Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Shahrisabz filiali Pedagogika fakulteti Fizika va Astronomiya yo'nalishi 102-guruh talabasi Homidova Zahroning Umumiy fizika fanidan tayyorlagan preztatsiyasi 2020-2021-o'quv yili CONTENTS
Real gaz haqida tushuncha
Vander-Vaals tenglamasi
Kritik holat haqida tushuncha
1
2
3
Real gaz — xossalari molekula (atom) larining oʻzaro taʼsiriga bogʻliq gaz. Oddiy sharoitda molekulalarning oʻrtacha potensial energiyasi kinetik energiyasidan ancha kichik boʻlganda Real gazni ideal gaz deb hisoblash mumkin. Bunda Real gaz ideal gaz qonunlariga boʻysunadi. Yuqori bosim va past temperaturalarda Real gaz ideal gazdan keskin farq qiladi.
Add title
ORCI LUCTUS ET ULTRICES POSUERE CUBILIA CURAE; DONEC
Add your title here 202X.XX
Real gazlar uchun holat tenglamalarini ifodalashda holat parametrlari
orasidagi munosabatni ko‟rsatuvchi va ideal gazlar uchun o‟rinli bo‟lgan
Klapeyron-Mendeleyev tenglamasidan foydalanish mumkin emas.
Bunda birinchidan, gaz molekulalari orasida o‟zaro itarishish kuchi
borligini, ya‟ni gaz molekulasining xususiy hajmini hisobga olish kerak.
Agar bir mol gaz massasidagi molekulalarning xususiy hajmlari
yig‟indisini “b” bilan, gaz turgan idish hajmini Vμ bilan belgilasak, gaz
molekulalari harakatlanishi mumkin bo‟lgan hajm Vμ b bo‟ladi.
Harorat qancha yuqori bo‟lsa, to‟yingan bug‟
zichligi shu haroratdagi suyuqlik zichligiga yaqinlashib boradi va harorat
kritik qiymatga, hajm kritik hajmga, bosim kritik bosimga yetganda
to‟yingan bug‟ va suyuqlik zichligi bir xil, ya‟ni teng bo‟lib qoladi. Bu
holatni kritik holat deyiladi.
Har bir modda uchun shunday
xarakterli harorat qiymati borki, bu haroratda moddaning gaz va suyuq
holati o‟rtasidagi farq yo‟qoladi. Moddaning ana shu holati kritik holat va
bu holatga mos keluvchi harorat kritik harorat deb yuritiladi. Kritik harorat
tushunchasi birinchi marta Mendeleyev tomonidan kiritilgan bo‟lib,
Mendeleev bu haroratni absolyut qaytish harorati deb atadi.
Kritik harorat to‟g‟risidagi shunday fikrga keyinchalik rus fizigi
A.G.Stoletov ham keldi.
Endryus o‟tkazgan tajribalar Mendeleyev fikri to‟g‟ri ekanligini
isbotladi. Endryus gazsimon va suyuqliksimon fazalar uzluksiz ekanini,
ya‟ni gaz holatdan suyuq holatga, aksincha suyuq holatdan gaz holatga
o‟tish mumkinligini ko‟rsatdi.
Bir qancha moddalarning kritik parametrlari (pk, Vk, Tk) rus fiziklari
M.P.Avenarius, A.I.Nadejdin, V.I.Zaonchenskiy tomonlaridan birinchi
marta aniqlandi. 1885 yilda A.I.Nadejdin birinchi marta suvning kritik
haroratini aniqladi (Tk=647 K).
Moddalarda kritik holat mavjudligi ochilgunga qadar gazlarni siqish
yo‟li bilan suyuqlikka aylantirish ko‟p hollarda natija bermaydi. Tajribalar
shuni ko‟rsatdiki, agar gaz harorati uning kritik haroratidan past bo‟lsagina
uni siqish yo‟li bilan suyuqlikka aylantirish mumkin. Shunday qilib, gazni
siqish yo‟li bilan suyultirish uchun uni T
Faraz qilaylik, havosi so‟rib olingan shisha naycha ichiga uni
to‟ldirmasdan ma‟lum miqdorda suyuqlik qo‟yilib, uning uchi
kavsharlangan bo‟lsin. Shu naychani pechkaga o‟rnatib uni qizdira
boshlasak, suyuqlik ustidagi hajmda har bir haroratga mos ravishda
to‟yingan bug‟ hosil bo‟ladi.
Idishning suyuqlik egallagan qismi bilan to‟yingan bug‟ egallagan
qismini suyuqlik sirtida hosil bo‟lgan menisk ajratib turadi. Bu menisk
holatiga ikki omil ta‟sir qiladi.
Birinchidan, suyuqlik harorati ortishi bilan suyuqlik hajmi
kengayganidan menisk ko‟tarilishi kerak.
Ikkinchidan, suyuqlik bug‟langanidan uning hajmi kamayib menisk
pasayishi kerak. Bu ikki omildan qaysi biri ustun kelishi naychaga
quyilgan suyuqlik hajmiga bog‟liqdir. Agar suyuqlik ko‟p quyilgan bo‟lsa,
birinchi omil (suyuqlik kengayishi) asosiy rol o‟ynab, harorat ortishi bilan
menisk ko‟tarila boradi va harorat kritik haroratga yetmasdan suyuqlik
naychani to‟la to‟ldiradi. Agar ikkinchi omil (bug‟lanish) asosiy rol
o'ynasa, bug‟lanish natijasida suyuqlik hajmi kamayib boradi va harorat
kritik haroratga yetmasdan suyuqlik to‟la ravishda bug‟ga aylanadi. Faqat
suyuqlikning hajmi aniq qiymatga ega bo‟lgandagina menisk kritik
haroratgacha o‟zgarmas bo‟lib, yo‟qolmay turadi.
Harorat ortib borgan sari to‟yingan bug‟ bosimi orta borib, kritik
harorat Tk da maksimum qiymatga yetadi. Bosimning bu qiymatini kritik
bosim pk deb ataymiz. Harorat Tk ga bosim pk ga yetganda suyuqlik
zichligi to‟yingan bug‟ zichligiga teng bo‟lib qoladi va kuzatilayotgan
menisk yo‟qoladi.
Uzoq qizdirish natijasida menisk holatini yuqorida aytilgandek
kuzatish orqali moddalarning kritik haroratini aniqlash mumkin.
Tajribada aytilgan naychaga kritik hajmga mos bo‟lgan suyuqlik
quyib uning haroratini kritik haroratgacha qizdirganimizda suyuqlik va
uning to‟yingan bug‟i zichliklarini haroratga bog‟liqligi 6-rasmda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |