O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6.48 Mb.
bet14/21
Sana22.01.2017
Hajmi6.48 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Qo`l mehnatiga o`rgatishda, boshqa predmetlarni o`rgatishda bo`lganidek, o`qitishning xilma- xil metodlari qo`llanilib, ular yordamida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarni egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarining rivojlanishiga erishiladi.
1. Og'zaki bayon qilish, 7. Grafik usullar,
2. Tushuntirish va hikoya qilish 8. Laboratoriya ishlari,
3. Instruktaj, 9. Mustaqil ishlar,
4. Suhbat, 10. Ekskursiya,
5. Mashqlar, 11. Kitob bilan ishlash,
6. Amaliy ishlar, 12. Ta'limning texnika vositasi.



8. Mеhnatni o`qitish darslari va ularga qo`yiladigan talablar
Dars o`quv-tarbiya ishlarining asosiy turi sifatida mеhnat darslariga qo`yiladigan talablar. Mеhnat darsining turi, tiplari, o`ziga хosligi.

Rеjaviy dars ishlanmalarini tuzish. Boshlang`ich sinf dasturi bo`yicha dars bеrishni mashq qilish.


9. Mеhnatdan sinfdan tashqari mashg`ulotlar va ekskursiyaga olib borish qoidalari.
Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning maqsad va vazifalari. O`quvchilarning darsda olgan bilimlarini mustahkamlash, tехnik ijodkorligini oshirish va qiziqish uyg`otish. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning turlari va ularni tashkil qilish. Mеhnat bayramlarini tashkil qilish.

Ekskursiya davomida o`qituvchi barcha o`quvchilarni diqqat markazida tutishi, borilgan joyda mutaxassis yordamidan foydalanilsa o`quvchilar yon daftarchalariga kerakli axborotlarni qayd qilishi, o`qituvchi tushuntirsa o`quvchilarga ma’lumotlarni to`liq yetkazib berishi, ekskursiya uzoq davom etsa o`quvchilar fotoapparatdan foydalanishlari mumkin bo`ladi.


10. O`quvchilar bilimini tekshirish va baholashning reyting tizimi.

1. O`quvchilar bilimlarining reyting nazorati.
2. Test va uning mohiyati.
Mutaxassislar tayyorlashda o`quvchilarning bilim, malaka va iqtidorlarining shakllanishi jarayonini nazorat qilish muhimdir. To'g'ri tashkil etilgan nazariy talabalarni, olinayotgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va eng asosiysi ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishi uchun turli vositalarni tanlash imkonini beradi.


11. Boshlang`ich sinflarda mеhnat metodikasi darslarini o`qitishda tехnika хavfsizligi qoidalari, maktabda shikastlanish va birinchi tibbiy yordam.
Boshlang`ich sinflarda tехnika vositalaridan foydalanishning vaqti va o`lchovlari. Qaychi bilan ishlash qoidalari. Igna va igna to`g`nog`ichlar bilan ishlash qoidalari. Pichoq bilan ishlash qoidalari. Ish joyini toza tutishga bo`lgan talablar. Dars bеrishni mashq qilish.

O`quvchilar maktabda shikastlanish turlari va 1-tibbiy tez yordam. Harakat va tayanch tizimining shikastlanishi. Travmatik shok. Maktabda jarohatlanishning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish.



Mеhnat metodikasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Mеhnat metodikasi fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Mеhnat metodikasi fanidan kurs ishlarining namunaviy mavzulari


  1. Qog`oz va uning kelib chiqish tarixi haqida umumiy ma`lumot.

  2. Boshlang`ich sinflarda applikatsiya turlari va uning kelib chiqish tarixi.

  3. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari mashg`ulotning maqsad va vazifalari.

  4. Mehnat darslarida tabiiy homashyolar bilan ishlash metodikasi.

  5. Boshlang`ich sinf mehnat darslarida gazlamalar bilan ishlash usullarini o`rgatish.

  6. O`quvchilarni xalq amaliy bezak san`ati bilan tanishtirish.

  7. Boshlang`ich sinflarda tashlandiq materiallar bilan ishlashni o`rgatish.

  8. Mehnat darslarida qog`oz va karton bilan ishlash orqali o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  9. Mehnat darslarida o`quvchilarga kashtachilik va zardo`zlik san`ati haqida ma`lumot berish.

  10. Boshlang`ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash usullari haqida ma`lumot berish.

  11. Mehnat darslarida o`quvchilarning naqqoshlik san`ati sirlari bilan tanishtirish orqali ularni kasbga yo`llash.

  12. Mehnat darslarida o`quvchilarning texnik loyihalashtirish malakalarini shakllantirish.

Kurs ishlarini bajarish tartibi har bir fan kafedrasi tomonidan alohida ishlab chiqiladi.
Namunaviy mavzular rejasi






Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama soat

Hammasi

Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

Amaliy

Laborato-riya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1.

Kirish. Mehnat metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Mehnat muhofazasi qonunlari va uning tashkiliy asoslari.

2

2

2
















2.

Mehnat metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi va mehnat darslarida texnika vositalaridan foydalanishga qo`yiladigan talablar.


2

2

2
















3.

O`quvchilarga mehnatsevarlik tarbiyasini singdirish. Mehnat orqali o`quvchilarni tarbiyaviy rivojlantirish. Voyaga yetmagan yoshlarga xavfsiz ish sharoitini yaratish.


4

2

2













2

4.

Boshlang`ich sinflarda mehnatni o`qitishning mazmuni, o`quv rejasi, DTS tahlili.

5

2

2













3

5.

Dastur asosida taqvim-mavzu rejasini tuzish.

6

4

2

2










2

6.

Boshlang`ich sinflarda mehnat o`qitish xonasini jihozlash va ularga qo`yiladigan talablar. Elektr tokidan to`g`ri foydalanish, yong`inning oldini olish

2

2

2
















7.

Boshlang`ich sinflarda mehnatni o`qitishda o`quv-tarbiya ishlari metodikasi.

2

2

2
















8.

Ta`limni tashkil etish shakllari, metod va vositalari.

2

2

2
















9.

Ta`limning noan`anaviy shakllari.

2

2

2
















10.

Mehnatni o`qitish darslari va ularga qo`yiladigan talablar.

2

2

2
















11.

Dars turiga ishlanma tuzish va dars o`tishni mashq qilish.

4

2

2













2

12.

Mehnatga oid sinfdan tashqari mashg`ulotlar. Mеhnatdan sinfdan tashqari mashg`ulotlar va ekskursiyaga olib borish qoidalari.

4

2

2













2

13.

Mehnat bayramlariga ssenariy tuzish va uni o`tkazish.

4

2




2










2

14.

O`quvchilar bilimini tekshirish va baholashning reyting tizimi.


4

2




2










2

15.

Mehnat darslarini o`tishda texnika xavfsizligi qoidalari. Maktabda shikastlanish va birinchi tibbiy yordam.

6

4

2

2










2

16.

Boshlang`ich sinfda o`tiladigan fanlar uchun ko`rgazma qurollar tayyorlash.

6

6




6
















Jami:


57

40

26

14










17


Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Mehnat metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, uslubiy qo`llanmalar, dars ishlanmalari va boshqalar kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Umumiy o`rta ta`limning Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi.–T.: Sharq, 1999.

    2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997.

    3. Ta`lim to`g`risidagi qonun. – T.: Sharq, 1997.

    4. X.Sanaqulov., M.Xaydarov. Boshlang`ich sinflarda qog`ozdan amaliy ishlar– T.: 1996.

    5. R.A.Mavlonova., X.Sanaqulov., D.P.Xodiyeva. Mehnat va uni o`qitish metodikasi. – T. : Nizomiy TDPU, 2007.

    6. M.T.Satbayeva. mehnat o`qitish metodikasi. Ma’ruzalar matni. 2011 y.

    7. M.S.Nurmatova, S.T.Xasanova, D.E.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg`ulot. Cho`lpon., Toshkent 2010 y.

    8. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Tarbiyada innavatsion texnologiyalar. Toshkent 2010 y.

    9. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Ta’limda innavatsion texnologiyalar. Toshkent 2008 y.

    10. N.B.Troitskaya, G.A.Korolyova. Maktab bayramlari senariylar to`plami. DROFA Moskva 2005 y.

    11. Н.Б.Троицкая. Нестандартные уроки и творческие занятия. DROFA Moskva 2006 y.

    12. O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti I. KARIMOV Toshkеnt sh. 1993 yil 6 may, 839-XII-son

    13. F.Yormatov, Y.Isamuhamedov. “Mehnatni muhofaza qilish” O`zbekiston 2002 y

    14. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

    15. O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi.

    16. S.D.Hoshimova. E.Sh.Maxmudova Mehnat muhofazasi ma’ruzalar matni. 1-pedagogika kolleji 2012 y.

    17. A.X.Qosimov. F.A.Holiqova. Pedagogik mahorat va pedagogic texnologiyalar. Fanidan ma’ruzalar matni. Toshkent 2004 y. (internet)


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i.


    1. Paper Quilling handmade created bu Claire.[

    2. Inna’s Creation Поделки с Инной

    3. Bond – mary.blogsport.com

    4. Luntiki.ru

    5. WWW SMART – ARTC. RU– точка вдохновение.

    6. www.paperquillingart.com handmade bu Claire

    7. Strana masterov.www.ru.

    8. Ziyo NET.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.15

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan




Tasviriy san`at
fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlis bayonnomasi bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).

Tuzuvchi:

D.Rasulova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi
















E.Meyliyev



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi













Taqrizchi:

N.Tolipov



Nizomiy nomli TDPU pedagogika fanlari nomzodi, dots
















D.Irgasheva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi



Kirish
Kelgusi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi ta`lim muassasalarining asosiy mezonidir. Respublikamizda amalga oshirilib kelinayotgan bugungi kunning islohotlari ham yoshlarning yetuk darajada estetik boy dunyoqarashini hosil qilish, yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini taqozo etadi. Boshlang`ich sinflarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda tasviriy san`at sohasi bo`yicha o`rgatishda kerak bo`ladigan barcha bilimlar dars jarayoni hamda to`garaklar tashkil etish va olib borish bo`yicha o`z aksini topadi. Shuningdek, pedagogika kollejlari talabalari uchun qalam tasvir va rang tasvir, kompozitsiya, amaliy va dizayn san`ati, san`at tarixi, badiiy mehnat, tasviriy faoliyatni tashkil etish metodikasi bo`yicha kasbiy bilimlar berilishi ko`zda tutilgan.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:


  • Borliqni kuzatish. Har bir narsani elementar qoidalar asosida tahlil etish;

  • Qalam bilan ishlashda oddiy narsalarni belgilab chizish, soya va yorug`liklarni aniqlash;

  • Oddiy va murakkab naturmortlar chizish, shtrixlab hajmini ko`rsatish;

  • Hosil bo`layotgan soyalar, ularning o`zaro kirishishlarini tahlil qilish;

  • Odam gavda ko`rinishlarini chizishda gipsdan ishlangan a’zolarni aniq tasvirlay bilish;

  • Harakatdagi ko`rinishlarni kuzatish va chizish;

  • Odam gavdasini kiyingan holatda tasvirlash;

  • Ayol va bolalar gavdasini nisbiylik asosida kiyim bilan turgan holatlarni tasvirlash;

  • Tasviriy san`at asarlarining ifodalilik vositalari (chizish, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya) ni bilish va ularni amalda qo`llay olish;

  • 15-20 rang nomlarini ayta olish;

  • Tasviriy va amaliy san`at asarlarini erkin o`qiy olish;

  • Minatura san`ati haqida umumiy ma`lumotga ega bo`lish;

  • Qo`yilmaga qarab rasm solishda rangning mohiyati, uyg`unligi;

  • Ranglar orqali obrazlarni yaratish;

  • Teхnika хavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qilish;



Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:


  • Perspektiva qonunlari asosida jismlarni turli yoqli ko`rinishlarini tasvirlash;

  • Oddiy va murakkab naturmortlarni chizish, shtriхlash. Fon berish orqali jismni oldinga olib chiqish, soyalarni shakllantirish;

  • Odam gavdasini nisbiylik asosida chizish;

  • Bosh, ko`z va boshqa a`zolar ko`rinishini chizish;

  • Gavda a`zolarining nisbiy hajmlarini hisobga olgan holda chizish;

  • Harakatdagi ko`rinishlarni tasvirlash;

  • Gavdani kiyintirgan holda chizish;

  • Ayol va bolalar tuzilishlarining har хil holatdagi eskizini chizish;

  • Rang tasvir faoliyatida chiziq, siluet, ritm, rang, simmetriya, assimetriyalarni qo`llagan holda rasm chizish;

  • Asosiy ranglar orqali qo`shimcha ranglarni hosil qilgan holda obrazlarda foydalanish;

  • Rassom asarlarini o`qiy va tahlil qila bilish;

  • Kitobat san`atida rang mohiyati va uyg`unligi;

  • Narsalar tasvirini chizishda real borliqqa asoslangan holda asliga qarab rangini topa bilish;

  • Obrazlar yaratishda taassurot, tafakkur, fantaziyalardan foydalanish.

Fanning o'quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, uslubiy

jihatdan uzviyligi va ketma- ketligi
Ushbu fanni o'zlashtirish uchun o'quvchi umumta'lim fanlaridan matematika, geometriya, geografiya, adabiyot, tabiatshunoslik, mehnat, kasbiy ta'lim fanlardan bolalar adabiyoti, chizmachilikni chuqur o'zlashtirgan bo'lishlari talab etiladi. O'quv rejaga ko'ra yuqorida ko'rstilgan fanlar tasviriy san`at fani bilan birgalikda o'zlashtirilishi lozim. O'quvchilar egallagan nazariy bilimlarni test savollari, amaliy bilimlarni esa grafik topshiriqlar yordamida sinab ko'rish tavsiya etiladi.
Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik

texnalogiyalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar
Bugungi kunda ta`lim samaradorligini yanada oshirishda o`quvchilarga tasviriy san`at dasturini chuqur o'rgatish taqazo etiladi. Yangi pedagogik texnologiya usulida dars o'tish o'quvchilar qobiliyatini o'stirib, yanada ilg'or va faol bo'lishlariga olib keladi. Tasviriy san`at darsliklari bilan birga yangi dasturlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun qo'shimcha adabyotlardan foydalanish lozim.

- Darsda o'quvchilarni o'z ustida ishlashga o'rgatish, ularning o'zlari dars o'tishiga imkon berish.

- O'quvchilarni guruhlarga bo'lib o'qitish.

- Darsni o'yin tariqasida (didaktik materiallar,tarqatma kartochkalardan foydalangan holda) o'tkazish, amaliy ish bajarish.

- O'quvchilarning fikr almashtirishlari.

- Aqliy hujum.

- O'quvchining o'zini o'zi baholashi.

- Ta'lim berishning zamonga xos texnik vositalardan-slaydlar, multimediya, va boshqa kompyuter dasturidan foydalanish kerak.

Ma'lumki, ta'lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o'quvchi ham faol bo'lishi kerak. Pedagog tomonidan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishda, kasbiy bilimni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini, ''Teskari aloqa- bilim olish'' yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Kirish. Qalam va rang bilan ishlashda, narsalarni o`ziga qarab rasm

chizishda fikrlash jarayoni va kuzatishni maqsadga muvofiq olib borishga o`rgatish
Qalam va rang tasvir pedagogika kollejlarida o`rganiladigan maxsus o`quv fanlaridan biri bo`lib, uning asosiy maqsadi, naturaga qarab rasm chizish, o`quvchilar fikrlash jarayonini va kuzatishini maqsadga muvofiq holda olib borish, ularni tahlil qila bilish, faoliyatda qo`llay bilish kabi jihatlarni o`rgatadi. Qalam va rangtasvir o`z mazmun va mohiyatiga ko`ra ta`lim-tarbiyada uzviy bog`lanishlar kasb etadi.

Tasviriy san`atning bu turida oddiy qora qalamda chizilgan suratlar majmuasi kirib, ko`pchilik hollarda qalam tasvir deb yuritiladi. San`atning bu turi hajm jihatdan uncha katta bo`lmay, ko`p hollarda qog`ozlarda ishlanadi. Ishlanayotgan rasmlar soya – yorug`liklar asosida o`z aksini topadi. Shunday ekan, soya va yorug`liklar qoidalari tushunchalari beriladi.

Qalamtasvir orqali o`quvchilarning badiiy dunyoqarashi, didlari, estetik zavqlari, ruhiy dunyosi va badiiy ijodiy qobiliyatlari boyib boradi.

Tevarak atrofni real holatda ko`ra olish, go`zallikni anglab yetish va undan lazzatlana olishga olib keladi.

Dastlabki mashqlarning chizilishi oddiydan murakkabga qarab usuli orqali olib borilishi o`rinli bo`ladi.

Oddiy buyumlardan, so`ng murakkabroqlaridan naturmort (jonsiz narsalar to`plami) chizish. Odam gavdasini aniq o`lchamlar asosida kalla, oyoq va qo`llarni chizish, ularning harakati va holatlarini tasvirlash orqali dastlabki ishlar amalga oshiriladi.

Bu ko`rinishlar hayotni chuqur tahlil eta bilish, personajlarining kechinma va harakatlarini, shuningdek, tabiat go`zalliklarini chuqur idrok etishlariga olib keladi.

Rangtasvir yo`nalishiga kelsak, dasturdagi eng salmoqli qismi bo`lib, unda o`quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko`rinishlari (qo`yilmaga qarab tasvirlash) dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida mavzuli kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish) da o`zlarini sinab ko`radilar. Manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatura usulida kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar.

Turli oqim va yo`nalishda ishlangan asarlarning talqinini o`rganadilar va mashqlar bajaradilar. Rangshunoslik va uning teхnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar. Rang tuslari haqidagi bilimlarini oshirib boradilar.

Rangtasvir asarlari yana o`zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko`ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo`linadi.


I bo`lim. Natura asosida rasm solish

1-mavzu Perspektiva va konstruksiya to`g`risida tushunchalar berish.
Perspektiva va konstruksiya to`g`risida tushuncha.

Narsalarning holati, tuzilishi, rangini buyum turgan tekislikni o`zlashtirish bilan uning yoqlari o`zgarishi qonuniyatlarini kuzatib o`rganish.


2-mavzu Oddiy narsalar rasmini chizish. Dastlabki mashqlar.

Oddiy narsalar chizishda assimmetriya va simmetriyani hisobga olib rasm chizish.



Amaliy ish. Har хil oddiy uy-ro`zg`or jihozlarini bir necha ko`rinishda tasvirlash.
II bo`lim. Naturmort

“Naturmort” fransuzcha –“jonsiz natura” ma`nosini bildiradi va unda ko`pincha gullar, mevalar, geometrik shakllar, uy-ro`zg`or buyumlari va hokazolar tasvirlanadi, naturmort chizganda biron bir maqsadni ko`zlab narsaning shakl, tuzilish, rang, fazoviy holat jihatdan bir-biridan farq qilishiga alohida ahamiyat berish kerak.



Kuzatilgan bo`lim: Gipsdan yasalgan geometrik jismlar, shakllar, ornamentlarda soya qonuniyatlari. Soya, yarim soya, refleks, shu`lalarni shakllantirgan holda naturmort tuzish va tasvirlash.

Ishning maqsadi: Naturmort chizish bilan jism hajmining o`lchamini, kattalarining kichigiga nisbatini aniqlash.

O`quv jihozi: O`quv qurollari

Amaliy ish. Uy anjomlaridan naturmort tuzish.
1-mavzu Gipsdan yasalgan geometrik shakllar, ornamentlardan tashkil topgan naturmort.

Geometrik jismlarda bir хil rang orqali hosil bo`layotgan yoritilgan qismi, soya, хususiy soyasi hamda yarim soyalarni shakllantirilgan holda naturmortlar tuzish.



Kuzatilgan bo`lim: Gipsdan tayyorlangan geometrik qo`yilmalar tahlili asosida tushuncha.

Ishning maqsadi: Naturmort tuzish bilan rang koloritini aniqlash, sirlarini ochish.

O`quv jihozi: Jigarrang.

Amaliy ish. Uy-ro`zg`or buyumlaridan naturmort tuzish, ko`rinishi, grizaylda tasvirlanishi.

2-mavzu Uy–ro`zg`or anjomlaridan tashkil topgan naturmort
Kuzatilgan bo`lim: Ma`lum ko`rinish (fon) oldida aks ettirilgan uy-ro`zg`or anjomlari naturmorti.

Ishning maqsadi: Qog`oz yuzasidan to`g`ri foydalanish va tuzilgan kompozitsiyaning ko`rinishini qog`ozda aks ettirish.

O`quv jihozi: Oddiy qora qalamlar

Ishning maqsadi: Soya va yorug`liklarning narsalar tasvirida ifodalanishi.

Amaliy ish. Uy-ro`zg`or buyumlaridan bir qanchasini fon asosida chizish.

Kuzatilgan bo`lim: Ma`lum ko`rinish (fon) asosida aks ettirilgan uy - ro`zg`or buyumlaridan tuzilgan naturmort.

Ishning maqsadi: Qog`oz yuzasidan to`g`ri foydalanishni va kompozitsiyani saqlagan holda jismlar ko`rinishini ranglar orqali aks ettirish.

Ishning maqsadi: Soyani ranglar orqali aks ettirish.

O`quv ji

Amaliy ish. Uy-ro`zg`or buyumlaridan tuzilgan naturmortni rang bo`yoqlari orqali ifoda etish.
3-mavzu Chinni, shisha, yaltiroq buyumlardan tashkil topgan

naturmort

Kuzatilgan bo`lim: Tushayotgan nurning buyumlarda tuslanishi, bir-biridan och-to`qlik soyalari bilan farqlanishi hamda bog`lanishini aniqlash. Tasvirda yaqqol ko`rinishini aks ettirish.

Ishning maqsadi: yorug`lik ta`sirida buyumlarda soyalar tuslanishi.

O`quv jihozi: Oddiy qora qalamlar

Amaliy ish. Yaltiroq, shisha va chinni buyumlar to`plamini chizish.

Kuzatilgan bo`lim: Tushayotgan nurning ranglarini idrok etishdagi roli, ranglarning tuslanishi va nomlanishi.

Ishning maqsadi: Ranglarni yorug`lik ta`sirida o`zgarishi va bog`lanishini aniqlash, qog`ozda aks ettirish.

O`quv jihozi: Guash, akvarel bo`yoqlari.
III bo`lim Animalistik tasvirlar

1-mavzu Qush, hayvon hamda hasharotlarning rasmini chizish.
Qush, hayvon hamda hasharotlarning rasmini chizish.

Kuzatilgan bo`lim. Tana qismlarining o`lchovlari o`rtasidagi nisbatini to`g`ri olishga o`rgatish. A`zolarining anatomik tuzilishi, ranglarning to`g`ri tanlanishi, ranglar mutanosibligiga erishishi.

Ishning maqsadi. Hayvon, qush, hasharotlarning tasvirini ishlash, elementar qoidalar asosini ochish, har хil shakllardan tasviriy ifodalarni vujudga keltirish, mo`yqalam asosida sodda tasvirlar hosil qilish.

O`quv jihozi. Akvarel bo`yoqlari, qush tulumlari, hayvonot bog`iga sayohat.

Amaliy ish. Hasharot, qush, hayvonlarni kuzatish asosida rasmini chizish.


IV bo`lim. Rang tasvir kompozitsiyasi
Kuzatilgan bo`lim: Kompozitsiya qonuniyatlari, uslublari, vositalarga rioya qilgan holda rang tasvir kompozitsiyalarini yaratish.

Ishning maqsadi: “Manzara” janrida kompozitsiya. Fasllar, bayramlar, maktab, oila, vatan, do`stlik hamda badiiy asarlar mazmuniga (ertak, masal, hikoya va х.k.) illyustratsiyalar chizish.



O`quv jihozi: Akvarel, guash.

Amaliy ish. Har bir berilgan mavzuga oid mustaqil ravishda kompozitsiyalar tuzish
1-mavzu Kirish. Kompozitsiya nazariyasi. O`quv predmeti sifatida mazmuni,

maqsad va vazifalari.

Kompozitsiyaning tasviriy san`at faoliyatidagi o`rni. Asosiy qoidalar- ritm, simmetriya, asimmetriya, kompozitsion parallellik. Uslublar - fazo va makonni tasvirlash, gorizontal, vertikal, diagonal yo`nalishlar. Vositalar, chiziq, bo`yoqlar, havo perspektivasi kabi jihatlarga rioya qilish. Real voqelikni aks ettirishga o`rgatilishi.

Kompozitsiya fani o`quvchilarda berilgan mavzuda kompozitsiya qonunlariga (kompozitsiyaning hamda elementlarning o`zaro bog`liqligi, voqeani harakatda tasvirlash, rasmda yangilik bo`lishi, kontrastlar qonuni, bu qonuniyatlarni va vositalarni rasm asosiy g`oyasiga bog`liqligi ) rioya qilgan holda rangtasvir ishlash, shuningdek, ritm mazmunli kompozitsion markazning bo`lishligi, simmetriya, asimmetriya, kompozitsiyada parallellik, kompozitsiya asosining ikkinchi planida joylashuvi jihatlarini o`rganadilar.

Kompozitsiya bo`limi dasturda yetakchi o`rinni egallaydi.

a) Rang tasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, хotira va tasavvurdan rasmlar ishlash jarayonida o`z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga ko`ra, uning elementlari qog`oz yuzasidan bir-biriga bog`liq holda joylashib, yaхlit kompozitsiyani hosil qiladi.

b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarni namunadan ko`chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ- bezak ishlari singarilarni qamrab oladi. U o`quvchilarda turmushda uchragan narsalarning vazifalari, ularning shakli va bezak elimentlarining o`zaro bog`liqligi tushunchasini beradi. Shuningdek o`quvchilarda badiiy didni tarbiyalashni maqsad qilib qo`yadi.

v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo`linadi. Real haykaltaroshlikda o`quvchilar o`qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o`xshatib ishlaydilar. Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri bo`lib, ular yaхlit, alohida-alohida loy yoki plastilin bo`laklariga ishlov berish orqali amalga oshiriladi. Kompozitsiyaning o`quv fani sifatida mazmun, maqsad va vazifalari. Kompozitsiya nazariyasining asosiy bosqichlari, o`qitish metodlari, rang tasvir, dekorativ, haykaltaroshlik kompozitsiya qonuniyatlarini o`rgangan holda rasm chizishda qo`llay bilish.
2-mavzu Kompozitsiya qonuniyatlari, uslublari, vositalariga rioya qilgan holda rang tasvir kompozitsiyasini yaratish

a) “Manzara” janrida kompozitsiya (borliq)

b)“Kuz”, “Qish”, “Yoz”, “Bahor” mavzusida kompozitsiya yaratish.

v)Badiiy asarlar mazmuniga (ertak, masal, hikoya va boshqalar) kompozitsiya ishlash.



>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>
V bo`lim Dekorativ kompozitsiya.
1-mavzu Tayyor naqsh turlari kompozitsiyalaridan ko`chirish.

2-mavzu Sхema va elementlar ustida ish olib borish.

Kuzatilgan bo`lim: Dekorativ kompozitsiya ishlanganda ularning asosiy qonun va qoidalariga, narsalarda funksiya va shakl birligi, dekorativlik, ritm, simmetriya, asimmetriya ranglarining mutanosibligiga rioya qilgan holda ishlash.

Ishning maqsadi: Turli naqshlar (yo`lsimon, kvadrat, doira, to`rtburchak) shaklidagi naqsh kompozitsiyasidan ko`chirish va mustaqil ravishda naqsh tuzish. Sхema va elementlar ustida ish olib borish.

O`quv jihozi: Guash, akvarel bo`yoqlari.

Amaliy ish. Har bir naqsh turlariga хos mustaqil naqsh tuzish, berilgan sхema va elimentlar asosida.
3-mavzu Badiiy asarlar mazmuniga bezakli illustratsiya.
Kuzatilgan bo`lim: Ertak, hikoya, doston, masal va boshqalar ichki va tashki bezagini bajarganda ularning mazmuniga mos bo`lishligini ta`minlash.

Ishning maqsadi: Tasvirlashda libos eskizlari ishlanganda ularning jinsi, yoshi, yashash joylari (shahar, qishloq), millati kabilarni hisobga olib chizish.

O`quv jihozi: Guash, akvarel bo`yoqlari.

Amaliy ish. Boshqa millat badiiy asarlariga dekorativ illustratsiya chizish.
4-mavzu Maktab badiiy - bezak ishlari.
Kuzatilgan bo`lim: Dekorativ ishlarga yangilik (kompozitsiya, rang) elementlarini kiritgan holda ijodiy ishlarni mustaqil ravishda bajarish.

Ishning maqsadi: Dekorativ bezak ishlarida shriftlardan, tabiiy materiallar (gullar, qushlar, hayvonlar va boshqalar) ni oddiylashtirib dekorativ ishlarda amalga oshirish.

O`quv jihozi: Guash, akvarel, tempra bo`yoqlari.

Amaliy ish. Har bir bayram, tadbirlarga taklif, tabrik хatlari eskizlarini chizish.
VI bo`lim. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi
1-mavzu Haykallarning muhit bilan bog`liqligi.

2-mavzu Haykalda sujetli obrazlar yaratish.
Haykallarning muhit bilan bog`liqligi, uni ma`lum maqsadga yo`naltirilganligi.

Kuzatilgan bo`lim: Sujetli haykallar ishlaganda kompozitsiyaning elementar qonun va qoidalariga rioya qilgan holda ishlash.

Ishning maqsadi: Haykalda ritm, simmetriya, assimmetriya. Relefli va yumaloq haykallar ishlay bilish. Obrazlarda harakat, хarakterli jihatlarini tasvirlay olish. Real va dekorativ haykallar ishlay olish.

O`quv jihozi: loy va plastilin.

Amaliy ish. Relef usulida qush, hayvon meva va sabzavotlar haykallarini ishlash.
VII bo`lim. Badiiy qurish - yasash

1-mavzu Badiiy qurish - yasashda tabiiy va tashlandiq materiallar

bilan ishlash.
Kuzatilgan bo`lim: Badiiy qurish - yasash ishlarida qo`llaniladigan o`quv qurollari va materiallarini bilish. Tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir - biridan ajrata bilish.

Ishning maqsadi: Qurish-yasash ishlarida applikatsiya, mozayka, papye – mashe va aralash, qog`oz, loy, plastilin, bo`yoqlar bilan ishlay bilish.

O`quv jihozi: Tashlandiq va tabiiy materiallar.

Amaliy ish. Ikebana usulida badiiy qurish- yasash ishlari.
2-mavzu Tabiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya.
Kuzatilgan bo`lim: Har xil tabiiy va tashlandiq materiallardan oqilona foydalanish, ijodkorlik haqidagi tushunchalarni tarkib toptirish.


Download 6.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik