Ona tili va adabiyot fanidan test savollari va javoblari



Download 65.78 Kb.
bet3/4
Sana15.09.2019
Hajmi65.78 Kb.
1   2   3   4

YOPIQ TESTLAR

 

71.Shekspir nechta dramatic asar yozgan? (40 ga yaqin)

72. Shekspir komediyalarini yozing (Yoz kechasidagi tush, O`n ikkinchi kecha)

73. “Ulug`bek xazinasi” romanida “Darvozai ohanin”ning dorug`asi kim edi? (Mironshoh)

74. Ilk romanlar bundan necha yil oldin yozilgan? (2500 yil)

75. “Roman” so`zi qaysi tildan olingan? (fransuz)

76. To`rt kitobdan iborat roman qanday ataladi? (tetrologiya)

77. Cho`lpon dramasini yozing (Yorqinoy)

78. “Hamlet” asarini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan? (Cho`lpon)

79. Abdulla Qodiriyning “Obid ketmon” asarining janrini yozing (Qissa)

80. “Sabog`a xitob” she’ri kimning qalamiga mansub? (Furqat)

 

ADABIYOT  FANIDAN  TEST  SAVOLLARI



1.Ilmiy adabiyotga daxldor to`g`ri tavsif qaysi qatorda berilgan?

A.Tarixiy faktlar jamlanmasi.

B.Voqea-hodisalarning tasviriy vositalar hamda real sharoit orqali ochib berilishi.

S.Voqelikni aniq va mavjud dalillar fikrlar asosida yoritilishi.

D.Muhim ma’lumotlar,ilmiy maqolalar,turli yo`nalishlar bo`yicha kitoblar yig`indisi.

   2.Badiiy asarda asosiy maqsad:

A.Hissiyotga ta’sir ko`rsatish

B.Fikr aytish

S.Ilmiy dunyoqarashni kengaytirish

D.Fikrlash tarzini boyitish

  3.Xalq og`zaki ijodini boshqa badiiy asarlardan ajratib turuvchi birinchi belgisi nima?

A.Qahramonlik,dovyuraklikning kuylanishi

B.Milliy ruh saqlab qolinganligi.

S.Ilohiy qarashlarning aks etishi.

D.Ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi kurashning ifodalanishi

  4.”Alpomish” dostonining janr turi qaysi?

A.Liro-epik

B.Dramatik

S.Nazm va nasr

D.Epos


  5.”Alpomish”da tasvirlangan turkona hayot tarsi yana qaysi muallif asarida didaktik yo`nalishda aks ettiriladi?

A.Bobur “Boburnoma”

B.M.Qoshg`ariy “Devonu lug`otit-turk”

S.Yusuf Xos Hojib “Qutadg`u bilig”

D.A.Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”



6.Xalq dostonlarining muhim belgisi:

A.She’r bilan nasrning aralash kelishi.

B.Asosan o`n olti bo`g`inli bo`lishi

S.Baxshilar tomonidan kuylanishi

D.Barmoq vaznida aytilishi.

  7.Doston asosan qaysi vaznda yoziladi?

A.11 bo`g`inli bo`lib,barmoq vaznida

B.7-8 bo`g`inli bo`lib,erkin vaznda

S.10 bo`g`inli bo`lib,barmoq vaznida

D.17 bo`g`inli bo`lib,aruz vaznida

  8.Folklorshunoslikda “epik qoliplar” atamasi nimani bildiradi?

A.Dostonlardagi musiqiylik va qofiya san’atini

B.Umuman ifoda va tasviriarni

S.Ma’lum vazn va ohangda aytilishini

D.Cho`ziq va qisqalikning mutanosibligini

 9.N.Rabg`uziy yashab ijod etgan davr qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?

A.XIII-XIV asrlar

B.X-XI asrlar

S.XII-XIII asrlar

D.XV-XVI asrlar



10.”Qissasi Rabg`uziy” asarida asos bo`lgan mavzu qaysi javobda ko`rsatilgan?

A.Adibning o`z hayot yo`li,ko`rgan kechirganlari.

B.Payg`ambarlar hayoti

S.Boqiy dunyo va ilohiy ishq

D.Ilm-ma’rifat

 11.”Tong otardi esnayur to`rt bulungdin shamol,ziyo” misrasida qaysi tasvir vositasi mavjud?

A.Sifatlash.

B.Tashbih.

S.Mubolag`a

D.Jonlantirish.



12.”Kun hamalga kirdi ersa,keldi olam navro`zi,

     Kechdi baxman zamharir qish,qolmadi,qori,buzi”

Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?

A.Rabg`uziy.

B.Xalq og`zaki ijodi.

S.A.Navoiy.

D.Bobur.

13.Ilk bora xamsachilik an’anasini boshlab bergan shoir kim?

A.A.Navoiy.

B.A.Jomiy.

S.X.Dehlaviy.

D.N.Ganjaviy.

 14.Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub asarlar qaysi qatorda to`liq berilgan?

A.”Matla’ul-anvor”, “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”,”Hasht-behisht”.

B.”Oynai Iskandariy”,”Xamsa”,”Layli va Majnun”,”Mahzan ul-asror”.

S.”Hasht behisht”,”Xamsa”,”Yusuf va Zulayho”,”Layli va Majnun”.

D.”Shirin va Xusrav”,”Haft paykar”,”Xamsa”,”Muhabbatnoma”,”Xazoyinul-maoniy”.

 15.Emas oson bu maydon ichra turmoq,Nizomiy panjasiga panja urmoq

Ushbu misralar kim tomonidan va nima sababdan yozilgan?

A.A.Navoiy.Nizomiyning “Xamsa”sedan ta’sirlanib.

B.Jomiy.Yangi “Xamsa”siga epigraf sifatida.

S.Bobur.Asar yozish mashaqqati xususida.

D.A.Navoiy.”Xamsa” yozish qiyinchiliklarini ko`zda tutib.



16.Mashrabning “O`rtar” nomli g`azaliga xos qofiya tuzilishini aniqlang.

A.a-a,b-a,v-a…

B.a-a,b-b,v-v…

S.a-b,b-b,a-v…

D.a-a-b-a,a-a-v-a…

17.Tasavvufiy she’riyatda barcha obrazlar,tushunchalar,vositalar qaysi markaziy mavzu bilan bog`liq?

A.Ishq


B.Yor

S.Alloh


D.Komillik

18.O`zbek romanchiligi asoschisi kim?

A.H.H.Nizomiy

B.Behbudiy

S.Cho`lpon

D.A.Qodiriy

19.Millat tarixining “eng yirik,qora kunlari” tasvirlangan asar nomi nima?

A.”Mehrobdan chayon”

B.”Namoz o`g`ri”

S.”Obid ketmon”

D.”O`tgan kunlar”

20.”Kecha-kunduz” romaniga aloqador bo`lmagan obrazni aniqlang.

A.Poshshaxon

B.Sultonxon

S.Zunnun


D.Arslonqul

21.O.Yoqubov qalamiga mansub ilk asar qanday nomlanadi?

A.”Tong yulduzi”

B.”Birinchi muhabbat”

S.”Olma gullaganda”

D.”Tengdoshlar”

22.A.Oripov qalamiga mansub birinchi she’riy to`plam qanday ataladi?

A.”Qushcha”

B.”Birinchi muhabbatim”

S.”Onajon”

D.”Mitti yulduz”

23.”Asrga tatigulik kun”romanida asar mazmuni qanday ochib beriladi?

A.Nayman ona fojiasi

B.Ikki qishloq o`rtasidagi yovlashuv

S.Kazangapning o`limi

D.Sobitjonning o`z nasl-nasabidan bexabarligi

24.Mustaqillik davri adabiyotini ajratib turuvchi birinchi belgi nimadan iborat?

A.Tarixiy mavzu va tarixiy shaxslar orasiga murojaatning kuchayishi

B.milliy ruhdagi haqqoniy asarlarning paydo bo`lishi

S.Asosan she’riyat va dramaturgiyada yangicha o`sishning kuzatilishi

D.Yangi davr hayotini aks ettiruvchi nasriy asarlarning ko`payisi

25.Quyidagilardan R.Parfi qalamiga mansub asarlarni aniqlang.

A.”Turkiylar”,”Iqror”,”Yo`l”.

B.”Oq va qora”,”Tush”,”Ayolg`u”

S.”Qora devor”,”Adashgan ruh”,”Sensiz”

D.”Munojot”,”Ovloq kecha”,”Ranglar”.

 

 



ADABIYOTDAN  FANIDAN  TEST  JAVOBLARI:

 

   1-S                       6-A                   11-D               16-A              21-D



   2-A                      7-A                   12-A               17-A              22-D

   3-B                      8-B                   13-D               18-D              23-A

   4-A                      9-A                  14-A                19-D             24-B

   5-S                      10-B                 15-D                20-D             25-S

 

 

ADABIYOT  FANIDAN  TEST  SAVOLLARI



1.Badiiy adabiyot umuman:

A.She’riy va nasriy asarlar jamlanmasi

B.Ilmiy faktlar va inson kechinmalari aks etgan asarlar

S.Obrazli tafakkur mahsuli

D.Badiiy tasvir vositalaridan mahorat bilan foydalanish

2.Quyida badiiyatga daxldor iborani toping.

A.Shafaq qizg`ish tus oldi.

B.Sanamay sakkiz dema.

S.Go`yo uchishga shaylangan qush edi.

D.Musichaday beozor odam.

3.Badiiy asarlar inson his-tuyg`usini ifoda etish tarziga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

A.Roman,qissa,hikoya,she’rlar

B.Nazm va nasr,publisistika

S.Fojia,hajviyot,lirika

D.Lirika,epos,drama

 

4.”Alpomish” dostonida qaysi ma’naviy-axloqiy sifatlar aks ettiriladi?

A.Iymon-e’tiqod,saxiylik,ishq-muhabbat

B.Or-nomus,mehnatsevarlik,sabr-toqat

S.Matonat,oliyjanoblik,aql,ziyraklik

D.Sadoqat,ezgulik,mardlik,vafo.



5.Rabg`uziy ijodining asosini qaysi janrdagi asarlar tashkil etadi?

A.XIII-XIV asrlar

B.X-XI asrlar

S.XII-XIII asrlar

D.XV-XVI asrlar

6.”Sab’ai sayyor” o`z mazmun mohiyatiga ko`ra qanday doston?

A.Qahramonlik

B.Ishqiy-sarguzasht doston

S.Falsafiy

D.Axloqiy-ta’limiy

7.Quyidagilardan qaysi biri falsafiy-ta’limiy doston?

A.”Farhod va Shirin”

B.”Hayrat ul-abror”

S.”Sab’ai sayyor”

D.”Saddi Iskandariy”

8.”Hayrat ul-abror” dostonida mavzu qaysi yo`nalishda yoritiladi?

A.Voqealarni hikoya qilish asosida

B.Pand-nasihat tarzida

S.Muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida

D.Ishqiy,falsafiy g`azallar ketma-ketligida

9.”Jon o`lub ul,ruh aning qolibi,Kim tanida ruh-aning tolibi”misralarida ifodalangan ma’noni aniqlang.

A.So`z,jon va ruh munosabatlarining o`zaro bog`liqligi

B.So`z o`likka jon bag`ishlashi,tirik ruhni o`ldirishi

S.She’riy va nasriy so`z o`rtasidagi farqning majoziy tarzda ifodalanishi

D.Jon va ruh inson tanasining qolipi ekanligi

10.”har kishikim,tuzluk erur peshasi,Kajrav esa charx ne andeshasi” misralari bilan boshlanuvchi maqolat nimaning ta’rifiga bag`ishlangan?

A.So`z


B.Insoniy fazilatlar

S.Rostgo`ylik

D.Iymon-e’tiqod

11.Berilgan so`zlardan qaysi birining ma’nosi noto`g`ri?

A.Maqolat-so`z,nutq

B.Siymbar-oqbadan

S.Xud-albatta

D.Masrur-kibrli

 

12.Navoiy tomonidan “shavq dostoni”deb atalgan asar qanday nomlanadi?

A.”Layli va Majnun”

B.”Farhod va Shirin”

S.”Bahrom va Dilorom”

D.”Sab’ai sayyor”



13.Sharq adabiyotida”tasavvuf” nimani anglatadi?

A.Ruhiy poklanish

B.Iymon-e’tiqod

S.Shar’iy qonun-qoidalar

D.Allohni ulug`lash

14.”Sab’ai sayyor”dostoniga qaysi hikoya asos bo`lgan?

A.Bahrom va Dilorom haqidagi

B.Yusuf va Zulayho haqidagi

S.Iskandar Zulqarnayn haqidagi

D.Tohir va Zuhra haqidagi

15.Badiiy adabiyotda “saj’”nimani bildiradi?

A.Vazn turi

B.Nasriy ichki qofiya

S.Misra so`ngidagi takror

D.Badiiy san’at turi

16.”Ko`pdin berikim yoru diyorim yo`qdur” misrasi bilan boshlanuvchi she’r qaysi janrda bitilgan?

A.G`azal


B.Ruboiy

S.Masnaviy

D.Qit’a

17.Bobur lirikasida umuman qaysi mazmun yetakchilik qiladi?

A.Ishq hotiralari

B.Yor go`zalligi va nafosati

S.Vatan madhi

D.Ziddiyatlarga to`la hayoti

18.Har bir misra so`ngida takrorlanib keluvchi so`z birikmalar:

A.Qofiya


B.Vazn

S.Turoq


D.Radif

19.Qofiya nima?

A.So`z va qo`shimchalarning ohangdosh bo’lib kelishi

B.So`z va birikmalarning takrorlanib kelishi

S.Misralardagi bo`g`inlar soni

D.Bitta so`zning har bir bandda sinonimlari bilan almashishi

 

20.Omonim so`zlar o`yiniga asoslangan she’r turiga …… deyiladi.

A.Qit’a

B.Masnaviy



S.Tuyuq

D.Ruboiy


21.Qaysi qatorda memuar asar nomi berilgan?

A.”Shohnoma”

B.”Muhabbatnoma”

S.”Sayohatnoma”

D.”Boburnoma”

22.”Asrga tatigulik kun” romanida adib qaysi obraz orqali manqurlik illatini ko`rsatmoqchi bo`ladi?

A.Edigey


B.Jo`lomon

S.Sobitjon

D.Jingjanglar

23.Istiqlol davri adabiyotiga xos umumiy xususiyat,avvalo:

A.Insonga yaratuvchi sifatida qarash

B.Ishlab chiqaruvchi mehnatkash tarzida yondashuv

S.Insonlar o`rtasidagi tenglik g’oyasini ifodalash

D.Mustaqil tuzum afzalligini ko`rsatish.

24.Istiqlol davri dramaturgiyasi taraqqiyotiga hissa qo`shgan adiblar qaysi qatorda ko`rsatilgan?

A.O.Muxtor,Muhammad Ali

B.N.Eshonqul,X.Do`stmuhammad

S.M.Muhammad Do`st,H.Sultonov

D.U.Azim,E.A’zam

25.Romandagi yuksak insoniy xususiyatlar qaysi inson siymosida namoyon bo`ladi?

A.Edigey


B.Sobitjon

S.Edilboy

D.Jo`lomon

 

ADABIYOT  FANIDAN  TEST  JAVOBLARI



 

 

1-S                6-B                11-D               16-B              21-D



2-D               7-B                12-B               17-D              22-D

3-D               8-S                 13-A              18-D              23-A

4-D               9-A                14-A              19-A              24-D

5-D               10-S               15-B              20-S               25-A

 

 

TESTLAR



1. Xalq she’rlari adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qilishi mumkin ?

A. Fonetik jihatdan 

B. Leksik jihatdan

C. Grammatik jihatdan

D. Fonetik va leksik jihatdan

E. Fonetik, leksik va  grammatik jihatdan

2. Adabiy tilning qanday shakllari mavjud ?

A. Xalq shevalari va adabiy til

B. Og’zaki adabiy til va yozma adabiy til

C. So’zlashuv uslubi va kitobiy uslub

D. So’zlashuv,  ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar

E. Milliy til va adabiy  til

3. Qaysi qatorda ayiruv-chegaralov yuklamasi berilgan ?

A.  -gina

B. -ku, -da

C. -a

D. -ham

E. -dir

4. Mavhum ot yasovchi qo’shimchani toping.

A. -chi

B. -gich

C. –k, -ak

D. -lik

E. -zor

5. Qaysi qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi ?

A. Terak, yurak

B. Bilak, chelak

C. Tilak, ko’ylak

D. Idrok, ishtirok

E. Barcha qatordagi otlarga egalik qo’shimchasi 

qo’shilganda k tovushi g tovushiga aylanadi.

6. Unli va jarangli undosh tovushlardan hosil bo’lgan so’zlar qatorini belgilang.

A. Bolalar, gul, ozod

B. Maktab, sabab, maqol

C. Mashq, kitob, so’z

D. Paxta,  xalq, choynak

E. Hisob, tovush

7. Hayvon, parranda kabilarni kelish, ketish, to’xtash kabilarga undashni bildiruvchi so’zlar qaysi so’z turkumiga oid bo’ladi ?

A. Taqlid so’zlar

B. Modal so’zlar

C. Undov so’zlar

D. Fe’l

E. Ot

8. Qulluq, qulluq, ming marta qulluq, Dilbarxon !

    Ushbu gapdagi qulluq so’zi qaysi so’z turkumiga mansub?



A. Ot

B. Ravish

C. Modal so’z

D.

E. Fe’l

9. Qaysi qatordagi gapda kelishik qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin ?

A. Mehnat hamisha inson nayoti va madaniyatining asosi  

     bo’lgan



B. Olimjon Farg’onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi

C. Bog’imizdagi olmalardan yaxshi hosil oldik

D. Salima maktabga erta ketdi 

E. O’ktam gulzor yoniga darrov joy hozirladi

10. Ergashtiruvchi bog’lovchilar qanday munosabatli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi ?

A. Qo’shma gapning teng huquqli qismlarini

B. Qo’shma gap tarkibidagi uyushiq bo’laklarini

C. Tobe-hokim munosabatli qo’shma gap qismlarini

D. Qo’shma gapning teng huquqli qismlari va uyushiq bo’laklarni

E. Teng va tobe-hokim munosabatli qo’shma gap qismlarini

11. Qabul marosimi samimiy, o’rtoqlarcha vaziyatda o’tdi

      Ushbu gapdagi o’rtoqlarcha so’zi so’z tarkibi bo’yicha qaysi qatorda to’g’ri tahlil qilingan ?



A. o’rtoq – o’zak; -lar – shakl yasovchi; -cha – shakl yasovchi.

B. o’rtoq – o’zak; -lar – shakl yasovchi; -cha – so’z yasovchi.

C. o’rtoq – o’zak; -larcha– so’z yasovchi.

D. o’rtoq – o’zak; -lar – so’z yasovchi -cha – shakl yasovchi.

E. o’rtoq – o’zak; -lar – so’z o’zgartiruvchi; - cha – shakl yasovchi.

12. Harakat – holatning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi qanday nomlanadi ?

A. Fe’l

B. Sifat

C. Ravish

D. Son

E. Ot

13. Qaysi qatorda yangi so’z yasalmagan ?

A. Yig’im

B. Yig’indi

C. Yig’ma (uy)

D. Yig’ish

E. Yigiq

14. O’zbek tiliga fors-tojik tilidan o’zlashgan old qo’shimchalar qaysi so’z turkumiga oid so’zlarni hosil qilishda ishtirok etadi ?

A. Ot

B. Sifat 

C. Fe’l

D. Ravish

E. Ot, sifat va ravish

15. Sifat+ot ko’rinishdagi qo’shma sifatlar berilgan qatorni belgilang.

A. Sovuqqon, balandparvoz

B. Kamgap, kamquvvat

C. Tez oqar, erta pishar 

D. Dunyoqarash, toshbag’ir

E.  Beshqarsak, beshotar

16. Qaysi qatorda yasama so’z berilgan ?

A. Yig’la

B. Tog’a

C. Jizza

D. Sanam

E. Yasama so’z berilmagan

17. Ukamga oldim - ukam uchun oldim kabi sinonimlar qanday sinonimlar deb yuritiladi ?

A. Uslubiy sinonimlar

B. Frazeologik sinonimlar

C. Lug’aviy sinonimar

D. Grammatik sinonimlar

E. Ma’noviy sinonimlar

18. Tilshunoslikda lahja atamasi qanday tushunchani anglatadi ?

A. Ma’lum shevaning kichik bir qismi

B. Bir-biriga yaqin bo’lgan shevalar yig’indisi

C. Sheva atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi

D. Xalq tilining ma’lum bir me’yorlarga keltirilgan shakli

E. Faqat fonetik jihatdan bir-biridan farqlanadigan shevalar yig’indisi

19. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning  qaysi bo’limida o’rganiladi ?

A. Leksikologiyada

B. Grammatikada

C. Uslubiyatda

D. Dialektologiyada

E. So’z yasalishida

20. Qaysi qatordagi so’zlar imlo qoidasiga ko’ra to’g’ri yozilgan ?

A. Xushtam, hayhot, shug’ullanmoq

B. Shuvullamoq, mushkilot, muhir

C. Muhum, mushkil, maddoh

D. Kauchuk, ilhombaxsh, uvushmoq

E. udaburon, turkugo’y, sug’irta

21. O’zbek tilida quyidagi shakllardan qaysi biri bo’g’in sifatida uchramaydi ?

A. Faqat bir unlidan iborat bo’g’inlar

B. Bir unli va  bir undoshdan tuzilgan bo’g’inlar

C. Bir unli va ikki undoshdan hosil bo’lgan bo’g’inlar

D. Bir undosh va ikki unlidan iborat bo’g’inlar

E. Barcha qatorda ko’rsatilgan shakllarga bo’g’inlar tilda uchraydi

22. Rejasiz ish – qolipsiz g’isht.

Ushbu gap qanday gap bo’laklaridan tashkil topgan  ?

A. Aniqlovchi, ega, to’ldiruvchi, kesim

B. Aniqlovchi, ega, kesim

C. Ega, kesim, to’ldiruvchi

D.

E. Kesim, aniqlovchi

23. Ergash gapli qo’shma gapni aniqlang.

A. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo’ladi.

B. Muhabbat – eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.

C. Orzular buyukdir, umrlar qisqa.

D. Biz  ko’rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga 

san’atkorona baho  beramiz.

E. Yo’qolgan moddiy boylikning o’rnini to’ldirish mumkin, ma’naviy 

boylikdan judo bo’lish – ulug’ fojea.

24. Ega ergash gapli qo’shma gapni ko’rsating.

A. Daraxtni yer ko’kartiradi, odamni el ko’kartiradi.

B. Agar seni aldasa hayot, Sen noumid bo’lma hech qachon.

C. Mirzakarimboy qishloqi jiyani bilan so’zlashishdan to’xtagan bo’lsa 

ham, fikri yigitni o’rganish bilan mashg’ul edi.

D. Kimki birovlarga sitam qilaversa, o’zi ham uzoq yashamaydi.

E. Hamma gap shundaki, osonlik bilan erishilgan baxt beqadr bo’ladi.

25. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni aniqlang.

A. U tarixchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, tabiblar, binokorlarni 

o’z atrofiga yig’di.

B. Yigitlar yuzlarini berkitsalar ham, qumlar yuzlariga qadalardi.

C. Hayotxon bu gapni shunday g’amgin tovush bilan aytdiki,

G’ulomjon beixtiyor to’xtadi.

D. Bilib qo’yki, sening ulug’ noming bor.

E. Odatim shu: chala ishni yomon ko’raman.

26. Mustaqillik yillarida milliy o’zlikni anglash mavzusiga bag’ishlangan asarlar ?

A. Sh. Xolmirzayev “Qora kamar”, “O’zbeklar”; T. Murod “Otamdan

qolgan dalalar”

B. G’ofur G’ulom “Shum bola”; A. Qahhor “O’tmishdan ertaklar”.

C. Oybek “Qutlug’ qon”, “Ulug’ yo’l”.

D. E. Vohidov “O’zbegim”; Sh. Boshbekov “Temir xotin”

E. Cho’lpon “Kecha va kunduz”; Fitrat “Sayxa”

27. Mashhur rus adabiyotshunosi V.G.Belinskiy ta’biri bilan aytganda:

A. Fan “nima bo’lganini” tushuntirsa, adabiyot “nima bo’lganini”

tasvirlaydi

B. Fan bilan adabiyot doimo qarama – qarshilikdadir

C. Fan ijtimoiy hayotni tushuntiradi, adabiyot hayotni bo’rttirib

ko’rsatadi

D. Fan bilan adabiyot doimo uzviy bog’liqdir

E. Fan voqea – hodisani, adabiyot go’zallikni tarannum etadi

28. Chirishbozlik nima ?

A. Topqirklik

B. Harakatlanish

C. Uloq o’yini

D. Ko’kaldosh

     E. Bahs boylash



29. Shirxo’raning ma’nosi ?

A. Topqirlik

B. Elikbosh, ko’kaldosh

C. Mayxo’rlik

D. Bahs boylamoq

E. Uloq o’yini

30. Dostondagi 4 qahramon nimalarning ramzi sifatida ko’rsatilgan ?

A. Adolat, davlat, aql, qanoat

B. Poklik, insof, diyonat, aql

Download 65.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik