Ona tili 8-sinf 201 201 1-nazorat ishi mavzu: Nazorat shakli


Nazorat ishining bali – bahosi



Download 96.22 Kb.
bet4/4
Sana15.01.2017
Hajmi96.22 Kb.
1   2   3   4

Nazorat ishining bali – bahosi:

12- NAZORAT ISHI

Mavzu:

Nazorat shakli: Test sinovi
1-variant

  1. Urg‘uning turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

  1. so‘z urugusi, gap urg‘usi;

  2. gap urg‘usi, bo‘g‘in urg‘usi;

  3. tovush urg‘usi, gap urg‘usi;

  4. so‘z urg‘usi, bo‘g‘in urg‘usi;

  1. Biror bo‘lakning ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodalash uchun zarur bo‘lgan hamma bo‘laklari saqlangan gaplar … deyiladi.

  1. sodda gaplar;

  2. qo‘shma gaplar;

  3. to‘liq gaplar;

  4. to‘liqsiz gaplar.

  1. Qaysi gap bo‘laklari uyushib keladi?

  1. kesim, ega, hol;

  2. bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar;

  3. to‘ldiruvchi , ega, kesim;

  4. ega, aniqlovchi, kesim.

  1. A’lo o‘qish – bizning va sizning asosiy vazifamiz. Qanyi bo‘lak uyushib kelyapti?

  1. to‘ldiruvchi;

  2. aniqlovchi;

  3. hol;

  4. kesim.

  1. To‘ldiruvchi uyushib kelgan gapni toping.

  1. Sa’dullaning xonasi katta va yorug‘;

  2. Men oq, pushti, qizil gullar terdim;

  3. Siz-u bizga bu baxt va toleni istiqlol berdi;

  4. Vatanni sevish, ardoqlash lozim.

  1. Bog‘da bodomlar, o‘rdaklar va shaftolilar gulladi.

Gapda qaysi bo‘lak uyushib kelgan?

  1. Aniqlovchi;

  2. Kesim;

  3. Hol;

  4. Ega.

  1. Qachon umumlashtiruvchi so‘zdan so‘ng ikki nuqta (:) qo‘yiladi?

  1. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa;

  2. Umumlashtiruvchiso‘z uyushiq bo‘laklar o‘rtasida kelsa;

  3. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklar oxirida kelsa;

  4. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklar oldinda kelsa.

  1. Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron – hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitmadi.

Ushbu gapda tire (-) nima sababdan qo‘yilgan?

  1. Kesim ot bilan ifodalanganligi uchun;

  2. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelgani uchun;

  3. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelgani uchun;

  4. Kesim sifat bilan ifodalanganligi uchun.

  1. Nasihatni, otangning so‘zini, esingda tut.

Ushbu gapdagi ajratilgan bo‘lakni toping.

  1. Aniqlovchi;

  2. Hol;

  3. Izohlovchi;

  4. To‘ldiruvchi;

  1. Ajratilgan aniqlovchi berilgan qatorni aniqlang.

  1. Xatni uning o‘ziga, Maftunaga bering;

  2. Birozdan so‘ng Muhiba opa, fizika o‘qituvchisi, kirib keldi;

  3. Bizning, o‘quvchi yoshlarning, o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor;

  4. O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom ol.

  1. Ehtimol, bu ishni o‘zing bajararsan.

Ushbu gapda tagiga chizilgan so‘z …. .

  1. Uyushiq bo‘lak;

  2. Undalma;

  3. Taqlid so‘z;

  4. Kiritma.

  1. So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ifodalagan bo‘lak …. deyiladi.

  1. Undalma;

  2. Kesim;

  3. Kiritma;

  4. Aniqlovchi.

  1. Undalma qatnashgan gapni aniqlang.

  1. Kitob – mening doimiy do‘stim;

  2. Afsuski, hali qilinmagan ishlar ko‘p;

  3. Yolg‘on gapirish, albatta, gunohdir;

  4. Kitob, sen bo‘lmasang, balki kun yorishmasdi.

  1. Undalma gapning qaysi o‘rinlarida kelishi mumkin?

  1. Boshida va oxirida;

  2. Boshida , o‘rtasida va oxirida;

  3. O‘rtasida va oxirida;

  4. Faqat boshida.

  1. Hol uyushib kelgan gapni toping.

  1. Siz bilan biz oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz;

  2. Chaqaloq kichkina, oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib, menga talpinar edi;

  3. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi;

  4. Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim.

  1. Qaysi gapda tinish belgi xato qo‘yilgan?

  1. Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi;

  2. Hamma narsa-uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi;

  3. Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ titraydi;

  4. Nahotki, daryolar oqar teskari, nahotki, odamlar kezar darbadar.

  1. Tire noto‘g‘ri qo‘llangan gapni toping.

  1. Beodoblar- johillik urug‘i;

  2. Ota-ona muhabbat – barcha yaxshi fazilatlar asosi;

  3. Vatanimiz – go‘zal;

  4. Bu – siz uchun katta sinovdir.

  1. Izohlovchi to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.

  1. Adabiyot muzeyi, kechki ovqat;

  2. Oshpaz Farida, shifokor Ergasheva;

  3. Erka qiz, telefon- avtomat;

  4. Mexanik haydovchi, vrach- pediatr.

19. Shaxsi noma’lum gap qo‘llangan qatorni aniqlang.

a) Qo‘rqoq hamma narsadan mahrum bo‘ldi;

b) Elni ixtilof buzadi;

c) Toshdan gavharni farq qilish kerak;

d) O‘tgan narsa hamisha totli.

20. Undalmali gapni aniqlang.

a) Oh,umr o‘tdi-ketdi oqar suvday!

b) Sharofat, Siddiqjonning g‘ashiga tegmoqchi edi.

c) Hoy, quyoncha, yakka o‘zing qayoqqa ketyapsan!

d) Sizning tirik bo‘lishingiz qanday baxt-a!
2-variant

1. Aniqlovchi narsa-buyumning belgisini bildirishi yoki kimga, nimaga qarashliligini bildirishiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?

a) 2; b) 3; c) 4; d) 5.



2. Yangi binolar qishloqning husniga husn qo‘shmoqda.

Mazkur gapda aniqlovchining qaysi turi mavjud?

a) qaratqichli aniqlovchi; b) sifatlovchi aniqlovchi;

c) hol; d) a va c.

3. Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, shakli, maza-tami, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatuvchi ikkinchi darajali bo‘lak qaysi?

a) qaratqichli aniqlovchi; b) sifatlovchi aniqlovchi;

c) hol; d) to‘ldiruvchi.

4. Kelganlarning birortasi ham unitilmas edi.

Otlashgan sifatdoshning gapdagi vazifasini aniqlang.

a) to‘ldiruvchi; b) sifatlovchi aniqlovchi;

c) kesim; d) qaratqich aniqlovchi.

5. Izohlovchi ko‘pincha qaysi so‘z turkumi bilan izohlanadi?

a) ot; b) fe’l; c) sifat; d) olmosh.



6. Izohlovchi bog‘langan bo‘lak nima deyiladi?

a) qaralmish; c) izohlanmish;

b) sifatlanmish; d) aniqlanmish.

7. Sa`dulla va Jo‘rabekning katta, yorug‘ xonasiga kirdik.

Mazkur gapdagi uyushgan bo‘lakni aniqlang.

a) qaratqichli aniqlovchi; b) sifatlovchi aniqlovchi;

c) sifatlovchi va qaratqichli aniqlovchi; d) ega, aniqlovchi.

8. Men bu masalani uqqanman va yechganman. Qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan?

a) fe’l kesim; b) ot kesim;

c) aniqlovchi; d) to‘ldiruvchi;

9. So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z …

a) kiritma; b) undalma;

c) murakkab bo‘lak; d) ajratilgan bo‘lak.

10. Qaysi gapda undalma mavjud emas?

a) Paxtakorlar, g‘o‘zaga ishlov berishni kuchaytiringiz;

b) Paxtakorlar, g‘o‘zaga ishlov berishni kuchaytirdilar;

c) O‘quvchilar dam olish kunini ko‘ngilli o‘tkazing;

d) a va c.

11. Yurak, sensan mening sozim.

Gapdagi undalmani aniqlang.

а) sensan; b) yurak; c) mening sozim; d) sensan mening sozim.



12. Hol ko‘proq qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanadi?

а) ega; b) kesim; c) aniqlovchi; d) to‘ldiruvchi.



13. Kechqurun salqin bo‘ldi, ertalab shudring tushdi.

Mazkur gapda holning qaysi turi mavjud?

а) ravish holi; b) sabab holi; c) o‘rin holi; d) payt holi.



14. Hollar tuzilishiga ko‘ra necha xil?

а) 3 xil; b) 2 xil; c) 4 xil; d) 5 xil.



15. Hol ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lsa…….

а) sodda hol; b) murakkab hol; c) payt holi; d) b va c.



16. Bu kitobni ukam uchun oldim.

Gapdagi to‘ldiruvchini aniqlang.

а) kitobni; b) kitobni, ukam uchun;

c) ukam uchun; d) bu.

17. Sizga nima bo‘ldi o‘zi?

Mazkur gapdagi kishilik olmoshining sintaktik vazifasini aniqlang.

а) vositali to‘ldiruvchi;

b) vositasiz to‘ldiruvchi;

c) ega;


d) hol.

18. Dilshod maktubni xolasiga berdi va ko‘chaga chiqib ketdi.

To‘ldiruvchi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?

а) ot; b) sifat; c) olmosh; d) fe’l.

19. Gapning biror bo‘lagiga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uni to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lakka nima deyiladi?

а) ega; b) to‘ldiruvchi; c) aniqlovchi; d) kesim.



20. Hokim so‘zning kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kim uchun?, nima uchun? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib keladigan kengaytiruvchilari nima deyiladi?

а) vositali to‘ldiruvchi;

b) vositasiz to‘ldiruvchi;

c) aniqlovchi;



d) hol.


Test raqamlari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob































Ball


































Test raqamlari

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javob































Ball



































Download 96.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik