Ommaviy ofertasi



Download 83 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi83 Kb.
#6409
Ucell brendi ostida xizmat ko'rsatayotgan aloqa operatorining abonentlari orasida

«Internet olami» mavzusida o'tkaziladigan viktorinaning



OMMAVIY OFERTASI
«Internet olami» mavzusidagi viktorina (hujjat matni davomida – Viktorina, deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi hududida Ucell brendi ostida faoliyat yuritayotgan aloqa operatorining (hujjat matni davomida – Operator, deb yuritiladi) xizmat ko'rsatish zonasida 2016- yilning «04» fevraldan (Toshkent vaqti bilan 00.00 dan) «04» aprelga (23.59 ga) qadar o'tkaziladi.

Viktorinaning mazkur Ommaviy ofertasi (hujjat matni davomida – Ommaviy oferta, deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369- moddalariga muvofiq, aloqa xizmati yuzasidan Operator bilan shartnoma (hujjat matni davomida – Shartnoma, deb yuritiladi) tuzgan jismoniy shaxslarga (hujjat matni davomida – Abonentlar, deb yuritiladi) yo'llangan oferta sanaladi.

Mazkur Ommaviy ofertada qo'llanilgan terminologiya Shartnomada qo'llanilgan terminologiyaga mos keladi, agar ushbu Ommaviy ofertada boshqa mazmun ko'rsatilmagan bo'lsa.
1- bob. Viktorinani tashkillashtirish

1.1. Viktorinaning tashkilotchisi Mas'uliyati cheklangan Sarkor Telekom jamiyati qo'shma korxonasi (28.08.2010 yili rasmiylashtirilgan AA № 0003376 raqamli litsenziya) bilan hamkorlik qiladigan Cron Mobile Content savdo belgisi ostida (27.04.2015 yili rasmiylashtirilgan AA № 0005572 raqamli litsenziya) faoliyat yuritayotgan Kron Telekom Netvork xususiy korxona kompaniyasi sanaladi.

1.2. Viktorina lotereya, rag'batlantirish lotereyasi, rag'batlantirish tadbiri yoki qimor o'yiniga asoslangan boshqa turdagi tadbir sanalmay, reklama mazmuniga ega bo'lib, havola qilinayotgan xizmat turini O'zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida ommalashtirish maqsadida o'tkaziladi.

1.3. Viktorina Abonentlar uchun pulli bo'lib, ulanish yo'li bilan amalga oshiriladi.

1.4. Viktorinaning sovrini boshqa davlat hududiga yetkazib berilmaydi.

1.5. Viktorinaning yakunlari Viktorina nihoyasiga yetgach, 5 (besh) kun davomida mazkur Ommaviy ofertaga muvofiq chiqariladi. Sovrin 30 (o'ttiz) kalendar' kuni ichida, mazkur Ommaviy ofertada ko'zda tutilgan shartlar va tartibda beriladi.


2- bob. Viktorinaning ishtirokchilari

2.1. Yoshi 18 ga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lib, Operatorning Abonenti sanalgan jismoniy shaxslar Viktorinaning ishtirokchilari (hujjat matni davomida – Ishtirokchilar, deb yuritiladi) bo'lishi mumkin.

2.2. Viktorinada Tashkilotchi va Operatorning xodimlari, vakillari, ularning oila a'zolari, Tashkilotchining vakolatli vakillari, yuridik shaxs sanaladigan Abonentlar, Operatorning xususiy tadbirkorlari va O'zR fuqarosi bo'lmagan shaxslar ishtirok etishi man etiladi.

2.3. Layoqatsiz fuqarolarga Viktorinada o'z oilasining layoqatli a'zosi yordamida ishtirok etish tavsiya etiladi.

2.4. Viktorinada ishtirok etayotgan Ishtirokchilarga Operatorning SIM-kartasi o'rnatilgan qo'l telefoni sanaladigan abonent qurilmasidan (hujjat matni davomida – qo'l telefoni, deb yuritiladi) tashqari, har qanday boshqa turdagi qurilmadan foydalanish man etiladi.

2.5. Talabga javob bermaydigan yoki mazkur Ommaviy ofertaning 2.1 – 2.4- bandlarida bayon etilgan talablarni buzgan barcha shaxslar Viktorinada ishtirok etmasliklari lozim bo'lib, Viktorinaning sovriniga da'vo qila olmaydilar. Bunday shaxslar Tashkilotchi tomonidan Viktorinaning har qanday bosqichida, shu jumladan, sovrin topshirish maqsadida Ishtirokchilar bilan hamkorlikda fosh etilsa, Viktorinaning sovrinini olish huquqidan mahrum bo'ladi.

2.6. Ishtirokchilar tomonidan Viktorinada ishtirok etish bilan bog'liq bo'lib, sarf etilgan pul mablag'i qaytarib berilmaydi.
3- bob. Viktorinaning sovrini

3.1. Viktorinaning sovrinlari nihoyasiga yetgan Viktorinaning yakuniy reytingida dastlabki o'nta o'rinni egallagan Ishtirokchilarga (hujjat matni davomida – Sovrindorlar, deb yuritiladi) beriladi.

3.2. Viktorinaning yakuni chiqarilayotgan, Ishtirokchiga sovrin tayinlanayotgan davrda Ishtirokchining Operator hisobidagi balansida mablag' bo'lishi shart.

4- bob. Viktorinani o'tkazish tartibi

4.1. Viktorinada ishtirok etish uchun Ishtirokchi 1425 xizmat raqamiga TESTUZ so'zlari (o'zbek tili uchun) yoki TESTRU so'zlaridan (rus tili uchun) iborat SMS-xabar yo'llashi lozim. 1425 xizmat raqamiga yo'llangan har bir chiqish SMS-xabari Abonent uchun bepuldir. Savoldan tashkil topgan, 1478 xizmat raqamidan yo'llangan har bir kirish SMS-xabarining narxi Abonent uchun, barcha soliqlar hisobga olingan holda $ 0,08 (sakkiz AQSH sentini) tashkil etadi. Javobning to'g'riligi borasidagi 1425 xizmat raqamidan yo'llangan kirish SMS-xabari, shu jumladan, to'plangan ball va reytingda egallangan o'rin haqidagi savoldan iborat 1425 xizmat raqamiga yo'llangan SMS-xabar Abonent uchun bepuldir.

4.1.1. Agar 1425 xizmat raqamiga chiqish SMS-xabarini yo'llayotgan Abonent roumingda bo'lsa, yo'llangan ushbu SMS-xabar Operatorning rouming tarifiga muvofiq qo'shimcha ravishda tarifikatsiya qilinadi.

4.2. Ko'rsatilgan xizmat uchun to'lov O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to'lov kuni belgilangan kurs bo'yicha amalga oshiriladi.

4.3. Viktorinada bitta telefon raqamidan faqat bitta tilda (o'zbek yoki rus tilida) ishtirok etish mumkin. Agar Ishtirokchi ikkala tilda ishtirok etgani aniqlansa, diskvalifikatsiya qilinib, to'plagan ballari bekor qilinadi.

4.4. Viktorina davomida Ishtirokchiga, har bir savolga berilgan javobdan tashkil topgan SMS-xabar yo'llanishi talab etiladigan test-savollar yo'llab boriladi. Har bir savolga Ishtirokchi tomonidan 1425 xizmat raqamiga lotincha «A» yoki «B» harfidan iborat SMS-xabar yo'llash orqali javob beriladi. Ushbu kod javobning, Ishtirokchi tomonidan, unga taklif qilingan variantlardan biri to'g'ri javob sifatida tanlangan tartib raqamini anglatadi. Viktorina o'tkazilayotgan davrda javob berish mumkin bo'lgan savollar soni cheklanmaydi.

4.5. Javob yo'llagan Ishtirokchi 1425 xizmat raqamidan muayyan savolga berilgan javob natijasi, Ishtirokchi to'plagan jami ballar miqdori haqidagi SMS-xabar, shuningdek, 1478 xizmat raqamidan yo'llangan yangi savoldan iborat SMS-xabar oladi. Agar Ishtirokchi noto'g'ri javob yoki noto'g'ri javob komandasini yo'llasa, unga 1425 xizmat raqamidan javobi noto'g'ri ekanligi, o'zi to'plagan jami ballar miqdori haqidagi SMS-xabar keladi. Viktorinaning navbatdagi savolini Ishtirokchi 1478 xizmat raqamidan oladi.

4.6. Viktorinaning navbatdagi savoli Ishtirokchiga quyidagi holatlarda yo'llanadi:

• Viktorina davomida yo'llangan savolga berilgan javobni anglatadigan belgilardan iborat xabar Ishtirokchi tomonidan 1425 xizmat raqamiga yo'llanganda;

• Ishtirokchidan 1425 xizmat raqamiga SMS-xabar sifatida yo'llangan TESTUZ (o'zbek tili uchun) yoki TESTRU (rus tili uchun) kodi olinganda;

• Ishtirokchidan tushunarsiz komanda olinganda.

4.7. Ishtirokchi tomonidan Viktorinaning savoliga berilgan javob, unga yo'llangan so'nggi savolga taalluqli, deya e'tirof etiladi. Viktorinaning savollariga berilgan javoblar soni ko'p bo'lganda, savollar takrorlanishi mumkin.

4.8. Ishtirokchi Viktorinada ishtirok etishdan 1425 xizmat raqamiga STOP TESTUZ yoki STOP TESTRU so'zlari bitilgan SMS-xabar yo'llash orqali voz kechishi mumkin. Abonent Viktorinadagi ishtirokini 1425 xizmat raqamiga TESTUZ (o'zbek tili uchun) yoki TESTRU (rus tili uchun) kodidan iborat SMS-xabar yo'llash orqali tiklashi mumkin, biroq bunda, uning muqaddam to'plagan ballari tiklanmaydi.

4.9. Ishtirokchi reytingda egallagan o'z o'rnini 1425 xizmat raqamiga R kodini yo'llash orqali bilib olishi mumkin.

4.10. Yo'llangan savolga Ishtirokchidan javob olinmagan holda, Ishtirokchi, ertasi kundan e'tiboran har kuni navbatdagi savollardan iborat 2 ta (ikkita) SMS-xabar olib boradi. Ushbu savollar uchun haq mazkur Ommaviy ofertaning 4.1.- bandiga muvofiq, toki Ishtirokchi Viktorinada ishtirok etishdan voz kechgunga qadar undirib boriladi.

4.11. Viktorina davomida Operatorning SMS-markazi bandligi tufayli Ishtirokchiga (Ishtirokchi tomonidan) yo'llanadigan SMS-xabarlar kechikib kelish ehtimoli mavjud. Bunday kechikish soat 22 gacha yetishi mumkin. Kechikish holati yuzaga kelganda Ishtirokchi 1425 xizmat raqamlariga xizmat komandasi yoki boshqa turdagi matn yo'llash kabi harakatlar bajarmay, javob tariqasidagi SMS-xabarni kutishi lozim.

4.12. Mazkur Ommaviy ofertaga oid savollar bilan: +99871 233-93-94 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
5- bob. Ishtirokchilar reytingi va Sovrindorni aniqlash qoidalari

5.1. Ballar Ishtirokchilarga quyidagi tartibda qo'shib boriladi: har bir to'g'ri javobga 1 ball, noto'g'ri javobga 0 ball.

5.2. Agar bir nechta Ishtirokchi bir xil maksimal ball to'plashga erishgan bo'lsa, Viktorina davomida vaqt bo'yicha birinchi bo'lib maksimal ball to'plagan Ishtirokchilar g'olib deb topiladi.

5.3. Ishtirokchi to'plagan ballar haqidagi axborotni Viktorinaning 5- kunidan e'tiboran olish imkoni bo'ladi.

5.4. Ishtirokchilarning ikki tilli reytingi umumiy bo'lib, tanlangan javob tiliga bog'liq bo'lmaydi.

5.5. Viktorina davomida har bir Ishtirokchining tegishli savolga bergan javobi to'g'riligidan kelib chiqqan holda Ishtirokchilar reytingi shakllanib boradi. Viktorina nihoyasiga yetgach, yakuniy reyting shakllanib, uning asosida Viktorinaning Sovrindorkfhi aniqlanadi.

5.6. Viktorinaning yakuniy reytingi Tashkilotchi bilan Operator vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

5.7. Viktorinaning yakunlari Tashkilotchining rasmiy saytida www.cmc.uz e'lon qilinadi.


6- bob. Viktorinaning sovrinini olish shartlari va qoidalari

6.1. Viktorinaning yakuni chiqarilgan kundan e'tiboran 5 – 10 ish kuni ichida Cron Mobile Content kompaniyasining vakillari Sovrindorlar bilan, Viktorinada ishtirok etish uchun SMS-xabar yo'llangan telefon raqami orqali bog'lanishadi.

6.2. Sovrinlar telekommunikatsiya xizmatlari yuzasidan Operator bilan shartnoma imzolagan Sovrindorga topshiriladi

6.3. Sovrin olish uchun Sovrindor o'z pasporti, shu jumladan, propiska haqidagi ma'lumotlari, jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, soliq to'lovchining identifikatsiya raqami, qo'l telefonining raqami o'ziga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxalarini taqdim etishi lozim. Agar Sovrindor sanab o'tilgan ushbu hujjatlar taqdim etmasa, sovrin unga topshirilmaydi, Viktorinaning yakuni qayta ko'rib chiqilmaydi.

6.4. Sovrin olayotgan sovrindorga sovrinni olgani haqidagi hujjatlarga imzo chekish taklif qilinadi.

6.5. Sovrin bilan bog'liq barcha soliq to'lovlari Ishtirokchining hisobidan amalga oshiriladi.

6.6. Sovrindor aniqlanganidan so'ng 3 kun ichida Sovrindor bilan, uning telefoni hisobi to'lanmagani uchun o'chirilgani, balansi manfiy bo'lgani yoki Operator oldida boshqa turdagi qarzdorligi shakllanib qolgani bois o'chirib qo'yilgani, xizmat ko'rsatish doirasidan tashqariga chiqqani va shu kabi boshqa sabablar tufayli bog'lanishning iloji bo'lmasa, Viktorinaning yakuni qayta ko'rib chiqilmay, sovrin Viktorina jamg'armasida qoladi.

6.7. Sovrinlar Sovrindorga Toshkent shahrida Tashkilotchi va Operatorning vakillari tomonidan topshiriladi.

6.8. Sovrin topshiriladigan joyga yetib borish va ortga qaytish bilan bog'liq barcha yo'l xarajatlari Sovrindorning zimmasiga yuklanadi.

6.9. Tashkilotchi quyidagi holatlarda Sovrindorga sovrin bermasligi mumkin:

a) agar Viktorinaning Sovrindori mazkur Ommaviy ofertaning 6.3.- bandida sanab o'tilgan hujjat va ma'lumotlarni taqdim etmagan yoki ishonchsiz va/yoxud soxta hujjatlar taqdim etgan bo'lsa (agar Tashkilotchida taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi borasida shubha tug'ilsa yoki Sovrindor zaruriy hujjatlarni shaxsan ko'rsatishdan bosh tortsa, Tashkilotchi O'zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi);

b) Sovrindor Viktorina nihoyasiga yetgan sanadan e'tiboran 15 kalendar' kun ichida sovrinni olishdan bosh tortayotganini yozma ravishda yo'llagan bo'lsa;

v) Sovrindor, sovrin topshirilayotgan fursatda, unga taqdim etilgan hujjatlarga imzo chekishdan bosh tortsa;

g) agar Viktorinaning Sovrindorini aniqlash jarayonidagi uch ish kuni davomida Sovrindorning Viktorinada ishtirok etgan abonent raqami Operator oldida qarzdorligi shakllanib qolgani bois o'chirib qo'yilgan bo'lsa;

6.10. Sovrin masalasida (Cron Mobile Content kompaniyasiga) murojaat qilish muddati – Viktorina nihoyasiga yetgan sanadan e'tiboran 30 (o'ttiz) kun ichida.

6.11. Sovrindor bo'lish uchun yetarlicha ball to'plagan, biroq mazkur Ommaviy ofertaning 2.3.- bandiga zid ravishda Operatorning SIM-kartasi vositasida qo'l telefonidan tashqari boshqa turdagi jihozdan foydalangan Ishtirokchi Sovrindor sifatida e'tirof etilmaydi.

6.12. Viktorinaning sovrinini olishdan bosh tortgan Sovrindor, u Sovrindor deb e'lon qilingan sanadan e'tiboran 15 kun ichida Tashkilotchini, uning idorasiga ariza yo'llab, yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Bunday holatda sovrin Sovrindorga ham, Viktorinaning boshqa ishtirokchisiga ham topshirilmaydi.

6.13. Sovrindor va sovrin haqidagi ma'lumotlar, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Tashkilotchi tomonidan soliq xizmatlariga taqdim etiladi.


7- bob. Boshqa shartlar

7.1. Tashkilotchi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarisida, ya'ni roumingda bo'lgan Ishtirokchining Viktorinada ishtirok eta olish imkonini kafolatlamaydi.

7.2. Birinchi SMS-so'rovni 1425 xizmat raqamiga yo'llagan Abonent mazkur Ommaviy ofertaga to'liq, so'zsiz rozilik bildirganini (Ommaviy ofyortani aktsept qilganini) tasdiqlab, yoshi 18 ga to'lgani, O'zR fuqarosi va Operator bilan shartnoma tuzib, uning Abonenti ekanligini, shuningdek, mazkur Ommaviy ofertaning 2- bobida zikr etilgan boshqa mezonlarga daxldor bo'lganini kafolatlaydi.

7.3. Mazkur Ommaviy oferta Tashkilotchining www.cmc.uz Internet-saytida e'lon qilingan fursatdan kuchga kirib, Tashkilotchi tomonidan o'zgartirilgan yoki harakatdan to'xtatilgan fursatga qadar amal qiladi. Tashkilotchi Viktorina o'tkazilayotgan davrning har bosqichida mazkur Ommaviy ofertaga o'zgartirish kiritishga haqli.

7.4. Agar Ishtirokchi mazkur Ommaviy oferta shartlariga (uning 7.2.- bandiga muvofiq Abonent tomonidan mazkur Ommaviy ofertani aktsept qilinishi natijasida yuzaga kelgan) o'zgartirishlar kiritilgan fursatdan e'tiboran 10 (o'n) kalendar' kuni ichida, ushbu o'zgartirishlarga rozilik bildirishdan voz kechganini bildirmasa, shu jumladan, kiritilgan o'zgartirishlar kuchga kirganidan so'ng ham Viktorinada ishtirok etishga doir harakatlarni davom ettirsa, kiritilgan ushbu o'zgartirishlar Ishtirokchi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

7.5. Viktorinada ishtirok etishar ekan, Ishtirokchilar quyidagilarga rozilik bildirgan hisoblanadi:

• Test sinovlari vaqtida o'tkazilgan ob-havo haqidagi ma'lumotlarni olish uchun, ularning abonent raqamiga bepul SMS-xabar vositasi orqali 30 kun davomida. 31 kundan boshlab ob-havo ma'lumotlari pullik bo'ladi. Ulardan voz kechish uchun Ishtirokchi STOP OB (o'zbek tili uchun) yoki STOP PG (rus tili uchun) SMS-xabar yo'llashi lozim;

• Tashkilotchi hamda Viktorinani o'tkazish maqsadida Tashkilotchi tomonidan jalb etilgan shaxslar Ishtirokchilarga oid ma'lumotlar (shu jumladan, Ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari va SMS-so'rovlari) bilan o'zaro o'rtoqlashib borishlariga hamda Ishtirokchining Viktorinada ishtiroki bilan bog'liq ma'lumotlarga ishlov berib borilishiga;

• Viktorinaning sovrinini qo'lga kiritgan Sovrindorning ismi, tasviri, fotosurati, undan olingan interv'yu, shuningdek, Ishtirokchi Tashkilotchiga taqdim etgan ma'lumotlar Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchining ruxsatisiz va biron-bir turda rag'batlantirilmay, uchinchi shaxslarga, ularni Viktorina o'tkazilayotganini xabardor qilish maqsadida foydalanishi mumkinligiga.

7.6. Viktorinada ishtirok etar ekan, Ishtirokchi o'z shaxsiy ma'lumotlari Tashkilotchi hamda Viktorinani o'tkazish maqsadida Tashkilotchi tomonidan jalb etilgan shaxslar tomonidan yig'ilishi, saqlanishi va uchinchi shaxslarga taqdim etilishiga, Viktorina doirasida bog'lanish, shu jumladan, elektr aloqa tarmog'i, SMS-xabar yo'llash kanallari va elektron pochta orqali bog'lanish uchun shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berilishiga ixtiyoriy ravishda rozilik bergan sanaladi. Tashkilotchi hamda Viktorinani o'tkazish maqsadida Tashkilotchi tomonidan jalb etilgan shaxslar zikr etilgan amalarni Ishtirokchidan qo'shimcha ijozat olmay, Ishtirokchiga bu haqda xabar yo'llamay bajarishadi. Ishtirokchining bunday roziligi Viktorina o'tkazilayotgan davrda va Tashkilotchining qaroriga muvofiq Viktorina nihoyasiga yetgan sanadan yoki Ishtirokchining Viktorinada ishtirok etishdan voz kechgan sanadan e'tiboran 30 (o'ttiz) kalendar' kuni davomida kuchga ega bo'ladi. Viktorinaning ishtirokchisi o'z roziligini belgilangan tartibda yoki mazkur Ommaviy ofertaning 4.8.- bandiga muvofiq SMS-xabar berib, bekor qilishi mumkin.

Ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlari, ularni Ishtirokchining o'zi qaytarib olgani tufayli yo'qotilgan bo'lsa, Tashkilotchi Viktorinani o'tkazish bilan bog'liq majburiyatlar bajarilmagani uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

7.7. Mazkur Ommaviy oferta shartlarini bajarmagan Ishtirokchi, o'z ijrosizligining oqibati uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi.

7.8. Ishtirokchilarning Viktorinada ishtirok etishi bilan bog'liq sarf-xarajatlari Ishtirokchilarga qaytarib berilmaydi.

7.9. Viktorinaning barcha savollari va tegishli javoblarning bosma nashri sir tutiladigan hujjat bo'lib, talab qilgan Ishtirokchiga berilmaydi.


8- bob. E'tirozlar va ularning amal qilish muddati

8.1. Iste'molchining haq-huquqlari buzilishiga yo'l qo'yilmasligi uchun Viktorina O'zbekiston Respublikasining reklama va iste'molchilarning haq-huquqini himoya qilishga doir qonun hujjatlarida bayon etilgan barcha me'yorlarga so'zsiz amal qilingan holda o'tkaziladi.

8.2. Viktorinaga oid har qanday e'tiroz: info@sron.uz. e-mail ga yo'llanadi. E'tiroz qabul qilingan sana, ushbu e'tiroz qayd etilgan sana hisoblanadi. Ishtirokchi o'z e'tirozini tushunarli va batafsil bayon etishi lozim. Ushbu e'tirozda Ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi, aloqa bog'lash telefoni va SMS-xabar yo'llangan telefon raqamlari, SMS-xabar mazmuni, SMS-xabar yo'llangan sana va vaqt, e'tirozga javob yo'llanishi uchun Ishtirokchining elektron manzili ko'rsatib o'tilishi lozim.

8.3. Agar Ishtirokchining Viktorinadagi to'g'ri javobga doir e'tirozi bo'lsa, u, ushbu e'tirozini yozma ravishda bayon etishi, bunda u, tegishli savol, tizim yo'llagan javob va uning fikricha to'g'ri bo'lgan javobni, ushbu javobini tasdiqlab, qo'yilgan savolga to'g'ri javob bayon etilgan rasmiy manbani ko'rsatib o'tishi shart.

8.3.1. Agar ishtirokchi o'z javob variantining to'g'riligini isbot qila olsa, uning umumiy ballariga qo'shimcha 10 ball qo'shiladi.

8.4. Har qanday e'tiroz, qabul qilingan sanadan e'tiboran 10 kun ichida ko'rib chiqiladi.

8.5. Tashkilotchi har bir e'tirozni mazkur Ommaviy ofertaga asoslangan holda ko'rib chiqadi.

8.6. Viktorinaning Sovrindori o'z sovrinini olish imkoniga ega bo'lmagan holat uchun javobgarlikni Tashkilotchi o'z zimmasiga olmaydi.



«Internet olami» mavzusida o'tkaziladigan viktorinaning Ommaviy ofertasiga

1- ilova

Viktorinaning Sovrindorlariga sovrin topshirish tartibi
1. «Internet olami» mavzusida o'tkaziladigan viktorinaga quyidagi jadvalda sanab o'tilgan sovrinlar qo'yilgan:


Viktorinaning muddati

Sovrin nomi

1- o'rin

LED televizor Artel

2- o'rin

Planshet Samsung Galaxy Note 10.1

3- o'rin

Planshet Samsung Galaxy Note 10.1

4- o'rin

Qo'l telefoni

5- o'rin

Qo'l telefoni

6- o'rin

Qo'l telefoni

7- o'rin

Qo'l telefoni

8- o'rin

Qo'l telefoni

9- o'rin

Qo'l telefoni

10- o'rin

Qo'l telefoni

2. Sovrinlar Viktorina boshlanishidan oldin belgilanib, Tashkilotchining rasmiy saytida e'lon qilinadi.

3. Viktorina nihoyasiga yetgach, Viktorinaning yakunlariga doir bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu Bayonnomada Viktorina o'tkazilgan davr, Ishtirokchilar qo'lga kiritgan sovrinlar hamda Viktorinaning Sovrindorlari haqidagi ma'lumotlar qayd etiladi.

4. Viktorinaning yakunlariga doir bayonnoma Tashkilotchi tomonidan imzolanadi.

5. Sovrinlar almashtirilmaydi, o'rniga puli to'lanmaydi, qaytarib olinmaydi.

6. Sovrinlar Viktorina nihoyasiga yetgach, belgilangan kuni, oldindan e'lon qilingan ma'lum joyda topshiriladi. Sovrindor bu haqda o'z vaqtida xabardor qilinadi.



7. Tayinlangan muddat (30 kun) o'tgach, sovrinlar topshirilmaydi, e'tirozlar qabul qilinmaydi, ko'rib chiqilmaydi.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish