Aim.Uz
Ona tili fanidan test.
4 – sinf . I chorak.
1. Gap oxirida qo`yiladigan tinish belgilarini belgilang. To`g`ri javob: nuqta, so`roq belgisi, undov. 3-bet.
A) nuqta, so`roq belgisi, undov. B) qavs, ikki nuqta. D) So`roq, qavs.
2. Darak gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo`yiladi? To`g`ri javob: 6-bet. Nuqta.
A) Undov. B) So`roq D) nuqta.
3. darak gap berilgan qatorni toping. To`g`ri javob: O`lkamizga bahor keldi. 6-bet.
A) Sen qachon maktabga borasan?
B) Yashasin ,Ona Vatan!
D) O`lkamizga bahor keldi.
4. Gapning bosh bo`laklariga nimalar kiradi? To`g`ri javob: Ega va kesim. 10-bet.
A) To`ldiruvchi, aniqlovchi. B) Ega va kesim. D) Sifat va son.
5. Olqish so`zining ma`nosi: To`g`ri javob: Maqtash, ulug`lash. 10-bet.
A) Baxtli taqdir, B) Mustaqillik. D) Maqtash, ulug`lash.
6.Bog`da chiroyli kapalak guldan-gulga qo`nardi. Ushbu gapda nechta so`z bor?
To`g`ri javob: 6 ta. 11-bet.
A) 5 ta B) 4 ta D) 6 ta
7. xarsang so`zining ma`nosi: To`g`ri javob: Katta tosh. 8-bet.
A) toliqmoq B) Katta tosh D) Qattiq tosh
8. Gapda so`zlar qaysi qo`shimchalar yordamida bog`lanadi? To`g`ri javob: -ning, -ni, -ga, -da, -dan 14-bet.
A)-zor, -kor, -chi B) -ning, -ni, -ga, -da, -dan D) -Chi, -siz, -zor.
9. Gapda ikkinchi darajali bo`laklar qaysi gap bo`lagiga bog`lanadi? To`g`ri javob: Ega va kesimga. 15-bet .
A) Ega va kesimga B) To`ldiruvchiga D) Sifatga
10. Gapda so`zlar o`zaro nima jihatdan bog`lanadi? To`g`ri javob: ma`no jihatdan. 16-bet
A) Kesim yordamida B) ma`no jihatdan D) qo`shimchalar bilan.
11.Uyushiq bo`laklar qanday ohang bilan o`qiladi? To`g`ri javob: Sanash ohangi bilan. 19-bet
A) Sanash ohangi bilan. B)tinish belgilari bilan D) qo`shimchalar bilan.
12. Bosh bo`laklar gapda uyushib kelishi mumkinmi? To`g`ri javob: mumkin. 20-bet.
A) Mumkin emas B) ba`zida D) Mumkin.
13.gapda ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelishi mumkinmi? To`g`ri javob: mumkin. 21-bet.
A) mumkin emas B) mumkin D) ba`zida.
14. Uyushiq bo`laklar qaysi so`zlar bilan bog`lanadi? To`g`ri javob: va,ammo,lekin.24-bet.
A) Bilan B) qo`shimchalar bilan D) va,ammo,lekin.
15 Undalma qaysi kelishikdagi so`zlar bilan ifodalanadi? To`g`ri javob: bosh kelishik 28-bet.
A) tushum kelishigi B) jo`nalish kelishigi D) Bosh kelishik.
16. Undalma yozuvda qaysi belgi bilan ajratiladi? To`g`ri javob: vergul va undov. 28-bet.
A) vergul va undov. B) ikki nuqta D) ko`p nuqta.
1.
17. Oyi, Farxod juda qo`rqoq ekan. – dedi Rustam. Undalma gapning qayrida kelyapti?
To`g`ri javob: boshida 30-bet.
A) o`rtasida B) oxirida D) boshida.
18. Nutq nima orqali ifodalanadi? To`g`ri javob: gap orqali. 35-bet.
A) gap orqali B) so`z orqali D) so`roq gap orqali.
19. Nutq qanday shakllarda bo`ladi? To`g`ri javob: og`zaki va yozma. 35-bet.
A) og`zaki B) og`zaki va yozma D) yozma
20. Qaysi belgi so`z ma`nosini farqlaydi? To`g`ri javob: tutuq belgisi. 49-bet.
A) Tutuq belgisi B) unli harflar D) undosh harflar.
21. Undalma so`zning oxirida bo`lgan gap tuzing.
J: Qachon dam olasiz,oyijon!
22.Ega uyushib kelgan so`zni toping.
J: Lola, Nazira va Shalola kitoblar do`koniga borishdi.
23. Bosh bo`laklarni toping?
J: Ega va kesim.
24. Matn nimalardan tuziladi?
J: O`zaro bog`langan gaplardan.
25.Tutuq belgisi bor so`zlarni toping.
J: ma`no, a`lo, da`vo, e`lon, she`riyat.
To`g`riligini kafolotlayman: Usmonova Dilfuza.
Ekspert guruhi: Temirova Dilrabo
Fayziyeva Iroda.
Xotamova Sadoqat.
2.
Onatili fanidan testlar. 4-sinf II chorak.
1. Tuman so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: o`n ming. 53-bet.
A) bir ming B) o`n ming D) yuz ming.
2. Gul so`ziga o`zakdosh bo`lgan so`zlar qatorini toping. To`g`ri javob: gulli,gulsiz, guldon,gulla. 54-bet.
A) gulli,gulsiz, guldon,gulla. B) Gulchi, gulzor, ishchi D) gulzor, hosildor.
3. Topishmoqni javobini toping.
Yorug` kunni boshlaydi,
Undan borliq yashnaydi. To`g`ri javob: quyosh. 55-bet.
A) gul B) paxta D) quyosh.
4. Mevali so`zining asosini toping. To`g`ri javob: meva 57-bet.
A) meva B) mevali D) mevasiz
5.Ot so`z turkumi qanday so`roqlarga javob bo`ladi? To`g`ri javob: kim? nima? 59-bet.
A) qanday? B) kim? nima? D)nima qildi?
6. Chiziqlar o`rniga kerakli so`zni qo`yib o`qing. To`g`ri javob: shirin 60-bet.
________ so`z shakardan shirin.
A) odobli B) yaxshi D) shirin.
7 Anvoiy so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: turli-tuman, rang-barang.68-bet.
A) turli-tuman, rang-barang. B) har-xil D)bir xil.
8. Egalik qo`shimchasi yozilgan qatorni toping. To`g`ri javob: -m,-im,-ng,-ing,-si,-i, -miz,-imiz, -ingiz, -ngiz. 68-bet.
A) –ning,-ni,-ga,-da,-dan B)-dor,-zor,-kor D) -m,-im,-ng,-ing,-si,-i, -miz,-imiz, -ingiz, -ngiz.
9.Tilda nechta shaxs bor? To`g`ri javob: 3 ta 69-bet.
A) 4 ta B)3 ta D) 2 ta
10. I shaxs egalik qo`shimchalarini toping. To`g`ri javob: -m, -im, -miz, -imiz. 69-bet.
A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari.
11. II shaxs egalik qo`shimchalarini toping To`g`ri javob: –ing,- ng, -ingiz ,ngiz 69-bet
A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari.
12. III shaxs egalik qo`shimchalarini toping To`g`ri javob: –i,-si,-lari. 69-bet
A) –m, -im, -miz, -imiz B) –ing,- ng, -ingiz ,ngiz D) –i,-si,-lari.
13. Egalik qo`shimchalari birlik ma`nosini bildirgan qo`shimchalarni toping. To`g`ri javob: -m, -im, -ng, -ing, -si, -i 69-bet.
A) -m, -im, -ng, -ing, -si, -i B) –miz, -imiz, -lari D) –ingiz, -ngiz.
14. Suruv so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: qo`y-echki podasi. 71-bet
A) qo`y-echki podasi B) qo`ylar yashaydigan joy D) o`tloq.
15. Mevasi so`zi nechanchi shaxsda qo`llanilgan? To`g`ri javob: III shaxs 71-bet .
A) I shaxs B) II shaxs D) III shaxs.
16. Egalik qo`shimchalari ko`plik ma`nosini bildirgan qo`shimchlararni toping. To`g`ri javob: -miz,-imiz,-ingiz,-ngiz,-lari.72-bet .
A) -miz,-imiz,-ingiz,-ngiz,-lari. B) zor, -kor D) –li,-siz,-ser.
17. Qachon o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan? To`g`ri javob: 1989-yil 21-oktyabrda 75-bet . 3.
A) 1991-yil 1-sentyabr B) 1991-yil 8-dekabr D)1989-yil 21-oktyabrda.
18. O`zbek tilida nechta kelishik bor? To`g`ri javob: 6 ta 80-bet.
A) 5 ta B) 6 ta D) 8 ta
19. Bosh kelishikning so`rog`ini toping? To`g`ri javob: Kim? Nima? Qayer? 80-bet.
A) Kim? Nima? Qayer? B) kimning ? nimaning? D) kimga? Nimaga?
20. Tushum kelishigi otni nimaga bog`laydi? To`g`ri javob: fe`lga bog`laydi. 94-bet.
A) otga B) fe`lga D) sifatga.
21. Qaysi otlarda egalik qo`shimchasiqo`shilganda so`z o`zagidagi tovush tushib qoladi?
J: Burun,og`iz,singil.
Kimdan? Nimadan? Qayerdan? So`rog`iga javob bo`ladigan kelishikni toping.
J: Chiqish kelishigi.
Qaratqich kelishigining qo`shimchasini ayting?
J: -ning.
“Olma…. bargi” .Nuqtalar o`rniga qaysi kelishik qo`shimchasini qo`yish lozim?
J: Qaratqich kelishigining.
25.jo`nalish kelishigining “-ka” shakli qanday otlarga qo`shiladi?
J: K tovushi bilan tugagan otlarga.
To`g`riligini kafolotlayman: Usmonova Dilfuza.
Ekspert guruhi: Temirova Dilrabo
Fayziyeva Iroda.
Xotamova Sadoqat.
4.
Onatili fanidan test savollari.4-sinf . III chorak.
Topishmoqning javobini toping.
Osmonda suzar qanoti yo`q. To`g`ri javob: bulut 101-bet.
A) bulut B) samolyot D) qushlar.
2. “Boqiy “ so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: abadiy, mangu 103-bet.
A) barhayot B) abadiy, mangu D)har doim.
3. Ot yasovchi qo`shimchalarni toping To`g`ri javob: -chi,-zor,-dosh,-kor,-k,-q 110-bet.
A) -chi,-zor,-dosh,-kor,-k,-q B) –li,-ser,-kor,-zor. D) -ning,-ni,-ga,-da,-dan
4. Sifatlar otga qanday bog`lanadi? To`g`ri javob: ohang yordamida 114-bet.
A) ohang yordamida B) qo`shimchalar yordamida D) sanash yo`li bilan
5. Sifatlarning ma`no turlari necha xil bo`ladi? To`g`ri javob: 5 xil 119-bet.
A) 4 xil B) 6 xil D) 5 xil.
6. “Nordon” so`zi sifatning qaysi turiga kiradi? ? To`g`ri javob: maza – ta`m 119-bet.
A) rang-tus B) maza-ta`m D) hajm.
7. Hajm ma`no turiga kiradigan sifatlarni aniqlang. To`g`ri javob: baland-past 119-bet.
A) oq-qora B) muloyim D) baland-past
8. Sifat yasovchi qo`shimchalar qatorini toping? To`g`ri javob: -ser,be-, -siz,-li,-chan. 124-bet.
A) -ser,be-, -siz,-li,-chan. B) –miz,-ingiz,-lari D) –kor,-zor,- dosh,-k.
9. Gulli so`ziga qarama-qarshi ma`noli so`zni toping. To`g`ri javob: gulsiz 125-bet.
A) Guldon B) Gulchi D) Gulsiz
10. Sifatlar necha turda yoziladi? To`g`ri javob: 3turda 127-bet.
A) 5 turda B) 3 turda D) 4 turda.
11.Sifat gapda qanday vazifani bajaradi?To`g`ri javob: ikkinchi darajali bo`lak 130-bet.
A) ikkinchi darajali bo`lak B) bosh bo`lak D) asosiy bo`lak.
12. Son so`z turkumi qanday so`roqlarga javob bo`ladi? To`g`ri javob: Necha? Qancha? Nechanchi? 131-bet.
A) kim? Nima? B) Necha? Qancha? Nechanchi? D)nima qildi?
13. Sonlar yozuvda necha xilda ifodalanadi? To`g`ri javob: 3 xilda 134-bet.
A)5 xilda B) 4 xilda D) 3 xilda.
14. Sonlar otga qanday bog`lanadi? To`g`ri javob: ohang yordamida 136-bet.
A) ohang yordamida B) qo`shimchalar yordamida D) sanoq yordamida.
15. Tartib bildirgan sonlarni toping? To`g`ri javob: o`n uchinchi sayyora. 137-bet.
A) 10 ta bola B) 5 ta kitob D) o`n uchinchi sayyora.
16. Kishilik olmoshlari berilgan qatorni toping. To`g`ri javob: men,sen,u,biz,siz,ular, 141-bet.
A) men,sen,u B) biz,siz,ular D) men,sen,u,biz,siz,ular 17. Kishilik olmoshlari qanday so`roqlarga javob bo`ladi? To`g`ri javob:Kim? Kimlar? 141-bet.
A) kim? kimlar? B) qanday? qanaqa? D) nima qildi?
5.
18. Kishilik olmoshlari qanday qo`shimchalar bilan qo`llanadi? To`g`ri javob: kelishik qo`shimchalari bilan. 145-bet
A) Sifat yasovchi qo`shimchalar bilan B) kelishik qo`shimchalari bilan
D) Egalik qo`shimchalari bilan.
19. U olmoshiga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi qo`shilganda qanday yoziladi? To`g`ri javob: unga. 147-bet.
A) uga B )unga D) undan
20. Sanoq son yozilgan qatorni toping. To`g`ri javob: to`rt o`g`il. 135-bet.
A) to`rt o`g`il B) 8-makta D) 15-uy.
21. Harfiy ifoda bilan yozilgan qatorni toping.
J: O`ninchi uy.
Bitta shaxsni bildirgan olmoshlarni toping.
J: Men,sen,u.
Ko`p shaxsni bildirgan olmoshlarni toping.
J: Biz,siz,ular.
Ajratib yoziladigan sifatlarni toping.
J:Yam-yashil, kap-katta,tip-tiniq.
Rang-tus beruvchi sifatlarni toping.
J: Oppoq,qora,yashil,moviy.
To`g`riligini kafolotlayman: Usmonova Dilfuza.
Ekspert guruhi: Temirova Dilrabo
Fayziyeva Iroda.
Xotamova Sadoqat.
6.
Onatili fanidan testlar. 4-sinf. IV chorak.
1. Fe`l so`z turkumi qanday so`roqlarga javob bo`ladi? To`g`ri javob: nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? 152-bet..
A) qanday? B)kim? Nima? D) nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?
2. Fe`lda nechta zamon bor? To`g`ri javob: 3 ta 154-bet.
A) 5 ta B) 4 ta D) 3 ta .
3. O`tgan zamon fe`lining qo`shimchasini toping.
To`g`ri javob: -di,-gan. 157-bet.
A) –di,-gan B) –moqda ,- yap D) –moqchi
4. Hozirgi zamon fe`lining qo`shimchasini toping. To`g`ri javob: -moqda, -yap. 161-bet.
A) –di,-gan B) –moqda ,- yap D) –moqchi
5. Kelasi zamon fe`lining qo`shimchasini toping. A) –di,-gan B) –moqda ,- yap D) –moqchi
A) –di,-gan B) –moqda ,- yap D) –moqchi..
6. bShaxs-son qo`shimchalari qanday qo`shimcha? To`g`ri javob: tuslovchi. 167-bet.
A) tuslovchi B) yasovchi D) egalik.
7. Tuslanish nima? To`g`ri javob: fe`llarning tuslovchi qo`shimchalar bilan qo`llanishi tuslanish deyiladi 167-bet.
A) Fe`llarning o`zaro bog`lanishi. B) Fe`llarning zamonlarda kelishi.
D) fe`llarning tuslovchi qo`shimchalar bilan qo`llanishi tuslanish deyiladi .
8.Ifor sochib so`zining ma`nosini toping. To`g`ri javob: hid taratib 168-bet.
A) gullab B) hid taratib D) nur sochib.
9. Fe`l yasovchi qo`shimchalarni toping To`g`ri javob: -la,-lan,-sira,-illa,-lash. 174-bet.
A)ser-, be, -li B) -kor,-zor, chi D) -la,-lan,-sira,-illa,-lash.
10. Zulfiya nomidagi mukofot qachon ta`sis etilgan? To`g`ri javob: 1999-yil. 176-bet.
A) 2000-yil B) 2002-yil D) 1999-yil.
11. Voris so`zining ma`nosi? To`g`ri javob: ota-onalar ishini davom ettiruvchi.178-bet.
A)merosxo`r B) ota-onalar ishini davom ettiruvchi. D) farzand.
12. –la fe`l yasovchi qo`shimchalar yordamida so`zlar yozing. To`g`ri javob: gulla, ishla, tozala. 175-bet.
A) gulla, ishla, tozala. B)gulzor, guldor D) tozakor, ishchi,
13. Hozirgi zamon fe`lini toping. To`g`ri javob: gullaydi 161-bet.
A) Gullaydi B)Gulladi D) Gullamoqdi.
14. O`tgan zamonda kelgan fe`lni toping. To`g`ri javob:qo`rqdi, bichdi,chopdi, 159-bet.
A) qo`rqdi, bichdi,chopdi, B) so`zlamoqda, kuylamoqda D) chopmoqchi.
15. Maktab so`zi qaysi tildan kirib kelgan? To`g`ri javob: arab tilidan 158-bet.
A) fors tilidan B) arab tilidan D) hind tilidan.
16. Fe`lda nechta zamon bor? To`g`ri javob: 3 ta 154-bet.
A) 6 ta B) 2 ta D) 3 ta
7.
17.Qaysi zamon nutq so`zlanib turgan paytda bajarilayotgan harakatni bildiradi?
To`g`ri javob: hozirgi zamon. 161-bet.
A) o`tgan zamon B) hozirgi zamon D) kelasi zamon.
18. Quyosh charaqlab nurini sochmoqda. Fe`l zamonlarini aniqlang. To`g`ri javob: hozirgi zamon. 161- bet.
A) O`tgan zamon B) hozirgi zamon D) kelasi zamon.
19. III shaxs ko`plikdagi fe`lni belgilang. To`g`ri javob: ishladik, o`qiymiz. 166-bet.
A) yozdim, ko`rdim B)ishladik, o`qiymiz D) bormiqchi, ko`rmoqchi.
20. harakatni bildirgan so`zlar gapda qanday bo`lak vazifasida keladi? To`g`ri javob: bosh bo`lak 152-bet.
A) Bosh bo`lak B) ikkinchi darajali bo`lak D) kesim.
21. Qaysi gapda sonlarning yozilishida xatolik bor?
J: Biz 6 qavatda yashaymiz.
22.Xohlamoq so`ziga yaqin ma`noli so`zni toping.
J: Istamoq.
23.Oynaga ….. ketdi. Tushib qolgan so`zni yozing.
J: darz.
24.Kesim uyushib kelgan qatorni toping.
J: Darsdan so`ng biz o`ynaymiz, dam olamiz , dars tayyorlaymiz.
25.Xil-xususiyat bildirgan sifatlarga misollar yozing
J: muloyim, jasur, botir, yuvosh.
To`g`riligini kafolotlayman: Usmonova Dilfuza.
Ekspert guruhi: Temirova Dilrabo
Fayziyeva Iroda.
Xotamova Sadoqat.
8.
Do'stlaringiz bilan baham: |