Opera san'ati Opera



Download 53 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi53 Kb.
Opera san'ati

Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Operadagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.

Opera sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. Opera keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan Opera-seria — jiddiy Opera (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello,D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada Operasi (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan. Mazkur qiziqish 19—20-asrlarda yanada kengayib bevosita Oʻzbekiston bilan bogʻliq asarlar Angliya, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va boshqalarda koʻpaydi. 19-asrda romantik O. rivojtopdi (K. M. Veber, V. Bellini, G. Donitsetti va boshqalar), yangi milliy O. maktablari yuzaga keldi (Rossiyada — M. Glinka va A. Dargomijskiy, Polshada S. Monyushko, Chexiyada B. Smetana, Vengriyada F. Erkel, Ukra-inada S. Gulak-Artemovskiy, Gruziyada M. Balanchivadze va boshqalar). 20-asrda Opera— oratoriya (A. Onegger), Opera—kantata (K. Orf), kamer Opera

(F. Pulenk), qoʻshiq O.si (K. Vayl), rok-opera (E. L. Uebber) kabi yangi turlari yuzaga keldi, Opera janri modernizm yoʻnalishlari (impressionizm — K. Debyussi, ekspressionizm — R. Shtraus, A. Shyonberg , A. Berg , neoklassitsizm — F. Buzoni, I. Stravinskiy va h. k.) taʼsirida rivoj topdi. K. Monteverdi, J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, K. V. Glyuk, B. A. Motsart, R. Vagner, L. Kerubini, Sh. Guno, J. Vize, M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, S. Prokofyev, D. Shostakovich, B. Bartok, 3. Koday, B. Britten, J. Gershvin va boshqa Opera sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda Opera janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz Operasining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-asrning oxiri—20-asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) Opera truppalari gastrolga kelgan. 1918 yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan.

1929 yilda Muhiddin Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939 yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" Operasi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz Opera namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning

"Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil operalari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (Sobir Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov)

va boshqa Birinchi oʻzbek hajviy operasi "Maysaraning ishi"

(Sulaymon Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar operasidir.

1970—80 yillari oʻzbek kompozitorlari Opera janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov),

"Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer operalar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi"

(Habibulla Rahimov) va boshqa operalar sahnalashtirildi.

Mustaqillik davri oʻzbek operalarida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitildi: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" opera-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo",



F. YanovYanovskiyning "Orkestr" Orkestrlari), tarixiy shaxslar siymolari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" Opera oratoriyasi) Opera janrini keyingi rivojini belgiladi. Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari

opera asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik