Ona tilining grammatik qurilishidan tamomila bexabar kishi ham gapni Grammatik jihatdan to`g`ri tuza oladi



Download 15,28 Kb.
Sana27.02.2021
Hajmi15,28 Kb.
#60148
Bog'liq
Ona tilining grammatik qurilishidan tamomila bexabar kishi ham gapni Grammatik jihatdan to


Ona tilining grammatik qurilishidan tamomila bexabar kishi ham gapni Grammatik jihatdan to`g`ri tuza oladi.

2019 yil 8-sinf ona tili darsligi yangi tahrirda chop etildi. Bu darslikda Mumtoz matn va lug`atlar bilan ishlash mavzusi berilgan.Unda o`quvchilarga Blum taksonomiyasidan foydalanilgan holda bilim darajalari aniqlanadi.

8-sinf darajasida A.Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan olingan “Talab vodiysi” matni berilgan. Bu matnni tahlil qilishda avvalo, she’rni ifodali o`qib chiqadi.

Chun talab vo|diysiga qo`y|sang qadam,

Ollinga har|dam kelur yuz|ming alam

Har doim anda|yuz malomat yuzlanur,

Har nafas ming|sa’b holat yuzlanur.

2.She’riy matn nasriy matnga aylantiriladi

Agar sen talab vodiysiga qo`ysang qadam,

sening oldingga har doim yuz mingta alam keladi.

Ham doim yuzta og`rinish bilan duch kelasan,

Har nafas olganingda xor bo`lish,ezg`in holatiga tushasan.

Ajratilgan so`ni lug`aviy ma’nosi aniqlanadi. Ko`pincha lug`atda biror so`z yoki iboraning ma’nosi bilan bir qatorda o`sha davrga malolat so`zning shu ma’nosi ifodalash uchun ishlatilgan.

1.Malolat-malol kelish,o`ksinish,hijolat,og`rinish so`zi bilan ifodalangan.

Sa’b-xor bo`lish,ezg`in holatga tushish.

2.Matnda ko`chma ma’noda qo`llanilgan,badiiy jihatdan tasvirlangan, so`z tasirchanligi amalga oshirilgan.

3.Talab vodiysi she’riy misrani oddiy darak gapga aylantiriladi. Ona tili mashg`ulotlarida qo`yiladigan eng asosiy talablardan biri o`quvchi fikrini ixcham shaklda bayon qilishga o`rgatishdir. O`quvchi gap qurishda birorta ortiqcha so`zni ishlatmasligi, maqsadni ifodalovchi so`zni topib qo`llash, so`z va so`zlar birikmasini to`g`ri aloqaga kiritish, gap bo`laklarining oddiy va o`zgargan tarkibiga qat’iy amal qilishi lozim.

Fikrni ixcham bayon qilish uchun o`zbek tilining imkoniyatlaridan to`g`ri foydalanishga to`g`ri keladi. O`quvchilarni berilgan gaplardan mazmunga salbiy ta’sir etmaydigan ma’lum bir so`zni tushinib qoldirishga o`rgatish gapni ixchamlashtirishga o`rgatishning eng asosiy yo`llaridan biridir.

Sen talab vodiysiga qadam qo`ysang,Sening oldingga yuz mingta alam keladi.

Nafas olmoq, xor bo`lmoq, ezg`in holatga tushmoq o`quvchilar so`zning qo`shimcha ma’no bergan yoki bermaganini sharhlashlari, o`zlari ham shunday gaplar tuzishni davom ettirishlari lozim.

3.Gapni kengaytirishda eng qulay usuli kesimdan savol berish orqali uning egasi va ikkinchi darajali bo`laklarni topib qo`yishdir.

Qo`ysang qadam-qadam qo`ysang kesim orqali egani aniqlash.Masalan: qayerga ? Talab vodiysiga kim ? sen va hokazo aylantirish topshiriladi.

4.Mustaqil ishning bu turidan fonetika,leksikalogiya va morfologiyani o`rganishda bu ish ko`proq berilgan gaplarda so`zlarni ularning ma’nodosh so`z va uyadoshlari bilan almashtirish orqali sintaksisning izchil kursini o`rganish jarayonida esa gap bilan ifodalangan, kesim,ega,to`ldiruvchi,hol,aniqlovchilarni kengaytirilgan birikmalarga aylantirish, sodda gaplardan qo`shma gaplar aksincha, qo`shma gaplardan sodda gaplar hosil qilish usullari bilan amalga oshiriladi.

Gapni tahlil qilish.

Mustaqil ishning bu turi gaplarda uchraydigan uslubiy xatolarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida o`tkaziladi. O`quvchilar yo`l qo`yilgan xatoni tuzatar ekanlar, uslub jihatdan to`g`ri qurishning o`ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar. Tahlil o`quvchi ma’lum bir so`z o`rnida boshqa so`zni qo`llash, gapning mazmunini saqlagan holda shaklini o`zgartirishi, uning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’lum bir so`zni qo`shishi va qisqartirishi mumkin.

Xullas , ona tili fanida lug`atlar bilan ishlash, matn yaratish, gap ustida ishlash,gaplar tuzish barcha mashg`ulotlarning muhim tarkibiy qismiga aylanmog`i lozim.



Shunday qilib yuqorida tilga olingan ish usullari;

Gapni ixchamlashtirish va kengaytirish, mazmunni saqlagan holda shaklini o`zgartirish, matnni gaplarga ajratish,ikki va undan ortiq sodda gapni turli yo`llar bilan birlashtirish, gapni tahlil qilish va takomillashtirish, maqsadni to`g`ri ifodalab, gap yaratish kabilar bolalarning nutqiy taraqqiyotiga samarali ta’sir ko`rsatadi. Matn ustida ishlash og`zaki va yozma nutqni o`stirishning eng muhim tarkibiy qismi bo`lganligi sababli, b ish uzluksiz ravishda amalga oshirilmog`i kerak.
Download 15,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish