O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilari uchun imtihon materiallari va metodik tavsiyalar



Download 73 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi73 Kb.
#18776

2010-2011 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING BITIRUVCHI 9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR

Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15-20% hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.



TARIX


9-sinf "Tarix" fanidan yakuniy nazorat sinovini o’tkazish bo‘yicha tavsiya etilayotgan savollar umumiy o’rta ta’limning 6-9 sinf o’quvchilariga qo’yilgan davlat ta’lim standartlari talablari asosida tayyorlangan. Yakuniy nazorat sinovida o`quvchilar ikkita savolga javob berishlari kerak bo’ladi.

Imtihon topshirish jarayonida o'quvchi o'z fikrini faqat darslik materiallari asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin.

Nazorat ishi materiallari o’quvchilarning quyidagi bilim, ko‘nikma va malaka elementlarini egallaganliklarini aniqlashga xizmat qiladi:



  • jahon va O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqyea va hodisalarning davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish;

  • jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish;

  • tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;

  • tarixiy jarayonlar haqida ma'lumotga ega bo‘lish va qiyosiy tahlil qila olish;

  • bobomiz Amir Temurning o‘zbek xalqi va jahon xalqlari tarixida tutgan o‘rni haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma'lumotga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklaridagi feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida ma'lumotga ega bo‘lish;

  • Podsho Rossiyasi bosqini va ularga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

  • milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir tushunchalarga ega bo‘lish;

  • jahon va O‘zbekiston tarixining yangi davri haqida ma'lumotga ega bo‘lish;

  • xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqyealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

  • darslik, qo‘llanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;

  • tarix ta'limi jarayonida egallagan bilimlarini erkin bayon eta olish, o‘z sinfdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;

O’zbekiston tarixi va qisman Jahon tarixi asosida tayyorlangan biletlar konvertga solinib muhrlanadi va maktab direktorining seyfida saqlanadi. Yakuniy nazorat sinovi kuni konvertning muhrlanganligi o’quvchilarga ko’rsatilib, konvertlar ochiladi. O’quvchi biletlardan bittasini tanlab oladi va 15 daqiqa tayyorgarlik ko’rgandan so’ng javob beradi. 9-sinf "Tarix" fanidan yakuniy nazorat sinovi uchun taklif etilayotgan mazkur bilet savollariga maktab metod birlashmasi qarori bilan takliflar, tuzatishlar va 15% qo'shimchalar va chuqurlashtirilgan sin учун 3-савол kiritilishi mumkin.
1-bilet

1. Temir davriga o‘tishda O`rta Osiyoning rivojlanishi

2. Ilk o‘rta asrlar davlatlari

2-bilet


1. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi

2. Movarounnahrda shayboniylar hokimiyatining o‘rnatilishi


3-bilet

1. Arablarning O‘rta Osiyoga bosqini arafasida siyosiy vaziyat

2. Buxoro xonligining tashkil topishi
4-bilet

1. Somoniylar davri davlat boshqaruvi. Markazlashgan hokimiyatning tashkil topishi.

2. Xiva xonligining tashkil topishi

5-bilet


1. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashi. Spitamen qo`zg`aloni

2. XI-XII asrlarda Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot


6-bilet

1. Zardushtiylikning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.

2. XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va madaniyati
7-bilet

1. Arablarga qarshi “oq kiyimlilar” qo`zg`oloni

2. Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi

8-bilet


1. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

2. Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi


9-bilet

1. Turkistonda “ko`chiruvchilik” siyosatining amalga oshirilishi

2. Xorazmshohlar davlati bilan mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi munosabatlar
10-bilet

1. Zahiriddin Muhammad Bobur - Hindiston hukmdori

2. Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri

11-bilet


1. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi

2. Abu Muslim qo‘zg‘oloni


12-bilet


1. XIX asrlning birinchi yarmida Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya-Rossiya raqobatchiligi

2. Xalifalikning zaiflashuvi va mustaqil davlatlarning shakllanishi


13-bilet

1. Andijon qo‘zg‘oloni va uning tarixiy ahamiyati.

2. XVII-XVIII asrlarda O‘zbek xonliklarining Rossiya bilan munosabatlari
14-bilet
1. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi

2. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari


15-bilet
1. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi

2. Movarounnahrda shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi


16-bilet

1. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy hayoti

2. Turkistonda 1916 yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati
17-bilet

1. Qadimgi Kushon davlati va unig chegaralari

2. Turkistonda 1916 yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi va sabablari
18-bilet
1. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi

2. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati


19-bilet

1. VI asrda turk hoqonligi

2. Chor Rossiyasiga qarshi Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati
20-bilet

1. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni egallanishning tugallanishi

2. XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligida madaniy hayot
21-bilet

1. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi

2. O’rta Osiyolik buyuk mutafakkirlar (IX-XII asr)
22-bilet


  1. O’zbekiston hududidagi ilk davlatlar

  2. Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi

23-bilet


  1. Mustamlaka sharoitida Turkistonda madaniy hayot

  2. O’rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashi. Spitamen qo’zg’oloni.

24-bilet


  1. Mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi va Xorazmshohlar davlati bilan munosabatlari

  2. Qo’qon xonligining tashkil topishi

25-bilet


  1. Arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning egallanishi

2. Ulug‘bek – ma’rifatparvar davlat arbobi
26-bilet

  1. Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi

  2. Jizzax qo‘zg‘oloni

27-bilet


  1. Buxoro amirligida davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqaruvi

  2. Mo’g’ullarga qarshi Jaloliddin Manguberdi boshchiligidagi ozodlik kurashlari

28-bilet


  1. Amir Temur - buyuk sarkarda va davlat arbobi

  2. XIX asrning ikkiinchi yarmida O’rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishi

29-bilet


  1. Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati

2. Amir Temur hukmronligi davrida fan va madaniyatning yuksalishi
30-bilet

  1. Qoraxoniylar davlati

2. Temuriylar hukmronligi davrida fan va madaniyatning yuksalishi

31-bilet


  1. Mirzo Ulug’bek davrida Movarounnahrning ijtimoiy-madaniy hayoti

  2. XIX asr o‘rtalarida O‘rta O‘siyo aholisining madaniy hayoti

32-bilet

  1. Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi

  2. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda fan va madaniyat

33-bilet


1. Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining egallanishi. Gandimiyon shartnomasi

2. Rossiya imperiyasi tomonidan Qo’qon xonligining bosib olinishi va Farg’ona viloyatining tashkil etilishi


34-bilet

  1. XVI – XVII asr boshlarida O`rta Osiyo madaniyati\

  2. Turkiston jadidlari, ularning dasturiy maqsad va vazifalari

35-bilet


  1. Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorantining o`rnatilishi

  2. Xiva xonligining davlat boshqaruvi

O’quvchilarning har bir javobini baholashda quyida berilgan 5 ta mezon asosida alohida ballar qo’yiladi.


O’quvchilarning bilimlarini aniqlashda quyidagilarni e’tiborga olish tavsiya etiladi:

- tarixiy hodisalarning joyini aniqlab, tarixiy xaritadan voqea sodir bo’lgan

joyni topa olishi;

- tarixiy voqyea va hodisalarni taqqoslab va qiyoslab, xulosa chiqara olishi;

- tarixiy hodisa va jarayonni og’zaki ravon nutqda bayon qila olishi;

- tarixiy atamalarning mazmunini bilishi va o’z o’rnida to’g’ri ishlata olishi;



- Tarixiy voqealarning aniq tarixiy davri yoki sanasini to’g’ri ayta olishi.
O’quvchining to‘plagan bali sinf jurnalining O‘zbekiston tarixi sahifasiga qo‘yiladi.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish