti fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitofon, kompyuter, multimediya.



Download 6.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik