O‘quv-metodik materiallar 1 –mavzu: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari»



Download 122 Kb.
bet1/19
Sana14.04.2022
Hajmi122 Kb.
#550205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
меъёр



O‘QUV-METODIK MATERIALLAR


1 –MAVZU: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari» kursining maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Lisoniy me’yor tushunchasi. Til me’yor tushunchasining o`rganilish tarixi.
Reja :

  1. «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari» kursining maqsad va vazifalari

  2. «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari» kursining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Lisoniy me’yor tushunchasi.

  4. Til me’yor tushunchasining o`rganilish tarixi



Tayanch tushuncha va atamalar: Til, adabiy til, lisoniy me’yor, adabiy til me’yori, nutq madaniyati, hozirgi o`zbek adabiy tili, lisoniy me’yor, adabiy til me’yori, nutq madaniyati, hozirgi o`zbek adabiy tili. .

O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va istiqlol yo`lida dadil qadamlar bilan olg`a intilayotgani o`zbek xalqining madaniy-ma’naviy hayotida ulkan va sermazmun o`zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Ayniqsa, milliy qadriyatlarning tiklanishi, o`zbek tiliga e’tiborning kuchayishi alohida o`ringa ega bo`ldi. O`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi va o`zbek adabiy tili O`zbekiston davlatining asosiy va yetakchi tiliga aylanishiga sabab bo`ldi. O`zbek tilining ijtimoiy vazifalari, yani xizmat qilish doirasi nihoyatda kengaydi, avvaldan mavjud sohalarda esa yanada chuqurlashdi. Shuningdek, mustaqillik davrida o`zbek tiliga rus tilining tayziqi barham topdi, uning ta’siri susaydi. Rus tilidan o`rinli va noo`rin foydalanaverish, “ruscha-baynalmilal so`zlar” deb yuritib kelingan so`zlarni ommaviy tarzda qabul qilaverish jarayoni o`z mavqeyini yo`qotdi. Ilgari o`zbek tili sof lisoniy nuqtai nazardan tadqiq qilib kelingan bo`lsa, endi tilga xalq milliy qadriyatlarining tarkibiy qismi, ma’naviy-madaniy merosi sifatida yondashish va til, uning boyliklarini mana shu nuqtai nazardan talqin va tahlil qilish imkoniyati ham tarkib topdi. Bular esa adabiy til me’yorlarining shakllanish, rivojlanish va boyish qonuniyatlaridan xabardor bo`lish, adabiy tilga munosabatda uni boyitish me’yorlarini silliqlash va unga sayqal berishda qanday talab va mezonlarga suyanish kerakligini anglash zaruratini yuzaga chiqaradi.


Til shunchaki va faqatgina o`zaro aloqa vositasi emas, balki xalq ma`naviyatining tarkibiy qismidir.Milliy mustaqillik mafkurasin yaratishdan maqsad istiqlolga erishgan o`zbek xalqini ulug`kelajak sari ruhlantirish ,uni maqsad atrofida birashtirish,jipslashtirishdir.Ushbu vazifani ado etishda tilning, ona tilining ham munosib hissasi bor.Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o`zbek tilining bu xususiyatini yuksak baholaydi:”Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma`naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”1
“Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari” kursi o`zbek adbiy tilining shakllanishi, uning me’yorlashuv jarayoni va bu me’yorlarning aks etishi, turg`unligi va o`zgarishi kabi masalalarni tadqiq qiladi. Uning o`rganish obyekti o`zbek adabiy tili me’yorlari hisoblanadi. Zero, lisoniy me’yor tushunchasi til, nutq, til tizimi, uzus, adabiy til, ijtimoiy va professional lahjalar,va shu kabi juda murakkab tushunchalar bilan bog`liqdir.
Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari” kursning maqsadi talabalarni "til strukturasi–norma (me’yor)-uzus" masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o’zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og’zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish hisoblanadi. Kursning vazifalariga til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me’yor (norma) bo’lgan va me’yor bo’lmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan o’rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash; hozirgi o’zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga ma’lumot berish, ularda hozirgi o’zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko’nikmalarini shakllantirish kabilar kiradi. Bu kurs bir qancha fanlar bilan aloqadorlikda ish ko`radi. Uning uzviy aloqasini “Nutq madaniyati” fani bilan ko`rishimiz mumkin. Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir. Kishi o`z nutqi orqali fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini, atrofidagi voqea-hodisalarga bo`lgan o`z munosabatini namoyon qiladi. Nutq madaniyatini egallash adabiy tilning me’yorlarini puxta bilish bilan bog`liq. Nutq madaniyati bu fikrlarni til vositalari bilan to`g`ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. Nutq madaniyati tushunchasi adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasi ham hisoblanadi. Bu narsa uning “Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari” kursi bilan aloqadorligini ko`rsatadi. Shuningdek, bu kurs “O`zbek tili stilistikasi (uslubiyati)” fani bilan ham aloqadordir. Tilshunoslikning bir bo`limi sifatida stilistika (uslubiyat) til vositalaridan nutqda o`rinli va maqsadga muvofiq ravishda tanlab ishlatish qonun-qoidalarini o`rgatuvchi fandir. Stilistika (uslubiyat) fonetik, leksik, Grammatik kabi bo`limlarga bo`linadi, o`z tarixiga, tushuncha va kategoriyalariga ega. Nutq madaniyati va uslubiyat o`zaro chambarchas bog`liq hodisalardir. Uslubiy me’yorlarni yaxshi bilmay turib, ularni mukammal egallamay turib, madaniy nutqqa erishib bo`lmaydi. Bu narsa ham adabiy til me’yorlarini bilishni talab etadi va ushbu kursning stilistika (uslubiyat) bilan aloqadorligini belgilaydi.
“Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari” kursi tekshirish obyektiga ko`ra “Hozirgi o`zbek adabiy tili” (ona tili) fani bialn ham uzviy aloqadordir. Zero, ushbu fan adabiy til me’yorlarini ilmiy nuqtai nazardan o`zida aks ettiradi. Til fanini adabiyot fanisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Binobarin, til vositalaridan foydalanish orqali badiiy adabiyot namoyon bo`ladi. Bu narsa mazkur fanlarning o`zaro chambarchas aloqasini namoyon etadi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish