Optik aloqa haqida umumiy ma’lumotlar



Download 125,89 Kb.
bet1/2
Sana15.07.2021
Hajmi125,89 Kb.
#119782
  1   2
Bog'liq
Dok1


REJA:

1. Optik aloqa haqida umumiy ma’lumot.

2. Optik aloqa tizimlari.

3. Telekommunikasiya tarmoqlarida qo’llanuvchi optik tolali aloqa kabellar



4.Xulosa

OPTIK ALOQA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Optik aloqa nvojining qisqacha tarixi Insoniyat taraqqiyotida aloqa, xususan, optik aloqa (OA)ning roh katta bo'lgan, bunga sabab yorug'lik nurining tarqalish tezhgining juda yuqoriligi (3-10* m/s), to'g'ri chiziqli tarqahshi va boshqa xususiyatlaridir. Axboi'otlarni uzatish uchun yorug'lik nurining qo'llanilishi uzoq tai ixga ega. Dcngizchilar axborotlarni uzatish uchun signal lampalarini qo'llaganlar, mayoqlar esa ko'p asrlar davomida dengizchilami xavf-xatardan ogohlantirgan. XVIII asrnmg 90-yillarida LP. Kulibin (Rossiya) va K. Shapp (Fransiya) bir-biridan bexabar optik telegraf ixtiro qüishgan. Bu optik telegraf quyosh nurini ko'zgular yordamida qaytarish asosida ishlagan. A xborotlarni masofaga uzatishda yorug'lik nurining qulayligini sezgan amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1882-yilda fokuslantirilgan quyosh nurini qo'llab, Vashingtonda ikki bino tomi o'rtasida optik telefon (fotofon) aloqasini o'matgan. U o'zining qurilmasi yordamida ovozni nur orqah 200 metr masofaga uzatgan. Bu tizimlar atmosfera orqali to'g'ri uzatishni ta’mirüangan. Axborotlarni ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi harorat, havo oqimi, changlar, tuman va hakozolar tinimsiz o'zgarib turganhgi sababh ochiq havo yorug'lik uzatuvchi muhit sifatida ishlashga yaroqsizligi va bu muammoning yechimi - axborotlarni yorug'lik uzatkich bo'ylab uzatish g'oyasi olimlar tomonidan XX asming 60-yillarida aniqlandi. Bu g'oya yaratilgunuga qadar olimlar bu borada tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bordilar. Birinchi yorug'lik uzatkichlar - XIX asming 70-yillarida (1874- 1876-yillar) Rossiyada yaratilgan. Rus elektrotexnigi V.N. Chikolev bir necha xonalarni bitta lampa bilan yoritish uchun ichi oynali metall trubalarni ishlatgan. 1905-yilda R. Vud «fizik optikada shisha yoki eng yaxshisi kvars tayoqcha devorlarldan «ichki qaytishni» qo'llab, yorug'hk energiyasini katta yo'qotishlarsiz bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o'tkazish mumkin, deb yozgan. 1920 — 1930-yillari Germaniyada elektromagnit to'lqinlam i shaffof yorug'lik o'tkazgichlar orqah uzatish bo'yicha ishlar olib borildi (O. Shriver, U. Bregg). 1927-yili Bayrd (Angliyada) va Xanzell (AQSHda) televideniyeda tasvirlarni uzatish uchun juda ko'p tolalar ishlatish kerak, degan g'oyaga keldilar. Shu tarzda, o'tgan asrning 50-yillarigacha tasvirlarni ingichka yorug'lik uzatkich orqali uzatish g'oyasi, ya’ni tolah optika g'oyasi rivojlanib bordi. 1951-yilda tolali optik aloqa rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi: Van Xiil (Gollandiyada), Kapani va Xopkins (Angliyada) bir-biridan bexabar tasvirlarni uzatish uchun shisha tolalarning mustahkam sozlanuvchan jgutlarini yaratish va ular yordamida tasvirlarni uzatish qonuniyatlarini tadqiq etish bo'yicha ish boshladilar. Bunday uzatishda juda ko'p ingichka tolalar talab etilgan, ularni zich joylashtirish esa yorug'likning bir toladan boshqasiga o'tib ketishiga olib kelgan. Bunday yorug'lik uzatuvchi tolalarda yomg'likning izolyatsiyasi masalalarini hal etishida Van Xiilning xizmatlari katta bo'ldi. 1953-yih Van Xiil plastikdan tayyorlangan sindirish ko'rsatkichi 1,47 bo'lgan yomg'likni izolyatsiyalovchi qobiqli shisha tolani yaratdi (shishaning sindirish ko'rsatkichi 1,5 - 1,7). Uning g'oyasi shundan iborat ediki, yomg'lik uzatkichning sindirish ko'rsatkichi qobiqnikidan katta bo'lishi kerak, shundagina yomg'lik nurining to'liq ichki qaytishiga erishish mumkin. 1958 — 1959-yilIarda Kapani va Xirshovis tomonlaridan bu g'oya mukammalashtirildi. Ular kichik sindirish ko'rsatkichga ega bo'lgan shisha qobiqli shisha tola yaratdilar. Bu tolada yo'qotishlar plastik qobiqli tolaga nisbatan kamaygan, qobiqning sayqallangan tola yuzasini tashqi mexanik ta’sirlardan himoyalovchi boshqa vazifasi ham yuzaga keladi. Shunday qiUb, Van Xiil, Kapani va Xirshovis ishlaridan (1953— 1959-yillar davri oraUg'ida) tolali optikaning asosiy prinsipi — yorug'likni ikki qatlamli dielektrik yorug'lik uzatkichlar bo'ylab uzatish prinsipiga asos solindi. Barcha zamonaviy yorug'lik uzatkichlar ana shu prinsip asosida ishlaydi [1]. Fan-texnika, kvant fizikasi, optoelektronika bo'yicha erishilgan yutuqlar, optik kvant generator (lazer)larning yaratilishi bilan optik aloqa rivojianishining zamonaviy davri boshlandi. 1954-yil rossiyalik olimlar N.G. Basov va A.M. Proxorov hamda amerikalik fizik Ch. Tauns ammiak molekulalari to'plam ida ishlovchi, mazer deb ataluvchi mikroto'lqinli kogerent nurlanish manbayi - gazli kvant generatorini yaratdilar. 1959-yili N.G. Basov hamkasblari bilan birgalikda qattiq jismli yorug'lik kvant generatorlarini yaratish uchun yarimo'tkazgichli materiallarni ishlatishni taklif etdi. Bunday nurlanish manbalari lazerlar (Light Amplification by Stimulated Emission of Radiation — LASER) deb ataldi. Olimlar bu kashfiyot uchun 1964-yilda fizika bo'yicha Nobel mukofotini oldilar. Odatdagi optik nurlanish manbalariga qaraganda lazer nurlanishi yuqori monoxromatlklik, kogerentlik hamda juda yuqori intensivllkka ega va shuning uchun uni uzatish tizimlarida eltuvchi tebranish sifatida qo'llanilishi tabiiy edi. Lazer nurlanishi keng o'tkazish polosasini hosil qilish Imkoniyatini yaratdi. Geliy-neon lazerli uzatish tizimi (ochiq fazodagi to'lqin uzunligi X — 0,63 mkm, chastotasi f = 4,7 - 10*** Hz) 4700 GHz (asosiy chastotadan 1 %) o'tkazish polosasiga ega bo'lib unda, bir vaqtda milllonga yaqin televizion kanallarni joylashtirish mumkin. 1960-yillarda lazer nurlanishining turli modulyatsiya (chastota, faza, am plituda, intensivlik va qutblanish bo'yicha, impulsli modulyatsiya) turlarini amalga oshirish bo'yicha ko'plab texnik yechlmlar tavsiya etildi, shuningdek, yorug'likning ochiq fazoda tarqalishini qo'llovchi bir qator lazer uzatish tizimlari yaratildi. Axborotlarni ochiq fazoda uzatishda hosil bo'ladigan yuqorida aytib o'tilgan kamchiliklar, shuningdek, bunday tizimlarda qo'llaniladigan nurlanish manbalari foydali ish koeffitsiyentining kichikligi ularni telekommunikatsiya tarm oqlarida qo'llanUishini chegaralaydi. Hozirda bir qator kamchlliklariga qaramay bunday tizimlar kos- mosda, ba’zi xorijiy mamlakatlarda ko‘p qavatli baland binolarda qo‘llanilmoqda. 0 ‘sha vaqtda yaratilgan optik tolaning so'nish qiymatlari katta bo'hb, taxminan 1000 dB/km ga teng bo'lgan. Bunday tolaga kiritilgan nur qisqa masofada deyarli butunlay yutilib ketadi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. 1966-yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o'zlarining ilmiy izlanishlarida optik toladagi nurning yutilish sabablarini tahlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab metall ionlarining qoldiqlari ekanligini aniqladilar. Olimlar agar shisha ana shu ionlardan tozalansa, yutilish koeffitsiyenti a.

Optik aloqaning afzalliklari Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to'lqin va signallar yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m o'ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta’minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig'indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik aloqa tizimlarida axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar, yorug'lik nuri yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug'lik nuri o'zida elektromagnit tebranishlarni namoyon etadi. Elektromagnit tebranishlar esa o'zida o'zgaruvchan magnit va elektr maydonlarni namoyon etadi, bu maydonlarning tarqahsh yo'nalishi bir-biriga perpendikulyar. Odatda, elektromagnit maydon sinusoidal egri chiziq sifatida tasvirlanadi Yorug'lik nurlanishlari chastota yoki to'lqin uzunligi bilan tavsiflanadi. Chastota bir sekundda sinusoidal tebranishlar soni Musbat qiymatli_ amplituda Magnit maydoni Magnit maydoni Elektr maydoni Tarqalish yo 'nalishi 1.1-rasm. Elektromagnit to‘lqin 12 bilan aniqlanadi va gersda (Hz) o'ichanadi. Toiqin uzunligi - ikki ketma-ket to'lqinlarning nuqtalari orasidagi masofa (yoki to'lqin bir sikl tebranishda o'tadigan masofa). To'lqin uzunligi va chastota o'zaro bog'liq. To'lqin uzunligi (À.) to'lqin tezligini (5) uning chastotasi (/) ga nisbatiga teng: / Demak, chastota qancha ortsa, to'lqin uzunligi shuncha qisqa bo'ladi. Aloqa tizimlari ko'pincha elektromagnit tebranishlar va tashuvchi chastota signallari egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1.2-rasm). ^ Spektral diapazonga mos holda radiodiapazon, o 'ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi. Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 THz (100 mm)dan boshlanib, unga infraqizil, ko'rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi. Bu diapazonlar yuqori chastota va qisqa to'lqin uzunligiga ega. Infraqizil diapazon 310*^ dan 410*'’ Hz doirasida joylashib, 100 - 0,75 mkm to'lqin uzunligiga mos keladi. Ko'rinuvchi spektr 4-10''* dan 0,75-10'^ Hz (0,75 — 0,4 mkm) sohani egallaydi. Demak, inson ko'zi 0,4 - 0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi. Ultrabinafsha diapazon juda kichik to'lqin uzunliklariga ega. Ko'pincha optik aloqa tizimlarida to'lqin uzunligi 0,8-1,5 mkm oraliqli üifraqizü diapazon qo'Uaniladi, chunki shisha tola ko'rinuvchi yorug'likka nisbatan infraqizil nurlanishlarga shafíbfroq. Yorug'lik zarrachalari fotonlar deyiladi. Foton kvant yoki nurlanishni namoyon etadi. Kvant nurlanishning elementar birhgi hisoblanadi. Foton energiyasi uning chastotasiga bog'liq. Chastota ortgan sari energiya ortadi. Ultrabinafsha diapazonga yuqori chastota va bunga bog'hq holda yuqori energiya mos keladi. Bir foton energiyasi: E==h ’ f



Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir, (vq3*1010 sm/s) ham to‘g‘ri chiziqli tarqalish va boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, XVIII asrdayoq quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan semoforlar yaratildi. Axborotni masofaga uzatishda yorug‘lik nurining qulayligini sezgan amerikalik telefon ixtirochisi A. Bell bundan 125 yil avval optik telefon (fotofon)ni yaratdi.

U o‘zining qurilmasi yordamida odam ovozini nur orqali 200 metr masofaga uzatdi. Bunda mikrofonning tebranishidan qaytuvchi quyosh nuri ovozni tashuvchi bo‘lib xizmat qildi. Hozirgi kunda deyarli har bir uyda radio, televizor va telefon bor, shaharlar va maydonlar o‘rtasida yotqizilgan kabellar yordamida koinotdan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali keng miqyosda axborotlar uzatilib turiladi. Ammo aloqa texnikasining rivojlanishi, elektronikaning zamonaviy yutuqlari, elektromagnit to‘lqinlarining sm va mm diapazonining o‘zlashtirilishi ham hozirgi paytda mislsiz ko‘payib ketayotgan axborot talablariga javob bermay qoldi: amaliyot axborotning zichligi, uzatish chastotasining oshirilishi aloqa kanallarini zichlashtirish kabi qator talablarni qo‘ymoqda. Shuning uchun ham dunyo mutaxassislari birinchi navbatda optik diapazonga qayta-qayta e’tibor bera boshladilar. Shuningdek, dunyodagi mis konlari borgan sari kamayib bormoqda. Vaholanki, texnikada juda kerak bo‘lgan bu metallning deyarli yarmi kabellar uchun ishlatiladi. Olimlarning taxmini bo‘yicha mis ishlab chiqarish XXI asrda keskin ravishda kamayadi. Demak, biror chora topilmasa, kabel ishlab chiqarish tushkunlikka uchrashi turgan gap. Shuning uchun ham mis simlardan voz kechib, axborotni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida uzatishga o‘tish lozimligini tushunib yetildi. Demak, shisha tolalarni ishlatish ikki ijobiy yutuqqa — axborot uzatish tezligini keskin oshirib, qimmat hisoblangan misni katta miqdorda iqtisod qilishga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, O‘YuCh -diapazoni (q=1-20sm) bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar mukammal o‘zlashtirilgandan so‘ng navbat optik diapazonga yetib keldi. 60-yillarda kashf etilgan lazerlar ham katta samara bermadi. Chunki axborotni lazer nuri bilan ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi temperatura, havo oqimi, changlar, tuman va h.k. lar tinimsiz o‘zgarib turganligi uchun ochiq havo nur o‘tkazuvchi muhit sifatida ishlatishga yaroqsizligi aniqlandi. Lazer nurini trubalar ichida uzatib ko‘rildi, lekin bu yo‘l ham foyda bermadi. Shuni aytish kerakki, nur o‘tkazuvchi shisha tolalar 60 — yillarda ma’lum edi. Ularning diametri 100 mkm bo‘lib, o‘zak va uni o‘rab olgan qobiqdan iborat edi. O‘zakning sindirish ko‘rsatkichi qobiqning sindirish ko‘rsatkichidan biroz katta bo‘lishi kerak. Lazer nurini shunday tolalar orqali uzatishga urinib ko‘rildi, ammo bunday tolalar juda katta yutish koeffisiyentiga ega bo‘lib, taxminan 1000 db/km ga teng. Bunday tolaga kiritilgan nur bir necha metr masofadan so‘ng deyarli butunlay yutilib ketadi. Ammo 1966 yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o‘zlarining ilmiy izlanishlarida optik shishalardagi nurning yutilish sabablarini taxlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab He, Ni, Si, Sg va shunga o‘xshash metallar shisha sintez qilinayotganda tashqaridan (havodan, tigeldan) kirib qolgan metall ionlari ekan. Maqola mualliflari agar shishalar ana shu ionlardan tozalansa, yutish koeffisiyenti a<20db/km bo‘lgan tolalar olish mumkinligini isbotlab berdilar. Bu maqoladan so‘ng dunyo miqyosida yutish koeffisiyenti kichik bo‘lgan nur o‘tkazuvchi tolalarni olish bo‘yicha ishlar juda kuchayib ketdi. Nihoyat, 1970 yil "Korning Glass" firmasi mutaxassislari to‘lqin uzunligi qq063 mkm bo‘lgan nur uchun yutish koeffisiyenti 20 db/km dan kichik bo‘lgan nur uchun nur o‘tkazuvchi tolalarni yaratdilar. Bunday tolalar uzun to‘lqinli optik aloqa liniyalarida ishlatsa bo‘ladigan sifatlarga ega edi. Shuning uchun 1970 yil tolali optikaning tug‘ilgan yili deb sanala boshlandi. Ana shundan so‘ng tolali optika aloqasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanib ketdi, ular ishlatiladigan sohalar ko‘paya boshladi: telefon tarmoqlari orqali ishlaydigan televideniye, aviatsiya va dengiz flotida, bort aloqasi, hisoblash texnikasi, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimi va h.k.larda ham ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, nurli tolalarning tashqaridan tushuvchi elektromagnit to‘lqinlarning ta'sirini sezmasligi, vaznlari kam va ixchamligi ham aniqlandi. Shunday qilib, optik aloqa tizimlarining negizi shaffof va toza shishadan qilingan tola bo‘lib, u yaxshi xizmat qiladi.



  1. Optika qonunlaridan ma’lumki, tola ichiga kiritilgan nur tashqariga chiqmasdan tarqala oladi. Bunda tola to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalgan yoki barabanga o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Buning sababi nur tola ichida tarqalar ekan, uning chegarasiga tushadi va yana ichkariga to‘la qaytadi. Bu nur tolaning ikkinchi chegarasiga tushadi va yana undan ichkariga to‘la qaytadi va h.k., bu jarayon uzluksiz davom etadi.

  2. Demak, nurning tarqalish sharti uning tola yon chegarasida to‘la ichki qaytishi ekan. Bu juda oddiy va optikada keng qo‘llaniladigan hodisadir. Faraz qilaylik (1-rasm), nur sindirish ko‘rsatkichi p1 va radiusi g bo‘lgan silindr shaklidagi muhitda tarqalayotgan bo‘lsin. Tashqi muhitning sindirish ko‘rsatkichi p2 bo‘lsin. U holda nur ikki muhit chegarasiga tushganda sinadi va qisman qaytadi. Sinish (q2) va tushish (q1) burchaklari Snellius qonuniga bo‘ysinadi: n1Sin a1qn2Sina2 yoki Sin a1qn2/n1 Sin a2 Agar biz tushish burchagini (q1) kattalashtirib borsak, sinish burchagi a2 ham ortib boradi va ikkinchi muhitga singan nur tola chegarasiga qarab ko‘proq egila boshlaydi. q1 burchak ma’lum kritik qiymatga erishganda q2q90° bo‘ladi. Bu holda singan nur tola chegarasi bo‘ylab tarqaladi va ikkinchi muhitga o‘tmaydi, to‘la ichki qaytish sodir bo‘ladi.

Bu burchak Sin a1Tqn2/n1 ga teng biladi. Nihoyat tushish burchagi a1 q a1T bo‘lganda tola chegarasiga tushayotgan nur energiyasining deyarli hammasi yana tola ichiga qaytadi, agar a1 Shisha tola nur tarqatishga juda qulay muhit bo‘lsa ham, uning kamchiliklari bor:
1) u ochiq havoda (p2<1) bo‘lgani uchun unga tashqi muhit ta'sir ko‘rsatadi, uning ustiga changlar o‘tirib iflos qiladi, bu esa nurning so‘nishiga olib keladi; 2) tolani ushlab turuvchi tayanchlarning kontaktlarida qo‘shimcha so‘nish paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, shisha tola mo‘rt bo‘ladi:. Agar uning ustiga qandaydir muhofaza qatlamlari yotqizilmasa, sinib ketishi juda oson. Bu kamchiliklar ikki qatlamlik hisobiga bartaraf etiladi. (2 (a -b) - rasm). Shishali tolalar cho‘zib olinib (qqT=2000°s ga yaqin), barabanlarga o‘rab olinganliklari uchun bunday tolalarda nurning troyektoriyasi egri chiziq bo‘lib, uning aniq qaytadigan chegarasi bo‘lmaydi. Qobiq tarafga yo‘nalgan nur tola o‘qi tarafiga qarab egila boshlaydi va u yana o‘zak markaziga qarab tarqaladi. Shisha tolalar orqali axborot yuborilganligi uchun ularning so‘nish koeffisiyenti minimal bo‘lishi zarur, chunki optik aloqa liniyalari (1-100) km masofalarga cho‘zilishi mumkin. Buning uchun ularning yutish koeffisiyenti qq01-1db/km bo‘lishi kerak. Bunday katta talabga faqat a'lo sifatli optik shishalar, ayniqsa shishasimon kvarslar javob beradi. Kvars boshqa shishalardan o‘zining bir jinsliligi va nurning Relecha sochilish koeffisiyenti kichikligi bilan ajraladi.

Sanoatda ishlatiladigan shisha tolalar juda toza kvarsdan cho‘zib q2000S° da olinadi va maxsus lak bilan qoplanadi. Bu uning mexanik mustahkamligini ancha oshiruvchi lak bilan, so‘ng bu tola ustiga polimer materialdan muhofaza qatlami qoplanadi. Shundan so‘ng sanoatda (aloqada) ishlatiladigan optik tola tayyor bo‘ladi.



Bu tolali optik aloqa liniyalarining buyukligi shundaki, ular orqali millionlarcha telefon signallarining bir vaqtda uzatilishini ta’minlash mumkin. Bu kabellar suv ostida, yer ostida xonalarda va boshqa sharoitlarda ishlatilishi mumkin. Optik aloqa tizimlarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: Keng sathlilik (agar nur manbai sifatida yarim o‘tkazuvchanlik dioddan foydalanilsa) va qq10q250 Mgs tashkil qiladi, yarim o‘tkazuvchili lazer ishlatilsa, u holda ~0,5 MGs ga teng bo‘ladi. Bu kabi aloqa liniyalarini kuchli tokli kabellar va yuqori voltli elektroenergiyani uzatuvchi liniyalar yaqiniga joylashtirish mumkin. Optik kabelning haqiqiy tuzilishlaridan birining kesimi 3-rasmda keltirilgan. Optik kabelli tolalar orasidan o‘tuvchi halaqitlarning juda kamligi, bu tolalarning sonini bir necha yuz bor oshirish imkonini beradi. Atrof -muhitga optik kabeldan elektromagnit nur tarqalmaydi. Yuqori texnologik integrasiyaga egaligi; tabiiy ofatlarni (Yer qimirlashi, toshqinlar, sel va hokazo) sodir bo‘lishi kutilayotgan mintaqalardagi muhitlarda ishlay olish qobiliyatining borligi, ularning simli kabellardan afzalliklarini ko‘rsatadi.


Download 125,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish