Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар



Download 71,67 Kb.
bet1/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

  1. Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар.

Orqa miya (lot. medulla spinalis) nerv to‘qimasidan tuzilgan uzun, nozik, naysimon tuzilma bo‘lib, miya ustunidagi uzunchoq miyadan umurtqa pog‘onasining bel sohasigacha davom etadi. U miya suyuqligini saqlovchi umurtqa pog‘onasining markaziy kanalini qamrab oladi. Miya va orqa miya birgalikda markaziy nerv sistemasi (MNS)ni tashkil qiladi. Odamlarda, orqa miya ensa suyagida boshlanadi, katta teshikdan o‘tib bo‘yin umurtqalari boshlanishida orqa miya kanaliga kiradi. Orqa miya pastga qarab birinchi va ikkinchi bel umurtqalari oralig‘igacha kengayib boradi va shu yerda tugaydi. O‘rab turuvchi suyakli umurtqa pog‘onasi nisbatan qisqa orqa miyani himoya qilib turadi. U erkaklarda tahminan 45 sm va ayollarda tahminan 43 sm uzunlikda. Orqa miyaning diametri bo‘yin va bel sohalaridagi 13 mm dan, ko‘krak sohasidagi 6,4 mm gacha o‘zgarib turadi.

BOSH MIYANI O’ROVCHI PARDALAR

Bosh miyada birin - ketin joylashgan uchta parda (meninx) lar bo’lib, bular: qattiq parda (dura mater encephali), to’r parda (arachnoidea encephali) va tomirli (yumshoq) parda (pia mater encephali) lardir.

Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali). Bosh suyagi bilan miya to’r pardasi orasida joylashib, juda qattiq yaltiroq, oqish rangdagi bu parda, kalla tubidagi suyaklar bilan yaxshi birikkan bo’ladi. U bosh miyani chodir kabi yopib, yarim sharlari orasiga, turk egarigacha kirib boradi. Qattiq parda ikki varaqdan tashkil topib, uning tashqi qavati qon tomirlariga juda boy bo’ladi. Parda varaqlari orasida yupqagina yog’ to’qimasi bo’lganligi sababli, ularni osonlikcha bir - biridan ajratish mumkin. Qattiq parda bilan bosh suyagi hamda shu parda bilan to’r parda oralarida bo’shliq bo’lib, birinchisiga qattiq parda usti (epidural bo’shlig’i), ikkinchisiga - qattiq parda osti bo’shlig’i (subdural bo’shlig’i) deyiladi. Kalla-miya jarohatlarida bu bo’shliqlarda yig’ilgan qon bosh miyaning qisilishiga sabab bo’ladi.

Qattiq parda o’zidan uchta o’simta beradi. Miya o’rog’i (falx cerebri). O’z shakli bilan o’roqqa o’xshab, sagittal tekislikda yotadi. U miya yarimsharlari orasi bo’ylab, oldindan crista galli gacha, orqadan - ensa suyagi katta do’mbog’ining ichki sathigacha boradi. Shuni ham aytish kerakki, u ko’pincha aniq o’rta chiziq (sagittal chiziq) bo’ylab emas, balki uning o’ng tomonidan ham o’tadi.

Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) deb atalgan keng parda, miya o’rog’ining ikki yon tomoniga tarqalgan qattiq pardaning davomi bo’lib, xuddi chodir singari kallaning orqa chuquri ustida tortilgandir. U orqadan ensa suyagi katta do’mbog’ining ichki sathiga, ikki yon tomondan chakka suyagi piramidasining yuqori chegaralariga birikib, oldindan - asosiy suyakning ponasimon o’simtalarigacha boradi. Miyacha chodiri bosh miyaning ensa bo’lagini miyachadan ajratib turadi.

Miyacha o’rog’i (falx cerebelli) o’rta chiziq bo’ylab, ensa suyagining ichki do’mboqchasidan, ensa suyagi katta teshigining orqa qirrasigacha tortilib turadi va miyachani ikki yarim sharlarga bo’ladi. Miya qattiq pardasining sinusi (bo’shliq) lari. Qattiq pardasining varaqlari ma`lum joylarda, ko’pincha suyaklardagi egatlar oldida bir-biridan ajralib (uzoqlashib), bo’shliqlar yoki kovaklarni (sinus) hosil qiladi. Bu bo’shliqlar kalla ichidan va miyadan qon to’plovchi venalar vazifasini o’taydi. Ularga quyidagilar kiradi:

1) ko’ndalang bo’shliq - (sinus transversus) qattiq pardadagi eng katta bo’shliq bo’lib, ensa suyagining ichki yuzasidagi ko’ndalang va keng egatga (sulcus transversus)da hosil bo’ladi. Buning shakli uchburchaksimon bo’lib, asosini ko’ndalang egat va devorlarini – qattiq pardaning varaqlari hosil qiladi. Ko’ndalang sinusni teridagi tasviri ensa suyagi tashqi do’mbog’ini so’rg’ichsimon o’simtani yuqori orqa qismi bilan birlashtiruvchi chiziqqa to’g’ri keladi.

2) ko’ndalang bo’shliq chakka suyagining piramidasi (tosh qismiga) yetganda pastga burilib, chakka suyagining so’rg’ichsimon qismiga tushadi va "S" simon bo’shliq - (sinus sigmoideus) nomini oladi. Haqiqatan ham "S" shaklidagi bu bo’shliq, shu nomdagi egat hisobidan vujudga keladi va bo’yinturuq teshigi (foramen jugularis) gacha boradi;

3) miya o’rogi (falx cerebri) ning ustki cheti ikki varaqqa ajralib, o’q-yoysimon egat (sulcus sagitalis) ning ikki chetiga birikadi. Natijada bu joyda ham oldindan orqaga tomon ketgan o’q-yoysimon ustki bo’shliq (sinus sagitalis superior) paydo bo’ladi. Bu bo’shliq orqa tomondan ko’ndalang bo’shliq bilan qo’shiladi, uning tashqi tasviri burun asosidan ensa suyagining tashqi do’mbog’igacha o’tkazilgan sagital chiziqqa to’g’ri keladi.

4) miya o’rog’ining pastki, erkin qirg’og’i ham ikkiga ajralib, pastki o’q - yoysimon bo’shliqni (sinus sagitalis inferior) hosil qiladi;

5) to’g’ri bo’shliq (sinus rectus). Pastki o’q – yoysimon, ko’ndalang va ustki o’q – yoysimon bo’shliqlar bir – biri bilan qo’shilishib to’g’ri bo’shliqni hosil qiladi;

6) turk egarining ikki yonboshida g’ovak bo’shliqlari (sinus cavernosus) bor. Bu ikki bo’shliqni oldingi va orqadagi g’ovaklararo bo’shliqlar (sinus intercavernosus anterior et posterior) birlashtirib turadi. Natijada, turk egari atrofida kavak halqa (sunus circularis) hosil bo’ladi;

7) kavak halqadan ikkita bo’shliq: ustki piramida (toshsimon) bo’shlig’i (sinus petrosus superior) va ostki piramida bo’shlig’i (sinus petrosus inferior) hosil bo’ladi.

Ustki piramida bo’shlig’i chakka suyak tosh qismining oldingi va orqa yuzalari o’rtasidagi qirg’oq egatda, ostki piramida bo’shlig’i esa toshsimon qism bilan ensa suyagi birlashgan joydagi egatda turadi. Keyinchalik u ichki bo’yinturuq venasi yonidan "S" simon bo’shliqqa quyiladi. U esa o’z navbatida ichki bo’yinturuq venasiga quyiladi. Kavak halqa ichidan ichki uyqu arteriyasi (a. carotis interna) bilan uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens) o’tadi. Ko’zni harakatlantiruvchi (n. oculomotorius), g’altak (n. trochlearis) va ko’z nervlari (n. ophtalmicus) esa, kovak halqaning tashqi devoriga tegib turadi. Uch shoxli nervning yarimoysimon tuguni (gang. semilunare nervi trigemini - ganglion Casseri) kavak halqaning orqa tomonida yotadi. Uning oldingi tomonida esa, yog’ qavati bo’lib, u qanot- tanglay chuqurchasini to’ldirib turadi va lunj yog’ to’qimasi bilan aloqa qiladi.



  1. Download 71,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish