Ona tili va adabiyot fanidan 8-sinflar uchun bayon matni


Ona tili va adabiyot fanidan 8-sinflar uchun bayon matni



Download 36.5 Kb.
bet2/2
Sana15.11.2020
Hajmi36.5 Kb.
1   2
Ona tili va adabiyot fanidan 8-sinflar uchun bayon matni

(umumta’lim maktablari uchun)

3-variant

JASORAT MARDLARGA YORDIR
Mardlik nima? Mardlik tasodifiymi, qonuniymi?' Mard bola deb kimni aytamiz? Mardlikni qanday tarbiyalash kerak? Mardlikda ham ehtiyotkorlik zarurmi? Qo‘rqoqlikning oqibati, soxta jasoratning zarari nimada?

Shuni aytish kerakki, har qanday kishi yoshlikdan jasorat ko‘rsatish, qahramon bo‘lishni orzu qiladi. Bu xususiyat har bir xalqda bor bo‘lib, u juda qadimdan boshlangan. Oilada xoh o‘g‘il, xoh qiz bo‘lsin, uni bolalikdan qahramonona harakat qilish va jasoratli bo‘lishga o‘rgatilgan. Bu an'ana turli xalqda turlicha bo‘lgan. Ko‘pchilikda bo‘lganidek, O‘rta Osiyo, jumladan, o‘zbek xalqining ham bolani qahramonlik sari yoshlikdan tarbiyalash an'analari xilma-xil ko‘rinishda amalga oshirilgan.

Mana, xalqda bu to‘g‘rida nimalar bitilgan: hatto chaqaloqqa nom qo‘yishda kelgusida botir bo‘lib o‘sishi, qahramonliklar ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan, chunonchi, Olmos, Botir, Qilich, Jasur, Rustam, Sher, Qaytmas, Po‘lat, Temir, O‘lmas, Bahodir, Toshpo‘lat, Qo‘rqmas, Zulfiqor, Lochin va boshqalar. Ota-onalarning yaxshi umid, orzular bilan qo‘ygan ana shu nomlariga munosib kishi bo‘lib yetishish farzand uchun muqaddas hisoblangan.

Bolani erkalashda ham qahramonlik sari intilish ko‘zlangan: «Toychog‘im», «Lochinim», «Qiyg‘irim», «Polvonim», «Qulunim», «Botirim», «Qo‘chqorim», «Alpim» kabi so‘zlar bilan erkalangan.

Bolalikdan matonatli bo‘lish, uncha-muncha narsadan qo‘rqmaslikka, cho‘chimaslikka, hatto qorong‘u tunda ham so‘qmoqlarda dadil yura olishga odatlantirilgan.

Toy, eshak, qulun yoki boshqa hayvonni boqib, voyaga yetkazish, ularni mustaqil egarlab minish va boshqarishga o‘rgatilishi esa kelgusida otda yura olish, uni ov, jang-u jadal va turli xalq sporti o‘yinlari — «Uloq», «Qiz quvdi», «Poyga», «Chovgon» kabilarda boshqara bilishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan.

Umuman, bolaga qahramonlik g‘oyalarini singdirish, ularni jasoratlarga otlantirish xalqda juda kuchli bo‘lgan. Shular qatori xalq turli-tuman o‘yinlar bilan ham yoshlarda matonat xislatlarini o‘stira borgan. «Qani,top-chi?», «Marrani egallash», «Bekinmachoq», «0q terakmi — ko‘k terak?», «Ov ovlash», «Qo‘l tegdi — pichoq tegdi», «Kim chaqqon?», «Aylanma darra», «0'rik qoqdi», «Tosh ko‘tarish», «Suv-suv» va boshqa o‘yinlar shular jumlasidandir...
(Malik Murodov. «Oltin sandiq ochildi» to‘plamidan)
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat