O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6.48 Mb.
bet1/21
Sana22.01.2017
Hajmi6.48 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI


«Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi »
kasbi bo’yicha
O’QUV DASTURLARI TO’PLAMI


Tayyorlov yo’nalishi:

Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi






Kodi: 3141600








Каsbi:

Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi





Kodi: 3141601








Ixtisosliklari:
1. Boshlang`ich ta`lim tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi




2. Ixtisoslashtirilgan (maxsus), boshlang`ich ta`lim muassasalari va mehribonlik uylari tarbiyachisi





Toshkent -2012

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.01

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan



Pedagogika
FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-sonli majlisi bayonnomasi bilan ma`qullangan.



Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).



Tuzuvchi:

Y.Rasulova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi
















O.Nurmatova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi













Taqrizchi:

N.Vohidova



Nizomiy nomli TDPU “Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
















Sh.Muxamedova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi


Kirish
Insonning har tomonlama uyg`un kamol topishi ta`lim muassasalarining asosiy vazifasidir. Bugungi kunda Respublikada amalga oshirilayotgan ta`lim sohasidagi islohotlar, pedagogika nazariyasi va uni amaliyot bilan bog`lab o`qitish bo`lajak mutaxassislarda kasbiy professional xususiyatlarni shakllantirishda muhim o`rin egallaydi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:


  • pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish;

  • pedagogik tushuncha va hodisalarning muhim belgilarini ajratib olish;

  • o`qituvchining mashg`ulotlari, bolalar faoliyatini kuzatish, yozib borish va tahlil qilish;

  • ta`limning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini aniqlay olish va amalga oshirish;

  • o`qituvchilar ilg`or ish tajribalarini o`rganish va umumlashtirish;

  • o`quvchilar bilimini nazorat qilish, baholayotganda ichki va tashqi jihatdan izohlash;

  • o`quvchilar jamoasi, faol o`quvchilar va ayrim o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;

  • o`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning shakllari (suhbat, axborot, bayramlar, ertaliklar va h.k) uchun manba tanlash;

  • tarbiya ishlarini rejalashtirish, o`quvchilar xatti-harakatlarini kuzatish va tahlil qilish;

  • sinfdagi o`quvchilarning o`zaro ijobiy aloqalarini shakllantirish;

  • o`z ishining natijalarini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, kamchiliklarni yo`qotish yo`llari ustida ishlash;

  • maktab ish hujjatlarini yuritish.



Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi;

  • barkamol shaxsni tarbiyalash yo`llari;

  • ta`lim jarayonida qo`llaniladigan metodlar;

  • ta`lim jarayoni mohiyati va mazmuni;

  • ta`limni tashkil etish metod va yo`llari;

  • ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash shakllari;

  • ta`limning sinfdan va maktabdan tashqari turlariga rahbarlik qilish;

  • pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish;

  • dastur mazmunidan mashg`ulot uchun zarur bo`lgan qismni ajrata bilish va mashg`ulot uchun ishlanma tuzish;

  • o`z ishining natijalarini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish yo`llari.


Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi,

uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligi
Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchi umumta`lim fanlaridan anatomiya, biologiya, adabiyot, tarix; kasbiy ta`lim fanlaridan psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, KUGlarda ta`lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi va xususiy metodika fanlarini chuqur o`zlashtirishgan bo`lishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar pedagogika fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish

bo`yicha tavsiyalar
Ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash va axborot kommunikatsion tizimidan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Axborot asri bo`lgan hozirgi davrda ta`lim jarayonida olingan axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilishga o`rgatish har bir fan o`qituvchisining vazifasidir. Quyida ushbu fanni o`qitishda zamon talabi asosida darslarni tashkil etish bo`yicha tavsiyalar beriladi:


  • “Pedagoglik kasbining ijtimoiy mohiyati” bo`limidagi “O`qituvchining jamiyatda tutgan o`rni, mavqeyi” mavzusini o`rganishda O`zbekiston qahramonlari, tajribali pedagoglar Mavluda Ismatova, Manzura Madaliyevalarning faoliyatini o`rganish maqsadga muvofiq. Bu mavzularni o`qitishda internet materiallaridan foydalanish tavsiya etiladi;

  • O`qitishning interfaol metodlaridan foydalanish yo`llarini o`rgatish va hayotga tatbiq qilish;

  • R. Ishmuhamedovning “Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalar” va “Tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar” nomli uslubiy qo’llanmalarida yoritilgan texnologiyalardan dars jarayonida o`qituvchi va o`quvchining hamkorlikda ishlash hamda dars samaradorligini oshirishda “Piyola”, “Panorama”, “Assisment”, “Kungaboqar” , “Tushunchalar tahlili”, “Mini test” , “Rezyume”, “Keys”, “Muammolar” kabi texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;

  • “Shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar” bo`limida “Barkamol avlod” markazlari ish faoliyati va “Kamolot”, “Kamalak” tashkilotlaridagi ish mazmunini o`rganish, matbuot va internetdagi yangiliklardan xabardor bo`lish, Nizomga kiritilayotgan dasturiy faoliyatlarni kuzatib borish va foydalanish lozim.

  • Bo`lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini boyitishda islom ta`limoti manbalari, xalq og`zaki ijodi va allomalarning hikmatli so`zlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu vazifani amalga oshirish, qolaversa oliy ta`lim bilan izchillikni ta`minlash maqsadida “Pedagogika tarixi” alohida fan sifatida o`quv rejasiga kiritilishi tavsiya etiladi.
Asosiy qism
I bo`lim. Pedagogikaning umumiy asoslari

1-mavzu. Pedagoglik kasbining ijtimoiy mohiyati
Pedagoglik kasbining vujudga kelishi. Pedagogning jamiyatda tutgan o`rni, uning obro`si. Xalq og`zaki ijodida pedagoglik kasbining ifodalanishi. Pedagog va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlari. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuniga ko`ra pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqining belgilanishi. Pedagogning kasbiy, hissiy-irodaviy va axloqiy sifatlari. Pedagogik layoqatlar, pedagogik mahorat, uni egallash yo`llari. Pedagogik odob va etika.
Amaliy ish. Tajribali o`qituvchilar bilan uchrashuv: “Kasbim-faxrim” mavzusida suhbat o`tkazish. O`qituvchi va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlaridan namunalar o`rganish, she`r yod olish.


2-mavzu. Pedagogika fani va uning metodlari
Tarbiya ijtimoiy hayot hodisasidir. Tarbiyaning kelib chiqishi, tarixiyligi, umuminsoniy va milliy xususiyati. Tarbiyaga ta`sir etuvchi omillar. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi iqtisodiy-siyosiy va ma`naviy hayot zaruriyati ekanligi va unda Y.A.Komenskiyning tutgan o`rni. Pedagogika fanining nazariy, milliy va amaliy asoslari. Pedagogika yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish haqidagi fandir. Asosiy pedagogik kategoriyalar: ta`lim, tarbiya, ma`lumot, o`z-o`zini tarbiyalash. Pedagogik fanlar tizimi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika ilmiy-tadqiqot metodlari.
Seminar. Tarbiyaning tarixiy, milliy va umuminsoniy xususiyatlari.


3-mavzu. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi
Ta`lim tizimi haqida tushuncha. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra uzluksiz ta`lim tizimi tuzilishining asosiy prinsiplari. O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarining tarmoqlari va ularning ta`rifi. Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limining asoslanishi.

Seminar . O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida” gi Qonunining mohiyati.
4-mavzu. Shaxsning o`sishi, shakllanishi va tarbiyasi
Shaxs haqida tushuncha. Shaxs shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar: ijtimoiy muhit va biologik omillarning o`zaro ta`siri. Shaxs shakllanishida tarbiyaning yetakchiligi. Faoliyat, uning turlari hamda ularning bola shaxsi shakllanishiga ta`siri. Bolalarning o`sishi va yosh davrlari. O`quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi. Tarbiyada bolalarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish.

Amaliy ish. O`quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish va uni tahlil qilish.
II bo`lim. Didaktika. Ta`lim nazariyasi

5-mavzu. Ta`lim nazariyasi maqsad va vazifalari
Ta`lim nazariyasi haqida tushuncha. Ta`lim nazariyasining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Ta`lim nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Y.A.Komenskiyning tutgan o`rni. Ta`lim nazariyasi-ta`lim mohiyati, mazmuni, vazifalari, shakli, prinsiplari, metodlari, o`quvchilarda bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilish va tekshirish usullarini o`rgatuvchi pedagogika fanining maxsus qismi ekanligi. Ta`lim nazariyasining vazifalari.

6-mavzu. Ta`lim jarayonining mohiyati
Ta`lim jarayoni haqida tushuncha. In`ikos nazariyasi ta`lim jarayonining metodologik asosidir. Bilish jarayoni haqida Abu Nasr Farobiy fikrlari. Ta`lim jarayonining muhim belgilari: ta`limiy anglashni tashkil qilish, o`quvchilarning shaxsiy rivojlanish sur`atini tezlashtirish, atrof olamni anglash qonuniyatlarini egallash. O`qitish va o`qish o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining o`zaro bog`liq jarayoni sifatida. Bilimlarni o`zlashtirishning asosiy davrlari: sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, ko`nikma va malakalarning shakllanishi, bilimlarni amaliyotda qo`llash. Ta`limdagi qarama-qarshiliklar o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan omil ekanligi. Bolalarning o`qish sabablari.

Amaliy ish. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning o`quv materialini o`rganish bosqichlarini tahlil qilish.
7-mavzu. Ta`lim jarayonining prinsiplari
Ta`lim prinsiplari, o`qitish qonuniyatlarining asoslanishida Y.A.Komenskiy ta`limoti. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sinoning ta`lim prinsiplari haqida fikrlari. Ta`lim prinsiplarining maqsadi, vazifasi va uni turlarga tavsiflash borasida ilmiy izlanishlar, ilg`or tajribalar. Ta`lim prinsipi o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini bir-biriga bog`lovchi vosita ekanligi.

O`quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, hayot va uning mazmuni haqida tushunchalarini kengaytirish, o`quvchilarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda o`qituvchining mahorat bilan ta`lim prinsiplariga amal qilishi. O`qitish prinsiplarining hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarda (psixologik, sotsial, ijtimoiy, metodik, kibernetik va boshqalar) tutgan o`rni.

Ta`limning tarbiyalovchilik xususiyatlari. O`qitishning ijtimoiy qurilish amaliyoti bilan bog`lanishi. Ta`limning o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish omili ekanligi. O`quvchilarda ta`lim jarayonida ishonch va e`tiqod, faollik va mustaqillik fazilatlarini tarbiyalash.

Ta`limning ilmiylik prinsipi. Ilmiy bilimlar haqidagi qonuniyatlarning aks etishi. Ilmiy bilimlarning o`qitishdagi o`rni. Ta`limning muntazamlilik prinsipi. Ta`limning muntazamlilik prinsipi o`qitishning tashqi dunyo taraqqiyot qonuniyatlariga bog`liq ekanligi. Ta`lim jarayonining bir-biri bilan bog`liqligi va ketma-ketligini ta`minlash. Ta`limning tushunarli bo`lishi haqida umumiy tushuncha. Tushunarli o`qitishning asosiy belgilari. Ta`limning tushunarli bo`lishini pedagogik asoslash. Ta`limning ko`rsatmalilik prinsipi. Ko`rsatmali ta`limning mohiyati. Ko`rsatmali ta`limning o`qitish jarayonidagi vazifasi. Ko`rsatmali ta`lim orqali o`quvchilarning bilish xislatlarini mustahkamlash va boshqarish. O`qitishda o`quvchining ongliligi va faolligi prinsipi. Bilimlarni ongli o`zlashtirishning asosiy belgilari. Ta`lim jarayonida nazariya va amaliyotning birligi. O`quvchilar faolligini oshirish yo`llari va usullari. O`quvchilarning o`qishga ongli va faol munosabati mustahkam bilim, iqtidor va malaka hosil qilish sharti ekanligi. Mustahkam bilimlar berish prinsipi. O`quvchilarda mustahkam bilim hosil qilishda o`zlashtirilayotgan bilimlarning asosiy g`oyasini bo`rttirish va uni bolalarning bilimi bilan bog`lash. Ta`limda har bir o`quvchiga alohida munosabatda bo`lish prinsipi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish va o`rganish.



Amaliy ish. Dars jarayonida o`qituvchi tomonidan ta`lim prinsiplarining amalga oshirilishini kuzatish.
8-mavzu. Ta`lim jarayoni mazmuni
Maktab ta`limining ilmiy asosi. Ta`lim mazmunini takomillashtirish shart-sharoitlari, milliy maktablarda umumiy, mehnat va politexnk ta`limni amalga oshirish ishlari. Umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari haqida tushuncha. Ta`lim mazmunining bolalarning yoshi va bilim saviyasiga mosligi. Ta`lim mazmunini dunyo standartlari darajasiga ko`tarish.

Ta`lim mazmunini belgilovchi davlat hujjatlari: o`quv rejasi, o`quv dasturlari, o`quv darsliklari. O`quv rejasi, dasturlari va ularning tuzilish prinsiplari. O`quv fanlarining ta`limiy – tarbiyaviy ahamiyati. O`quv darsliklarining o`qitishdagi o`rni. O`quv darsliklarining tuzilishiga qo`yiladigan talablar. Maktablarda qo`llaniladigan adabiyotlar turlari va o`quvchilarni mustaqil ijodiy ishlashga o`rgatish imkoniyatlari.



Amaliy ish. Maktab o`quv hujjatlari: o`quv rejasi, dasturi, darsliklarini o`rganish va tahlil qilish.
9-mavzu. Ta`lim jarayonining metodlari
Ta`lim metodlari haqida tushuncha. Ta`lim metodlarining vazifalari. Metod ta`limda tarbiyalovchi, ma`lumot beruvchi va rivojlantiruvchi vosita sifatida. Metod, usul va ta`lim vositalari. Ta`lim metodlariga qo`yiladigan talablar. Ta`lim metodlarini turkumlash va tanlash muammosi.

Og`zaki bayon qilish metodlari. Og`zaki bayon metodlariga qo`yiladigan talablar. Hikoya, suhbat, tushuntirish, maktab ma`ruzasi, kitob va darslik ustida ishlash metodlari tavsifi. Hikoya va suhbat turlari, ularning qo`llanilishiga qo`yiladigan talablar. Ta`lim jarayonida hikoya, suhbat, tushuntirish metodlaridan foydalanish yo`llari. Kitob, uning turlari haqida tushuncha. Kitob ustida ishlash: sarvarag`i bilan tanishtirish, muallif haqida ma`lumot berish, kitob o`qish gigiyenasini tushuntirish.

Kuzatish va ko`rsatish metodlari. Y.A.Komenskiyning ko`rgazmali o`qitish haqidagi fikrlari. Kuzatish va uning turlari. Namoyish va tasvirlashning ta`lim jarayonidagi o`rni. Ko`rsatmali qurollar turlari va ularga qo`yiladigan talablar. Buyum va narsalarni namoyish qilish qoidalari. Ta`lim jarayonida kuzatish va ko`rsatish metodlaridan foydalanish. Maktabda yozuv taxtasidan foydalanishga qo`yiladigan talablar.

Amaliy ishlar metodlari: mashq qilish va uning turlari, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari, grafik ishlar. O`quvchilarning ijodiy ishlari. Takrorlash metodi. Ta`limiy o`yin ta`lim metodi sifatida. O’qitishning interfaol metodlari. Muammoli vaziyat yaratishning pedagogik asoslari va shartlari. O`qituvchi tomonidan qo`yilgan muammoni hal etish bosqichlari: muammoli vaziyat yaratish, yechim sari yo`llash, muammoni yechish va yechimni tekshirish.

Seminar. Ta`lim jarayonining metodlari
10-mavzu. Ta`limni tashkil etish shakllari
O`quv ishlarini tashkil etish shakllari haqida tushuncha. Ta`limning tashkiliy shakllari, tarixiy taraqqiyoti.

Sinf-dars tizimining paydo bo`lishi va rivojlanishi. Y.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi. Darsga nisbatan qo`yiladigan talablar. Dars o`tkazish shartlari va qoidalari. Darsda o`quv jarayonini tashkil etish. Maktab amaliyotida qo`llaniladigan dars tiplari:



  • yangi bilim beruvchi va dastlabki mustahkamlovchi dars;

  • ko`nikma va malakalarni shakllantiruvchi va mustahkamlovchi dars;

  • bilimlarni umumlashtiruvchi – takrorlash darsi;

  • bilimlarni tekshirish-nazorat darsi;

  • aralashgan dars;

  • ekskursiya darsi;

  • o`quv ustaxonalaridagi amaliy mashg`ulotlar.

O`qituvchining darslarga tayyorlanishi. O`qituvchining umumiy va har bir darsga alohida tayyorlanishi. Taqvim – mavzu reja tuzish tartibi. Dars ishlanmasi tuzish. Eng yaxshi darsning xususiyatlari. Darsda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Dars samaradorligini oshirish yo`llari va vositalari. Oz jamlangan maktablarda o`quv ishlarini tashkil qilish, darslarni rejalashtirish. Ta`limning noan`anaviy shakllari, ularni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari.

Darsda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish: og`zaki, yozma, amaliy ishlar. O`quvchilarning uyda bajaradigan mustaqil ishlari, ularning ahamiyati. Uyga beriladigan o`quv topshiriqlariga qo`yiladigan talablar.



Seminar. Hozirgi zamon darslariga qo`yiladigan talablar.
11-mavzu. O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi
Maktabda o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini tekshirish va baholashning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati hamda vazifalari. Bilimlarni tekshirish turlari va ta`lim bosqichlarida ularni uyushtirishga qo`yiladigan pedagogik talablar. O`quvchilarning og`zaki javoblari, yozma ishlari, mustaqil ishlari, ijodiy ishlarini tekshirishni pedagogik va psixologik jihatdan to`g`ri tashkil qilish. Baholash tizimi va baho me`yori. Bilimlarni baholashning test va reyting tizimi.

Seminar. O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash.



Download 6.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik