O’qitishning metodik usullarini tanlash



Download 84,5 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi84,5 Kb.
#80823
  1   2   3   4
Bog'liq
13-O’qitishning metodik usullarini tanlash


O’qitishning metodik usullarini tanlash
Reja:



  1. O’qitishni tashkil etishning boshqa turlari

  2. Seminar mashg’ulotlari va konferensiyalar

  3. Rejalashtirilgan o’qitish

  4. O’quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash

  5. Tanqidiy fikrlashga o’rgatish usullari.

  6. Tanqidiy fikrlashga o’rganuvchi ish turlari.

Ilg’or o’qituvchilar o’quv jarayonining yangi strukturasini o’qitishga tobora keng tadbiq etmokdalar. Bu strukturaga ko’ra, bilimlarni o’zlashtirish va o’quv hamda malakalar hosil qilish o’quvchilarning mustaqil amaliy va aqliy faoliyatlari natijasida sodir bo’ladi. Muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo’llarini izlash va aniqlash, muammoni hal qilish jarayonining o’zi, chiqarilgan xulosalarni qanchalik to’g’ri ekanligini amalda tekshirib ko’rish o’quv jarayonining muhim elementlari bo’lib kolmokda.

Muammoli jarayon hosil qilish o’quvchilar aktiv aqliy faoliyatning zarur shartidir. O’quvchi oldiga muayyan vazifa qo’yiladi, bu vazifa unda qiziqish uyg’otadi va o’quvchi bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o’z bilimlari hamda tajribalari etarli darajada tula va chuqur emasligini paykaydi, ya’ni aniq kiyinchilikka duch keladi. O’quvchida hosil bo’lgan vaziyatdan chiqish yo’lini topishdek ichki extiyoj paydo bo’ladi, kiyinchilikni xis etish paydo bo’lgan sharoitni analiz qilishga va qo’yilagn masalani echish yo’llarini topishga undaydi. SHunday qilib, bilish lozim bo’lgan va amaliy vazifalar bilan o’quvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo’ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan kiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uyg’otadi.

O’quv materialini bayon etishning muammoli tuzilishini chuqurrok bilib olish uchun fikrlash jarayonining ba’zi qonuniyatlarini kurib chiqamiz. Bu sohada olib borilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, fikrlash va yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qonuniyatlari bir-biriga ma’lum darajada to’g’rikeladi. Fikrlashdagi harakatlar narsani, hodisani o’zgartirishning shunday amaliy hamda nazariy usullarini o’z ichga oladiki, bo’lar uning yangi xossalari va yangi nisbatlarini paykashga olib keladi. Fikrlashning asosiy vazifasi yangi bilimlarni va yangi harakat usullarini egallashga imkoniyat yaratishdan iborat. SHu bilan birga, insonning bilimlari tafakkurining pirovard natijasi, bilishning asosiy vositasidir. Inson yangi narsani uziga ilgari ma’lum bo’lgan narsa asosida biladi. Inson ma’lum bo’lgan narsaga tayanibgina uzining bilish faoliyatida ilgari siljiydi. Insonning bilimlari qanchalik aniq va chuqur bo’lsa, uning faoliyati shunchalik mukammal, mehnati unumli bo’ladi.

Inson bilimlar sistemasini bilib olar ekan, ayni zamonda bu bilimlarni ishlatish usullarini, amaliy va nazariy masalalarni echishda bilimlardan foydalanish uchun zarur bo’ladigan intellektual harakatlarning murakkab sistemasini ham o’zlashtiradi. Fikrlashdagi harakatlarni dilda bajarishga qaratilgan aqliy operasiyalar sistemasi, debgina tushinish yaramaydi. Tafakkur amaliy yoki nazariy harakatdan ajralmasdir, u insonning butun faoliyatiga xizmat qiladi, inson o’z oldiga vujudga keladigan muammolarni echishning tayyor usullariga ega bo’lmagan yoki harakatlarni bajarishning yangi usullarini topishi zarur bo’lgan hollarda uning faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.

Fikrlash jarayoni amalga oshadigan asosiy forma muammolarini, ya’ni bilish lozim bo’lgan, echilish yo’li noma’lum yoki mavjud bilim hamda malakalarni yangi, odatlanilmagan sharoitda tadbiq etishni talab qiladigan intellektual va amaliy vazifalarni hal qilishdan iborat.

O’qitishda tafakkurning vazifasi shundan iboratki, u yangi harakat usullarini va o’zlashtirilishi lozim bo’lgan yangi bilimlarni kashf etishga xizmat qiladi. O’qitish jarayonida tafakkur bu vazifani fikrlash zaruriyatini, ya’ni ilgari ma’lum bo’lmagan bilimlarni yoki harakat usullarini kashf etish yoki o’zlashtirishni talab etadigan vazifani bajarish vaqtida o’quvchida paydo bo’ladigan psixik holatni kelitrib chiqaradigan muayyan vaziyatlar sharoitida bajaradi. bunday vaziyatlar va ularga mos keladigan vazifalar muammoli vaziyat hamda vazifalar deb ataladi.

YAngi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni muayyan muammoni hal qilinishidan iborat fikrlashning namoyon bo’lishi ekan, yangi bilimlarni o’zlashtirishning har bir elementi- bu, muammoli vaziyatlarning hal qilinishi, deb aytish mumkin. Buni fikrlashning psixologik qonuniyatlaridan o’qitish jarayonini boshqarish uchun foydalanish masalalariga bagishlangan barcha tadqiqotlar tasdiqlaydi. Bu xulosa o’quvchilarning mustaqil ravishda bilimlar olish jarayonini boshqarish maqsadida muammoli vaziyatlar sistemasini ishlab chiqish va uni tadbiq etishni nazarda tutadi.

Muammoli vaziyatni hal etish asosida tashkil qilingan o’quv jarayoni pedogogikada muammoli o’qitish deb ataladi. Muammoli o’qitish vaqtida hamma vaqt masala (muammo) qo’yiladi va hal qilinadi. Bu muammo savol, topshiriq, masala tarzida beriladi. Ammo o’qitishda, shu jumladan, o’quv materialini o’zlashtirishdan oldin savol va masalalardan foydalanish muammoli o’qitish shartlariga hamma vaqt ham to’g’ri kelavermaydi. Muammoli vaziyat hamda masala tushunchalarining ma’nosi bir xil emas. Masala tushunchasi bilan harakatning ba’zi ob’ektiv beriladigan harakteristikalarigina belgilanadi, ishtirok etuvchi shaxs- sub’ekt esa qo’shilmaydi. Masalani echish jarayoni izlanayotgan zarur narsaning topilishini ta’minlaydigan masala shartlarini o’zgartirish sistemasidan iborat. Ko’pchilik hollarda masala ma’lum bo’lgan bilim, o’quv va malakalarni bevosita tadbiq etish asosida bajariladi yoki hal qilinadi.

Muammoli vaziyat- sub’ekt (o’quvchi) bilan ob’ekt (masala) o’zaro ta’sirining uziga xos turi. Muammoli vaziyat avvalo o’quvchining fan to’g’risida, topshiriqni bajarish usullari yoki shartlari to’g’risida yangi bilimlarni kashf etishni (o’zlashtirishni) talab etadigan vazifani bajarish jarayonida paydo bo’ladigan muayyan psixik holatni harakterlaydi. Agar masalni echishda o’quvchi harakatlarni o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bajarib, uni hamma vaqt ham kabul qila olmasa, muammoli vaziyat vujudga kelishining mukarrar sharti yangi xossa yoki harakat usulini ochish zarurati bo’ladi. Bunday zaruriyat bevosita amaliy sharoitlar bilan ham, ijtimoiy extiyojlar bilan ham belgilanishi mumkin. Muammoli vaziyatlar yaratishda pedogogika fani ishlab chiqkan hamda amalda tekshirib kurilgan quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.

Muammoli vaziyat yaratish shunday amaliy yoki nazariy masalani nazarda tutadiki, bu vazifani bajarishda o’quvchi o’zlashtirishi kerak bo’lgan yangi bilimlar yoki harakatlarni kashf etish lozim. Masala quyidagi shakllarda berilishi mumkin: savol shaklida - bunda ma’lumotlar surok gapga kiritilgan bo’ladi va savolning ta’rifi, uning moxiyati vazifani bajarishda o’quvchida paydo bo’ladigan real savolga mos kelishi kerak;

-topshiriq shaklida, bunday masalada xulosa chiqarish, nimanidir tushintirish, asoslash taqlif etiladi.

Masala hamisha o’quvchining bilim va o’quvlariga asoslanishi lozim. Ular savol yoki vazifaning moxiyatini, tub maqsadini va echish yo’llarini tushunish uchun etarli bo’lishi kerak. O’quvchiga taqlif etiladigan muammoli vazifa o’quvchining intellektual imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Vazifaning kiyinlik darajasi ikkita asosiy ko’rsatkich: o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materialining yangilik darajasi va uning umumlashtirilganlik darajasi bilan baholanadi.

Odatda, muammoli vazifa o’zlashtirilishi lozim bo’lgan o’quv materialdan oldin berilishi darkor. Ammo o’quvchilarda muammoli vazifani hal qilish uchun etarli darajada bilim va o’quvlar bo’lmasa, ularga zarur ma’lumotlarni bayon etish yoki ularni muayyan harakatlarga o’rgatish lozim. Bunday hollarda o’qituvchi jarayonlarning xususiyatlari, aniq ma’lumotlar va shu kabilarni aytib beradi, o’quvchilar esa ana shu ma’lumotlar asosida, o’rganiladigan harakatlarning umumiy qonuniyatlarini, bajarish usullari hamda shartlarini ijodiy o’zlashtiradilar.

O’quvchilarning muammoli masalalar echish yo’li bilan yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga o’qituvchi doimo bevosita raxbarlik qilishi kerak. O’qituvchi muammoli vaziyat yuzaga keltiradi, masalani ta’riflaydi, shundan keyin yordamchi savollar berish, aniqliklar kiritish, ba’zi narsalarni aytib berish yo’li bilan o’quvchilarga talab etiladigan qonuniyatlarni mustaqil tushunish hamda ta’riflashga, qilinadigan ish usuli yoki shartini topishga, zarur xulosa chiqarishga yordam beradi.

Bilim va harakatlarning ma’lum darajada murakkab sistemasini muammoli o’zlashtirishni ta’minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan sistemaga rioya qilish kerak:

-murakkab topshiriqni ancha mayda, xususiy topshiriqlarga bo’lish zarur; ba’zi hollarda asosiy masala bir necha dars yoki, xatto, butun boshli mavzu doirasida yagona bo’ladi va xususiy vazifalar sifatida echiladi;

-har xil muammoli vaziyatlar uchun xos bo’lgan didaktik funksiyalarni farq qilish kerak: mavzuni o’rganish boshida hosil qilinadigan birinchi muammoli vaziyat o’quvchilarda o’rganilayotgan umumiy qonuniyatni o’zlashtirish uchun extiyoj uygotishi darkor; shundan keyin aniq muammoli vaziyatlar sistemasining hammasi shu asosiy masalani ochishga xizmat qiladi;

-muammoli vaziyatlar sharoitida o’qituvchi bayon etadigan o’quv materialini va o’quvchilar mustaqil uzdashtiradigan materialni aniqlashga differensiallangan tarzda yondoshish kerak; bir darsning uzida, odatda, ikkala tipdagi materialdan foydalaniladi.

Muammoli o’rganish uchun ochiq oydin ifodalangan sabab-natijali bog’langan, eng muhim sifatlarni, hodisalarni, munosabatlarni umulashtirishni, qonuniyatlarni aniqlashni talab etadigan material, ya’ni asos harakteridagi material tanlab olinadi. Axborot hikoya rejasidagi aniq materialni o’qituvchining uzi bayon etadi. SHu sababli pedogogika adabiyotida muammoli o’qitishni tavsiflashda uchraydigan muammoli dars terminiga tula qo’shilib bo’lmaydi.

Xotimada shuni ta’kidlab o’tish zarurki, darsda muammoli vaziyatlar hosil qilish okibat natijada aniq o’quv materialini ongli ravishda o’zlashtirishga qaraganda ancha ko’p narsani bilishga yordam beradi, chunki o’quvchilar ularni hal etib, fikrlashga, muloxaza yuritishga, xulosalar chiqarishga o’rganadilar. O’qitishning bunday usulubi insonni aktiv, ijodiy uylaydigan qilib tarbiyalashga yordam beradi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrda mamlakatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari qatorida ta’lim tizimi, uni tarkibiy qismi bo’lgan Oliy va o’rta maxsus ta’limi ham tub islohotlarni boshdan kechirib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida» gi qonunning qabul qilinishi (1997 yil, 29 avgust) va ularda mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlarini belgilab berganligini alohida ta’kidlash lozim. Milliy mustaqillik g’oyalari singdirilgan bu tarixiy hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimini o’rganishga ham keng yo’l ochildi, iqtidorli yosh olimlarimiz va talabalar «Ustoz» va «Umid» jamg’armalari orqali rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishdek baxtga muyassar bo’lmoqdalar. O’z navbatida xorijiy mutaxassislar ham mamlakatimiz ta’lim tizimida ro’y berayotgan islohotlarni o’rganib, ularga ijobiy baho bermoqdalar. Bu kabi o’zaro aloqalar o’z navbatida mamlakatimiz ta’lim tizimiga rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’z milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan tahlil qilib, o’quv jarayoniga joriy etishni ham taqozo qilmoqda. Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatimiz ta’lim tizimini jahon ta’lim standartlari bilan integrasiyalashuvining asosiy belgilaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» alohida ko’rsatib o’tilgan.

Kasbiy ta’lim yo’nalishlari talabalarini ilg’or pedagogik texnologiya va uni o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli axborotlar bilan qurollantirish maqsadida yaratilgan. U uch bo’limdan iborat:

I bo’lim - Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, II bo’lim - Testshunoslik asoslari, III bo’lim -To’la o’zlashtirish texnologiyasi. Bo’limlar mazmunini yoritishda AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullanib 30 ga yaqin rivojlangan mamlakatlar (Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malaziya va h.k.) ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning odatdagi o’qitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, O’zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, test topshiriqlari shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, o’quv materialini to’la o’zlashtirish g’oyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar va turli shakldagi nazorat testlari berilgan. Tuzilgan test topshiriqlari faqatgina o’zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o’rgatuvchi (o’qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda o’zlashtirishga ham erishiladi.

Pedagogik texnologiyada asosiy maqsad har bir darsda aniы topshiriы shaklida berilgan materialni o’zlashtirishga erishish hisoblanadi. Har bir o’qituvchi o’z darsiga programmaga asoslangan holda o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan bilimlar xajmini aniq belgilaydi.

Pedagogik texnologiyada bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchining faol ishlashi va fikrlashi zaruriy element hisoblanadi. “Yangi pedagogik texnologiyada” o’quvchilarni tanqidiy fikrlashga o’rgatish talab etiladi. Tanqidiy fikrlash deganda o’rganilayotgan bilimning turli tomonlari haqida mulohaza yuritish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashni mulohazali fikrlash deyish ham mumkin.

Tanqidiy fikrlash ma’lumotni hyech qanday mulohaza yuritmay passiv qabul qilib qarama-qarshi quyiladi. Ta’lim jarayonida o’quvchi o’rganilayotgan materialni analiz va sintez qilish taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiyalash xujum va xulosa chiqarish kabi fikr yuritish operasiyalarini bilish kerak. Sanab o’tilgan fikr yuritish soxalari logika fanining muammolari hisoblangan. Hozirgi vaqtda logika fani e’tibordan chetda qolgan. Shuning uchun fikr yuritish operasiyalari har bir fan o’qituvchi talabalarga tushuntirish kerak.

Tanqidiy fikrlar shakllanishi uchun talaba o’zi shrganayotgan sohasini chuqur egallashi, ko’p o’qishi, bilim to’plashi zarur. Tanqidiy fikrlash tafakkurning yuksak darajada shakllanganligini ifodalaydi.

Ta’lim jarayoni talabaning mustaqil fikrlash darajasiga ko’tarilgandagina samarador bo’ladi. Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi va mohiyati tanqidiy fikrlashni o’stirish, fikrlashga o’rgatishdir. Chunki faqat mustaqil o’qib, fikrlab o’zlashtirilgan bilim mustahkam bo’ladi va bilim egasi uni turli sharoitlarda qo’llashi mumkin.

Tanqidiy fikrlash bilim olishning barcha bosqichida amalga oshiriladi. Ayniqsa, muammoli-izlanuvchan bosqich tanqidiy fikrlashga asoslaniladi. Bu bosqichda talabaning mustaqilligiga keng yo’l beriladi va u ta’lim jarayonida o’z kashfiyoti (izlanishi) asosida yangi bilimlarni o’rganadi. Bu “Kashfiyot orqali bilim” deb yuritiladi. Bu texnologik jihatdan quyidagicha amalga oshiriladi:


  • talaba uchun ahamiyatli bo’lgan muammoni yaratish;

  • o’rganilayotgan mavzuda (obyektda) qarama-karshilikni va talabaga tushuntirish (talaba nomutanosiblik muammo ekanini tushunishi kerak);

  • shu muammodan kelib chiqadigan ijodiy natijani ifodalab berish.

Talaba bilimlarni o’zlashtirish bilan birga, uni o’zining ijodiy kashfiyoti sifatida his etishi kerak.

Tanqidiy fikrlashga mo’ljallangan ta’lim an’anaviy usuldan tubdan farq qiladi. Chunki an’anaviy usulda faqat o’qituvchining informasiya manbai bo’lib qolishi, talabaga bilim berishda uning qiziqishi, bilimga munosabati va shu vaqtgacha talaba egallagan bilimni hisobga olmaslik xozirgi kunda ta’limdagi qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Didaktikadagi asosiy muammolardan biri ta’limda talabaning yetuklik darajasini hisobga olib ishlashdir.

An’anaviy ta’limda dars o’tilganda o’quvchilarga ma’lumot berish va uni mustaxkamlash asosiy vazifa hisoblangan. Pedagogik texnologiya bilim berishga shu bilimga o’quvchilarni qziqtirishga, yangi bilimni bilishi avvalgi bilimlariga, hayotiy tajribasiga bog’lashga e’tibor qaratmoqda. Bolada yangi informasiyaga qiziqish va kutish xosil bo’lishi kerak.

Tanqidiy fikrlash strategiyasi ta’limda quyidagi uch bosqich mavjud bo’lishini tavsiya etadi:



  • da’vat;

  • anglash;

  • fikrlash

Da’vat bosqichida talabaga mavzu bayon etiladi va shu sohadagi uning bilimlari aniqlanadi. Ayrim tushunchalar zoh beriladi. Ma’lum informasiya, qoidalar eslatiladi. Mavzuni o’rganish asosida qanday natijaga erishish ma’lum qilinadi. Da’vat bosqichida mavzu bo’yicha “Aqliy xujum” o’tkazilishi, mavzu bo’yicha avval egallangan bilimlar qisqa qayd etilishi, savol-javob o’tkazilishi, klaster tuzilishi mumkin.

Da’vat bosqichida talaba shu sohada o’zining bilimi yetarli emasligiga tushunishi ham foydalidir. Chunki shu asosda talabada faol xarakat kelib chiqishi mumkin. Da’vat bosqichida talaba bilimini aniqlash imkoniyatini beradigan testlardan, bilimlarni hisobga olish varaqlaridan foydalanish mumkin.



Anglash bosqichida o’rganiladigan material ustida faol ishlanadi. Talbalarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Talabalar bilan individual, juftliklardagi va guruhdagi ishlar amalga oshiriladi. Talabalarga aniq vazifalar beriladi. Ular faol ishlab, maqsadga erishishlari kerak. Anglash bosqichida leksiya, suhbat, tushuntirish asosida mustaqil o’qish, juftliklarda va kichik guruhlarda ishlash, surilgan leksiya, munozara, ishlarni o’zaro taqrizlash, yozma ishlar o’tkazish, munozara, konferensiya va boshqa usullardan foydalaniladi.

Fikrlash bosqichida erishilgan natija avvaliga bilimlar bilan taqqoslanadi. Yangi o’zlashtirilgan bilim ifodalanadi. O’quvchi o’qish natijasida erishgan darajasi baholanadi. O’rganilgan o’quv materiali umumlashtirish va yozma ish, chizma, xulosa fikr va boshqa ko’rinishda ifodalanadi. Bu bosqichda talaba ta’lim jarayonida qo’yilgan maqsadga erishishi kerak. Rejalashtirishda qo’yilgan vazifa amalga oshiriladi.

Ta’lim jarayoni da’vat, anglash va fikrlash bosqichlarga asoslanib o’tilsa, talabaning yuqori darajada faolligi ta’minlanadi. O’qituvchi mulohazali tafakkurga asoslanib dars o’tishda talaba tomonidan ma’lum bilimlar tizimini o’zlashtirishga erishish bilan birga, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida talabaning mustaqil faoliyatiga e’tiborni qaratishi kerak. Talaba dars davomida mustaqil bilim olish ko’nikmasini o’zlashtirsa, keyingi hayoti va faoliyatida mustaqil ishlash uning xususiyati bo’lib qoladi.

Mulohazali tafakkur har bir bosqichining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Birinchi bosqich da’vatda talabalarning yangi bilimni o’zlashtirishga asos bo’ladigan avvalgi bilimlari aniqlashga e’tibor qaratiladi. Chunki avval mavjud bo’lgan, yangi bilimga asos bo’ladigan informasiya bilan bohlanish hosil bo’lsa, bilim mustahkam bo’ladi.

Da’vat bosqichining ikkinchi vazifasi talabalarni faollashtirishdir. Talaba yozma yoki ohzaki shaklda avvalda olgan bilimlarini bayon etadi va muammolar bo’yicha fikr yuritadi. U yangi bilimni o’zlashtirishga asos bo’lib qoladi.

Da’vat bosqichidagi uchinchi maqsad o’rganilayotgan aniq mavzuga qiziqish shakllanadi, uni o’rganish motivi kelib chiqadi. Mavzuni o’rganishga qiziqtirish, ta’limiy maqsadlarni talabaning shaxsiy maqsadiga aylantirish talani harakatga keltiruvchi eng yaxshi ta’sir (stimul) hisoblanadi. Zo’rlab berilgan maqsad talabani foydalashtirmaydi.

Anglash (osmыsleniye) bosqichida yangi informasiya da’vat bosqichida xotirada faollashtirilgan bilimlar bilan bog’lanadi. Bu fazaning asosiy maqsadi yangi o’quv materialini tushunishni ta’minlashdir. Talaba o’zining maqsadi yangi o’quv materialini tushunishni ta’minlashdir. Talaba o’zining materialini tushunishi qanday o’tayotganini kuzatishi kerak. Talabaning o’zida sodir bo’layotgan ichki subyektiv psixik jarayon va holatlarni aks ettirishi refleksiya deb yuritiladi.

Fikrlash bosqichda o’rganilayotgan soha avvalgi bilimlarga bog’lanadi va yangi informasiyalar asosida xulosalarga kelinadi. O’quvchi avvalgi bilimlariga nisbatan yuqoriroq bo’lgan yangi bosqichga ko’ratiladi. Bu agar o’quvchi yangi g’oya va informasiyalar o’z so’zi bilan ifodalay olsa sodir bo’ladi. Bu bosqichda o’quvchilar o’rtasida ikki tomonlama va ko’p tomonlama fikr almashinish sodir bo’lishi kerak. Fikrlash bosqichiga munozara va refleksiya joriy etilsa, ko’p tomonlama fikrlash sodir bo’ladi. O’qituvchi o’z savollari orqali o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarib boradi. Savollarni to’g’ri qo’ya olish o’quvchining pedagogik mahoratiga bog’liq. O’qituvchining mulohazali tafakkurni o’stirishga mo’ljallangan savollar namunasini keltiramiz:


Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish