O'rta asrlar tarixi haqida



Download 371 Kb.
bet2/11
Sana12.01.2017
Hajmi371 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Bundan tashqari, Gerraaniya irnperatorlari cherkov yerlarini davlatga qarashli qirol yerlarining bir qismi, deb hisoblardilar.

XI asrga kelib ruhoniylar Papa saylashda dunyoviy feodallarning ishtirokiga qarshi chiqdilar. Bu harakat tashkilotchisi Rim Papasi Grigoriy VII bo'ldi. U hatto Rim Papasi imperator va qirollarni taxtdan tushira oladi, deb da'vo qildi. Papa ustidan esa hech kirn, hech qanday hukm chiqara olmaydi, deb hisoblardi.

Grigoriy VH Papani faqat ruhoniylar saylaydigan tartibni joriy etdi. Yepiskoplarga ruhoniylik lavozimiga tayinlanganlik haqida beriladigan yorliq va maxsus belgi (uzuk va hassa)ni dunyoviy hukmdor berishini bekor qildi.

Tabiiyki, bunday da'volarga imperator va qirollar toqat qila olmas

edilar.


Imperatorlar va Rim papalari kurashi. Imperator Genrix IV Rim Papasi qarorlariga keskin norozilik bildirdi. Uning talabi bilan german yepiskoplari va oliy tabaqali feodallar yig'ilishi 1076- yilda Grigoriy VII ni Papalik taxtidan tushirish haqida qaror qabul qildi.

Bunga javoban Grigoriy VII Rimda Genrix IV ni taxtdan tushirilgan deb e'lon qildi. Ayni paytda imperiya fuqarolarini imperatorga sodiqlik to'g'risida ichgan qasamlaridan xalos etdi.

Bu hodisalardan so'ng imperator va Papa o'rtasidagi kurash yanada jiddiy tus oldi. Bu kurash deyarli yarim asr davom etdi, nihoyat imperator Genrix V davrida ikki o'rtada shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Bu shartnoma tarixga Vorms konkordati nomi bilan kirgan. Shartnoma 1122- yilda imzolangan.

Yodda tuting

Imperatorlar va Rim papalari o'rtasidagi kurash 7722-yilda Vorms konkordati imzolanishi bilan tugadi.

Unga ko'ra, imperator yoki uning vakillari faqat Germaniyadagina yepiskop saylashda qatnashadigan bo'lganlar. Ko'p yillik kurashlar davrida cherkovdan tortib olingan yerlar yana cherkovga qaytarib berilgan.

Yepiskoplikka saylangan ruhoniyning saylanganligi haqidagi belgi ikki qismga bo'lingan. Birinchisi uzuk va hassa bo'lib, u Papa tomonidan berilgan. Ikkinchisi imperiya hassasi bo'lib, uni imperator taqdim etgan. Imperiya hassasi yepiskoplarning imperator vassali ekanligini anglatib turuvchi ramziy ma'noni bildirgan.

Bundan tashqari, imperator Rim Papasining ruhoniylar saylashi taftibini ham tan olgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Immunitet huquqi - yepiskoplar shaxsi daxlsizligi. Ritsarlar - barcha harbiy anjom va qurol-yarog'ga hamda maxsus harbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan otliq askarlar.

5-§. V - XI asrlarda Angliya

Tayanch tushunchalar

Germanlarning Britaniyaga kirib kelishi. Angl-saks sulolasi. ,,Donolar kengashi". Lord.

Angliyaning birlashtirilishi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo'shma qirolligi davlati Angliya deb ham ataladi.

Bu davlatning V - XI asrlardagi tarixi qanday kechgan?

V asrgacha Britaniya Rimga qaram edi. Rimliklar V asrda o'z qo'shinlarini olib chiqib ketgach, Britaniya mayda-mayda qirolliklarga bo'linib ketgan. V asrning o'rtalaridan boshlab esa Britaniyaga german qabilalari bo'lmish angllar, saksiar va yutlar bostirib kira boshlagan. Bu bosqinlar natijasida Britaniyada germanlarning o'ndan ortiq qirolliklari tashkil etilgan. Ular gegemonlik qilish uchun o'zaro shiddatli urushlar olib borishgan.

VIII asr o'rtalariga kelib Uesseks qirolligi yetakchi qirollikka aylangan. Uning qiroli Ekbert (802 - 839) 829- yilda butun mamlakatni yagona davlatga birlashtirishga erishgan.

Angliya - Daniya munosabatlari. Birlashgan angl-saks qirolligining asosiy dushmani IX asrda tashkil topgan Daniya qirolligi edi. Daniya qirolligi salkam uch asr davomida Angliyaga hujum uyushtirib turdi.

866- yilgi hujum natijasida Daniya Angliyaning katta qismini bosib oldi. Angliya qiroli Buyuk Alfred 879- yilda daniyaliklar bilan sulh shartnomasi tuzishga erishdi. Unga ko'ra Angliya ikki qismga bo'lindi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismi Daniyaga berildi.

X asr oxiri - XI asr boshlarida Daniyaning tajovuzi yanada kuchaydi. Buning oqibatida Angliya davlat mustaqilligini butunlay

yo'qotdi. Bu hodisa Daniya qiroli Kanut hukmronligi davrida (1017 -1035) yuz berdi. U bu istilo natijasida Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Shotlandiyadan iborat Shimoliy davlat deb ataluvchi davlat tuzdi. Angliya Daniyaga katta miqdorda soliqto'lashgamajburetildi. Biroq kuch bilan birlashtirilgan davlat uzoq yashamadi. Qirol Kanut vafotidan so'ng u parchalanib ketdi.

1042- yilda Angliyada yana angl-saks sulolasi hukmronligi tiklandi. Qirollik taxtini Eduard egalladi. Uning hokimiyati mustahkam emas edi. Shu tufayli u Normandiya gersogligi (Fransiyada) bilan yaqin-lashish yo'lini tutgan.

Normandiya gersogi Wgelm qirol Eduardning vafotidan so'ng Angliya taxtini bosib oldi. 1066- yili u Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Shu tariqa Angliya tarixida angl-saks sulolasi hukmronligi davri barham topdi.

Ijtimoiy hayot. Angl-sakslarda urug'chilik munosabatlari uzoq davom etgan. Aholining asosiy qismi erkin kishilardan tashkil topgan. Ular mustaqil dehqonlar bo'lib, gaydalarga ega bo'lganlar.

Ayni paytda jamiyatda tabaqalanish jarayoni ham kuchayib borgan. Chunonchi, katta yer egasining xuni mustaqil dehqon xunidan 6 marta ko'p bo'lgan. Aholi tarkibida yarim erkin kishilar qatlami ham mavjud bo'lgan. Ular o'z yerlariga ega emasdilar. Erkin kishilar ma'lum shartlar evaziga erl\ai yerini ishlab berganlar.

Angl-saks jamiyatida jamoa boshqaruvi mavjud edi. Uning asosi qishloq bo'lib, oqsoqol boshqargan. Mamlakat grafliklarga bo'lingan. Ularni sherif deb ataluvchi davlat amaldori boshqargan. Sheriflar qishloq jamoalari vakillarining majlisi (u yuzboshilar majlisi deb atalgan) bilan hisoblashishga majbur bo'lganlar.

Qirol huzurida ,,Donolar kengashi" (vitenagemont) chaqirilib turilgan. Bu kengash katta vakolatlarga ega edi. Chunonchi, u qirol chiqargan qonunlarni tasdiqlagan. Kengashning tasdig'isiz qirolning biror-bir in'omi amalga oshmas edi. Kengash, ayni paytda, davlatning Oliy sudi hisoblanardi.

U qirol saylash va uni taxtdan mahrum etish vakolatiga ham ega bo'lgan.

X asrga kelib ijtimoiy hayotda chuqur o'zgarishlar yuz bergan. Katta yer egaligi tobora avj ola boshlagan. Qirol maxsus yorliqlari bilan yirik feodallar va cherkovga ular foydalanib kelgan yerlarni xususiy mulk qilib bera boshlagan.

Bundan tashqari, katta yer egalariga dehqonlarni sud qilish va ulardan soliq yig'ish huquqi ham berilgan. Feodal munosabatlarning chuqurlashib borishi dehqonlar chek yerlari hajmining kamayishiga olib kelgan. Oqibatda dehqonlar o'z yerlarining 3/4 qismini yo'qotganlar.

Dehqonlar katta yer egalari ,,homiyligiga" o'tishga majbur edilar. Qirol Etelstanning 930- yilda chiqargan farmoniga ko'ra, har bir erkin kishi o'ziga xo'jayin (lord) topishi shart edi. Davlat shu tariqa dehqonlarning katta yer egalariga qaram bo'lib borishini qonunlashtirib qo'ygan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Erl - katta yer egasi.

Gayda - miqdori 50 gektar (1 20 akr )ga teng bo'lgan yer may-

doni. Gegemonlik - hukmron bo'lishga intilish.

6-§. VI - XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

Imperiyaning tashkil topishi. 395- yilda qadimgi Rim imperiyasi G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'linib ketdi. Sharqiy qism Vizantiya deb atala boshlandi. Shu tariqa yangi davlat - Vizantiya imperiyasi vujudga keldi. Imperiya 1453- yilgacha yashadi. Konstantinopol (hozirgi Istanbul shahri) impe-riyaning poytaxti bo'lib qoldi. Bu shahar o'rnida qadimda Vizantiy shahri bo'lgan. Imperiya nomi shu shahar nomidan olingan.

Imperiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo, Misr, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Kavkazortining bir qismi hamda Qrimning janubiy qirg'oqlaridan iborat hududlar kirgan. Imperiya tashkil topgan davrdan XI asrning birinchi yarmigacha uni beshta sulola vakillari boshqargan. Yodda tutiug

Vizantiya imperiyasi 395- yilda tashkil topgan.

Vizantiya taraqqiyoti xususiyatlari. Vizantiya imperiyasi G'arbiy Rim imperiyasiga qaraganda mustahkam davlat edi. Vi¬zantiy ada G'arbiy Rim imperiyasini yemirayotgan qulchilik muno¬sabatlari deyarli yo'q edi. Yerga ishlov berishda asosan erkin deh¬qonlar mehnatidan foydalanilardi. Bu mehnat moddiy manfaat-dorlikka ham asoslangan. Bu esa yerdan yuqori hosil olish imkonini berardi. Bundan tashqari, imperiya hududi boy va madaniy o'lka-lardan iborat edi.

Vizantiya shaharlari savdo-sotiq markazlariga aylangan. Ularda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Imperiya hayotida, ayniqsa, poytaxt Konstantinopol shahri katta ahamiyat kasb etgan.

Ayni paytda Konstantinopoldan ikkita muhim savdo yo'li o'tgan. Ulardan bin karvon yo'li, ikkinchisi suv yo'li bo'lgan. Karvon yo'li Yevropani Osiyo bilan, suv yo'li esa Qora dengizni O'rta Yer dengizi bilan bog'lagan.

Yodda luting

Konstantinopol shahri r,g'oyat katta zeb-ziynat ustaxonasi" deb atalgan.

Vizantiya oltin puli xalqaro savdo puli vazifasini bajargan.

Hunarmandchilik va tashqi savdo imperiya xazinasini boyit-gan. Vizantiya imperator Yustinian davrida (527 - 565) g'oyatda yuksalgan.

Eslang

Yustinian hukmronligi davrida Osiyoning Oltoy va Janubiy Sibir hududlarida qanday voqea yuz berdi?



Vizantiyaning zaiflashuvi. Har qanday imperiya kuch bilan tashkil etilgan. Jumladan, Vizantiya ham bundan mustasno bo 'Imagan. Bu hoi qachondir imperiyaga pand berishi muqarrar edi. Vizantiyada ham shunday bo'lgan. Og'ir soliqlar mehnatkash aholini tobora xonavayron qilgan. Bunga javoban ular qo'zg'olon ko'targanlar. Qo'zg'olonlarning eng qudratlisi 821- yilda Kichik Osiyoda yuz berdi. Unda erkin jamoachi dehqonlar, qaram ijarachi krepostnoylar qatnashganlar. Unga Foma Slavyan rahbarlik qilgan. Qo'zg'olon 823-yilda bostirilgan bo'lsa-da, imperiyani uzoq vaqt larzaga solgan. Bosib olingan o'lkalarda mustaqillik uchun kurash kuchaygan. Natijada imperiya zaiflasha borgan. Bundan foydalangan slavyan xalqlari Bolqon yarim orolini egallab, o*z davlatlarini tashkil etishga kirish-ganlar. Imperiya yana bir boshqa imperiya - Arab xalifaligi hujumiga ham uchragan. Arablar Suriya, Misr, Kipr va Rodos orollarini bosib olganlar. Imperiya hududi Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolining janubiy qismi bilangina cheklanib qolgan. Aholi tarkibida slavyanlar soni tobora ortib borgan.

IX asrning ikkinchi yarmiga kelib arablar endi Vizantiyaga xavf solmay qo'ydi. Chunki bu davrda xalifalik amalda qator mustaqil davlatlarga bo'linib ketgan edi.

Imperiya o'z hududlarini hatto kengaytirib ham oldi. Biroq bu muvaffaqiyatlar ko'pga cho'zilmadi. Yirik mulkdorlar hokimiyati tobora kuchayib bordi. Ular davlat va qo'shinning yuqori lavozimlarini egallab olganlar. O'z hokimiyatlarini yanada mustahkamlash maqsadida imperatorlarga qarshi,/?malar uyushtirganlar.

Imperiya qo'shini tobora qisqarib borgan. Bunga krepostnoylarning askarlikka olinmasligi sabab bo'lgan. Qashshoqlashgan erkin dehqonlaming ot va qurol-yarog* sotib olishga pullari yo'q edi. Ayni paytda imperiyada separatchilik kuchaygan.

Bu omillar imperiyani zaiflashtirmay qo'ymas edi. Oqibatda XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Vizantiya tashqi dushmanlaridan birin-ketin mag'lubiyatga uchray boshlagan.

Ulardan biri saljuqiylar edi. 1071- yilda saljuqiylar Vizantiya qo'shinini mag'lubiyatga uchratgan. Keyinchalik Kichik Osiyo, Suriya va Falastin ham saljuqiylarga qaram bo'lib qolgan.

Atamalar mazrnunini bilib oling

Fitna - biror shaxsni yo'q qilish maqsadida uyushtiriladigan yashirin til biriktirish.

Separatchilik - imperiya tarkibidagi u yoki bu xalqning ajralib chiqib, mustaqil davlat tuzishga intilishi.

7-§. Slavyan davlatlarining tashkil topishi

Tayanch tushunchalar

Slavyanlar. Chexiya davlati. Polsha davlati. Bolgariya davlati. Bogomillik.

Slavyan xalqlari haqida. Markaziy va Sharqiy Yev-ropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo'lgan ulkan maydonni egallagan.

VII asrda slavyan xalqlari g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'linib ketganlar.

Chexlar, polyaklar va slovaklar g'arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy.slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar.

Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo'lmagan. Bungacha ular urug'chilik tuzumida yashagantar. Yer qishloq yoki urug'chilik jamoasining mulki bo'lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda ko'rib chiqilgan.

Chexiya davlati. X asr boshlarida Chexiya davlati tashkil topdi. Germaniya bu davlatni o'ziga bo'ysundirishga zo'r berib urindi. 1041- yilga kelib Chexiya Germaniyaning vassaliga aylandi. Ayni paytda Chexiya knyazlarining davlat ishlarini boshqarishdagi mustaqilliklari ma'lum darajada saqlab qolindi. Chunki istilochilik urushlarida Germaniyaga Chexiyaning ittifoqchi bo'lishi juda ham zarur edi. Shu tufayli Germaniya imperatori Genrix IV Chexiya knyazi Bratislav II ga (1042 - 1061) Qirol unvonini bergan. Biroq Chexiyaning qirollik maqomi uni Germaniyaga qaramlikdan to'la xalos etmagan.

Polsha davlati. Polsha davlati ham X asrda tashkil topdi. Unga barcha polyak qabilalarini birlashtirgan knyaz Meshko asos soldi. Bu tarixiy voqea 960- yilda yuz berdi.

966- yilda Meshko o'z qo'shini bilan xristian dinining katolik mazhabini qabul qildi.

Polsha knyaz Boleslav I (992 - 1025) davrida kuchli davlatga aylandi. U Polsha hududlarini kengaytirdi. Rim Papasidan Qirol unvonini qabul qildi.

Garchand Boleslav I ning o'limidan so'ng Polsha hududlari qisqargan bo'lsa-da, o'rta asrlar davomida Polsha o'z mustaqilligini saqlab qoldi. Polshani ham tobe etish rejasi Germaniya uchun orzu bo'lib qolaverdi.

Birinchi Bolgariya podsholigi. Xalqlarning buyuk ko'chishi jarayonida janubiy slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib o'rnashdilar.

Eslang

Bolqon yarim oroli qaysi davlat qo'l ostida edi.



Ular bu yerda Bolgariya, Serbiya va Xorvatiya deb ataluvchi davlatlarni tuzdilar. Bolgariya podsholigi VII asrda Bolqonning shimoli-sharqida tashkil topdi. Bu davlatga Asparux asos soldi.

IX asrga kelib Bolgariya kuchli, katta davlatga aylandi. Aholi xristian dinini qabul qildi. Podsho Buyuk Simon (883 - 927) bir necha marta Konstantinopolga hujum uyushtirdi. U garchi Konstantinopolni bosib ololmagan bo'lsa-da, o'zini Vizantiya imperatori bilan teng deb hisoblay boshladi.

Buyuk Simon vafotidan keyingi ahvol. Simon vafotidan so'ng Bolgariya zaiflasha bordi. Istilo qilingan yerlar birin-ketin qo'ldan keta boshladi. Ayni paytda mahalliy mulkdor tabaqalar - boyarlar hokimiyati tobora kuchaydi. Bu markaziy hokimiyatning zaif-lashuvi oqibati edi. Bu omil oxir-oqibatda siyosiy tarqoqlikni vujudga keltirdi.

Bundan tashqari, bolgar dehqonlarining ahvoli ham tobora yomonlashib borgan. Turli soliqlar ularning tinka-madorini quritib, xonavayron qilgan.

Dehqonlarning og'ir ahvoli bogomillik deb ataluvchi harakatni vujudga keltirgan.

Bogomillar davlat cherkovining mavjud adolatsizlikni himoya qilishiga qarshi chiqqanlar. Ular o'zlarini xudoga yaqin deb hisob-laganlar. Davlat cherkovini esa xudoga emas shaytonga xizmat qilishda ayblaganlar. Davlat cherkovi va cherkov yer egaligini inkor etganlar. Krepostnoylikni muqaddas kitob ko'rsatmalariga zid ekanligini ta'kidlaganlar.

Mavjud jamiyat o'rniga jamoa mulkiga asoslangan va o'z-o'zini idora qiladigan jamoa boshqaruvini taklif etganlar. Ular demokratiya cherkovi deb ataluvchi o'z cherkovlarini tashkil qilganlar.

Hokimiyat bogomillarga qarshi ayovsiz kurashgan. Vizantiya Bolgariyaning qiyin ahvolidan foydalanib, unga hujum qilgan. 1018-yilda Birinchi Bolgariya podsholigi deb ataluvchi davlat Vizantiyaga bo'ysundirilgan. Bu qaramlik XII asrning oxirigacha davom etgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Bogomillik (xudoga xush keladigan) - jamiyat a'zolari o'rtasida mulkiy tenglikni targ'ib etgan diniy harakat.

Slavyanlar - tillari o'zaro yaqin, kelib chiqishi bir bo'lgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhlari.

Veche - xalq yig'ini.

8-§. Kiyev Rus davlati

Tayanch tushunchalar

Kiyev Rus davlati. Vladimir Svyatoslavich knyazligi davri. Votchina. tiRusskaya Pravda".

Davlatning tashkil topishi. Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo'linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g'alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan.

Yodda tuting

Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan oiingan.

Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslaming umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus

Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saq-lanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida Mo" va,,u" harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki ,,Rus tili".

Kiyev Rus davlatining mustahkamlanishi. Knyazlar o'z davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko'chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to'siq bo'lib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar podsholiklarini mag'lubiyatga uchratgan. U hatto Vizantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turh" ko'chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi.

Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo'lgan.

Svyatoslavning o'g'li Vladimir Svyatoslavich davlatni rnustah-karnlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal'alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi.

Chegara mudofaasi bilan shug'ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to'xtatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda ,,Qizil Quyosh" deb ulug'langan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan.

Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati - xristian dinini joriy etganligida edi.

Yodda tuting

988- yilda Kiyev Rus davlatida xristian dini joriy etilgan.

Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqin-lashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilg'or madaniyati yoyilishiga ham xizmat qildi. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa hukm-dorlari (imperatorlar, qirollar) bilan teng nufuzga ega bo'ldilar.

Vladimir Monamax knyazligi. Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so'ng (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan o'zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvafTaq bo'ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman -qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo'lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so'nggi Buyuk knyazi edi. Lining vafotidan so'ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o'ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo'linib ketdi.

Ijtimoiy hayot. Kiyev Rus davlati ham Yevropaning boshqa davlatlaridek monarx tomonidan boshqarilgan. Kiyev Rus davlatida monarxlarknyaz deb atalgan. Davlat tashkil topishi bilan feodai votchina lar qaror topa boshlagan. Votchina urug'-qabila zodagonlarining yerga o'z huquqlarini zo'rlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar.

Kiyev Rusida boyarlar deb ataluv-chi tabaqaning nufuzi katta edi. U mol-mulkini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'lgan. Knyaz, boyarlar va druji-nachilar eng katta yer egalari edilar. Votchinalar o'ziga xos mitti ,,davlatlar" edi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hukmron tabaqalarning qasrlari esa bu mitti ,,davlatlar"ning o'ziga xos ,,poy-taxtlari" hisoblanardi.

Votchina o'z tarkibiga ,,fuqarolar" deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; harbiy xizmat o'tashga majbur kishi-lar — qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlarni, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan.

Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni mustahkamlash choralarini ko'rgan.

Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga ,,Russkaya Pravda" nomi bilan kirgan. ^Russkaya Pravda" knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini o'ldirganlik uchun 80 bosh ho'kiz yoki 400 bosh qo'y to'lash jarimasi belgilangan.

Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qo'yar edi.

Atamalar mazmunini bilib oling

Boyarlar - urug'-qabila zodagonlari avlodi, daxlsizlik huquqiga ega bo'lgan yirik yer egalari.

Monarx - davlatning yakka oliy hukmdori. Hokimiyat mo-narxga meros bo'lib o'tgan.

RVadovich - boshqaruvchi.

Tiun - knyaz topshiriqlari ijrochisi.

Votchina - meros, mulk.

Zakup - ham o'zining, ham xo'jayinning dalasida ishlovchi.

9-§. V—XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati

Yevropa madaniyati markazi. Vizantiya madaniyati Yevropaning boshqa daviatlari madaniyatidan ustun bo'lgan. Buning sababi, Vizantiyada kuchli markaziy hokimiyat

mavjud bo'lganligi edi. Markaziy hokimiyatning mavjudligi imperiya ichki hayotida osoyishtalikni ta'rninlagan. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarishning yuksak taraqqiy etishiga omil bo'lgan.

Vizantiya shaharlari savdo va hunarmandchilik bilan bir qatorda, madaniyat markazlariga ham aylangan. Vizantiya haqli ravishda Yevropa madaniyati markazi edi.

Shaharlarda diniy va xususiy maktablar, davlat maktablari faoliyat ko'rsatgan. Yevropada birinchi oliy o'quv yurti ham aynan Vizantiyada ochilgan. Poytaxt Konstantinopol shahri o'zining oliy tibbiy bilim yurti bilan ham mashhur bo'lgan.

Vizantiyada, ayniqsa, matematika, kimyo, tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Chunonchi, kimyo fani yutuqlari asosida ,,grek olovi" ixtiro qilingan.

Bu olov dushman kemalari va qaTalarini yondirishda ishlatilgan. U maxsus moslama yordamida otilgan.

Vizantiyada tarixga oid qator yirik asarlar yaratilgan. Ular orasida P. Kesoriyskiyning ,,Urushlar tarixi", ,,Sirli tarix", Agafiyning ,,Yusti-nianning podsholik qilishi" kabi asarlari alohida ahamiyatga ega.

Me'morchilik. Vizantiyada odamlarni hayratga soluvchi hashamatli saroylar va ibodatxonalar qurilgan. Me'morlar ma-horati kishilarni lol qoldirgan. Bu imoratlar ayni paytda imperator hokimiyatining kuch-qudrati hamda mustahkamligini namoyish etgan.

Vizantiya me'morchiligi-jjing yorqin namunasi Konstan-nopol shahri edi. Imperator ustinian zamonida qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi (532 - 538) jahon me'morchili-gining ajoyib tarixiy yodgor-liklaridan biri bo'lib, u juda keng va g'oyat go'zaldir.

Zamondoshlar Avliyo Sofiya ibodatxonasini ,,mo'jizalarmo'ji-zasi" deb ataganlar. Bu tarixiy obidaning mustah-kam qurilganligiga tan bermay iloj yo'q. Oradan salkam XV asr o'tganligiga qaramay u hamon tabiat sinovlariga bardosh berib kelmoqda.

Vizantiya madaniyati Sharqiy va Janubiy Yevropa xalqlari ma-daniyatiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusi davlatlari xristian dinini Vizantiyadan qabul qilgan. Yunon missioneri Kirill 855- yilda kirill deb atalgan alifbeni yaratgan. Unga yunon alifbesini asos qilib olgan.

Vizantiyaning Yevropa madaniyatida tutgan o'rni uning kutub-xonalarida qadimgi yunon va rim allomalarining ko'plab nodir asarlari saqlanganligi bilan ham belgilanadi. Aynan shu kitoblardan keyingi avlodlar ham bahramand bo'lganlar.

G'arbiy Yevropa madaniyati. G'arbiy Yevropada madaniyat Vizantiya madaniyatidan orqada edi. Buning asosiy sababi bu mintaqada markazlashgan hokimiyatning bo'lmaganligidir. Bundan tashqari, parchalangan G'arbiy Yevropa xorijiy davlatlar bilan aloqada bo'la olmagan. Natijada yevropaliklar o'zlarining biqiq hayotlari doirasida cheklanib qolganlar. Bu hoi, o'z navbatida, G'arbiy Yevropada asosan diniy aqidalarning hukmronligiga olib kelgan. Savodli kishilar juda oz bo'lgan. Ularning katta qismini ruhoniylar tashkil etgan. Cherkov qadimgi dunyo madaniyatining faqat o'ziga ma'qul bo'lgan jihatlarinigina qabul qilgan.



Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik