O’quv natyurmortini bajarishda ilmiy yondashuvning ayrim masalalari



Download 1,07 Mb.
Sana29.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#158389
Bog'liq
Мaqola


O’quv natyurmortini bajarishda ilmiy yondashuvning ayrim masalalari

Akramov Dilmurod Nurmurodovich

Navoiy viloyati Navoiy shahar

Navoiy davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti

Telefon: +998 99 752 97 12

Annotatsiya: Maqolada natyurmort janri haqida tushuncha, xususan natyurmortning o’quv amaliyotidagi o’rni va unda pedagogik texnologiyaning ahamiyati haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar: natyurmort, metod, pegagogik texnologiya.

Hozirgi kunda barkamol insonni tarbiyalash, nafaqat inson, balki jamiyatni komillik darajasiga ko’tarish muammosi avvalgi davrlardagidan o’tkirroq qo’yilmoqdaki, bu vazifani bajarishda barcha fanlar silsilasida nafosatshunoslik - estetika va tasviriy san‘atning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev hozirgi zamon talabiga javob beradigan yoshlarni tarbilashga katta ahamiyat bermoqda. Prezidentimiz yoshlarning musiqa, rassomlok, adabiyot, teatr va san,atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yanada rivojlantirishga, shu bilan birga, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini ko’rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratmoqdalar. Yoshlarimizning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida prezidentimiz 5 ta muhim tashabbus qabul qilingan. Tashabbusning birinchisi esa san’at sohasi o’rin egallagan. Bu tashabbus musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Natyurmort – tasviriy san’atning bir janri yoki shu janrda ishlangan asar desak ham bo’ladi. Natyurmorni faqat jonsiz predmetlardagina emas, balki tabiat shakllaridan ham iborat bo`ladi. Shuning uchun ham ingliz tili mamlakatlarida qabul qilingan still life yoki nemischa stilleben nomi - "Tinch hayot" ma'nosini beradi. “Natyurmort” (nature morte) fransuzcha so‘zdan olingan bo’lib, «jonsiz tabiat» degan ma’noni anglatadi va unda ko‘pincha melinat qurollari, sabzavot va mevalar, gullar, parranda va mayda hayvonlar tasvirlanadi, ya’ni natyurmort san’atda insonning maishiy hayotini aks ettiradi. Natyurmort XVII asming boshlarida Gollandiyada paydo bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlarga tarqalib, ayniqsa, XVIII asming o‘rtasida tasviriy san’atda keng rivoj topgan mustaqil janr hisoblanadi.

O‘zbekiston tasviriy san’atida rassomlardan N.Kashina, Z.Kovalevskaya, Y.Elizarov, R.Ahmedov, G‘.Abdurahmonov, N.Ten A.Yunusov, A.Mirzayev kabi ko‘plab natyurmort janrining ustalari va umidli yosh rassomlar o‘lkamiz noz-ne’matlarini o‘zlarining natyurmortlarida mohirona ifodalaganlar.

Naturani haqqoniy tasvirlash degani narsalarni konstruktiv va perspektiva qonunlari asosida qurish, ularning fazoviy joylashuvi, materialligi, hajm va nisbatlarni ifodalash, qalamtasvir yoki etudni yaxlit bir butunlikka keltirish, tasvirlanayotgan obyektlar va narsalarni xarakterli xususiyatlari va nafis go‘zalligini aniqlashdir. Realistik tasvirlash savodini o‘quv natyurmortlari bajarish orqali o‘zlashtirish mumkin. Ko’pchilik rassomlar natyurmortni rangtasvirning kamerali musiqasi, deb ataydi. Unda ranglarning qanday mahorat bilan berilganligi va ranglarning bir-biriga uyg’unligini kuzatish mumkin. Shu kuzatishlar asosida rangtasvirning asosiy qonuniyatlarini tez va qulay o‘zlashtirib olamiz.

O’zbekiston Badiiy akademiyasining raisi T. Qo‘ziyev, natyurmortni o’quv jarayonida muhim ekanligini shunday deb aytib o’tgan: “Natyurmort — shunday zaminki, unda badiiy maktab mustahkam joylashgan bo‘lishi kerak”. Natyurmortni har xil joyda chizish mumkin. Masalan, xona ichida, ochiq havoda, soyada va quyoshda, tabiiy va sun’iy yorug‘likda tasvirlash lozim. Natyurmort janrida rasm chizishning o’ziga xos bir qator xususiyatlari mavjud. U birinchi navbatda o’quvchining asosan aqliy va ma‘naviy saviyasini rivojlantirib boradi. Chunki, maktab davrida bola ham jismoniy, ham aqliy, ham ma‘naviy jihatdan juda tez rivojlanadi. O’quvchilar tasviriy san’at darslarida, ayniqsa natyurmort janrida rasm ishlaganda moddiy olamni ko’rishni, kuzatishni va o’zining tasavvurlarini tekshiradi. Bu esa o’quvchilarning o’quv amaliyoti davrida rivojlanib boradi.

1-sinfdan 7-sinfga qadar tasviriy san’at darslarida pedagogikaga mavjud bo’lgan barcha metodlardan foydalaniladi. Xususan unda bahs-munozara metodi ham qo’llaniladi. 1-7 sinflarda rasm ishlashda chizilayotgan natura va natyurmort kompozitsiyasi murakkablashib boradi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga tushuntirishni bosqichma-bosqich olib borishi lozim. Natyurmortni chizishda buyumlarni bir yo’la hammasini joylashtirib olish zarur. Chunki buyumlardan birini keyin joylashtirilsa, bo’yi, eni va hajmida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Birinchi navbatda natyurmort chizishda komponovkani hisobga olish kerak. Bu narsa chizilayotgan asarning qanday ko’rinishini belgilab beradi. Natyurmort turlari va ishlash texnikasi haqida juda ham ko’plab ma’lumotlar mavjud.

Natyurmort kompozitsiyasini ishlashda pedagogik texnologiyaning ahamiyati haqida gapirishdan oldin texnologiya o’zi nima va qanday ma’noni bildirishini bilishimiz lozim. “Texnologiya” tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lib, fanga 1872-yilda kirib keldi. Bu so’z yunoncha ikki so’zdan “texnos” - san‘at, mahorat, hunar va “logos” - fan so’zlaridan tashkil topib, «Hunar fani» ma‘nosini anglatadi, lekin, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq ta‘riflab bera olmaydi. Metodika – o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo`yicha tavsiyalar yig`indisidan iborat. Pedagogik texnologiya – o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig`indisidir.



1996-yilda YUNESKO xalqaro konferensiyasida pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Pedagogik texnologiya – bu, ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta‘sirini inobatga olib, o’qitish va bilim, o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir”.

Professor I.Zaripov ham shu haqda o’zining fikrini aytib o’tgan. Yangi pedagogik texnologiya murakkab va uzoq davom etadigan jarayon, bunda o’qituvchining bosqichma-bosqich pedagogik mahorat zinapoyalarini egallab, uning yuksak pedagogik darajasiga ko`tarilishi kabi nihoyatda qiyin, mas‘uliyatli mexnatining samarasi sifatida har bir o’qituvchi uchun erishishi mumkin bo’lgan mahorat cho’qqisidir. Yangi pedagogik texnologiyani amaliyotda qo’llashda har bir fanning o’ziga xos tomonlarini inobatga olish kerak. Bundan kelib chiqadiki, natyurmort kompozitsiyasini ishlashda pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o`quvchilarning individuallik yondashuvi bilan uning har tomonlama rivojlanishining umumiy talablarini aniqlab olish kerak ekan. Yangi pedagogik texnologiya yordamida dars o’tish o’quvchilarning erkin fikrlay olishi va tasavvurini kuchaytirishga yordam beradi. Buning uchun o’quvchilar bilan suhbat olib borib, tabiat qo’ynida ko’roq rasm ishlashga harakat qilish kerak. Shundagina o’quvchilarda ko’nikmalar yaxshi rivojlana boshlaydi. O’quvchiga rasm ishlashda bir xil metod emas, balki, har darsda turli metodlardan foydalanishga harakat qilish kerak. O’quvchilar zerikib qolmasliklari uchun turli xil klaster o’yinlari tashkillashtirib turilsa yaxshi bo’ladi. Natyurmort kompozitsiyani ishlashda o’quvchilarda avval tushuncha berib o’tish ham kerak. Perespektiva, kompozitsiya, komponovka, etyud kabi narsalar haqida aytib o’tish lozim. O`quvchilarni predmetlarni maqsadga muvofiq ravishda kuzatish, predmetlarni o’zaro bir-biriga taqqoslash, ularning o’xshashligi va turlarini aniqlashga o’rgatish juda muhim. O`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun muammoli savollar va ko’rsatmalar berish zarur. Shunday qilib, o`quvchilar naturani diqqat bilan kuzatish bilan bir qatorda klaster tuzish orqali, undagi soya va yorug’likni, tushuvchi soyaning o’rnini xatosiz aniqlashadi va ko’rganlarini aniq tasvirlay olishadi. Yakuniy bosqichida esa o’qituvchi kuzatish natijalarini yana bir marta sharhlab o’tadi. Shunday qilib, o`quvchilarning kuzatuvchanligini oshirish orqali tasviriy san‘at o’qituvchisi o`quvchilarni atrof-muhitni, uning predmet dunyosini to’g’ri qabul qilishga o’rgatadi, predmetlar to’g’risida to’g’ri tushunchaga ega bo’lishadi, darsda o’zining har bir shtrixini o’ylab qo’yib, aql bilan ishlashga o’rgatadi. Shuningdek, o`quvchilarni fikri faollashadi, ularning fazoviy va obrazli fikrlashi rivojlanadi. Bularning barchasi o`quvchilarning fikriy va aqliy faoliyatini rivojlantirishda katta hissasini qo’shadi.

Xulosa: Men o’zimning maqolamda “O’quv natyurmortini bajarishda ilmiy yondashuvning ayrim masalalari” haqida tushunchalar berib o’tdim. Bu maqolamdan xulosa shuki, bolalarda tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida bilib oldim. Bu mavzu orqali bolalarni rasm chizishga qiziqishini, qobiliyatini rivojlantirib, kelajakda yetuk shaxslarni yetishtirib berishdek mas`uliyatli vazifaga o`z hissamni qo`shganimdan mamnun bo’laman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev nizomi. 2019

2.S.F.Abdirasulov “Tasviriy san’at metodikasi”. T., “Ilm-ziyo” ,2006

3. B.Z. Azimova. Natyurmort tuzish va tasvirlash. Т., “O‘qituvchi”, 1984.

4. R.X.Hasanov Maktabda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi”.T., “FAN”, 2004.

5. Ростовцев H.H. Методика преподавания изобразительного искусства в школе. - М.: «Просвещение», 2000.



6.www.uzdaily.uz
Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish