Ona tili va adabiyot fanidan 5-sinflar uchun diktant matni



Download 26 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi26 Kb.

Ona tili va adabiyot fanidan 5-sinflar uchun diktant matni

2-variant (umumta’lim maktablari uchun)

Sumalak

Sumalak – xushxo‘r va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bug`doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So‘ng uch kun ivitib qo‘yiladi. Bug`doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qo‘yiladi. Bug`doy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi.Bug`doy maysasi igna bo‘yi bo‘lgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yog`i dog`lanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So‘ngra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong`oq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va beto‘xtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo‘yiladi.


(115 ta so‘z)

5-sinf Diktant matni

II variant

Vatan


Vatan – keng va ko’p miqyosli tushuncha. Vatan ostonadan boshlanadi.Vatan sen yashab keladigan ulg’ayayotgan uy, ota-onang, aka-uka,opa-singillaring, hovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir.Vatan katta-kichik to’yga keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan,masjitlaridan azon eshatiladigan qadrdon mahalla.

Vatan – paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan-tuprog’idan oltin unuvchi, tog’larining boshi ko’kka yetgan, bog’- bo’stonga to’la O’zbekiston.



Vatan – biz yashab turgan kurrayi zamin. Besh barmoq bir bo’lsa musht bo’ladi. Kim g’araz va adovat bilan tajovuz qilsa, ta’zirini berishadi. Neki yumush, neki mushkul ish bo’lsa, osongina hal etadilar. O’zbek, tojik,qozoq, qirg’iz, turkman – besh barmoqqa qiyos. Islom Karomovning: “Shu aziz Vatan, ko’hna Turkiston- barchamizniki’’ , - deyishlari shunga joizdir.

(115 ta so’z)
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati