O‘quv reja va dastur (V-IX sinf) Toshkent-2011 Tuzuvchi



Download 312 Kb.
bet3/6
Sana15.01.2017
Hajmi312 Kb.
1   2   3   4   5   6

Kirish. 1 soat


Geografiya bilim manbalari bilan qanday ishlash kerak.

Geografiya uning tarmoqlari haqida tushuncha. Geografiya tabiatini bilish, undan foydalanish, muhofaza qilishdagi ahamiyati. Boshlang`ich tabiiy geografiya kursida nimalar o`rganiladi?



Yer qanday o`rganilgan? 4 soat

Geografiya bilimlarini o`sishi. Qadim zamonlarda kishilar Yer haqida nimalarni bilishgan? Yerning shakli haqida buyuk allomalarning xizmatlari. Qadimgi yunonistonlik Eratosfen, vatandoshlarimiz Ahmad-Farg`oniy, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy tatqiqotlari. Yerning sharsimon shaklida ekanligini isbotlash. Qit`alar va okeanlarning kashf etilishi. G`arbiy yarim shar haqida Abu Rayhon Beruniy fikrlari. Geografiya va tabiatdan foydalanish.



Hozirgi zamon geografik tatqiqotlari ilmiy sayohatlarning samolyot, fazo kemalaridan olingan fotosuratlarning ahamiyati. Geografik bilimlarning xalq xo`jaligi turli sohalarida qo`llanilishi. Tabiatning stixiyali hodisalari, ularni oldini olish, dovul, zilzlila, dol, suv toshqini, sunami kabi tabiiy ofatlarni oldindan aytib berish, ularga faol ta`sir ko‘rsatish va ulardan himoyalanish yo`llarini ishlab chiqish. Ayniqsa, tabiatdan foydalanishdan, atrof-muhitni muhofaza qilishda geografik bilimlarning zarurligi.

1- Amaliy ish: Ob-havoni, suvlarni, o`simlik va hayvonot dunyosini mavsumiy o`zgarishlarini quyoshning tush vaqtida ufqdan balandligini har oyning 20 va 5 kunlarida va kun uzunligining o`zgarishini kuzatish. “Tabiat o`zgarishlarini” kuzatuv daftarini tutish. Ob-havoni kuzatish daftarini yuritish. Yarim sharlarning yozuvsiz xaritalariga F.Magellan, X.Kolumb va Nosir Xisrovning sayohat yo`llarini chizish.

Yer quyosh tizimida 7 soat

Olamning tizimli tuzilganligi. Quyosh uning olchamlari. Quyosh Yerdagi hayot manbai ekanligi. Yulduzlar, ularning ham quyosh ekanligi. Yulduzlar turkumlari: Yetti og`ayni (Katta Ayiq), Yetti qaroqchi (Kichik Ayiq) turkumlari. Qutb yulduzi. Quyosh sistemasi. Sayyoralar. Quyosh va oy tutilishi. Oy fazalari. Yerning o`z o`qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi. Qutbiy, tropik doiralar Yerning issiqlik mintaqalari, Quyosh turushi kunlari, Kabisa yili. Fasllar almashinishi.

2- Amaliy ish: Osmon gumbazini kuzatib unda Yetti og`ayni yulduz turkumini, Qutb yulduzini, Somon yo`lini topish. Oyning osmondagi o`rnini yulduzlarga nisbatan har kuni o`zgarib turushini kuzatish.

Joy plani 5 soat


Joy plani nima? Joyning rasmda yarim kosmik suratlarda va planda yo`nalishlarini aniqlash, ufq tomonlari, azimut va uni kompas yordamida aniqlash. Joy planini tuzish. Yer yuzasi notekisliklarini planga tushurish: Joyda masofalarni aniqlash, nisbiy va mutlaq balandlik, nivelir, gorizantallar yordamida relyefni tasvirlash, joyning planini qutb usulida va yo`l bo`ylab tuzish.

3- Amaliy ish: Maktab hovlisini oddiy palnini tuzish. Oquvchilar ikki guruhga bo`linib, bir guruh planini qutb usulida, ikkinchi guruh yo`l bo`ylab plan tuzish usulida ishni bajaradi. Ishlarni qanday olib borishni o`qituvchi batafsil tushuntiradi.

Geografik xaritalar va globus 5 soat

Globus va geografik xaritalarda Yerning tasvirlanishi. Dunyo xaritasi, yarimsharlar tabiiy xaritasi, O`zbekiston xaritasi, yozuvsiz xaritalar. Geografik xaritalarning ahamiyati. Xaritalarning turlari.

Daraja to`ri. Geografik qutblar, tush chizig`i (meridian), paralellar, globus va xaritalarda daraja turi. Toshkent globusi. Geografik koordinatalar. Geografik kenglik, geografik uzunlik. Tabiiy xaritalarda Yer yuzasi balandliklari va chuqurliklarni tasvirlash. Masofalarni o`lchash.




4-Amaliy ish: (1 soat)

Darslik sahifasidagi joy planida berilgan yo`nalishlar bo`yicha borib yo`lda uchragan geografik ob’yektlarni daftarga yozib olish. O`z hovlisi planini tuzish. Globus, dunyo yarim sharlar xaritasi, O`zbekiston xaritasidan ufq tomonlarni aniqlash. Toshkent, Termiz, Andijon, Nukus, Buxoro saharlari koordinatalarini hisoblab topish, berilgan koordinatlarga qarab nuqtani belgilash. Xaritalarda berilgan nuqtalarda tog` balandligini, okeanlar chuqurligini aniqlsh.

Yerning tuzulishi 2 soat


Yerning ichki tuzulishi, sayyoramiz nimalardan tashkil topganligi, Yerning chuqur qismlarida moddalar qanday holatdaligi, Yerning yadrosi, uning tuzulish holati, mantiya uning tuzulishi va holati. Yerning tashqi tuzulishi, Yerning qobiqli tuzulganligi.

Litosfera -Yerning tosh qobig`i 10 soat

Yerning qobiqli tuzulganligi. Yerning ichki qismiga tushulgan sari moddalar tarkibi va holatining, harorat va bosimning o`zgarishi. Yerning tashqi va ichki qobiqlari. Yerda qobiqlar hosil b`olishida nima sabab bo`lganligi haqida eng sodda tushuncha beriladi.

Litosfera. Yer po`sti nima, uni tashkil qilgan tog` jinslari, cho`kindi tog` jinslari, noorganik, kimyoviy, organik jinslari, jinslarning o`zgarishi. O`z joyida uchraydigan tog` jinslari. Yer po`sti harakatlari, gorizantal harakatlar, burmalar hosil bo`lishi, Yer qimirlash, vulqonlarning harakatlari, issiq buloqlar.

Yer yuzi relyefining asosiy shakllari. Quruqlikdagi tog`lar, tog`lar relyefi, toglarning balandligi, tog`larning asta-sekin o`zgarishi. Dunyodagi va O`zbekistondagi eng katta tog`lar g`orlar, ularning vujudga kelishi va tarqalishi, dunyodagi eng yirik g`orlar, O`zbekistondagi g`orlari ularning o`rganilishi.

Quruqlikdagi tekisliklar. Tekisliklar relyefi, tekisliklarning balandligiga ko`ra farq qilishi. Tekisliklarning asta-sekin o`zgarishi. Dunyodagi eng katta pasttekisliklar, qirlar, O`zbekistondagi tekisliklar, yirik vodiylar. Jarlar ularning paydo bo`lishi va zarari. Jarlar hosil bo`lishini oldini olish choralari.

Yer tosh qobig`ining boyliklari, yoqilg`i, rudali, rudamas mineral boyliklar, ularning shartli belgilari

5-Amaliy ish: tog` jinslari namunalarini (magmatik, cho`kindi kimyoviy, organik noorganik tog` jinslari) o`rganish balandlik va chuqurlik shkalalari yordamida eng baland tog`larni va eng chuqur cho`kma hamda botiqlarni xaritadan topish. O`zbekistondagi eng baland cho`qqilarni, eng chuqur botiqlarni aniqlash. O`z joyi relyefi va bu Yerda tarqalgan tog` jinslarini o`rganish. Yosuvsiz xaritaga dunyodagi va O`zbekistondagi eng baland tog`larni, chuqur cho`kmalarni hamda botiqlarni tushirish.

Gidrosfera-Yerning suv qobig`i. 12 soat.


Yerdagi suv, suvning dunyo bo`ylab aylanib yurushining ahamiyati. Yerning suv qobig`i va uning qismlari. Dunyo okeani va uning qismlari, orollar, yarim orollar, dengiz, qo`ltiq bo`g`ozlar, okean suvlarining sho`rligi, harakati, sunami, okean oqimlari. Dengiz to`lqinlari, okeanlardagi o`simlik va hayvonot, okean va dengizlardan foydalanish hamda muhofaza qilish.

Quruqlikdagi suvlar. Daryolar, daryo havzasi, suvayirig`ich, daryo manbai, tog` daryolari va tekislik daryolari, sharsharalar, daryolarning to`yinishi, suv sarfi va suv sathi, Daryolar suvidan foydalanish va muhofaza qilish. Sardobalar va hovuzlar. Yer osti suvlari, suv o`tkazadigan, suv o`tkazmaydigan qatlamlar, buloqlar, Yer osti suvlari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish. Shifobaxsh suvlar.

Ko`llar. Ko`l nima? Orol dengizi. Issiqko`l. Ko`llarning turlari. Tog` muzliklari ularning ahamiyati. O`zbekistonda suvdan foydalanish va suvni muhofaza qilish. Chuchuk suv muoammosining kelib chiqishi va oldini olish yo`llari. O`zbekistonda suv manbaalari va suv inshooatlaridan foydalanish.

6- Amaliy ish: yozuvsiz xaritadaga materik va okeanlarni, eng yirik dengiz, qo`ltiq hamda bo`g`ozlarni, orol va yarim orollarning nomini yozish. O`zbekistondagi daryolar, ko`llar, suv omborlarining ro`yxatini daftarga yozish.

O`z joyidagi suv ob’yektlarining (daryo, kanal, ariq, buloq) suv sarfini (o`qituvchi rahbarligida iloji bor joylarda o`lchash va ta`riflab yozish.





Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik