O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. A. Tojiboyeva, N. Baratova, sh. H. G‘aniyev aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish


Qariyalar va nogironlarga transport sohasida



Download 0.63 Mb.
bet10/11
Sana19.01.2017
Hajmi0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

10.3. Qariyalar va nogironlarga transport sohasida

imtiyozlar berish

Qariyalar va nogironlarga transport sohasida ma’lum imtiyozlar

berish amaldagi qonunchilikka binoan, O‘zbekiston Respublikasining

«Yo‘lovchilar tashuvchi shahar transportidan bepul foydalanishni

tartibga solish to‘g‘risida»gi 1996-yil 30-avgustdagi qonuniga ko‘ra,

ayrim toifa fuqarolar yo‘lovchilar tashuvchi shahar trasportidan bepul

foydalanish huquqi (taksidan tashqari)ga egadirlar.

Jumladan, 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari toifasidan

bo‘lgan harbiy xizmatchilar, 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va

1-guruh, urush nogironlarini kuzatib boruvchi shaxslar; 1941-1945-

yillardagi urush davrida front orqasida fidokorona mehnati va nuqsonsiz

xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

Afg‘oniston Respublikasi va boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar

harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan

bo‘lgan fuqarolar; haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy

starshinalar, praporshiklar, katta praporshiklar, michmanlar va katta

michmanlar; Chernobil AES falokati oqibatida kasallangan va nurlanish

kasalligini boshidan o‘tkazgan shaxslar; ko‘zi ojiz nogironlar va

ularni kuzatib boruvchi shaxslar yuqorida belgilangan imtiyozlardan

foydalanish huquqiga egadirlar.

Ma’lumki, 1993-yil 12-martda MDH doirasida «Urush nogironlari

va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun imtiyozli

ravishda yurish huquqini o‘zaro tan olish to‘g‘risida»gi bitim

tasdiqlangan.

Ushbu bitimga muvofiq, urush nogironlari va qatnashchilari hamda

ularga tenglashtirilgan shaxslarning transportning ma’lum turlarida

imtiyozli yurish huquqlari belgilab qo‘yilgan.

Bunday imtiyozli huquqlardan Urush qahramonlari; «Shuxrat»

ordenining uchala darajasi bilan mukofotlanganlar; 1-2-guruh urush

nogironlari, shuningdek boshqa mamlakatlar hududidagi jangovar

harakatlarda 1- va 2-guruh nogironi bo‘lgan shaxslar; xizmat vazifasini

bajarish vaqtida 1- va 2-guruh nogironi bo‘lib qolgan ichki ishlar

organlari, milliy xavfsizlik xizmati tarkibidagi rahbarlar va oddiy

109


jangchilardan bo‘lgan shaxslar (ChAES falokatini tugatish qatnashchilari

O‘zbekiston hududida) foydalanadilar.

Buning mazmuni shundan iboratki, bu shaxslar MDHda a’zo

bo‘lgan barcha mamlakatlarning hududida yilda bir marta temir yo‘lda

borish-kelish uchun bepul yurish huquqiga egadirlar.

Jahon urushining 3-guruh nogironlari, boshqa mamlakatlarda olib

borilgan jangovar harakatlar natijasida nogiron bo‘lgan shaxslar, ichki

ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati vazifasini bajarishda

nogiron bo‘lgan boshliqlar, oddiy xodimlar tarkibidagi 3-guruh

nogironlari uchun temir yo‘l poezdlarida yilda bir marta borish va

kelish uchun 50% haq to‘lash huquqi belgilangan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan

shaxslar, sobiq SSSRni himoya qilishga doir harakatdagi armiya tarkibidagi

jangovar operatsiya qatnashchilari va sobiq partizanlar;

Ikkinchi Jahon urushi davrida harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi

qismlar, shtablar va muassasalarda shtatli vazifalarda ishlagan erkin

yo‘llanma tarkibdagi shaxslar ham temir yo‘l poezdlarida yilda bir

marta borish va kelish uchun 50% haq to‘lash huquqiga egadirlar.

Yuqorida belgilangan huquqdan yana boshqa mamlakatlardagi

jangovar harakatlar davrida yaralangan, kontuziya olgan yoki mayiblangan

harbiy xizmatchilar va boshqa shaxslar, 1-guruh nogironini

kuzatib boruvchi shaxs (bitta kuzatuvchi), halok bo‘lgan harbiy

xizmatchilar oilasi, fashist konslagerlarining tutqunlari, Leningrad

qamalida bo‘lganlar, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar davrida yaralangan

fuqarolar ham foydalanadilar.

Ikkinchi Jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar

uchun Bitimda mavsumiy imtiyozlarni ham saqlab qolish nazarda

tutildi. Ya’ni, bu toifa shaxslar 1-oktabrdan 15-maygacha yurish

sonidan qat’iy nazar, havo, suv, temir yo‘l va avtomabil transportlarida

imtiyozli yurish huquqiga egadirlar.

Bitimda shaharlararo avtomobil transportida yurish uchun imtiyozlar

ko‘zda tutilgan, ya’ni Urush qahramonlari, Shuhrat ordenining

uchala darajasi bilan taqdirlangan shaxslar (shuningdek ChAES

nogironlari O‘zbekiston Respublikasi hududida) yilda bir marta davolanish

muassasalarining yo‘llanmalari bilan davolanish joyiga borish va

kelishda bepul yurish huquqidan foydalanadilar.

Ikkinchi Jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar,

Ikkinchi jahon urushi 1-guruh, nogironini va unga tenglashtirilgan

shaxslarni kuzatib boruvchi shaxslar, Afg‘oniston Respublikasi va

110


boshqa davlatlar hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan jangchilar,

baynalminalchi nogironlar, qurolli kuchlar safida harbiy xizmat

vazifalarini bajarishda nogiron bo‘lgan shaxslar, Leningrad qamalini

boshidan kechirganlar, fashist konslageri va gettoning sobiq tutqunlari,

ko‘zi ojiz 1-guruh nogironlari, ChAES halokati oqibatlarini bartaraf

etishda qatnashganlar va nogiron bo‘lgan shaxslar shahar atrofida

qatnovchi (taksidan tashqari) yo‘lovchi transportlarda bepul yurish

huquqiga egadirlar. Yuqorida zikr etilgan shaxslarning ayrim toifalari

uchun telefon aloqasidan foydalanish borasida ham tegishli imtiyozlar

belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 15-

mayda 339-raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasida

mahalliy telefon aloqasidan foydalanish qoidalari»ga muvofiq

bir qator fuqarolar xizmatning bu turidan ham imtiyozli ravishda

foydalanadilar.

Jumladan, telefon o‘rnatishda 1-guruh, nogironlari, Ikkinchi

Jahon urushi, shuningdek Vatan himoyasida yoki boshqa harbiy xizmat

vazifalarini bajarishda yaralangan, kontuziya yoki mayiblanish natijasida

nogiron bo‘lgan harbiy xizmatchilar jumlasidan 2-3-guruh,

nogironlari; ChAES falokati oqibatlarini tugatish davrida nur bilan

kasallangan shaxslar; harbiy xizmatni o‘tash davrida yaralangan,

kontuziya yoki mayiblanish natijasida, frontda bo‘lish bilan bog‘lik

kasallanish sababli vafot etgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va

xotini, yolg‘iz keksa fuqarolar va bolalikdan nogironlar shunday

imtiyozlardan foydalanadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1997-yil 12-martdagi

buyrug‘iga asosan umumiy kasallik, Mehnatda mayiblangan va kasb

kasalligi oqibatidagi 1-guruh nogironlari, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari

va ularga tenglashtirilgan shaxslar, Ikkinchi jahon urushi

nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1-guruh, ko‘zi ojiz

nogironlar har oylik telefon xizmati uchun abonent haqining 50%ini

to‘lash kabi imtiyoz belgilangan.



10.4. Pensionerlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga

doir imtiyozlar

Pensionerlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga doir imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati

to‘g‘risida»gi 1997- yil 25-aprelda tasdiqlangan Qonunida ta’kid111

lanishicha, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan

tartibga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

tomonidan ayrim toifa shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishi

ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-

dekabrdagi «Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan

ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 532-sonli qarori

(Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentyabrdagi 344-sonli qarori

asosida yangi tahrirdagi) qaroriga muvofiq, bir qator pensionerlar va

boshqa fuqarolarni shifokorlar dorinomasiga ko‘ra, dori-darmonlar

bilan bepul ta’minlash belgilangan.

Jumladan, ambulatoriya tarzida davolanayotgan o‘zgalar parvarishiga

muhtoj yolg‘iz pensionerlar, 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari,

nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, CHAES falokati

oqibatlarini tugatish davrida qatnashgan nogironlar, baynalminalchi

harbiy xizmatchilar yuqoridagi imtiyozlardan foydalanadilar.

Bu qarorga ko‘ra, shaxslarni statsionar davolash profilaktika

muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yhati

(pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) tasdiqlangan. Bu

ro‘yhatga jumladan, onkologik kasalliklar, sil kasalligi, ruhiy kasalliklar,

ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik, moxov kasalligi,

nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar, yuqumli kasalliklar, sifilis,

kasalligini yuqtirganlar (OITS), shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish

chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarning

tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv

terapiyani talab etuvchi harakatlar, darajasidan qat’iy nazar kamqonlik

kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar, endokrinologik

kasalliklar kiritilgan.

Bundan tashqari ushbu qaror bilan statsionar davolash profilaktika

muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan faxrli toifalarining

ro‘yhati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) ham

tasdiqlangan bo‘lib, bularga bolalikdan nogironlar, g‘irt yetimlar, I va

II guruh, nogironlari, 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va

qatnashchilari, shuningdek ularga tenglishtirilgan shaxslar, ijtimoiy

ta’minot organlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar, 1941-1945-

yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil

CHAESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron

shaxslar, baynalminalchi jangchilar, 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va

112

o‘smirlar, mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18-27



yoshli chaqiriq yoshidagilar kiritilgan.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Aholining yordamga muhtoj qatlamiga davlat tomonidan belgilangan

imtiyozlar nimalardan iborat?

2. Nogironlarni harakat vositalari bilan ta’minlash tartibini ayting.

3. Aholiga protez - ortopediya yordami ko‘rsatish tartibini ayting.

4. Qariyalar va nogironlarga transport sohasida qanday imtiyozlar

berilgan?

5. Pensionerlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashga doir imtiyozlarni

sanab bering.

Mavzuni mustahkamlash yuzasidan test savollari

1. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘-

risida»gi qonuni qachon qabul qilingan?

a) 1996-yil 29-avgustda b) 1996-yil 26-dekabr

d) 1997-yil 29-avgustda e) 2005-yil 24-aprel

f) 2006-yil 26-dekabr

2. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘-

risida»gi qonunining qaysi moddasida «nogironlar, shu jumladan, nogiron

tibbiy - ijtimoiy yodam olish, kuch-quvvatni tiklashni barcha turlaridan

foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish

vositalari bilan imtiyozli asosda ta’minlanish, shuningdek, kasb-kor egallash

va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga ega» deb belgilab qo‘yilgan?

a) 20-modda b) 22-modda d) 24-modda e) 26-modda

3. O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘lovchilar tashuvchi shahar transportidan

bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon

qabul qilingan?

a) 1996-yil 29 avgustda b) 1996-yil 26 dekabr

d) 1996-yil 30 avgustda e) 2005-yil 24 aprel

f) 2006-yil 26 dekabr

Test javoblari: 1 2 3

a b d


113

XULOSA

Aholining davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami — bolali oilalar,

qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning ahvoli bozor

munosabatlariga o‘tish davrida narx-navoning oshishi, pulning qadrsizlanishi

bilan qiyinlashib qoladi.

Ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor

qatlamlari-keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi

yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini

ta’minlashdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston— bozor

munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida kuchli ijtimoiy siyosat

- iqtisodiy o‘zgarishlarning ishonchli kafolati ekanligi va bozor iqtisodiyotiga

o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish

kerakligi ta’kidlangan. Bu shuni anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish

davridagi iqtisodiy tizim islohoti aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamlarini

ijtimoiy himoyalash masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab erishilgan ulkan yutuqlarimizdan

biri — bozor munosabatlarining qaror topayotganligi, umuminsoniy

qadriyatlarga asoslangan yangicha demokratik tuzum, fuqarolik

jamiyati rivojlanib borayotganligidir.

Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy

himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘g‘risida o‘z

yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot

sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.

Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi,

pensiyalar, stipendiyalarning miqdorlarini oshirib borish to‘g‘risida»gi

Farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan sharoitga

mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini o‘z ichiga olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Vazirligi davlatimizning kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga amal qilgan holda,

«O‘zbekiston Respublikasi aholisining 2010-yilgacha davrga mo‘ljallangan

ijtimoiy himoyasi yagona tizimini yaratish kontseptsiyasi»ni ishlab chiqdi.

Bu kontseptsiyada davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish uchun

yagona yo‘l ishlab chiqish va turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari

kuchlarini birlashtirish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Ijtimoiy himoyaning

mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirish,

bu muammolarni faqat davlat mablag‘lari hisobiga hal qilmay, balki

homiylar, xayriya va jamoat mablag‘larini ham jalb qilish zarur.

114

Aholini ijtimoiy himoyalash masalalari bilan ijtimoiy ta’minot organlari



bilan birga, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari, Pensiya Jamg‘

armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojizlar, Kar-soqovlar,

Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari, «Mehribonlik», «Bolalar», «Navro‘

z», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Mahalla» kabi xayriya jamg‘

armalari ham ish olib bormoqda, bu borada ularning vakolatlar hajmi

kengaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi

75-sonli qarori asosida Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari

birlashtirilib, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil

qilindi va ijtimoiy himoya tizimi hamkorlikda amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Chunki har ikkala vazirliklarning vazifasi davlatimiz olib borayotgan aholini

ijtimoiy himoyalash tamoyili hamda muhtoj aholini har tomonlama

muhofaza qilish bo‘lib hisoblanadi.

Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning

qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat

ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan

pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi.

1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib,

1994-yil 1-iyuldan Respublika hududida kuchga kirdi.

Qonunga asosan faqat ish staji mavjud bo‘lgan shaxslargagina pensiyalar

tayinlanishi belgilangan. Bu yoshga doir, nogironlik va boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyalaridir.

Aholining ayrim guruhlari uchun ilgari belgilangan ko‘p yillik xizmat

pensiyalari, imtiyozli yoshga doir pensiyalar bilan almashtirildi. Qonun

pensiya darajasini jamiyat farovonligi uchun sarflangan mehnatning sifati va

miqdoriga mos kelishini ta’minladi.

Ilgari sobiq Ittifoq qonunida belgilangan ijtimoiy pensiyalar o‘rniga, ish

staji yo‘q fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-

sonli qaroriga asosan yolg‘iz qariyalar, nogironlar va bolalikdan nogironlarga

nafaqalar belgilandi.

Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish

davrining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilgandir. O‘tish davrida

xalqning muhtoj tabahalarini himoyalash va ularga yordam berish keyingi

bosqichlarda ham davom etib kelmoqda.

Islohotlar davomida mulkchilikning qaysi shakli va sohalarida band

bo‘lishidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni teng ijtimoiy kafolatlar bilan

ta’minlash, ayniqsa aholining nochor qatlamlariga yordam berish, boshqacha

qilib aytganda manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tish

jarayonini faollashtirish talab etildi.

115

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi «Bolali



oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish

to‘g‘risida»gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1996-yil 10-dekabrdagi 437-sonli qaroriga asosan, bolali oilalarga

nafaqa tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi.

1999-yil 7-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

520-sonli hamda 2007-yildagi 459-sonli qarorlari bilan «hech kimi yo‘q,

yolg‘iz keksa va nogironlarni ijtimoiy himoyalashga doir 2010 yilgacha

mo‘ljallangan davlat Dasturi» qabul qilindi va yolg‘izlarning salomatliklarini

muhofazalash va ularni ijtimoiy himoyalashga doir bir qancha tadbirlar

amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, kishilarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy

kafolatlangan kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina

mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan

«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari

to‘g‘risida»gi farmoni aholini ijtimoiy muhofazalashni yanada

takomillashtirishga xizmat qiladi.

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, aholining manfaatlarini ta’minlash

Yurtboshimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishini tashkil qiladi.

O‘zbek modeli sifatida tan olingan mustaqil taraqqiyot yo‘limizning negizida

mashhur besh tamoyildan biri - kuchli ijtimoiy siyosat olib borish ekani

bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Istiqlolning dastlabki

kunlaridan boshlab bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jarayonida elyurtimiz

hayotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oqibatlarni imkon qadar

kamaytirish, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, yetim

va nogironlar, talaba va pensionerlarning manfaatlarini har tomonlama

himoya etish bo‘yicha keng ko‘lamli va qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

boshlangan murakkab sharoitda ham izchil davom etdi. Prezidentimiz Islom

Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan inqirozga qarshi choralar Dasturida

mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi

daromadlari o‘sishini ta’minlash eng muhim ustuvor yo‘nalishlar sifatida

belgilangan. O‘tgan 2009-yilda aholining real daromadlari 26,5 foizga, oylik

ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘rtacha 40,0 foizga oshdi.

Davlat byudjetining sotsial soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan umumiy xarajatlari 2009-yilda 56,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu

ko‘rsatkich 2010-yilda 59 foizdan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrda «Ish

haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish

to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan edi.

116

Mazkur Farmonga asosan, Respublika aholisining daromadlari va



turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy

madadni kuchaytirish maqsadida 2010-yil 1-dekabrdan boshlab byudjet

muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda

ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 baravarga oshirildi.

Unga ko‘ra:

Eng kam ish haqi - oyiga 49 735 so‘m;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 97 285 so‘m;

yagona tarif setkasi bo‘yicha boshlang‘ich razryad - oyiga 49 735 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 97 285 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz

fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga - 59 690 so‘m miqdorda belgilandi.

Har kim keksayganida, mehnatga layoqatini yo‘qotganda, shuningdek

boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa

hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda

mustahkamlangan. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi va

«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi hamda

boshqa qator qonun hujjatlarida davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni

tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibi belgilangan.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan

«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari

to‘g‘risida»gi farmoni ushbu mexanizm samaradorligini oshirishni

ko‘zda tutadi. Mazkur hujjatda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy

tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish

hamda ularni to‘liq hajmda to‘lash, shuningdek, respublika fuqarolarining

pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi

ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladigan qator yangiliklarni joriy

etish belgilangan.

Ayni paytda hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi zimmasiga qo‘shimcha

vazifalar yuklangan. Yangi tuzilma fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning

miqdori qayta hisoblab chiqilishini ta’minlaydi. Mehnat mayibligi

yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha tayinlangan pensiyalarga

doir munosabatlami amalga oshiradi.

Pensiya ta’minoti tizimiga kiritilgan bunday yangilik fuqarolarni

ijtimoiy muhofazalash samaradorligini oshirish, tibbiy-mehnat ekspertizasi

xizmati faoliyatini tashkil etish imkonini beradi. Zotan, fuqarolarga pensiya

tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirish, mavjud ijtimoiy himoya

tizimining samaradorligini oshirishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda.

Mamlakat iqtisodiy salohiyati va odamlar ijtimoiy muhofazasi bilan bog‘liq

117


ushbu masalada belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishini

ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida Byudjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi

ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida tegishli

bo‘limlar tashkil qilinadi. Ular tomonidan yangi tayinlangan pensiya va

nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda

tutilgan imtiyozlar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, shu jumladan fuqarolarning

pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida birlamchi hujjatlarning to‘liqligi va

ishonarliligini tekshirish yo‘li bilan yoppasiga tekshiruvlar amalga oshiriladi.

Ishlovchi pensionerlarga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar,

tashkilotlar, muassasalar tomonidan pensiyalar hamda nafaqalarning

hisoblab yozilishi va to‘lanishi to‘g‘riligini reja asosida tekshiradi. Bu esa o‘z

navbatida fuqarolarga pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishining

tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklarga qarshi tegishli choralarni

ko‘rish imkonini beradi.

Davlatimiz tomonidan izchillik bilan aholining ijtimoiy zaif va himoyaga

muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan

kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda hamda bu tadbirlar

1997-yildan buyon har bir kelayotgan yilni muayyan nomlar bilan nomlanishida

fuqarolarning ayrim qatlamlarini qo‘lla-quvvatlashga yo‘naltirilgan

ishlarimizda o‘z ifodasini topmoqda.

Yon-atrofimizda yordamga ehtiyoj sezib yashayotgan yolg‘iz keksalar,

nuroniylar va nogironlarga zarur ko‘mak va ma’naviy madad berish masalasi

davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida. El-yurtimizga xizmati singgan,

katta hayotiy o‘gitlari bilan ibrat bo‘lib kelayotgan muhtaram faxriylar va

pensionerlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular sog‘lom va mazmunli

umr kechirishi uchun barcha shart-sharoitni yaratish yo‘lidagi izchil

sa’y-harakatlar buning yorqin dalilidir. Prezidentimizning «Fuqarolarning

pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi farmoni ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi.

118



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik