O’quv yili



Download 42,1 Kb.
Sana21.06.2021
Hajmi42,1 Kb.
#72091
Bog'liq
xunarmandchilik


O’quv ishlari boyicha d/o: _____________________

Uslub birlashma raisi: _____________________

Fan o’qituvchisi: ______________________

20___-20___-o’quv yili


Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








________________________

2







3







4








1-BOB.HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Mavzu : Xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun

ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr.

Darsning ta`limiy maqsadi:

a) O`quvchilarga xalq hunarmandchiligi haqida umumiy ma'lumot berish, uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollarini o`rgatish.

b) O`quvchilarga xalq hunarmandchiligining ahamiyati, hunarmandlarning olib borayotgan bozor iqtisodiyoti davrida olib borayotgan ishlari haqida kеngoroq tushunchalar bеrish. Yurtimiz, viloyatimiz hunarmandlarning ishlari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Xalq hunarmandchiligi ishlarida qo`yiladigan talablarni o`rganish bilan birga nafosat bilimini berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda hunarmandchilikka bo`lgan qiziqish bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar.

Texnologiya faniga oid shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari:

Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi: A2

tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi; materiallarni saralay oladi; buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi; materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi; detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi; buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;

Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:A2

hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi; o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi; mustaqil ishlashga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi.

To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi: A2

kasblarda mehnat turlarini (odam-odam, odam-texnika, odam-tabiat, odam-belgili tizim, odam-badiiy obrazni) ta’riflay oladi;

hududda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va ularning yo‘nalishlari, joylashuvini biladi, tahlil qila oladi;

kelgusi ta’lim yo‘nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) ongli va mustaqil ravishda tanlay oladi;

kasb-hunar turlarining inson salomatligiga qo‘yadigan talablarini va o‘z imkoniyatlarini psixologik va fiziologik jihatdan baholay oladi.



Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish bilan birga hunarmandchilikka bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish.

Dars jihozi: 1 Ko`rgazmalar, rasmli retseplar.

2 Qiziqarli hunarmandchilik haqida kitoblar.



Darsning turi: Suhbat, bahs-munozarali dars.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish



  1. Yangi mavzu bayoni

Yurtimizda hunarmandchilik qadimdan taraqqiy topgan bo‘lib, turli bejirim buyumlar yaratish, kundalik hayotda asqatadigan jihozlar tayyorlash, shu orqali o‘z mehnati bilan odamlarga naf keltirish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq hunarmandchiligi san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Zaminimiz qatlamlarini qazish ishlari natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning buyumga badiiy ishlov berishi asosida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlangan bo‘lib, asrlar osha hozirgacha uzluksiz davom etib kelmoqda.

Madaniy merosimiz hisoblanmish noyob zeb-ziynatlar, har xil ro‘zg‘or anjomlari, ip va ipakdan tikilgan matolar, loy va ganchdan yasalgan sopol hamda chinni idishlar, kulolchilik san’atiga mansub bo‘lgan buyumlar barchasi xalqimizning moddiy va madaniy merosi bo‘lib kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqa- rilayotgan buyumlar va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yo‘nalishlari 34 taga yetdi. Hozirda ular ichki va tashqi bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarishmoqda. Bu mahsulotlar o‘zining sifati, badiiy jihatdan yuksakligi, tabiiyligi va milliy o‘zligimiz, tarixiy an’analarimizni o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir.

Hunarmandchilik mahsulotlarini chetga eksport qilish va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2018-yilda dunyoning 20 dan ortiq davlati (Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Italiya, Angliya, Koreya, Malayziya, Ozarbayjon, Latviya, Finlandiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, Turkmaniston, Eron, AQSH, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Ispaniya)da 113 ta ko‘rgazma va yarmarka o‘tkazildi.

Hozirgi kunda hunarmandlar eksport va ichki bozor uchun quyidagi mah- sulotlar ishlab chiqaryaptilar:

  • zardo‘zlik buyumlari: to‘n, chopon, nimcha, kavush, etik, belbog‘, choynakyopqich, xalta, do‘ppi, lozim, tasma, choyshab, dorpech, kirpech, zardevor, peshanaband, beshik yoping‘ichlari, parda, joynamoz, suratli ti- kilgan rasmlar, yostiqcha, o‘tov uchun ishlatiladigan boylang‘ich bezakli buyumlar;

  • kashtachilik buyumlari: so‘zana, palak, bolinpo‘sh, tokchapo‘sh, choyshab, peshko‘rpa, ro‘mol, qiyiqcha, beshik va belanchak yoping‘ichlari, dasturxon, sochiq, ko‘ylak, lozim, parda, zardevor, choyxalta, ayollar cho- poni, nimcha, do‘ppi, to‘shak jildi, ko‘rpa, joynamoz, popopchilik mahsulot- lari;

  • chokli buyumlar: jiyak, qo‘lda tikilgan oyoq kiyimlar va o‘tov uchun maxsus tikilgan belbog‘lar, milliy uslubda tikilgan ko‘ylaklarning bezaklari;

  • milliy chopon va do‘ppilar: to‘n, chopon, yaktak, nimcha, bolato‘n, to‘y to‘nlari, do‘ppi, xorazm va qoraqalpoq milliy telpaklari, qo‘lda matodan tikilgan bosh kiyimlar, liboslar va boshqalar;

  • gul bosilgan gazlamalardan tayyorlangan buyumlar: dasturxon, qo‘l sochiq, sochiq, ayollar ko‘ylagi, bolalar kiyimi, metrli gazlamalar, deraza pardalari, choyshab, palak, xaltacha, joynamoz va boshqalar.

Bularning barchasi eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisoblanib, eksport uchun ularning ichidan, asosan, eng sarala- ri tanlab olinadi. Ayniqsa, kashtachilik buyumlari (so‘zanalar), zardo‘zlik, gilamdo‘zlik va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari chet elliklar tomonidan katta talab va qiziqish bilan xarid qilinadi hamda aynan ana shu mahsulotlar eksportga yuboriladi.




36-rasm. Hunarmandlarimiz tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlar.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. . Qaysi hunar turlariga qiziqasiz?

  2. Eksport uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar qayerlarda sotilishi mumkin?

  3. Hunarmandlar tomonidan ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mah- sulotlarning qaysi biri davlatga ko‘proq mablag‘ keltiradi, deb o‘ylaysiz?

  4. Hunar turlari va hunarmandchilik mahsulotlari haqida boshqotirma tuzing.




  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.


Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni
Download 42,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish