O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha


O`quvchilarining ko`nikmalariga qo`yiladigan asosiy talablar



Download 6.48 Mb.
bet20/21
Sana22.01.2017
Hajmi6.48 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

O`quvchilarining ko`nikmalariga qo`yiladigan asosiy talablar:
- qog`oz va karton yordamida turli applikatsiya, origami, qirqish ishlarini bajarish.

- tabiiy materiallardan sodda ko`rinishdagi dekorativ gullarni tuzish va tayyorlash;

- qaychi bilan qog`ozdan chizig`i bo`ylab turli shakllar qirqish;

- to`rtburchak shaklidagi qutichalarning chetlari va qopqog`ini turli materiallar bilan bezash;

- chizmalar asosida turli maketlar va o`yinchoqlarni yasay olish;

- kartondan, tabiiy va ikkilamchi materiallardan ishlangan o`yinchoqlarning ko`rinishini yaratish, qo`g`irchoq teatri tashkil qilish.

- chizma va berilgan o`lchovlar bo`yicha buyumlarning qismlarini tayyorlashni;

- buyumlar yasash uchun kerak bo`ladigan materiallarni tanlashni;

- karton bilan ishlashda kerak bo`ladigan asbob va moslamalardan foydalanishni;

- detallarni turli usullar bilan (bog`ich, sim, yelim, kapron va boshqalar) biriktirshni; - oddiy bichiqlar tayyorlay olishni (mustaqil ravishda olingan o`lchamlar asosida);

- buyum uchun bezakli choklarni tanlash va ularni tikishni, gazlamada applikatsiya ishlarini bajarishni;

- sim va munchoqlardan gullar va daraxtlar ko`rinishini yaratishni.


Turli materiallar bilan ishlash
Badiiy qurish - yasash jarayonida ayniqsa karton va rangli qog`ozlardan keng ko`lamda foydalaniladi. O`quvchilar turli o`lchash, belgilash, qirqish, yelimlash, biriktirish, bo`yash, bezatish va shu kabi qo`shimcha ishlarni bajarishlari kerak. Rangli qog`ozlardan qurish - yasash jarayonida o`quvchilar simmetrik shakllarni qirqish, ularni yelimlash orqali hajmdor, yarim hajmdor o`yinchoqlarni, buyumlarni tayyorlash yo`llarini o`rganadilar. “Ona yurtim” mavzusida maketlar tayyorlaydilar.

Chiqindi qog`ozlardan papye-mashe usulida turli-tuman ko`rgazmalar tayyorlaydilar.

Tabiiy materiallar bilan ishlash o`quvchilarning tasavvuri, ijodiy qobiliyatini o`stirish bilan qiziqarli o`yinchoqlar va shu kabilarni tuza olish malakasini ham rivojlantiradi.

Tabiiy materiallardan qurish - yasash jarayonida o`quvchilar turli bo`laklarni o`zaro biriktirish, ulash, qo`zg`aluvchan yoki qo`zg`almas qilib o`rnatish, qumqog`oz, egov, pichoq va shu kabilar bilan ishlov berish usullarini ham o`zlashtirib oladilar. Ayrim hollarda tabiiy materiallardan yasaladigan shakllar, o`yinchoqlarning ifodaliligi, ta’sirchanligini oshirishda tashlandiq va badiiy materiallar ham ishlatiladi.

Tashlandiq materiallardan turli - tuman o`yinchoqlarni yasaydilar. O`quvchilarning tasavvurlari, ijodiy qobiliyatlari, kerakli o`yinchoqlarning namunasini oldidan "ko`ra olish" xususiyatlari rivojlangan bo`lishligi talab etiladi. Ko`pgina tashlandiq materiallar tashqi ko`rinishdan aniq geometrik shaklga ega bo`lib, o`quvchilar ulardan qurish - yasash jarayonida samarali foydalana olishlari mumkin.

Badiiy materiallar deyilganda sirtiga oldindan ayrim tasvirlar, bezaklar va shu kabilar ishlangan hamda keyinchalik qirqib ishlatish uchun mo`ljallangan karton, rangli qog`ozlar, gulli gazlama bo`laklari, charmlar, rangli iplar, folga va shu kabilar nazarda tutiladi.

Badiiy bezash uchun, tikish-bichish ishlari uchun gazlamalardan foydalaniladi.
I. Kirish (2 soat)
1.1. Amaliyotning maqsad va vazifalari, texnika xavfsizligi qoidalari haqida ma’lumot.

II. Qog`oz va karton bilan ishlash. (68 soat)
2.2. Origami usulida ishlash. Rangli qog`ozlardan murakkab applikatsiya, mozaika, naqsh qirqish ishlari. Kartondan turli esdalik sovg`alari va qutilar yasash va bezash, papye-mashe usulida ishlash.

2.3. Kvilling usulida ishlash, tabriknoma, taklifnoma, hajmli gullar, fotosuratlar uchun ramkalar tayyorlash.

2.4. Maketlar tayyorlash, texnik modellashtirish, bo`sh gugurt qutilaridan buyumlar yasash.
III. Tabiiy materiallar bilan ishlash. (30 soat)
2.1. Tabiiy xom ashyodan kompozitsiyalar tayyorlash. Yong`oqlardan turli o`yinchoqlar tayyorlash.

2.2. Loy tayyorlash va undan milliy hunarmandchilik buyumlarini yasash va bezash. Plastilin bilan ishlash.

2.3. Tabiiy materiallardan suvenirlar va pannolar tayyorlash.
IV. Turli materiallar bilan ishlash. . (16 soat)
4. Paralon va penoplast. Plastmass buyumlar bilan ishlash
V.Sim va munchoqlar bilan ishlash. (30 soat)
5.1. Sim, munchoq va biserdan to`qish orqali gullar va daraxtlar yasash.

5.2. Mayda nozmunchoqlarni yelimlash orqali mozaika ishini bajarish.

5.3. Tanlangan mavzu asosida ijodiy ish tayyorlash, tayyor qutilarni bezash.

6.4. Biser va munchoqlardan turli hasharotlarni to`qish.


VI. Gazlama bilan ishlash. (48 soat)
6.1. Gazlamadan kompozitsiyalar, gullar, turli buyumlar uchun g`iloflar tayyorlash. Savatchani bezash, igna qadagich tikish.

6.2. Gazlamada biser tikish.

6.3. Gazlamadan bichish-tikish ishlari, kashta tikish.

6.4. Turli tesma va lentalardan bezash ishlarini bajarish.

6.5. Panno tayyorlash.

6.6. Yumshoq o`yinchoqlar tikish. Qo`g`irchoq teatri qahramonlarini tikish.


VII. Yakun mashg`ulot. (6 soat)
7.1. Tayyorlangan ishlarga ohirgi bezash ishlari.

7.2. O`quvchilar ijodiy ishlari bo`yicha ko`rgazma tayyorlash.

7.3. Yakuniy baholash ishlari.
Namunaviy mavzular rejasi






Bo`limlar va mavzular nomi

Umumiy yuklama soat

Hammasi

Soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamasi)

Jami

Nazariy

Amaliy

1

Kirish. Amaliyotning maqsad va vazifalari, texnika xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumot.

2

2

2




2

Origami usulida ishlash. Rangli qog`ozlardan applikatsiya, mozaika, naqsh qirqish ishlari.

Kartondan turli souvenir va qutilar yasash va bezash, papye-mashe usulida ishlash.

Maket yasash.Kvilling usulida ishlash


68

68




68

3

Tabiiy xom ashyodan kompozitsiyalar tayyorlash. Yong`oqlardan turli o`yinchoqlar tayyorlash.

Loy tayyorlash va undan milliy hunarmandchilik buyumlarini yasash va bezash. Plastelin bilan ishlash

Tabiiy materiallardan suvenirlar va ko`rinishlar yasash.


30

30

2

28

4

Turli materiallar bilan ishlash: Paralon va penoplast. Plastmass buyumlar bilan ishlash

16

16




16

5

Sim, munchoq va biserdan to`qish orqali gullar va daraxtlar yasash.

Mayda nozmunchoqlarni yelimlash orqali mozaika ishini bajarish.

Tanlangan mavzu asosida ijodiy ish tayyorlash, tayyor qutilarni bezash.


30

30




30

6

Gazlamadan kompozitsiyalar, gullar, turli buyumlar uchun g`iloflar tayyorlash.

Gazlamada biser tikish.

Gazlamadan bichish-tikish ishlari, kashta tikish.

Turli tesma va lentalardan bezash ishlarini bajarish.

Panno tayyorlash.


48

48




48

7

Tayyorlangan ishlarga oxirgi bezak ishlari.

Ko`rgazma tashkil qilish.

Yakuniy baholash.


6

6




6




Jami:

200

200

4

196


Eslatma: o`qituvchi mavzuning maqsadidan kelib chiqib o`quv amaliyotini o`tish usullarini o`zi tanlaydi hamda yangiliklar qo`llashi mumkin.
Baholash tizimi. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan “Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to`g`risida” gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

O`qitishning texnik vositalari
1. Jihozlar, inventarlar

2. Didaktik materiallar va texnik vositalar:

- mavzu bo`yicha o`quv disklari;

- kodoskop;

- slaydlar;

- internet materiallari, kompyuter, multimediya;

- chizmalar, andozalar.

3. O`quv ko`rgazma qurollari, mavzular bo`yicha plakatlar, tayyor namunalar.



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
O`quv amaliyoti ustaxonasida mashg`ulotlar bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, tabiiy va tashlandiq materiallar, qog`oz va karton, loy va plastilin, chizish moslamalari, qo`shimcha adabiyotlar va shu kabilar kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Umumiy o`rta ta`limning Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi.–T.: Sharq, 1999.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997.

  3. Ta`lim to`g`risidagi qonun. – T.: Sharq, 1997.

  4. X.Sanaqulov., M.Xaydarov. Boshlang`ich sinflarda qog`ozdan amaliy ishlar– T.: 1996.

  5. R.A.Mavlonova., X.Sanaqulov., D.P.Xodiyeva. Mehnat va uni o`qitish metodikasi. – T. : Nizomiy TDPU, 2007.

  6. R.A.Mavlonova., Satbayeva M.T. O`quv ustaxonasida amaliy mashg`ulot. Toshkent « ILM ZIYO » 2010 y.

  7. R.A.Mavlonova., Satbayeva M.T. O`quv ustaxonasida amaliy mashg`ulot. Toshkent « ILM ZIYO » 2011 y. II-nashr.

  8. Margret Koers va boshqalar. Bolshaya kniga podelok. Frechverlad, Germaniya, 2010 y.

  9. A.G.Chernova. Tizimcha bilan ishlash. Poctov-na-Donu « Feniks » 2006 y.

  10. N.Denisova. Pushistiki i mohnatiki. Moskva « Ayris press » 2006 y.

  11. O.Gulidova. Biserdan daraxtlar to`qish. Moskva « Ast-press » 2011 y.

  12. M.S.Nurmatova, S.T.Xasanova, D.E.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg`ulot. Cho`lpon., Toshkent 2010 y.


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i.


  1. Paper Quilling handmade created bu Claire.

  2. Inna’s Creation Поделки с Инной.

  3. Bond – mary.blogsport.com.

  4. Luntiki.ru.

  5. WWW SMART – ARTC. RU. – точка вдохновение.

  6. www.paperquillingart.com handmade bu Claire.

  7. Strana masterov. www.ru.

  8. Ziyo NET.



Ixtisoslashtirilgan (maxsus) boshlang’ich ta’lim muassasalari va mehribonlik uylari tarbiyachisi ishini o’rganish. (60 soat)
Kirish.
Maxsus maktab-internatlar va mehribonlik uylari hayotida, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda tarbiyachining boshqalar bilan almashtirib bo’lmaydigan o’ziga xos o’rni bor. U ixtisoslashtirilgan maxsus maktab- internatlarda juda muhim va mas`uliyatli qiyofadir. Tarbiyachi faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog’liqdir. U o’z guruhi jamoasini tashkil qiladi, uyushtiradi va tarbiyalaydi, o’qituvchilar, bolalar tashkilotlari,ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan yaqindan aloqa bog’lab guruhdagi umumiy tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qiladi. Tarbiyachilarning ko’pchiligi bu ishda yetarlicha tajribaga ega emaslar va amaliy yordamga muxtojlar. Shu sababli tarbiyachi olib boradigan , tarbiyaviy ishlar mazmuni guruh jamoasini tashkil etish, jipslashtirish har bir bolani alohida o’rganish, tarbiyachi ishini tashkil etish , rejalashtirish ota-onalar bilan ishlash kabi bir qator masalalarni atroflicha tushuntirib beriladi.

Ta’lim jarayoniga o’quv amaliyotining kirib kelishi , kelgusidagi har bir talaba egallagan kasbining mohir ustasi bo’lishiga zamin yaratadi. Bunda:

1. O’quv amaliyoti o’quvchilarning kasbiy professional bilimlarni kengaytirish, bolalar bilan ishlash ko’nikma va malakalarga ega qilish, maqsadida o’tkaziladi.

2. O’quv amaliyotlarini tashkil etilishi va o’tkazilishi oily ma’lumotga ega metodist o’qituvchi tomonidan olib boriladi.

3. O’quv amaliyoti aniq maqsadga qaratilgan bo’lib , reja asosida tuziladi.

4. O’quv amaliyoti davomida dars jarayonida olingan bilim, ko’nikma va malakalar mustahkamlanadi, amaliy ishlar bilan shug’ullanadilar.



O’quvchilarning ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar:

  • bo’lajak mutaxasislar O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini bilishi;

  • yoshlarni har jihatdan yetuk, barkamol qilib tarbiyalash, ijtimoiy hayotga tayyorlash;

  • o’quvchilarning qobiliyati bilim darajasini hisobga olish , bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilish kabilarni bilishi;

  • bo’lajak mutaxassisda kasbiy- professional munosabatni shakllantirish.

I Kirish. Maxsus maktab- internati tarbiyachisining vazifalari, ish mazmuni. ( 16 s)


    1. Amaliyotning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot.

1.2 Maxsus maktab- internatlari tarbiyachisining vazifalari va kasbiy qobiliyatlari.

1.3 Maxsus maktab internatlarida tarbiyachi ishini tashkil etish xususiyatlari.

1.4 Maxsus maktab -internatlarining ta’lim tarbiyaviy xususiyatlarini o’rganish.

1.5 Tarbiyachining haftalik ish rejasini tuzish.

1.6 Ochiq havoda o’tkaziladigan mashg’ulotlar, ochiq havoda o’tkaziladigan mashg’ulot ishlanmasini tuzish.

1.7 Maxsus maktab internatiga sayohat uyushtirish.

1.8 Harakatli o’yin mashg’uloti ishlanmasini tuzish.
II.Maxsus maktab internatlarida o’quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ( 14 s)
2.1 Rivojlanishda nuqson bo’lgan bolalar uchun maxsus muasasalar tizimi.

2.2 Yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash yo`llari.

2.3 Mashg`ulotlar o`tkazish tartibi

2.4 Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish tartibi. Sayohat ishlanmasi tuzish.

2.5 Maxsus maktab- internatiga sayohat uyushtirish.

2.6 Maxsus maktab -internatlarida o`quv jarayonidan keyingi soatlarni tashkil etish

2.7 Sinfdan tashqari o’qishning olib borilishi. Sinfdan tashqari o’qish ishlanmasini tuzish.

2.8 Tarbiyada innovatsion texnologiyalardan foydalanish.


III. Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar. Maktab internatlarining vazifalari. (14 s)
3.1 Rivojlanishda nuqson bo’lgan bolalar tasnifi.

3.2 Aqli zaif bolalar va ularning turlari va ular bilan ishlash yo`llari.

3.3 Ko`rishida nuqsoni bor bolalar ta`limidagi korreksion mashg`ulotlar.

3.4 Eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar va ular bilan ishlash yo`llari.

3.5Tayanch harakat apparatida nuqsoni bor bolalar tavsifi va turlari.

3.6 Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar maxsus maktab internatiga (sayohat).

3.7 Maxsus maktab - internatida o’quvchilarni tarbiyalash mazmuni o’quvchining kun tartibini tuzish.
IV.Mehribonlik uylari ta’lim tarbiya ishlarni tashkil etish xususiyatlari ( 16s)
1.1.Mehribonlik uylari to’g’risidagi Nizomni o’rganish.

1.2.Mehribonlik uyiga bolalarni qabul qilish tartibi.

1.3.Mehribonlik uylarida bayram ertaklarni tashkil etish.

1.4.Mehribonlik uylariga sayohat.

1.5.Sayr mashg’uloti ishlanmasi tuzish.

1.6.Kutubxona ishi bilan tanishtirish.

1.7.Axloq mavzusiga oid ishlanma tuzish.

1.8.Ekologik tarbiyaga oid mashg’ulot ishlanmasi tuzish

1.9.Yakunlovchi baholash ishlari




Bo’limlar va mavzular nomi

Hammasi

Soatlar taqsimoti (auditorriya yuklamas)

Jami

nazariy

amaliy

1

Kirish. Amaliyotlarning maqsad vazifalri haqida ma’lumot.

2

2

2




2

Maxsus maktab- internatlarida o’quv–tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

14

14







3

Maxsus maktab - internatlar tarbiyachisining vazifalari, ish mazmu-ni.

14

14







4

Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar. Maktab-internatlarining vazifalari.

14


14







5

Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish xususiyatlari

16

16










Jami

60

60

2

58


Namunaviy mavzular rejasi.

O’qitishning texnik vositalari

Radio,televizor,kodoskop,magnitafon, kompyuter, multimediya.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiysi.

2. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni

3. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.

4. Karimov,I “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent 2008

5. K.Xoshimov. Kuni uzaytiriligan maktab va internatlar ishining pedagogic asoslari.

6. Boshlang’ich sinflarda darsliklardan namunalar.

7. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomi.

8. O’quvchi ma’naviyatini shakillantirish.

9. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”.

10. Umumiy o’rta ta’lim DTS

11. Axloq odobga oid hadis namunalari.-T: 1997

12. KUGda ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha izohli lug’at.

13. RasulovaY,O.Nurmatova “Pedagogika.-T: Voris, 2009

14. Mavlonova, Xoliqberdiyev K, O.To’rayeva.Pedagogika-T O’qituvchi, 2006

15. Munavvarov A Pedagogika-T: O’qituvchi, 1996

16. N.Nasriddinova,Sh.Muhamedova Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.-T:2009

17. O.Xasanboyeva Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi-T: 2003

18. Saydahmedov N,Abdurahimov S “Pedagogik mahorat va pedagogic texnologiya” Toshkent 2010

19. Ishmuhammedov R “Innovatsion texnalogiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari” 2009
Foydalanishga tavsiya etilgan internet tarmoqlari.
1.www.tdpu.uz

2.www.pedagog.uz

3.www.Ziyonet.uz

4.www.Ziyonet.ru

5.www.tdu.uz

6.tdpu-INTRANET.Ped

7.www.nutq.intal.Uz

8.http:∕∕www.connect.uz

9. http:∕∕www.uzsci.net
II. Pеdаgоgik аmаliyot
1. Pеdаgоgik аmаliyot o`tuvchi tаlаbаlаrni kаsbiy prоfеssiоnаl bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrini mustаhkаmlаsh, ulаrni qo`llаsh, uslublаri bilаn tаnishish prоfеssiоnаl mаhоrаt vа mаlаkаlаrni shаkllаntirish hamda o`stirish vаzifаlаrini аmаlgа оshirаdi.

- Pеdаgоgik аmаliyot o`tish muddаtlаri mutахаssisliklаr bo`yichа o`quv rеjаlаridа ko`rsаtilgаn.

- Pеdаgоgik аmаliyot quyidаgichа turlаrgа bo`linаdi:

a) Tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar

b) Tajriba to’garak mashg`ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar.

v) Diplomoldi amaliyoti.



Tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti
Amaliyotning bu turi mutaxassislarni tayyorlashning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Hamma mutaxassisliklar bo`yicha tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti o`quv tarbiya ishlarini tashkil qilish va o`tkazish usullari, imkoniyatlari va vositalarini namoyish qilish uchun o`tkaziladi. Tarbiyaviy va ommaviy tadbirlar amaliyoti davrida guruh (30 kishilik) kichik guruhlarga bo`linmaydi. Bir o`quv semestri davomida har bir amaliyotchi-o`quvchi KUG da yoki o`zi biriktirilgan sinfda 2 ta tarbiyaviy tadbir va 2 ta ommaviy tadbir o`tkazadilar. Hamma mutaxassisliklar bo`yicha sinov mashg`ulotlariga rahbarlik kollej o`qituvchi-metodisti tomonidan olib boriladi.
Tajriba to’garak mashg`ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar
Tajriba to’garak mashg`ulotlari va tarbiyaviy tadbirlariga rahbarlikni pedagogika kolleji o`qituvchi-uslubchisi olib boradi.

Mаktаblаrdа о`quvchilаrning tajriba to’garak mashg`ulotlari va tarbiyaviy tadbirlariga аsоsаn fаn mеtоdikаsi dаsturining dаrs vа mashg`ulotlarga tеgishli qismlarini o`tib bo`linganidan so`ng, fan uslubining nаzаriy qismini о`qigаn uslubchi-о`qituvchilаr rаhbаrligidа o`tkaziladi. Bunda о`quv rеjаsidаgi pеdаgоgik аmаliyotgа аjrаtilgаn sоаtlаr hisоbidаn hаr bir аmаliyotchi-tаlаbаga umumiy o’rta ta’lim maktabi sinflаrida (1-7 sinflarda) o`z ixtisosligi bo`lgan mehnat, rasm fanlaridan 1 soatdan tajriba darslari, 1tadan to’garak mashg’ulotlari va 2 tadan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazadilar. Аmаliyotchilаrning tаjribа dаrslаri yoki mаshg`ulоtlаridа хususiy metodika о`qituvchilаri bilаn birgа guruh аmаliyot rаhbаri ishtirоk etаdi vа tаhlildа qаtnаshаdi.

Mehnat, rasm fanlaridan tаjribа dаrslаri vа to’garak mаshg`ulоtlаri хususiy fаn mеtоdikаsi о`qituvchilаri rаhbаrligidа о`tkаzilаdi. Bundаn tаshqаri bu mutахаssislik bo`limi аmаliyotchilаri umumiy o’rta ta’lim maktabi (1-7 sinflarda) sinflаrning biridа о`qituvchigа yordаmchi vаzifаsini о`tаydilаr.



Download 6.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik